Mavzu: Mustaqil so`zlar va ularning shakllari. Fe’l. Reja



Download 131,62 Kb.
bet10/17
Sana14.02.2022
Hajmi131,62 Kb.
#447719
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
5-MA&

Birgalik nisbat UGMsi nutqda foilning harakatni bajarishdagi birgalikdagi ishtirok tarzi sifatida voqelanadi. Fe’l o‘zagiga –sh, –ish birgalik nisbat shakli qo‘shilganda o‘zarolik, birgalik, yordamlashuv kabi ma’nolar yuzaga chiqadi: Salima onasiga kir yuvishdi. Ikki kundan keyin xabarchilar kelishdi.
Birgalik nisbat o‘zi qo‘shilayotgan fe’l asos boshqaruvida o‘zgarish yasay oladi: vositali to‘ldiruvchi ko‘makchili vositali to‘ldiruvchiga aylanishi mumkin. Bunda birgalik nisbatga xos bo‘lgan “ko‘pchilik” ma’nosi yo‘qoladi: Fotima singlisi bilan so‘rashdi. “Ko‘plik” ma’nosi tiklanishi uchun nisbat qo‘shimchasi qavatlanadi: Fotima bilan singlisi so‘rashishdi. Ushbu gapda nisbat shakli UGMsi voqelangandir. Shunga o‘xshash holatlarni chiqishmoq, kelishmoq kabi fe’llarda ham kuzatish mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, nisbat shakli aniq nisbat shakli va umumiy foil bilan bog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun istagan nisbat shaklini qo‘shimcha lug‘aviy vositalar yordamida aniq nisbat shakli bilan berish mumkin:
1.Ona Salimaga kir yuvdirdi – Onasi ta’sirida Salima kir yuvdi.
2.Kir yuvildi – Kimdir (Salima) kir yuvdi.
3.Salima yuvindi – Salima yuzini yuvdi.
4.Salima kir yuvishdi – Salima kimningdir kir yuvishiga yordam berdi.
Agar hosila shakl ma’nosini tasviriy yo‘l bilan aniq nisbat shaklida ifodalashning imkoniyati bo‘lmasa, bunday shakl nisbat tizimidan uzilib, mustaqil fe’lga o‘tgan bo‘ladi.
Fe’lning vazifa turlari ham nisbat shakllaridek o‘zbek tilshunosligida nutq bosqichida ancha mukammal o‘rganilgan. G‘. Abdurahmonov, R. Jumaniyozov, G‘. Zikrillayev, J. Muxtorov, H. Ne’matov, B. Sayimov, U. Tursunov, A. Hojiyev kabi zakiy tilshunoslar fe’lning vazifa turlari bo‘lmish sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllarining ma’noviy xususiyatlarini to‘liq tavsiflaganlar. Rus turkiyshunoslaridan N.A.Baskakov, S.N.Ivanov, S.Y.Malov kabi yirik olimlarning tadqiqotlarida fe’lning vazifa turlari orasidagi munosabat, ularning nisbat kategoriyasiga munosabati, ma’no tomonlari mufassal o‘rganilgan. Fe’lning funksional formalari nutqda fe’lning boshqa so‘zlar bilan aloqaga kirishish vositasidir va bu jihatdan kelishik kategoriyasiga o‘xshab ketadi. Kelishiklar ham, fe’lning funksional shakllari ham gapda bir so‘zning ikkinchi so‘z bilan aloqaga kirishish omillaridir. Nutqda fe’llar fe’l va fe’l bo‘lmagan boshqa mustaqil so‘z turkumlariga mansub so‘zlar bilan aloqaga kira oladi.
Fe’lning vazifa turlari (funksional shakllari) to‘rt turga bo‘lib o‘rganiladi: kesimlik shakli, harakat nomi, sifatdosh shakli, ravishdosh shakli. Bulardan kesimlik shakli kesimlik kategoriyasi doirasida o‘rganiladi, chunki o‘qiyman, yozing, chizdi kabi sof fe’llar kesimlik kategoriyasining fe’llardagi voqelanishlaridir. Fe’lning vazifa shakllari “fe’lni o‘zgalash va uni boshqa so‘zlarga bog‘lash” [UGM]si ostida birlashadi1. Ayni paytda har bir fe’l shaklining o‘ziga xos [UGM]si mavjud bo‘lib, ichki shakllar paradigmasiga egadir (paradigma quyiroqda beriladi). Ushbu shakllar tilshunoslikda funksional shakllar, nokategorial shakllar, o‘zgalovchi kategoriya, fe’lning vazifa turlari atamalari ostida o‘rganilib kelinmoqda. Ravishdosh, sifatdosh, harakat nomining har biri bir nechta shakldan iborat bo‘lgani bilan yagona bitta kategoriyaga birlashishi fanda isbotlangan2. O‘zgalovchi shakllar ma’lum bir umumiy ma’no va umumiy vazifa bilan birlashadigan shakllar qatorini – paradigmasini tashkil etadi. Boshqa GK shakllari kabi harakat nomining uchta ([-moq,][-sh/ish],[-v/-uv]), sifatdoshning ham uchta ([-gan], [-digan], [-yotgan]), ravishdoshning oltita ([-b/-ib], [-a/-y],[-gach], [-guncha],[-gani],[-ganda]) shakli ajratiladi.
Ravishdosh o‘zgalovchi kategoriyaning “fe’lni fe’lga bog‘lash va unga ravishlik belgisini berish” vazifasini bajaruvchi qismi bo‘lib, u quyidagi ichki shakllar paradigmasiga ega:
1.-gach- harakatning bosh chegarasini ko‘rsatish.
2.-guncha- harakatning oxirgi chegarasini ko‘rsatish.
3.-gani- maqsad ma’noli harakatni fe’l bilan bog‘lash.
4.-ganda- harakat sodir bo‘lish paytini ifodalash.
5.-b/ib- davomli va davomsiz harakatni ifodalash.
6.-a/y - davomli harakatni ifodalash.
7.-may/masdan- bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalash.
-a/-y ; -b/-ib shaklli ravishdoshlar bajaradigan vazifasining xilma-xilligi bilan boshqa ravishdosh shakllaridan ajralib turadi. -a/y , -b/-ib shaklli ravishdoshlar, ko‘pincha, boshlamoq, chiqmoq, qolmoq, ko‘rmoq, yubormoq kabi fe’llar bilan qo‘shilib keladi.[-a/y qo‘shimchali ravishdosh + boshlamoq], [-b/ib shaklli ravishdosh + turmoq], [-b/ib shaklli ravishdosh + ko‘rmoq] qoliplarida ifodalangan fe’llar o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotib, yordamchi ma’nolarda keladi va fe’llarning harakat tarzi shakllarini hosil qiladi. Ushbu fe’llar harakatning davomiyligi yoki qisqaligi (Men kitoblarni o‘qib turibman), kutilmaganda sodir bo‘lishi (Uni ko‘rib qotib qoldim), tugallanganligi (Xatni yozib berdi), harakatni bajarmaslikni qat’iy ta’kidlash (Bu gapni hech kimga ayta ko‘rma) kabi rang-barang ma’nolarni ifodalab keladi. -a/y;-b/-ib ko‘rsatkichli ravishdoshining bo‘lishsiz shakli -may /masdan qo‘shimchalari orqali yasaladi: o‘qib-o‘qimay, o‘qimasdan; yozib-yozmay, yozmasdan.
She’riyatda –may shaklning –mayin tarzida qo‘llanishi ham uchraydi: Bilmayin bosdim tikanni, tortadurman jabrini (xalq og‘zaki ijodidan). Ravishdoshning -a/y shakli harakatining belgisini bildirish vazifasida, asosan, takror yoki juft holda qo‘llanadi va ma’no kuchaytirish uchun xizmat qiladi:

Download 131,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish