Mavzu: Mustaqillik va ona tili haqida suhbat


- mashq. O'qing. Har bir so'zga so'roq bering



Download 14,28 Mb.
bet130/146
Sana19.04.2022
Hajmi14,28 Mb.
#564583
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146
Bog'liq
4 sinf ona tili 1536590792

438- mashq. O'qing. Har bir so'zga so'roq bering.
Guldor, guidon, gulli, gulla, gulchi, gulzor, suvsira, suvchi, qalamdon, suvsiz, suvli, suvla.
Avval sifatlarni, keyin otlarni, so'ng fe'llarni ko'chiring. So'zlarning o'zak va qo'shimchalarini belgilang.
Ta’limiy o’yin. Gul yasaymiz.

Ot sifat son Fe’l


So’z turkumlariga oid so’zlar topib yozish.
V.Uyga vazifa:
439-mashq. Matnni o'qing. Undan nimalarni bilib oldingiz?
21-mart kuni qishning kenja o'g'li Hut o'z o'rnini Bahorning to'ng'ich o'g'li Hamalga bo'shatadi. Hamal boshlanishi bilan dehqon yerga don sepadi. Shuning uchun xalqimiz „Hamal kirdi — amal kirdi" deydi.
21-martda kun va tun tenglashadi. Xalqimiz orasida bu kun Yangi kun — Navro'z deb nomlanadi.
(„Gulxan"dan)
Ko'chiring. Fe'l yasovchi qo'shimchalarni belgilang. Ular qaysi so'z turkumidan yasalgan?
VI. Darsni yakunlash.
03.05.2017 157-dars
Mavzu: Fe’l mavzusi yuzasidan takrorlash darsi. 440-442- mashqlar
Maqsad: a) Ta’limiy: fe’l –so’z turkumi yuzasidan olgan bilimlarni mustahkamlash, takrorlash;
B) Tarbiyaviy: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilar nutqida fe'ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish.
Darsning uslubi: musobaqa, savol-javob.
Darsning jihozi: mavzuga mos jadval, plakat, tarqatmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
davomatni aniqlash;
Sinfni darsga tayyorlash;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uy vazifasini tekshirish:
III. Mavzuni bayon etish.
Mavzu 440- mashq ustida ishlash orqali tushuntiriladi. Mashqda berilgan gaplar o'quvchilarga o'qitilib, har qaysi gapda ajratib ko'rsatilgan so'zlarga o'quvchilar diqqati qaratiladi. Suhbat orqali so'zlarning ma'nolaridagi farqlarni aniqlash, o'zaklari bir xil bo'lgan so'zlarni yonma-yon yozish, ularning o'zak va qo'shimchalarini belgilash bilan so'z asosi o'zaklarga -la, -ilia yasovchi qo'shimchalarni qo'shish orqali fe'llar hosil qilish lozimligi tushuntiriladi. O'quvchilar doskadagi so'zlarni ko'chirib yozadilar.
ko'z — Ko'zla; so'z — so'zla; qars — qarsilladi; qag' — qag'illadi; bosh — boshla; miyov — miyovladi.
4. 441- mashq shartiga ko'ra og'zaki bajariladi.
441-mashq. O'qing. Fe'llarni toping. Ularning bo'lishli-bo'lishsizligini, zamoni va shaxs-sonini ayting.
Yer yuzida tinchlik, xavfsizlik, osoyishtalikni saqlash uchun 1945- yilning 24-iyunida xalqaro tashkilot tuzildi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti deb nomlandi. U xalqlar o'rtasida do'stlik va hamkorlikni o'matadi.
(„Gulxan"dan)
Osoyishtalik so'ziga ma'nodosh so'z toping.
5. Saylanma diktant. Diktantda quyidagi gaplarni o'qituvchi birrna-bir o'qiydi. O'quvchilar gapdagi yasama fe'llarni yozadilar.
1. Avval o'yla, keyin so'yla. 2. Ona farzandini „shirintoyim" „asalginamu, „toychoqqinam" so'zlari bilan erkaladi. 3. Sora qo'g'irchog'ini allaladi. 4. Qish kunlari o'rmonda shamol g'uvullaydi.
Yasama fe'llar: o'yla, so'zla, erkaladi, allalaydi, g'uvullaydi.
6. Husnixat mashqlari.
O'quvchilar quyidagi she'riy parchani doskadan chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilib ko'chiradilar:
Dunyo yuzi yana tinch-u, keng bo'lsa,
Har bolaning
Baxti doim teng bo'lsa,
— Bu juda soz, juda soz.
(Po'lat Mo'min)
7. O'quvchilarning egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida test o'tkaziladi:
Yasama fe'llar qaysi qatorda berilgan?
A) boshchi, ishchi, ishchan;
B) boshla, shovulla, pichirla;
C) boshliq, ishsiz, ishla.
O'quvchilar testdagi to'g'ri javobni kesma harflar bilan ko'rsatsalar ham bo'ladi.
8. Darsni yakunlash va uyga vazifa topshirish. Uyga 442-mashq topshiriladi..
442-mashq. 4- sinf ..O'qish kitobi"dagi biror asardan parcha o'qing. Bo’lishli fe'llar bilan bo'lishsiz fe'llarni topib yozing. Shu fe'llarning zamoni va shaxs-sonini belgilang.



Download 14,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish