Mavzu: Muzliklarning geologik faoliyati


Muzliklar va ularning geolgik faoliyati



Download 4,37 Mb.
bet2/6
Sana01.07.2022
Hajmi4,37 Mb.
#725818
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muzliklarning geologik faoliyati

Muzliklar va ularning geolgik faoliyati
Suv faqat suyuq holda emas, qattiq holatda - muz holatida ham katta geologik ish bajaradi. Suv singari, muz ham yer yuzasi rel'yefini o'zgartiradi, unga o'ziga xos muzlik landshafti tusini beradi, ilgari yemirilib tushgan tog’ jinslaridan o'ziga xos yotqiziqlar vujudga keltiradi. Muz faoliyatini geologik agent sifatida o'rganish yer yuzasining hozirgi holatini ancha to'liq bilib olishga, shu bilan birga u paydo bo'lganligidan beri turli davrlarda qanday o'zgarib kelganligini aniqlashga yordam beradi. Tog’ jinslarini bir joydan ikkinchi joyga ko'chiruvchi hamda ularni yotqizuvchi, ya’ni yer yuzasida harakatlanuvchi eng kuchli agentlardan biri muzlikdir. Muzliklar yo baland tog’larda, yoki qutblarga yaqin yerlarda uchraydi.

51-Rasm. Grenlandiya muzligi.
Muzlik odatda qor chizig’idan yuqorida, rel'yefning yassi va pastqam joylarida vujudga kelishi asosan iqlim sharoitiga bogliq. Tog’li o'lkalarda muzlikning qalinligi chetlariga qaraganda markaziy qismida katta bo'ladi.
Muzlik doimiy qor chegarasidan pastda bo'lishi ham mumkin, bunda muzlik vodiyga siljib tushgan bo'ladi. Hozirgi vaqtda Yer sharoitida barcha muzliklarning umumiy maydoni quruqlikning o’ndan bir qismidan ko'prog’ini yoki 16 million 215 ming km2 ni tashkil etadi. Bu Avstraliya maydonidan ikki marta kattaroqdir. Agar bu muzlik erisa, dunyo okeanining sathi 50 metrdan ortiqroq ko'tarilar edi. Yer sharidagi barcha muzliklarning 96,5 % i qutblarga va qutb yaqinidagi o'lkalarga (materik qoplama muzliklari), faqat 3,5 % I o'rtacha va tropik mintaqalardagi baland tog’li o'lkalarga to’g’ri keladi. Yer yuzidagi barcha muzliklar shakliga va harakatining xarakteriga ko'ra uchta guruhga bo'linadi. Bular - materik muzliklari yoki qoplama muzliklar, tog’ muzliklari hamda vodiy muzliklaridir.
Materik muzliklari - qutb o'lkalarida tarqalgan bo'lib, ular tog’larni ham tekislik va pasteksliklarni ham yoppasiga qoplab yotadi. Bunga sabab qutblarda va qutb atrofidagi joylarda haroratning yil bo'yi juda past bo'lishidir. Antarktidani va Grenlandiyani qo’plab yotgan muz qalqoni bunga yaqqol misol.
Tog’ muzliklari - materik muzliklarga qaraganda ancha kichik bo'lib, shakli ham xilma-xildir. Tog’larda muzliklarning paydo bo'lishiga sabab yuqoriga ko'tarilgan sari yog’in-sochin miqdori ortib, harorat esa, pasaya borishidir. Tog’ muzliklarining shakli asosan tog’lardagi rel'yef shakllariga bog’liqdir. Ular ko'pincha tog’ vodiylari va cho'kmalarning yuqori qismini egallaydi.

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish