III. O'tilgan mavzular yuzasidan takrorlash.
IV. Topshiriqlarni bajarish.
V. O'quvchilar bilimini baholash.
VI.Uyga vazifa:
Darsning borishi:
O'quvchilar stol ustiga teskarisi o'girilgan kartochkalardan (mevalar, gullar, sabzavotlarning nomlari yozilgan) tanlab oladilar va guruhlarga bo'linadilar.
1- guruh: mevalar.
2- guruh: gullar.
3- guruh: sabzavotlar.
1- topshiriq: Konvertlarga o'tilgan mavzular nomlari yozilgan qog'ozlar solinadi. Har bir guruhdan bir o'quvchi chiqib kohvert tanlaydi. Har bir guruh o'ziga tushgan mavzu bo'yicha javob beradi.
2- topshiriq: „Navbatchi harf o'yini. Uchta kartochkaga uch xil harf yozilib, teskari holatda stol ustiga qo'yiladi. Guruhlarga rangli markerlar va flipchatlar beriladi. Guruh a'zolaridan biri chiqib, kartochkalardan birini tanlaydi. Bu topshiriqni bajarish uchun uch daqiqa vaqt beriladi. O'quvchilar belgilangan vaqt ichida tanlagan harflari bilan boshlanuvchi istagan so'zlarini yozadilar. Masalan, o harfiga — olma, olcha, ot, , osmon, Olim, olxo'ri, ...
3- topshiriq: „Mozaika" o'yini. Uchta guruhga konvertlar tayyorlanadi. Konvertlarga o'tilgan mavzular bo'yicha rasmlarning, masalan: mevaning , archa o'yinchog'ining yoki oshxona anjomining rasmi turli shaklda kesilgan holda solingan bo'ladi. Guruhlar o'zi tanlagan konvertdagi shaklni yig'ib nomini aytishlari kerak.Topshiriqni birinchi bajargan guruh g'olib sanaladi.
O'tilgan darslar yuzasidan yangi so'zlar mustahkamlanadi.
Bu so’zlar barchasi hech qanday qo’shimchasiz aytildi. Bular bosh kelishikda. Bosh kelishikdagi otlar qo’shimcha olmaydi, so’rog’i kim? Nima?.
197- mashq. Matnni o'qing. Bosh kelishikning so'roqlari yordamida otlarni toping.
Buyuk bo'yoqchi qirqta qozonda bo'yoqlarini pishirar ekan. Bo'yoqlarga xaridor bo'lib Bahoroy kelibdi. U o'ziga yashil bo'yoqni tanlabdi.
Shu payt kunchiqar tomondan Yoz yetib kelibdi. Bo'yoqchi Yozga har xil bo'yoqlardan beribdi. So'ng bo'yoq bozoriga Kuz kelibdi. Kuz sariq, pushti, zarg'aldoq rang-lardan olibdi. Hammadan keyin Qish kelibdi. Bu paytda qozonda faqat oq rang qolgan ekan. Qish boshqa fasllar-dan xafa bo'libdi. Shuning uchun odamlar Qish o'ksima-sin deb Yangi yilda archaning shoxlariga turli rangdagi o'yinchoqlarni osib qo'yar ekanlar.
(Olloyor Begaliyevdan)
Bosh kelishikdagi otlarni unga bog'langan so'z bilan birga ko'chiring. Bosh kelishikdagi ot gapda qaysi bo'lak bo'lib kelgan? Shu otga bog'lanib kelgan so'z-chi?
Gapda bosh kelishikdagi otni qanday aniqlaysiz?
Ijodiy ish uchun topshiriq: rasmdan olgan taassurotingizdan foydalanib, qish, qor, sovuq haqida 4-5 gapli matn tuzing. Matningizda she'r matnidagi quyidagi so'z va iboralardan foydalaning: momiq par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor zorralari, izg'irin, fayz beradi, oq kiyimda.
Namuna: Qahraton qish kunlari edi. Osmon elak kabi qor zarralarini yerga elardi. Yer bir zumda oq choyshabga o'raldi. Daraxtlar qordan oq kiyim kiydi. Bu qishlog'imizga fayz berib turardi.
(„Hikoya" 2—3 ta yoki bir nechta gapdan iborat bo'lish mumkin.) O'quvchilar o'tilgan dars yuzasidan o'z fikrlarini mustaqil ravishda yozib berishlari kerak.
O'quvchilar bilimini baholash. O'qituvchi tomonidan turli shakldagi rangli kartochkalar tayyorlanib, guruhlar har bir topshiriqni bajargandan so'ng baholanib boriladi. Dars yakunida rag'bat kartochkalari jamlanadi. Guruhlarda jamlangan kartochkalar soni aniqlanib, o'rin beriladi. Faol qatnashgan o'quvchilar alohida rag'batlantiriladi (uchburchak — sariq rangli shakl; to'rtburchak — yashil rangli shakl; dumaloq — qizil rangli shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |