Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o'rgatishning vazifalari va uslubiyoti nimalardan iborat?.
2. Bolalar hikoyasi nimalar asosida tahlil qilinadi?
3. Monologik nutqni о ‘qilish metodidan foydalanish ushun pedagogdan nimalarni о ‘zlashtirish talab etiladi?
Mavzu: Bolalarni hikoya qilish bo’yicha didaktik o’yinlar o’tkazish
Reja:
1.Ijodiy hikoya qilish.
2.Didaktik o’yinlar o’tkazishdan asosiy maqsad.
3.Bolalarni ijodiy fikrlashga o’rgatish.
Tayanch tushunchalar. Didaktik o’yinlar, ijodiy fikrlash, kompozitsiya, kulminatsiya
Bola ijodiy hikoya tuzar ekan, uning mazmunini mustaqil o‘ylab topish, mazmuni tushunarli bolishi uchun zaruriy so'zlarni t o ’g'ri tanlashi va ularni m antiqan bir-biriga to’g‘ri bog’lay olishi lozim. Yaxshi hikoya yoki ertak tuzish uchun uning kompozitsiyasini (bog’lamini, kulminatsiyasini, yechimini) bilishi hamda katta so ‘z boyligiga ega bo'lishi, uning mazmunini qiziqarli tuza olishi, o‘zining fikrlarini aniq va ifodali qilib bayon eta olishi kerak. Bola doimiy mashq qilish orqali o‘z fikrini bir-biriga bog‘lab bayon eta olishi va hikoya, ertak to'qib olishi mumkin. Bu vazifa esa katta va maktabga tayyorlov guruhida amalga oshiriladi. Chunki bu yoshdagi bolalarning nutqi grammatik jihatdan to’g‘ri shakllangan, lug'ati boy, fikr yuritish doirasi keng, o ‘z fikrini ketma-ket bog‘lab bayon eta olish malakasiga, boy hayotiy tajribaga, xilma-xil hayotiy taassurotlarga ega bo’ladi. Bu esa ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishning asosiy shartlaridan biridir. Shuning uchun ham „Bolalar bog‘chasida ta'lim -tarbiya dasturi“ da katta va maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o ‘rgatishga bir qancha taiablar qo’yilgan. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tarbiyachi tomonidan boshlangan hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo'nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositaiardan foydalanishga, tarbiyachi taklif etgan mavzu asosida („Quvonchli kun “ , „Mehmonda “ , „ Bizning oila“ , „ Eng yaqin o ‘rtog‘im “ „ Dam olish kuni“ , „Dadamga qarashdim“ , „ Zo 'r multfilm ko 'rdim “ va hokazo) mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya yoki ertak tuzishga, tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi personajlarning ruhiy kechinmalarini ta'sirchan bera bilishga o‘rgatiladi. Undan tashqari, bolalar suratlar bo’yicha hikoya tuzishda rasmi aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima bo‘lganini va keyin nima bo‘lishini aytib bcrishga, tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga qarab, undagi go‘zallikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so ‘zlar, o 'xshatish va sifatlashlar ishtirokida hikoyalar tuzishga o'rgatib boriladi. Bolalarning hayot tajribalaridan olingan voqealar: sayohat, sayr, mehnat jarayoni jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalaydi. Hikoya qilayotganda tevarak-atrofdagi buyum , voqea-hodisalarning nomini, ularning o ‘ziga xos xususiyatlari, xatti-harakatlarini to’g‘ri ifodalashga, voqealarning vaqti va joyini ko‘rsatishga o‘rgatish, topishmoqlar o’ylab topishga undash kabi vazifälar qo’yilgan.
Ikkinchi yarim yillikda esa dasturga asosan bolalarni ijodiy hikoya qilishga o‘rgatishda quyidagi ish vazifalari belgilangan: tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu bo'yicha voqeani izchil davoni ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko’nikmalarini mustahkamlash, voqea sodir bo'lgan joy va vaqt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, personajlar ruhiy kechinmalarini ko'rsatishlariga ahamiyat
berishga o’rgatish. Mustaqil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta ’rif berishlariga, ularning xatti-harakatlarini baholashlariga o’rgatish, mustaqil tanlangan mavzu bo'yicha hikoya aytilayotganda voqeaning izchilligiga, tugal mantiqqa ega bo‘lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o'rinli foydalanishlariga ahamiyat berishga o ‘rgatish kabi vazifalar qo‘yilgan.
Ijodiy hikoyaning bir qancha turlari mavjud: Tarbiyachi boshlagan ertak yoki hikoyaning oxirini o ‘ylab topish va oxiriga yetkazish. Tarbiyachi bu hikoya turida hikoya yoki ertakning boshlanishi, uning bog'lamini aytadi, bolalar esa qahramonlar bilan bo'ladigan asosiy voqealarni o ‘ylab topadilar. Masalan, bolalar tomonidan hikoyaning oxirini o ‘ylab topish. Tarbiyachi bolalarga qanday qilib Vali ismli bola otasi bilan hayvonot bog'iga borganligi haqidagi hikoyaning boshlanishini tinglashni taklif ctadi. „Valining otasi uni hayvonot bog'iga olib borishni va’da qildi. Vali bu kunni juda sabrsizlik bilan kutdi. Dam olish kuni Valining otasi uni erta uyg‘otdi va ular hayvonot bog'iga jo 'nashd i...“ Bolalar, endi sizlar bola u yerda nimalarni ko ‘rganligini o'ylab topinglar va hikoyani oxiriga yetkazinglar. O‘rtog’ingizning hikoyasin takrorlamang , har qaysingizning hikoyangiz har xil bo'lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |