3-topshiriq.
Induktiv xulosa chiqarish – empirik umumlashtirish shaklida sodir bo`ladigan birorta bеlgining ma'lum bir guruhga mansub prеdmеtlarda takrorlanishini kuzatish asosida shu bеlgining mazkur guruhga tеgishli barcha prеdmеtlarga xosligi haqida xulosa chiqarish usuli.
Dеduktiv xulosa chiqarsih – umumiy hukmlardan yakka hukmlarga qarata borish orqali mantiqiy xulosa chiqarishdan iborat tafakkur jarayoni.
4-topshiriq.
To’liqsiz induksiya shunday ehtimoliy xulosa chiqarish turiki, unda birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligini) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
To’liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to’liq induksiyadagidek, juz’iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka, kamroq umumiylashgan bilimdan ko’proq umumiylashgan bilimga qarab harakat qiladi. Lekin unda, to’liq induksiyadan farqli o’laroq, xulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, o’rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo'ladi. To’liqsiz induksiyaning evristik mohiyati aynan ana shundadir.
Ommabop induksiyaning muhim xislatlaridan biri kuzatilayotgan hollarga zid bo’lgan holning yo’qligiga ishonch hosil qilishdir. Ya’ni bunda birorta belgining berilgan sinf predmetlarining bir nechtasida takrorlanishi qayd etish bilan cheklanmasdan, ularga zid bo’lgan holning yo’qligi ham aniqlanadi.
Ommabop induksiya asoslanadigan belgilarning takrorlanishi haqiqatdan ham ko’predmet hollarda, induktiv xulosa chiqarishning boshqa turlarida bo’lgani singari, hodisalarning umumiy xususiyatlarini aks ettiradi. Ana shuning uchun ham bu usul bilan olingan xulosaning chin bo’lishi ehtimoli o’z faoliyati yo’nalishlarini, amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydilar.
Ommabop induksiya bo’yicha xato xulosa kuzatilayotgan hollarga zid bo’lgan holni hisobga olmaslik natijasida ham kelib chiqishi mumkin. U ko’predmet uchragan faktlarni tahlil qilishga berilib ketib, boshqa holatlarning mavjud bo’lishini unutgan hollarda tez-tez uchrab turadi.
Shuningdek, ommabop induksiya zid holatlar haqidagi faktlarni qasddan yashirin yokifaktlarni avvaldan o’ylab topib qo’ygan xulosa uchun to’plagan hollarda xato natijalarni beradi.
Turli xil g’aroyib narsalarga ishonish oqibatida hosil qilinadigan induktiv umumlashmalar, masalan, “Ko’z tegish”, “Yo’lni mushukkesib o’tsa, ishningyurishmasligi”, “Tushda go’sht ko’rinsa, yaqin kishilardan birining kasal bo’lib qolganligi” haqidagi xulosalar ham ko’pincha haqiqatga mos kelmaydi.
Shunday qilib, ommabop induksiya bo’yicha olinadigan xulosa ehtimoliy tavsifga ega bo'ladi. Uning chinlik darajasini oshirish uchun yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan metodologik talablarga rioya etish zarur, ana shundagina u to’g’ri muhokama yuritishning samarali vositasiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |