Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/30
Sana23.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#405307
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
1-topshiriq lab

Nazorat savollari: 

1.

 



Multisim dasturining fazifasi? 

2.

 



Foydalanuvchi interfeysi asosiy elementlari nimalardan iborat? 

3.

 



Sxemalarni modellash qaanday usul yordamida amalga oshiriladi. 

4.

 



Elementlar bazasi nima 

 

 

 

 

 


Mavzu: Multisim dasturida yarimoʻtkazgichli diodlarni oʻrganish 

 

Ishdan maqsad:  



 

1.p-n oʻtishni toʻg‘ri va teskari ulash vaqtida dioddagi tok va kuchlanishni 

tekshirish.  

2. Yarimoʻtkazgichni diod voltamper xarakteristikalari (VAX)ni olish va 

ularni oʻrganish.  

 

Diodlar toʻg‘risida qisqacha ma’lumotlar 

Yarim oʻtkazgichlar deb, oʻtkazuvchanligi keng chegarada oʻzgaradigan va 

shuningdek,  harorat  oshishi  bilan  oʻtkazuvchanligi  tez  oshadigan  moddalarga 

aytiladi.  Ularning  oʻtkazuvchanligi  metallarnikidan 

kichik, dielektriklarnikidan esa katta boʻladi. Yarim 

oʻtkazgichlarga germaniy, kremniy, indiy, selen kabi 

moddalar  kiradi.  Kremniy  va  germaniy  moddalari 

keng tarqalgan tipik yarim oʻtkazgichlar hisoblanadi. 

Yarim  oʻtkazgichlarning  oʻtkazuv-chanligi  tashqi 

ta’sirlarga  bog‘liq.  Masalan,  harorat,  nurlanishlar 

ta’sirida  ularning  oʻtkazuvchanligi  oʻzgaradi. 

Shuningdek, 

yarim 


oʻtkazgichlarning 

oʻtkazuvchanligi 

ular 

tarkibiga 



kiritilgan 

aralashmalarga  ham  kuchli  bog‘liq  boʻladi.  Yarim 

oʻtkazgichlarning  oʻtkazuvchanligini  va  boshqa  xususiyatlarini  tushuntirishda 

kovak  deb  ataladigan  musbat  zaryadli  zarra  shartli  tushuncha  kiritiladi.  Yarim 

oʻtkazgich kristallida yuz beradigan fizikaviy hodisalarni oʻrganish uchun ularning 

kristall  tuzilishi  va  undagi  atomlarining  oʻzaro  bog‘lanish  tabiatini  bilish  kerak. 

Kremniy  toʻrt  valentli  element  boʻlganligi  uchun  uning  atomining  tashqi  elektron 

qobig‘ida yadroga zaif bog‘langan toʻrtta valent bog‘langan elektron boʻladi. Har 

bir kremniy  atomining  eng  yaqin  qoʻshni atomlari  ham  toʻrtta boʻladi  (2.2-rasm). 

Qoʻshni atomlarning har bir jufti bir-biriga kovalent bog‘langan. Bu bog‘lanishning 

hosil boʻlishida har bir atomda bittadan valent elektron qatnashadi. Bu elektronlar 

tashqi ta’sirlar natijasida atomdan ajralib chiqib, erkin elektronga aylanadi. Bunday 

elektronlar  qoʻshni  atomga  borishi,  undan  boshqasiga  oʻtishi  va  soʻngra  butun 

kristall boʻylab harakatlanib yuradi. Bog‘lanish uzilganda elektroni yetishmaydigan 

“boʻsh  joy”  hosil  boʻladi.  Bu  kovak  deb  ataladi.  Kremniyning  juft  elektronli 

bog‘lanishlari ancha mustahkam boʻlib, past haroratda uzilmaydi. Shuning uchun 

past  haroratlarda  kremniy  elektr  tokini  oʻtkazmaydi.  Barcha  yarim  oʻtkazgichlar 

Si 


Si 

Si 


Si 

Si 


2.1.-rasm 




absolyut  nol  T=0  K  haroratda  dielektrik  hisoblanadi.  Ideal  (sof)  yarim 

oʻtkazgichning oʻtkazuvchanligi xususiy oʻtkazuvchanlik deyiladi.  

Yarim  oʻtkazgichlarning  muhim  xususiyati  shundan  iboratki,  ularda 

aralashmalar 

boʻlsa, 

xususiy 


oʻtkazuvchanlik  bilan  birga  aralashmali 

oʻtkazuvchanlik  deb  ataladigan  qoʻshimcha  oʻtkazuvchanlik  ham  paydo  boʻladi. 

Aralashmaning  turi  va  konsentrasiyasini  oʻzgartirib,  musbat  va  manfiy  ishorali 

zaryad  tashuvchi  zarralar  sonini  oʻzgartirish  mumkin.  Masalan,  toʻrt  valentli 

kremniyga aralashma sifatida besh  valentli fosfor qoʻshilsa, erkin elektronlar soni 

koʻp  marta  ortadi.  Yarim  oʻtkazgichda  elektronlarini  oson  beradigan  va  erkin 

elektronlar  sonini  orttiradigan  aralashmalar  donor  aralashmalar  deyiladi.  Donorli 

aralashma  hisobiga  hosil  boʻladigan  oʻtkazuvchanlik  donorli  yoki  elektronli 

oʻtkazuvchanlik  deyiladi.  Bunday  yarim  oʻtkazgichlar  n-tipli  yarim  oʻtkazgichlar 

deyiladi (negativ – manfiy soʻzidan olingan). n-tipli yarim oʻtkazgichda elektronlar 

asosiy zaryad tashuvchilar hisoblanadi.  

Kremniyga  elementlar  davriy  sistemasining  uchinchi  guruhida  joylashgan 

indiy elementi aralashma sifatida qoʻshilsa, toʻla kovalent bog‘lanish hosil boʻlishi 

uchun  unga  bitta  elektron  yetishmaydi.  Natijada  kovak  hosil  boʻladi.  Bu  holda 

kristallda  kovaklar  soni  aralashma  atomlar  soniga  teng  boʻlib  qoladi.  Bunday 

aralashmalar  akseptor  (qabul  qiluvchi)  aralashmalar  deb  ataladi.  Tashqi  elektr 

maydon boʻlganda kovaklar maydon boʻylab koʻchadi va kovakli oʻtkazuvchanlikni 

hosil  qiladi.  Kovakli  oʻtkazuvchanlikka  ega  boʻlgan  yarim  oʻtkazgichlar  p-tipli 

yarim oʻkazgichlar deyiladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



a) Toʻg‘ri ulash                                  b)  Teskari ulash 


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish