Badiiylik va texnikaning birligi prinsipi.
Musiqiy asarni badiiy va ifodali
ijro etish uchun ma‘lum bir malaka va o‘nikmalar
talab etiladi. Masalan, qo‘shiqni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda vokal-xor
malakalari shakllantiriladi. Bolalar cholg‘ularida ijro etish uchun ham birgalikda
chalishning eng oddiy usul va yo‘llarini o‘quvchilar egallashlari lozim. Bunda
ijrochilik malakalari badiiy vazifalarga, ya‘ni musiqiy asar obrazi, kayfiyatining
yorqin, ifodali yoritilishiga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi. Bunda musiqiy
asarning badiiy ijrosiga erishish
maqsad
bo‘lib, malaka va ko‘nikmalarni egallash
shu maqsadga yetishishda
vositadir.
Bu prinsiplar o‘quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni, musiqaga qiziqishni, did
va musiqa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Musiqiy qobiliyatlar,
ularning
turlari, maxsus (ijrochilik, bastakorlik) va umumiy musiqiy qobiliyatlar, ularning
rivojlanish shart-sharoitlari masalalari ko‘plab psixolog (B.Teplov, V.Myasishev,
B.Yavorskiy, V.Petrushin va hk.), pedagoglar (L.Barenboym, V.Beloborodova,
32
Yu.Aliyev, N.Vetlugina), musiqashunoslar (B.Asafyev, A.Alekseyev va b.)
tomonidan keng o‘rganib iqilgan. Hozirda ham bu muammolar o‘z dolzarbligini
saqlab kelmoqda.
Mutaxassislar musiqiy eshituv, ritm hissi, musiqiy xotirani musiqiy
qobiliyatlarning asosiy ko‘rinishlari deb belgilaydilar.
Musiqiy eshituv
qobiliyati –
bu tovushning baland-pastligi, kuchi, tembri va davomiyligini his etishdir.
Musiqiy
ritm tuyg’usi
– musiqadagi vaqt-o‘lchovli harakatni, uning ifodaviyligini his etish,
aniq ijro etish qobiliyatidir.
Musiqiy xotira
– bu musiqiy asarni tez va uzoq vaqt
yodda eslab qolish qobiliyati. Bu qobiliyatlar umumlashma nom bilan musiqiy
pedagogika amaliyotida musiqiylik
deb ham yuritiladi. Ammo musiqiylik 3 ta
qobiliyat bilan cheklanmaydi. Musiqiylikning asosini musiqadagi ifodaviy
mazmun, obrazni tushuna olish, unga hissiy munosabat ko‘rsata olish qobiliyatlari
ham hosil qiladi. Darsda o‘quvchilarni musiqani diqqat bilan tinglash, asarlarni
qiyoslash, taqqoslash, eng yorqin va idrok etilgan asarlarga baho bera olishga
o‘rgatish, musiqa ijrochiligi uchun lozim bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarga
o‘rgatish – musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish demakdir. Metodika o‘qilayotgan
fan xususiyatlarini, o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda didaktikaning prinsiplari asosida o‘quv-
musiqiy materialning o‘zlashtirilishi yo‘llarini amalga tatbiq etadi.
Metod
yunon tilidan olingan bo‘lib, «izlanish yo‘li», «o‘rganish vositasi»
ma‘nolarini anglatadi. Fan va san‘atning yirik namoyondalari o‘z risolalarida
musiqa darslari san‘at darsi sifatida juda katta tarbiyaviy potensialga ega ekanligini
ta‘kidlab kelganlar.
XX asr musiqiy pedagogika amaliyotida, metodik risolalar, maxsus
izlanishlarda maktab musiqa sharoitida faoliyat turlari bo‘yicha qo‘llaniladigan
ko‘plab metod va usullar to‘plangan. B.Asafyev, V.Shchaskaya, N.Grodzenskaya,
V.Beloborodov, M.Rumer, Yu.Aliyev, V.Sokolov, R.Rigina, D.Kabalevskiy,
N.Vetlugina, E.Abdulin va ko‘plab boshqa mualliflarni keltirish mumkin. Musiqa
o‘qitish metodlari «Musiqa madaniyati» darslarida o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro birgalikdagi faoliyatlari asosini tashkil etadi. O‘qituvchi – bu faoliyatni
33
boshqaradi. O‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan barcha metodlar o‘quvchilarda
axloqiy, badiiy didni
tarbiyalash
, musiqiy qobiliyatlarni
shakllantirish
, musiqiy
idrokni
boshqarish
, ijodiy faollikka
undashga
qaratilgan bo‘lishi lozim.
Musiqa darslarida qo‘llaniladigan asosiy metodlar quyidagilar: og‘zaqi,
ko‘rgazmali-informativ, badiiy-amaliy. O
g‘zaki metod
(hikoya, suhbat, tushuntirish,
izohlash, ilova) – asarning mazmunini ochishga yordam beradi, asarni ongli
ijrosiga erishishga tayyorlaydi, o‘quvchilarning hissiy kechinmalariga yo‘nalish
beradi.
Og‘zaki metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning yoshiga, musiqiy
tayyorgarligiga hamda musiqiy asar xususiyatiga bog‘liq.
Hikoya
– o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni musiqa tinglashga
«tayyorlash», «sozlash» maqsadida qo‘llaniladigan jonli, yorqin bayon. Asosan
uch holatda qo‘llanishi mumkin: - kompozitorning hayoti va ijod yo‘lida
hikoyabop voqyea va lavhalar mavjud bo‘lsa (V.Mosart, L.Betxoven, Yu.Rajabiy,
Hoji Abdulaziz Abdurasulovlar ijodlarida); - musiqiy asarning yaratilishi tarixi
bayonida; - bolalarni yirik cholg‘u va sahna asarlari obrazlariga olib kirishda
(U.Musayevning «To‘maris» baleti, A.Mansurovning «Hayvonlar sultoni»,
S.Yudakovning «Maysaraning ishi», M.Ashrafiyning «Dilorom», T.Jalilovning
«Tohir va Zuhra» musiqali dramasi va hk.). Suhbat
– o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga, musiqani faol va qiziqish bilan idrok etishga undaydi. Tinglangan asar
yuzasidan bo‘ladigan bu fikr almashinuv jarayonida mahoratli o‘qituvchi
muammoli holatlar, tahlil, taqqoslashlarni qo‘llagan holda bolalarning e‘tiborini
musiqiy asarning o‘ziga xosligiga, boy ifoda vositalariga qaratadi, musiqiy
obrazlarga aniq poetik tavsiflar berishlarida, hayotiy qiyoslashlarga erishishlarida
yordam beradi.
D.Kabalevskiy suhbat metodiga musiqa darsini o‘tkazish shakli sifatida katta
ahamiyat beradi. U o‘zining «Bolalarga musiqa haqida qanday so‘zlash lozim»
kitobida suhbatning «hikoya-suhbat» va «suhbat-dialog» turlarini keltiradi.
Hikoya, suhbatlar jarayonida asar, uning fragmentini tinglatish o‘qituvchi va
o‘quvchilar muloqatini yanada to‘ldiradi. Tushuntirish, izohlashlar
– musiqa
savodi elementlari bilan bolalarni tanishtirishda, cholg‘ularda ijroga o‘rgatishda,
34
qo‘shiq ayttirish, ritmik harakatlarni bajarishda qo‘llaniladi. K
Do'stlaringiz bilan baham: |