Mavzu: Mustaqillik va ona tili haqida suhbat


VI.Uyga 144- mashq topshiriladi. — Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz? Sana



Download 14,28 Mb.
bet58/146
Sana19.04.2022
Hajmi14,28 Mb.
#564583
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146
Bog'liq
4 sinf ona tili 1536590792

VI.Uyga 144- mashq topshiriladi.
— Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?


Sana:_____________________________________
MAVZU: So’z turkumlari (takrorlash)
Darsning maqsadi: a) o’quvchilarning son so’z turkumi, aniq va noaniq miqdor bildirgan sonlar, sonlarning yozilishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Topishmoqlar orqali o’quvchilarning zehnini o’stirish. Lug’at diktant orqali ularning savodxonligini oshirish. Gazlama, kislota, vitamin so’zlari bilan lug’atlarini boyitish;
b) paxta milliy boyligimiz ekanligi haqida o’quvchilar tushunchasini aniqlash. Ularnni tabiat in’omlarini qadrlash ruhida tarbiyalash.
Darsning turi: mustahkamlash-takrorlash darsi.
Darsning metodi: suhbat metodi.
Darsning jihozi: gaplarni tasvirlovchi chizmalar.
Darsning borishi:I.Tashkiliy qism
II.Uy vazifasini tekshirish:
— Matn nima haqida ekan?
— Abdulxoliq G’ijduvoniy kim bo’lgan?
— U nimalar deb o’g’liga nasihat bergan?
— Siz ham shu nasihatlarga amal qilasizmi?
— Yomon, ochiqyuzli, shirin so’zli, xushmuomala so’zlariga so’roq be ring.
— Ular shaxs va narsalarning nimasini bildirar ekan?
2. Lug’at diktant.
Giyoh, pahlavon, tillaqo’ng’iz, daraxt, Jahongir, shahar, gazlama, gulxan, mahsulot.
O’quvchilar yozganlarini lug’atga qarab tekshiradilar. Yozishda xato qilingan so’zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi. Jahongir— 8 ta tovush, 8 ta harf. Unli tovushlar — a, o, i. Undosh tovushlar —j, h, n, g, r. Jarangli undosh tovushlar —j, n, g, r. Jarangsiz undosh tovushlar - h.
III.Yangi mavzu bayoni:Darslik bilan ishlash.
145- mashq. O’quvchilar matnni o’qiydilar. O’qituvchi ma’nosi tushunarsiz so’zlarni izohlab beradi.
4. Lug’at ishi.
Gazlama — mato, material. Kislota — kimyoviy birikma.
Vitamin — organizmning normal faoliyati uchun zarur oyish modda.
— Matn nima haqida ekan?
— O’zbek xalqi paxtachilik bilan qachondan shug’ullangan?
— Paxtadan nimalar olinadi?
— Paxtadan necha xil mahsulot olinadi?
—Paxta tolasidan necha xil matolar olinadi?
— G’o’za bargida necha xil kislota va vitaminlar bor?
— Siz yana qanday paxta ekadigan mamlakatlarni bilasiz?
— Matnga sarlavha toping. („Paxta — milliy boyligimiz”.)
— Matndagi necha? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni toping. (Bir ming ikki yuz xil, yetmish xildan ortiq, o’n oyi xil.)
— Bu sonlar nimaning miqdorini bildiryapti? (1200 soni — mahsulotning, 70 soni — gazlamaning, 17 soni — kislota va vitaminning miqdorini bildiryapti.)
— Matndagi nimaning miqdori noaniq berilgan? (Gazlamaning miqdori noaniq berilgan.)
— Nima sababdan miqdorni noaniq deb hisoblaymiz? (Chunki 70 sonidan keyin ortiq so’zi kelgan. 70 xildan ortiq gazlamaning qanchaligi noma’lum.) O’quvchilarga sonlarning tagiga toiqinli chiziq chizish topshiriladi.
146-mashq. O’quvchilar topishmoqni o’qiydilar. Javobini topadilar.
— Birinchi topishmoqda ko’zlar kimga o’xshatilyapti?
— Qo’shni, do’st so’zlari qanday so’roqqa javob bo’ladi?
— Bu so’zlar narsaning nimasini bildiradi? Qaysi so’z tur-kumiga kiradi?
— Ko’zlar nima qilar ekan? (Yonma-yon turishadi, yig’lashadi, kulishadi.)
— Shu so’zlarga so’roq bering.
— Bu so’zlar nima qiladi? So’rog’iga javob bo’lgani uchun qaysi so’z turkumiga mansub? (Fe’l so’z turkumiga kiradi.)
— Matndagi sonlarni so’roq yordamida toping. (Necha? — ikki.)
— Ikkinchi topishmoqning javobi nima?
— Shoir anorning qanday belgilarini keltirgan? (Anorni qip-qizil, nordon, shirin deb ta’riflagan.)
Qip-qizil, nordon, shirin so’zlariga so’roq bering. So’zlar qaysi so’z turkumiga kiradi? (Qanday? So’rog’iga javob bo’ladi. Sifat so’z turkumiga kiradi.)
— Sifatlar narsaning nimasini bildiradi? (Bclgisini bildiradi.)
— Harakatni bildirgan so’zlarni so’roqlar orqali toping. (Nima qilsang? — topsang, nima qilamiz? — chiqamiz-)
— Topsang, chiqamiz so’zlari qaysi so’z turkumiga mansub?
— Topishmoqning javoblari qaysi so’z turkumiga kiradi?
O’quvchilar she’rni husnixat bilan yozadilar. So’zlarning ustiga qaysi so’z turkumiga kirishini yozib qo’yadilar. Doskada topishmoqning javobini birinchi topgan 2 o’quvchi mashqni bajaradi.

Download 14,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish