Qadimgi muzliklar. Oxirgi geologik davrda materiklarning kattagina maydoni muz bilan qoplanganligi aniqlangan. Bu materik muzliklari erib ketgandan keyin yotqiziqlar qoldirgan. Qadimgi muzliklar hosil qilgan yotqiziqlar tarkibi va tuzilishiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi.
1. Erratik valunlar, ya’ni qadimgi qoplama muzliklar keltirgan g’o’la toshlar har xil kattalikdagi tog’ jinslarining siniqlaridan iborat bo’lib, ularning tarkibi shu yerdagi tub jinslar tarkibiga o’xshamaydi.
2. Morena amfiteatrlari, markaziy chuqur qismi ko’ldan iborat bo’lib, bir tomoni konussimon tekislikka tutashib ketadi, yon tomonlari muzlik va daryolar keltirgan shag’allar bilan qoplangan.
3. Ozlar, katta marzalar bo’lib, yonlari yaqqol ko’rinib turadi. Ular muz osti suvlari keltirgan yotqiziqlardan iboratdir.
4. Valun aralash gillar, muzlik surib ketgan valun va gildan iborat, qatlami aniq bo’lmagan jinslardir.
5. Flyuvioglyatsial yotqiziqlar, muzlik suvlari olib keltirgan yotqiziqlar bo’lib, ular qalin qatlamli qum, qumloq va gillardan iborat.
6. Qo’y peshonalar va silliq qoya toshlar, yuzasi chiziqlar bilan qoplangan, bu chiziqlarga qarab ilgarigi muzlikning harakat tomonini aniqlash mumkin.
To'rtlamchi davrda to'rt marotaba muz bosish davri bo'lgan. Bular: Yevrosiyoda, Grenlandiya bilan birga Shimoliy Amerikada va Antarktidadir. Dunyodagi muzliklarning yalpi maydoni 37,2 mln km2, Shimoliy Amerikaga, Antarktikaga 13,5 mln km2, Janubiy Amerikaga 0,5 mln km2 to’g’ri kelgan.
To'rtlamchi davr muzliklarining vujudga kelishi sabablari.Yevropa materigida to'rtlamchi davrda iqlimning bir necha marta o'zgarganligi olimlarimiz tomonidan aniqlangan. To'rtlamchi davr boshlarida Yevropa iqlimi nihoyatda sovib ketgan. Al'p va Kavkaz tog’lari muz bilan qoplanadi. So'ngra yana ozroq vaqt havo isib ketadi, muz faqat baland tog’lik o'lkalarnigina emas tekisliklarni ham egallaydi. O'simlik qoldiqlarining topilishi bu muzliklar o'rtasida uzoq vaqt iliq iqlim davom etganini ko'rsatadi.
Doimiy muzloq. Kontinentlardagi muz haqida gapirar ekanmiz, doimiy muzloqlik hodisasi haqida ham qisqacha aytib o'tish zarur. Yer sharining deyarli 1\4 qismida o'rtacha yillik harorat 00 S dan past bo'lgani uchun yer yuzasining tuproq grunt qoplami o’n, yuz, hatto ming yillab muzlab (to’ng’ib) yotadi. Yer po'stining bunday to’ng’ib yotgan qismlari doimiy muzloqlar yoki ko'p yillik muzlab yotgan yerlar deyiladi.
Muzliklr qanday hosil bo'ladi?
Morenalar va ularning turlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |