Mavzu: Mustaqillik va ona tili haqida suhbat


Mavzu: FE’L — SO’Z TURKUMI.375-377-mashqlar



Download 14,28 Mb.
bet100/146
Sana19.04.2022
Hajmi14,28 Mb.
#564583
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   146
Bog'liq
4 sinf ona tili 1536590792

Mavzu: FE’L — SO’Z TURKUMI.375-377-mashqlar
Darsning maqsadi: a) ta’limiy: fe’l — so’z turkumi ekanligi haqida ma’lumot berish; shaxs va narsaning harakatiga qarab fe’llarga to’g’ri so’roq qo’yish malakasini shakllantirish; fe’llarni to’g’ri yozish, nutqda to’g’ri qo’llashga o’rgatish;
Rivojlantiruvchi: fikrlashuvda madaniy munosabatda bo’lish;
Tarbiyaviy: har bir ishga to’g’ri yondashish hissini tarbiyalash.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi: deduktiv.
Darsning jihozi: shifokor bemorni eshitayotgan, qishda qushlarning hayotini tasvirlovchi rasmlar, samolyot, paroxod, kir yuvish mashinasi, dazmol kabilar tasviri tushirilgan rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: O‘quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamalsh.
1. Uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman.
2. Og’zaki savol- javob o’tkazaman.
3. Rasm bilan ishlash.
Doskaga shifokor bemorni davolayotgan, qishda qushlarning hayotiga doir rasmlar osiladi. Rasm yuzasidan suhbat o’tkaziladi:
— Rasmda nimalarni ko’ryapsiz? (Shifokor, bemor, qushlar, daraxtlarni ko’ryapmiz.)
— Shifokor bemorni nima qiladi? (Davolaydi.)
— Qishda qushlarga nima uchun qiyin bo’ladi? (Qishda sovuq, qushlarga don yo’q, qishda qushlar don izlaydi.)
— Qishda qushlarga nima qilish kerak? (Qushlarga don sepib turish kerak.)
III. Yangi mavzu bayoni.
Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar nimani bildiradi? Ular qaysi so’z turkumiga kiradi?
Savollarga javoblar umumlashtiriladi. Qoida hosil bo’ladi.
O’qituvchi gaplarga so’roq berib o’qitadi:
— Shifokor bemorni nima qildi? (Davoladi.)
— Davoladi so‘zi nimani bildiradi? (Harakatni.)
— Kim davoladi? (Shifokor.)
— Shifokor so‘zi nimani bildiradi? (Shaxsni.)
— Qor tinmay nima qilyapti? (Yog’yapti.)
— Yog’yapti so’zi nimani bildiryapti? (Harakatni.)
— Nima yog’yapti? (Qor.)
— Qor so’zi nimani anglatyapti? (Narsani.)
Keyingi gap ham shu tarzda tahlil qilinadi.
— Davolaydi, yog’yapti, izlaydi so’zlari nimani bildiradi? (Harakatni.)
— Nimaning harakatini? (Shaxs va narsalarning.)
— Javoblar umumlashtirilib, narsa-shaxs harakatini bildirgan so’zlar fe’I turkumiga oid so’zlar ekanini tushuntiradi.
IV. Mustahkamlash.
O’quvchilar 375- mashqda berilgan gaplarni ko’chirib yozadilar. Fe’llarning tagiga chizadilar. 3. Husnixat mashqlari.
Husnixat qoidalari eslatilgach, o’quvchilar quyidagi she’rni ko’chirib yozadilar:
So ‘zlaringiz, Siz quvonchim,
Joylab dilga, Hayajonim,
Otlanaman Mehribonim
Porloq yo’lga! Ayajonim!
(Umarali Qurbonov)
O’quvchilar ishni tugatgach, she’r o’qitiladi va savollar beriladi.
— Siz ham onangizni yaxshi ko’rasizmi?
— Ularni qanday hurmat qilasiz?
— Maktabga ketayotganingizda onangiz nimalarni tayinlaydilar?

  1. Darslik bilan ishlash.

376- mashqdagi matn o‘qiladi. Matn yuzasidan savollar beriladi.
376- mashq Matnni o‘qing. So’roqlar yordamida fe’llarni toping. Ular kimning harakatini bildirgan?
Kechqurun Mannon akamning oldiga bordim. Uyimizning buzilishini aytdim.
— Sen xafa bo’lma, hammamizning uyimiz buziladi. Bu yerga kattakon teatr quriladi, — dedi Mannon akam...
Uyimiz buzildi. Biz boshqa yoqqa, Mannon akam bosh-qa yoqqa ko’chib ketdi.
irk uni akam menga surati bor bir kitob berdi.
Bir mahal menga tanish odamning suratini ko’rib qoldim.
Suratning tagiga teatrning bosh rejissori Mannon Uyg’urning nomi yozilgandi.
O’sha kuni men yo’qotgan odamimni topdim.
(Aziz Abdurazzoqdan)
Ko’chiring. Fe’llarning tagiga chizing.
Harakat bildirgan so’zlar gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? Ularning tagiga qanday chiziq chiziladi?



  1. Darsni yakunlash.

— Harakatni bildirgan so’zlarga qanday so’roqlar beriladi?
— Allalaydi so’ziga so’roq bering. (Nima qiladi?)
— Qayg’uradi so’ziga so’roq bering. (Nima qiladi?)
— Erkalaydi so’ziga so’roq bering. (Nima qiladi?)
— Allalaydi, qayg’uradi, erkalaydi so’zlari kimga xos? (Onaga.)

— Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so’zlar nima deyiladi? (Fe’I deyiladi.)





  1. Uyga vazifa: 377- mashq.

377- mashq. She’rni ifodali o’qing.


O’YIN BO’LSA
O’yin bo’lsa, o’ynaymiz, Yiqilamiz, turamiz —
Bo’lmasa-chi, topamiz. Shu ham o’yin atalar.
Topolmasak zir yelib, Bizday necha yiqilib,
To’rt tomonga chopamiz. Katta bo’lgan otalar.
Tolib Yo’ldosh
She’rni ko’chiring. So’roqlar yordamida fe’llarni aniqlab, tagiga tegishlicha chizing.



Download 14,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish