48-49-mashqlar
51-52-mashqlar.
Darsning maqsadi: A) Ta’limiy: O’quvchilarning gapda so’zlarni bog’lovchi vositalar haqidagi bilimlarini aniqlash. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar bajaradigan vazifani misollar yordamida tushuntirish. Darslikdagi mashq matnlari orqali ularni mantiqiy fikrlashga o’rgatish. Lug’at diktant yordamida savodxonligini oshirish;
b) tarbiyaviy: o’quvchilarga o’z Vatani—O’zbekiston tabiatining o’ziga xos tomonlari, ulardan zavq olish uchun asrab-avaylash lozimligi uqtiriladi.
c) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: analitik-sintetik tovush metodi.
Darsning jihozi: rasm, jadvallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilarning darsga tayyorlanishini nazorat qilish.
2. Uyga berilgan 47 – mashq qanday bajarilganini aniqlash.
Uyushiq bo’lakli gaplarni ko’chiring. Gapda qaysi bo’lak uyushib kelganini aniqlab, tagiga chizing.
Tinish belgilarining qo’llanishiga diqqat qiling.
3. Yangi mavzu bayoni.
48- mashq. Berilgan gaplardagi takrorlanib kelgan so’zlarni tushirib qoldirib, gapni qayta tuzing. Qaysi bo’laklar uyushib kelganini ayting.
Kuzda qaldirg’ochlar issiq tomonlarga uchib ketadi. Kuzda bulbullar issiq tomonlarga uchib ketadi. 2. Bu qushlar Kavkazga uchib ketadilar. Bu qushlar Hindistonga uchib ketadilar. 3. Chumchuqlar esa o’lkamizda qishlaydilar. Musichalar esa o’lkamizda qishlaydilar.
Uyushib kelgan bo’laklarni ko’chirib yozing.
Berilgan gaplar bilan o’zingiz tuzib yozgan gaplaringizni qiyoslang. Qay birida fikr ravon ifodalangan?
IV. Mustahkamlash.
49- mashq. Matnni o’qing. Matnda nechta gap bor? Sizga gaplarning tuzilishi yoqdimi?
CHUMOLILAR
Chumolilarning turi juda ko’p. Ular pastliklarda yashaydi. Dalalarda yashaydi. O’rmonlarda yashaydi. Qirlarda yashaydi. Yer yuzida och sariq chumolilar uchraydi, jigarrang chumolilar uchraydi. Qora chumolilar uchraydi. Sariq chumolilar uchraydi. Ular mevali bog’larda zararli hasharotlarga qiron keltiradi. Ular paxtazorlarda zararli hasharotlarga qiron keltiradi.
Gaplarni qayta tuzib, matnni yozing. Uyushiq bo’laklarning tagiga chizing. Qaysi bo’laklar uyushib kelganini ayting.
Uyga vazifa:
50- mashq. Matnni o’qing va ko’chiring. Gapda qaysi bo’laklar uyushib kelganini aniqlab, tagiga chizing.
Bog’imizga olma, olcha, behi kabi mevali daraxtlar o’tqazdik. 2. Quyosh, havo, tiniq suv bizning yaqin do’stimiz. 3. Quyosh yoritadi va isitadi. 4. Bulbullarning iva sa’valarning yoqimli sayrashi kishiga zavq beradi.
2-dars
51- mashq. Topishmoqlami o’qib, ularning javobini toping.
Tog’da, bog’da yashaydi,
Qishda, yozda yashnaydi.
2. U bahorda unadi,
Yozda kuchga to’ladi.
Kuzda pishib yetilib,
Tog’-tog’ xirmon bo’ladi.
Mustahkamlash.
52- mashq. She’rni o’qing, ko’chirib yozing.
Vatanim bog’larini, So’nmas chiroqlarini,
Ko’ko’par tog’larini, Ko’zim bilan asrayman.
Obid Rasul
Uyushiq bo’laklarni aniqlab, tagiga chizing.
Uyga vazifa:
53- mashq. Chizmaga mos gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |