Mavzu: mutafakkir ajdodlarimizning tarbiyaga oid



Download 479,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana24.01.2023
Hajmi479,97 Kb.
#901877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MyyiaWJMaFQox7xkAnridZuq8ZP5ZdyUxsHOO6G8

Ahmad Yassaviyning 
qarashlari uning ―Devoni hikmat‖ asarida berilgan. 
Asarda hozirgi tarbiya jarayonimizda foydalanish mumkin bo‗lgan juda kop jihatlarni 
ko‗rishimiz mumkin. Yassaviyning hikmatlarida insoniy go‗zallik, insonparvarlik, 
ma‘naviy poklik, saxovat, diyonat, xolislik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik kabi 
go‗zal axloqiy sifatlar o‗z aksini topgan. ―Tasavvuf ta‘limotida ta‘limiy-tarbiyaviy 


qarashlar‖ mavzularida, ―Tarbiya‖ fanida bir qator mavzularni o‗tishda keng 
foydalanish mumkin. Yassaviyning turli insoniy sifatlar haqidagi qarashlaridan 
foydalanishga oid qator misollarni keltirib o‗tamiz. Masalan, adibning insonparvarlik 
targ‗ib etilgan g‗oyalarini boshqa allomalrning qarashlari bilan taqqoslagan holda 
―Tarbiya‖ fanida foydalanish mumkin: Sharqning zabardast shoirlari nafaqat buyuk 
mutafakkir, mutasavvuf donishmandlar, balki purqudrat, hurfikr, ilg‗or gumanist 
tarbiyachilar ham bo‗lganlar. Hurfikrlilik va tasavvuf bir-biri bilan chambarchas 
bog‗liq tushunchalar hisoblanadi.
Tasavvuf namoyandalari, taraqqiyparvar mutasavvuflar xalq ommasining zulm 
va istibdodga qarshi olib borgan kurashlarida, aksariyat hollarda, g‗oyaviy rahbarlik, 
sardorlik va sarkardalik qilganlar. Tasavvuf tariqati shayxlari, diniy-mazxabiy 
ulamolarga qaraganda, xalq ommasiga yaqinroq turganlar, ko‗pchiligi xalq ichidan, 
kambag‗al tabaqalardan chiqqan. Zero, tasavvufda insonni takomillashtirish, shu yo‗l 
bilan uni ulug‗lash va e‘zozlash, ya‘ni ilohiylashtirish, insonda ham Ollohga xos 
sifatlarni tarbiyalash va shu yo‗l bilan uni Ollohga yaqinlashtirish asosiy muammo 
hisoblangan. Darvesh qiyofasidagi Inson o‗zini Xudoga yaqin, deb bilgan. 
Tasavvufdagi asosiy masala o‗zi pok, so‗zi pok va ishi pok, to‗g‗ri so‗z, halol, yuksak 
axloqqa noil, har tomonlama komillikka erishgan insongina Alloh vasliga musharraf 
bo‗lishnni anglatadi. Tasavvufning teran insonparvarlik mohiyati ham ana shunda 
yaqqol ko‗rinib turibdi.Tasavvuf gumanistik ahamiyatga molik axloqiy tarbiya bilan 
ham chambarchas bogliqdir. Inson kamoloti islom dinida ham, tasavvufda ham asosiy 
masaladir. Yassaviyning tariqat va shariat haqidagi qarashicha tariqat va haqiqat 
botiniy poklanishning zaruriy ehtiyoji, shariat darajasi qoniqtirmaydigan, jondan 
kechib ishq sharobini ichishga tayyor turgan alohida shaxslarni tanlagan yo‗lidir. 
Ushbu ta‘limot mazmun-mohiyatidan qo‗yidagi talqin kelib chiqadi: Shariat-
ravshan bilingan narsalardir, nishondir, hurmatdir. Tariqat- qidirilgan narsalar
bayondir xizmatdir. Haqiqat –ko‗rish uchun kurashish ayondir, hikmatdir. Ahmad 
Yassaviy insonparvarlik odamiylik, saxovat, g‗ariblarga yordam masalasiga alohida 
e‘tibor beradi. Buni bir qancha hikmatlarda ko‗rish mumkin: G‗arib, faqir, yetimlarni 
Rasul surdi, O‗shal tuni me‘roj chiqib diydor ko‗rdiyu Qaytib tushib g‗arib yetim 
izlab yurdi. G‗ariblarni izin izlab tushdim mano. 
Yoki: 
G‗arib, faqir, yetimlarni Rasul 
surdi, Haqlar qilib aziz joning ayla qurbon. Taom tortsang, joning bila qilg‗il ehson, 
Haqdin eshitib, bu so‗zlarni aydim mano. Ahmad Yassaviy nuqtai nazarida insonning 
dunyosi nsonparvarlik bilan obod. Bu dard hamma narsadan qudratli va fayzli deb 
biladi. Yassaviy hikmatlarida yomonlik, nodonlik, jaholat, molparastlik kabi illatlarga 
qarshi kurash salbiy axloqiy g‗oyalar ham o‗z ifodasini topdi. U molu- dunyo, 
mansab uchun mukkasidan tushgan qozi- imomlar,hokimlar, amaldorlarga nafrat 
bilan qaraydi. Doimo xalqqa haq ko‗zi bilan qarashga, g‗arib-yetimlarga ozor 
yetkasmaslikka chaqiradi. Nafaqat Yassaviy, balki tasavvufning barcha tariqatlarida, 


tasavvuf ahlining barchasining ijodida insonparvarlik bosh masala bo‗lib hisoblanadi. 
Ularda insoniylik va insonparvarlik turli tomonlari tahlil etiladi. Adib komillikka 
erishishning yo‗li har qanday nafsdan ham parhez qilishda ekanligini ta‘kidlab, nafs 
yo‗liga kirmaslikni maslahat beradi. Shu bilan birga har qanday maqsadga erishish 
yo‗lida mehnat qilish lozimligini alohida ta‘kidlab o‗tadi.
Yassaviyning iymon - e‘tiqodga chaqiruvchi g‗oyalari yoshlar tarbiyasida 
muhim manbalardan biri bo‗lib hisoblanadi. U inson hayotidagi katta kurash - nafsni 
taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblanadi. Nafsga mag‗lub shoh-qul, 
nafsdan ustunlikka erishgan g‗arib -shohdir. Yassaviy hikmatlarining katta bir qismi 
ayni shu masala talqinlariga bag‗ishlangan. Uning ta‘rifiga binoan,nafs ―yabon 
qushdek qo‗lg‗a qo‗nmas‖ bir narsa. Bu ―qush‖o‗z xohishicha ―parvoz‖ etaversa, 
odamni kundan- kun to‗g‗rilikdan ozdiraveradi. Oqibatda esa: 
Nafs yo‘lig‘a kirgon 
kishi rasvo bo‘lur, Yo‘ldin ozib, toyib, to‘zub gumroh bo‘lur, Yotsa-tursa shayton 
bilan hamroh bo‘lur. 
Islom dunyosining ―shayxul mashoyixi‖ Xo‗ja Ahmad 
Yassaviy haqida mustaqillikdan so‗ng hadiksiramay gapiradigan va yozadigan 
bo‗ldik. Sobiq sho‗rolar hukumati davrida uning nomi ―klerikal adabiyot 
namoyondasi‖, ―reaksion diniy adabiyot vakili‖ kabi sifatlar bilan qoralanib kelindi. 
Yassaviy haqida yozgan kishi, albatta, sho‗rolar mafkurasi nuqtai-nazaridan turib uni 
qoralashi, u haqda zarracha bo‗lsin ijobiy fikr bildirmasligi lozim edi. Faqat 
mustaqillikdan keyingina Ahmad Yassaviy ijodiga , asarlariga xolis ko‗z bilan qarash 
boshlandi. Uning ta‘limoti, hikmatlari, sulukiga bo‗lgan qiziqish tobora kuchayib 
bordi. Millat qalbidan undan faxrlanish tuyg‗usi uyg‗ondi. Nufuzli YUNESKO 
tashkiloti 1993 yilni ―Yassaviy yili‖ deb e‘lon qildi.
Markaziy Osiyoda XIV asrda paydo bo‗lgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat – 
―Naqshbandiya‖ tariqatidir. Bu tariqat 

Download 479,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish