MAVZU: Muzliklarning geologik faoliyati
Muzliklarning asosiy qismi kristallangan suvdan (muzdan) va qolgan qismi firn (zichlangan yarim muz qolidagi qor uyumi)-dan iborat, hajmi katta, qor chegarasining yuqori qismida joy-lashgan, atmosfera yog‘ingarchiligidan hosil bo‘lgan va uzok vaqt davomida erib ketmay harakatsnz yoki harakatda bo‘lgan jism massasidir, Antarktidadagi doimiy muzliklarning ko‘pchiligi harakatsizdir.1
49-Rasm. Muzning geologik ishi.
Tog‘li o‘lkalardagi muzliklar ob-havo o‘zgarishi-ga qarab harakatlanadi. Muz qoplamlari harakatga kelgandagi-na (surilsa, cho‘zilsa, uzilsa va ag‘darilsa) ular aniq geologik yashlarni bajara oladi, Iqlimi sovuq bo‘lgan viloyatlarda yil bo‘yi yoqqan qorni eritmoqqa quyosh nurining issiqliq kuchi yetma-gani uchun qutb taraflarda va baland tog‘lar ustida muzlik hosil bo‘ladi, R. Blekning ma’lumotiga ko‘ra yer shari kuruk-lik qismining taxminan 24% i muz qoplamlardan iborat, ya’ni quruqlikning 35 mln. km2 maydonini muzlik ishg‘ol qilgan. Jumladan, Chiimoliy yarim sharda --22 mln. km2, janubiy yarim sharda e^a - - 13 mln. km^ maydon muzlik bilan band. MDH-ning 10,7 g‘mln. km2 kattalikdagi maydoni yoki maydonining 48% i muzlnklar bilan qoplangan. Muzlik zonalar faqat yer po‘stining ustki qatlamidagina emas, balki (14-rasm) uning ostki qismida %am keng tarqalgan. Masalan, Tiksi ko‘rfazi ray-ovida 650—700 q chuqurlikkacha muz qatlami davom etganligi •bo‘rg‘ulash quduqlari yordamida aniqlangan. Chuqurlikdagi mak-simal muzlik qatla^li (1450 m) Marxa daryosining chap irmog‘i Vilyuy (Yo'qutiston) ''nohiyasida aniqlangan.
50-Rasm. Tog’ muzligi.
O‘rta Osiyo tog‘laridagi muzliklar maydoni S. V. Qolesnik ma’lumotiga ko‘ra 11000 km2 dir. Pomirdagi Fedchenko muzligi-ning uzunligi 77 km, Tyanshandagi Inilchek muzligi 80 km, Za-•rafshon -- 24,7 km. Oltoy tog‘laridagi hozirgi muzlikning may-doni 454 km2, dengiz sathidan 2300—2400 m dan 3500 m gacha ba-landlikda joylashgan. Kavkaz tog‘laridagi muzliklar maydoni 1967 km2, 270 ta vodiy muzligi, 1112 ta osilma muzligi bor. Shveysariyadagi Grindervald muzligi 1150 m balandlikkacha cho‘zilib tushgan, lekin bu muzliklarning asosiy joyi Shveysariya Alp tog‘ining 2400 m balandligida,.
Muzlarking harakati. Muzlik xam ayrim plastik moddalar kabi oqadi, ham bo‘yiga, ham eniga cho‘zilaveradi. Muzlikning siljish tezligi biror-bir nuqtada deyarli doimiydir va fasl-larga qarab o‘zgarmas ekan. Muz kristallana borgan sari hara-katga kelaveradi, kengayishning, cho‘zilishning o‘zi uning hara-katidir. Muzliqlar harakatining absolyut tezligi soatiga 25 mm dan 1,25 m gacha boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |