UrDU filologiya fakulteti o’zbek tili 185-guruh talabasi Sobirova Hilolaning Navoiyshunoslik fanidan tayyorlagan taqdimoti MAVZU:Navoiy tuyuqlaridan beshta yod olish va sharhlash MAVZU:Navoiy tuyuqlaridan beshta yod olish va sharhlash REJA: 1.Tuyuq haqida umumiy ma’lumot 2.Navoiyning “Bormag’in” tajnisli tuyuqi tahlili 3.”Butmagan” tajnisli tuyuqi tahlili - TUYUQ
- Tuyuq - lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina nchratamiz. Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabi- yotga o‘tib, muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan. Quyidagi adabiy-badiiy talablar tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan: Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak. Tuyuqlar, xuddi ruboiy kabi, a-a-a-a tarzida ham, d-a-b-a tarzida ham qofiyalanish tizimiga, ya’ni taj- nisga ega boTishi mumkin. Navoiyning siz o‘qib, o‘rga- nadigan tuyuqlari a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Bu eng ko‘p uchraydi. Biroq Navoiyning ayrim tuyuqlari hatto a-b-d-b tarzida ham keladi. Buni mana bu tuyuqda ko‘ramiz:
- Ul pari ishqida bu devonani,
- Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko‘r.
- Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
- Ey ko‘ngul, nazzora qil, gulxanda ko‘r.
- Tuyuqda qofiyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar lurkumidan tashkil topishi darkor. Ilgari tuyuqlar janming ana shu talablaridan dastlabki uehtasiga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik janming to‘rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlami taj- nissiz tasavvur qilib bo‘lmay qolgan. Navoiyning mana bu tuyug‘ida tajnisdagi so‘z (yoki so‘zlar) uch alohida-alohida ma’noda kelgan:
- Kechti umr-u, tushmadi ul yor ila,
- Qo‘rqaram ko‘nglum bu g‘amdin yorila.
- Bu vafosizliqki, sendin ko‘rmisham,
- E’tiqodim qolmadi hech yor ila. Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
- - yor ila - yor (sevgili) bilan;
- - yorila - yoriladi;
- - yor ila - do‘ st bilan.
- - yor ila - do‘ st bilan.
- Tuyuqning yana bir o‘ziga xosligi bor. Bu shundan iboratki, uning ikki, uch yoki to‘rt misrasi oxirida tajnis san’atini hosil qiladigan so‘zlar yoki so‘zlar turkumi qo‘llangani uchun shuning o‘zi qofiya o‘miga o‘tadi. o‘zbek mumtoz she’riyatida Lutfiy va Alisher Navoiy tuyuqning eng go‘zal namunalarini yaratgan. Tuyuqning turkiy she’riyatda aynan shu ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yuzaga kelishi bejiz emas edi. Chunki ramal aruzning turkiy she’riyatda eng ko‘p qo‘llanadigan, xalq tarafidan oson o‘qilib, qiynal- masdan talaffuz qilinadigan vazni hisoblanadi. Bundan tashqari, tuyuq vaznining o‘zbek xalq og‘zaki she’riyatiga yaqinligi bor. Og‘zaki she’riyatimizda barmoq vaznining 11 bo‘g‘inli, ya’ni 6 va 5 bo‘g‘inli turoqlardan iborat she’rlar ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |