Mavzu: Mustaqillik va ona tili haqida suhbat


Qani aytingchi bolalar mustaqillikdan keyin qanday yutuqlarga erishdik?



Download 14,28 Mb.
bet2/146
Sana19.04.2022
Hajmi14,28 Mb.
#564583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
4 sinf ona tili 1536590792

Qani aytingchi bolalar mustaqillikdan keyin qanday yutuqlarga erishdik?
Javoblaringiz uchun rahmat.
Haqiqatdan ham 24 yildirki, ota-bobolarimiz orzu qilgan, kimlardir yetib, kimlardir yetolmagan ozod va obod mustaqil Vatan bag‘rida tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz. O‘zbekiston tarixan juda qisqa vaqt mobaynida o‘z kuchi va salohiyatiga ega, o‘z yeri, tinch va osoyishta hayotini himoyalashga qodir, jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy, mustaqil, suveren davlatga aylandi! Bu esa har birimizning qalbimizni faxr va iftixorga to‘ldiradi…
Dars musobaqa tarzida o‘tkaziladi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Mavzudan kelib chiqib, o‘z guruhlariga «Mustaqillik», «Tinchlik», «Sog‘lom bola» kabi nomlarni tanlashlari mumkin. Guruh ichida sardorlar tayinlanadi va shiorlar e’lon qilinadi.
1- topshiriq
«Ikki yorti bir — butun» jadvali
Bu shartda o‘quvchilarga quyidagi jadval ko‘rsatiladi. Jadvalning birinchi ustunida yillar qayd etilgan, ikkinchi ustunida esa yutuq va marralarimiz almashtirib yozilgan. O‘quvchilar ularni o‘z o‘rniga qo‘yib, to‘g‘ri variantini birin-ketin aytib berishlari kerak.
Guruhlar uchun jadval

1991

GERB, KONSTITUTSIYA QABUL QILINGAN

1992

MUSTAQILLIKKA ERISHDIK

1994

BAYROQ QABUL QILINGAN

1995

MADHIYA QABUL QILINDI









O‘qituvchi: — Mustaqillik bizga juda ko‘p ne’matlarni ato etdi. Odamlarning ma’naviy va maishiy hayotida yangilanish, yasharish davri boshlandi. Millatparvar vatandoshlarimizning nomlari tiklandi. Ona tilimiz va milliy qadriyatlarimiz rivoji, o‘zbek davlatchiligining takomili uchun keng istiqbol yo‘llari ochildi. Shahar va qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgardi. O‘zbekistonning har bir viloyatida juda katta qurilish ishlari olib borilmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida Toshkentda Mustaqillik monumenti, Xotira xiyoboni, Tasviriy san’at galereyasi, Senat binosi, Ezgulik arkasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Yoshlar ijod saroyi, Ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binolari qurib bitkazildi. O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyining ishga tushirilishi hamda tezyurar «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xalqimizning olamshumul tarixiy yutug‘i bo‘ldi. Bir emas uchta mashina zavodining ishga tushgani yurtimiz iqtisodining o‘sishiga hissa qo‘shmoqda. (Videolavhalar namoyish etilib, yurtimizning obod manzillari haqida suhbat o‘tkaziladi).
Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida ma’naviy jasorat egalaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Xo‘jandiy, Muhammad Xorazmiy kabi ajdodlarimizning ma’naviy jasoratlari haqida so‘z boradi. Bugun ota-bobolaridan ma’naviy jasoratni meros qilib olgan, O‘zbekiston istiqlolini, uning sha’n-u shavkatini himoya qilayotgan, xalqaro maydonlarda, davlatimiz nomini sharaflayotgan yoshlarimizning soni ortib borayotgani faxr va iftixorimizni yanada ko‘taradi. Yoshlarimiz eng nufuzli xalqaro tanlovlarda, olimpiada va jahon chempionatlarida hech kimdan kam emasligimizni isbotlab kelmoqda. Birgina kimyo fani bo‘yicha 47- xalqaro D.Mendeleyev olimpiadasida umumjamoa hisobida mamlakatimiz o‘quvchilari 1- o‘rinni egallagani buni yana bir karra isbotlab berdi.

Download 14,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish