Mavzu: mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 107,44 Kb.
bet5/11
Sana15.03.2023
Hajmi107,44 Kb.
#919445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1. Nutqning tovush madaniyati tushunchasiga ta ’rif bering.
2. Maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir vazifalar nimalardan iborat?
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qanday amalga oshiriladi? 4. Bolalar nutqini rivojlantirish qanday qonuniyatlarni hisobga olishni talab etadi? 5. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalarini bilasizmi?
6. Nutqning tovush madaniyatiga doir qanday ishlarni amalga oshirish mumkin? 7. Nutqni rivojlantirishning uch bosqichi nimalardan iborat?
8. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqining tovush madaniyatini tarbiyalashda qanday ishlar amalga oshiriladi?

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda bog’lanishli nutqni rivojlantirish haqida tushuncha
Reja:

  1. Bog’lanishli nutqni shakllantirish va uni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda rivojlantirish haqida tushuncha.

  2. Bolalarni dialogik nutqqa o’rgatish bo’yicha ishlarning mazmuni va vazifalari

  3. Bolalarni dialogik nutqqa o’rgatish metodlari va usullari.

Tayanch tushunchalar :monologik nutq,dialogik nutq,xulosa chiqarish,muhokama qilish,umumlashtiris,suhbat.
Har bir bola bog'chada o‘z fikrini mazmunli, grammatik jihatdan to‘g‘ri, bir-biriga mantiqan bog‘langan holda bayon etishga o‘rganishi kerak. Bog’langan nutqda bolaning mantiqiy tafakkuri, idrok qilganlari yuzasidan fikrlay olishi va mantiqiy nutqda uni to‘g‘ri, aniq bayon etishi aks etadi. Bolaning o ‘z fikrini bayon etishiga qarab, nutqining rivojlanganlik darajasini belgilash mumkin. O‘z fikrini aniq, ifodali, izchillik bilan bog‘lab bayon eta olishi bolaning estetik rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bog’lanishli nutq deganda , ma'lum bir mazmundagi fikrni mantiqan bir-biriga bog’ lab, izchil ravishda, grammatik jihatdan to‘g‘ri va obrazli qilib bayon qilish tushuniladi. Bolalarda bog'lanishli nutqning rivojlanishi ona tiliga o‘rgatishning quyidagi vazifalarini ham hal qiladi:
1) lug'at ishini (keng so‘zlar to'plami va undan foydalana olish, fikrni aniq va to'liq ifoda etishga yordam beradi);
2) nutqni grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirishni (o’z fikrini sodda va yoyiq, ergashgan va bog'langan qo'shma gaplardan,son,sifat,kelishik qo‘shimchalaridan to‘g‘ri foydalanib bayon etish);
3) nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashni (nutqning aniq, ma’noli, burro bo’lishi).
Nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud bo’lib, ularning har qaysisi o‘z xususiyatiga ega.
Dialogik nutq shakli (ikki yoki bir necha kishining suhbati, savollar va uning javoblari) bu to’liq bo’lmagan (qisqa) javobdir. Dialogik nutqning asosiy belgilari— toliq bo'lmagan, undov so'zlardan iborat, aniq intonatsion manodorlik (ifodalash), imo-ishora va boshqalardir. Dialogik nutqda savol tuza olish va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli javobni berish, kerakli e’tirozni bildirish, suhbatdoshining javobini tuzatish va to’ldirish, muhokama va munozara qilish, o‘z fikrini asoslash va boshqalar juda muhimdir.
Monologik nutq bir kishining nutqi bolib , so‘zlovchidan keng, aniq, to’liq bog’langa n fikrni talab etadi. Monolog hikoya tushuntirish, so‘zlovchidan o‘z fikrini asosiy narsaga qaratishni, jonli, obrazli, his-hayajon bilan gapirishni talab etadi. V. Tixeyeva, A.Sh.Usova, A.M.Muxina, L.A.Penevskaya, M.M. Konina, O. I. Solovyova va boshqalarning bog’lanishli nutq sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida bolalarda bog’lanishli nutqni rivojlantirishda tarbiyachining rahbarlik roliga katta ahamiyat beradilar. Ular: « agarda bog’lanishli nutqqa qaratilgan mashg‘ulotlar uzluksiz (sistemali) tarzda olib borilsa, unga tarbiyachi ongli ravishda rahbarlik qilsa, bolalarda o ‘z fikrlarini bir-biriga bog’lab gapirish malakasi rivojlanadi », degan fikrni bayon etadilar. Kichik yoshdagi bolalarda nutqni tushunish takomillashadi (so'zli topshiriqlarni, kattalarning ko'rsatmalarini, murakkab bo’lmagan adabiy asar mazniunini tushunadilar). Endi nutq aloqa vositasigina bo’lib qolmay, balki kattalarning so‘z orqali tushuntirishlari yordamida bilimlarni egallash manbayiga aylana boshlaydi. Bolaning kattalar, tengdoshlari bilan bo’ladigan ancha murakkab va turli xildagi muomalasi nutqning rivojlanishi uchun qula y sharoitlarni vujudga keltiradi: tasavvurlarini boyitadi, lug‘atini kengaytiradi. Ko’p harakatlar qilishi natijasida uning nutqi fe’llar, olmoshlar, ravishlar, old qo‘shimchalar bilan boyiydi. Turli so'zlardan va ularning turli tartibidan foydalanib, oddiy gaplar tuza boshlaydi: Behzod cho'miladi; Sayrga chiqaman; Sutni men ichmayman.
Uch yoshli bolalar uchun oddiy shakldagi dialogik nutq (savollarga javob) xosdir. Biroq ular endi o ‘zlarining fikrlarini bog’lab bayon etishni o'zlashtira boshlaydilar. Ular o‘z nutqla rida juda ko’p xatolarga yo’l qo'yadilar: gapni noto‘g ‘ri tuzadilar, buyumlarning harakatini, sifatini noto'g'ri aytadilar. Bolalarni so‘zlashuv nutqiga o 'rgatish va uni rivojlantirish monologik nutqni shakllantirishning asosi hisoblanadi. O‘rta guruh yoshidagi bolalarda bog’lanishli nutqning rivojlanishida ular lug‘atida 2,5 mingtagacha so‘zlarning bo’lishi va ularni faollashtirish katta ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bola kattalar nutqini tushunibgina qolmay, balki o‘z nutqida buyumlarning belgilarini, sifatini bildiruvchi so'zlarni, vaqtni va oddiy munosabatlarni aks ettiruvchi ravishlarni ishlataboshlaydi.
4 -5 yoshli bolaning dialogik nutqida savolga to’liq, keng javob berish talab etilsa-da, to’liq bo’lmagan jumlalarni ishlatish hollari juda ko‘p uchraydi, musta qil javob berishda qiynaladilar, ko‘pincha ular tasdiq shaklidagi savollardan foydalanadilar, savollarni to‘g‘ri tuza olmaydilar, o‘rtoqlarining javobini tuzatish va to’ldirishga qiynaladilar.Ergashgan qo'shma gaplarni ishlatishda asosiy qism (shuning uchun, nima, qachon) tashlab ketiladi. Bolalar sekin-astalik bilan surat va o'yinchoqlar asosida mustaqil ravishda uncha katta bo’lmagan hikoyalar tuza boshlaydilar. Biroq ularning hikoyalari ko‘pincha kattalar hikoyasining aynan nusxasi bo ‘ladi. Ular hali kerakli narsani keraksizdan, muhimni ikkinchi darajalidan ajrata olmaydilar. Katta guruh yoshidagi bola larda bog’lanishli nutq ancha rivojlangan bo‘ladi. Ular umumlashtirish, xulosa chiqarish, muhokama yuritish kabi malakalarga ega bo’lishadi. Dialogik nutqlarga, savollarga aniq, qisqa yoki keng tarzda javob bera oladilar. Savollarni to ‘g‘ri tuza olish malakasi paydo bo’ladi, kerak paytda luqma tashlash, o‘rtog‘ining javobini toldirish va tuzatish kabi xususivatlar rivojlanadi. Ularda katta kishilarning ta’siri ostida fikr yuritish faoliyati takomillashadi, uning mazmuni va shaklida o'zgarish yuz beradi. Narsa -buyumlardagi yoki hodisalardagi eng muhim belgilarni aytib berish malakasi shakllana boshlaydi. 5 — 6 yoshli bolalar suhbatda va so‘zlashishda faol ishtirok etadilar: tortishadilar, muhokama qiladilar, o ‘z fikrlarini asosli deb biladilar, o‘rtoqlarini bunga ishontiradilar. Endi ular narsa-buyumlarning, hodisalarning nomlarini aytish bilangina chegaralanmaydilar, balki ularning eng xarakterli belgilarini, sifatlarini aytadilar, narsa- buyumlarni yoki hodisalarni yetarli darajada to‘liq tahlil qiladilar. Buyumlar va hodisalar o ‘rtasidagi ba ’zi bir bog’lanishlarni belgilay olish malakasi bolalarning monologik nutqida o ‘z aksini topadi. Bu yoshga kelib ularning nutqida ergashgan qo ‘shm a gaplar paydo bo’la boshlaydi, to ‘liq bo’lmagan va oddiy gaplar miqdori kamayadi. Taklif etilgan mavzuda tasviriy va voqeiy hikoya tuzish malakasi paydo bo’ladi. Biroq bu yoshda ham bolalar tarbiyachining namunasiga muhtoj bo’ladilar. Ularning hikoyasida tasvirlanayotgan narsa- buyumga yoki hodisaga o‘zining emotsional munosabatini bildirish hali yetarli darajada rivojlanmagan bo'ladi.Bolalarda bog'lanishli nutq mashg'ulotlar va kundalik hayot jarayonida rivojlantiriladi. „ Bolalar bog‘chasida ta ’lim -tarbiya dasturi“ning kichik guruh bolalarini hikoya qilishga o'rgatish bo’limida bog'lanishli nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi tayyorgarlik ishlarini olib borish ko‘rsatilgan. Ayniqsa, ushbu guruhda so‘zlashuv nutqini rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun kichik yoshdagi bolalarning har bir aytgan fikriga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lib, uni qo‘llab-quvvatlash kerak. Avval bolalarni so ‘z yordamidagi topshiriqlarni (o'yinchoqni olib kelish, nimanidir ko’rsatish yoki suratdan kimnidir, nimanidir ko‘rsatish) bajarishga, so‘ngra tarbiyachining savollariga javob berishga, uni tinglashga, ertakdagi ayrim qahramonlarning ashulalarini tarbiyachi bilan birgalikda takrorlashga o'rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarga beriladigan savollar bola uchun aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. („ Sen qanday o ‘yinchoqlarni yaxshi ko‘rasan? Bu o‘yinchoq haqida gapirib ber. Bu suratda nima tasvirlangan? “ ).
O‘rta va katta yoshdagi bolalar monologik nutqning asosiy turi — hikoya va qayta hikoya qilish malakasini egallaydilar. Hikoya va qayta hikoya qilish bog'langan nutqning eng murakkab turidir. Bolalarda bog’lanishli nutqni rivojlantirish ularni hikoya qilishga o'rgatish orqali amalga oshiriladi. (Bolalar bog'chasi dasturlari. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o‘stirish, badiiy adabiyot. T., 1992, 5 - 6- betlar. )
So‘zlashuv nutqi og'zaki nutqning ancha oddiy shakli bo’lib, u suhbatdoshiar tomonida n quvvatlanadi. So‘zlovchilar turli vositalardan (ifodali vosita, ko‘z qarashlar, imo-ishora, intonatsiya va hokazolar) foydalanib, bir-birlarini tuslninadilar. So'zlovchilar uchun muhokama etiladigan predmet (buyum, narsa) ma'lum bo‘ladi. Bu nutq shakli sintaktik tomonidan ham juda oddiy: tugallanmagan gaplardan, xitob, undov so'zlardan foydalaniladi; u savol va javoblardan, luqma tashlashdan va qisqa xabarlardan iborat bo‘ladi. Tilshunoslikda oddiy dialog (tayyorlanmagan) bilan suhbat o‘rtasidagi farq aniqlangan. Suhbat o ‘ziga xos dialog bo’lib, ma’lum bir mavzu yo‘nalishidan iborat bo’ladi. Suhbatning maqsadi qandaydir savolni ( masalan , mavzuni) muhokama qilishdir. Suhbatni olib borish uchun suhbatda ishtirok etuvchilar oldindan tayyorlanadilar, unda kengroq ma 'lumotlar ko 'proq bo'ladi. So‘zlashuv nutqi bog'langan, tushunarli bo’lishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar so‘zlashuv nutqini kattalar rahbarligida egallashadi. 2 — 3 yoshli bolalar so'zlashuv mazmunidan tez chalg'iydilar. Ularda hali tafa kkur, xotira, diqqat, lug‘at boyligi, nutqning grammatik tomoni yaxshi rivojlanmagan. Dialog nutq esa bolalardagi tafakkurning, xotira va diqqatning, lug‘at boyligining rivojlanganligi, nutqning grammatik jihatdan shakllanganligiga bog'liqdir. 4 — 5 yoshli bolalar sekin-astalik bilan fikrni keng va to’liq bayon etishga o ‘ta boshlaydilar. So'zlashganda ko‘plab savollar (Nega? Nima uchun? ) bera boshlaydilar. 5 yoshli bolalar uzoq vaqt davomida so‘zlashish qobiliyatiga ega boladi. Bola bunday so‘zlashuvda savollarga javob beradi, suhbatdoshini tinglaydi va hokazo. „Bolalar bog‘chasida ta’lim -tarbiya dasturi“da birinchi va ikkinchi guruhda so‘zlashuv nutqiga quyida gi talablar, vazifalar qo'yilgan: tarbiyachining nutqini tinglash va tushunish, berilgan savollarga tortinmasdan javob berish malakasini shakllantirish. Ularni savol bilan murojaat etishga o'rga tish. O’rta va katta guruhlar uchun „ Dasturda “ ularning so‘zlashuv nutqiga qo'yilgan vazifalar ancha murakkablashadi: suhbat vaqtida faol ishtirok etish; mavzu bo‘yicha berilgan savollarga tushunib, qisqa va to ‘la javob berish, o‘rtoqlarining berayotgan javoblariga e 'tibor berish malakasi oshiriladi. Tarbiyachining bolalar so‘zlashuv nutqiga ta'sir etish yo’llari juda xilma-xildir. Hamma guruhlarda bu vazifani amalga oshirishga yordam beruvchi vosita — bu kundalik hayot jarayonida bolalarning so'zlashuv nutqiga rahbarlik qilishdir. Shuningdek, so'zlashuv nutqi turli xil mashg‘ulotlarda ham shakllantirib boriladi. Kichik guruhlarda nutq faolligi va so'zlashish malakasi hayotiy vaziyatlardagi muloqot va bolaning faoliyatlari jarayonida tarbiyalanib boradi. Bu jarayon bolaning bog‘chaga kelgan kunidanoq boshlanadi.Tarbiyachining o‘zi bolalarni so'zlashishga undashi (enaganing ismini, otasining ismini, ayrim bolalarning ismini, qushning, gulning nomini aytishni so’rash va hokazo), ularning tashabbusini quvvatlashi kerak. Agar bola bog‘chaga birinchi kelgan kunida gapga aralashmasa, odamovi bo'lib o ‘tirsa, tarbiyachi bunday bola bilan alohida munosabatda bo'lishi, unga shirin so‘z aytishi, u bilan o'ynashi, buyum ni harakatda ko‘rsatishi va harakatlarni aytishi kerak. Bolalar bilan so‘zlashishni tashkil etishda enaga ham faol ishtirok etishi lozim. Enaga bolani o'ziga qarata iltimos va murojaat qilishiga, uni so'zlar, jumlalar bilan ifodalashga o'rgatib borishi kerak. Tarbiyachi bolalardan bugun qayerga borganlarini, yer maydonchasi yoki tabiat burchagida qanday yangiliklarni ko'rganlarini so'raydi. Bunday so ‘zlashuvga ko‘proq kam gapiradigan, indamas bolalarni (ularga murojaat qilish: Ahmad ham bordimi? Sayyora ham quyonlarga sabzi berdimi?) jalb qilish juda zarurdir. Bolalarda so'zlashuv nutqi malakalarini shakllantirish uchun so‘zli topshiriqlar berish usulidan foydalaniladi. Buning uchun tarbiyachining o’zi iltimos qilish namunasini aytib beradi, ba'zan esa kichkintoyga buni takrorlashni taklif etadi. Bunday topshiriq samimiy nutq shaklini mustahkamlashga yordam beradi. Tarbiyachi so'zlashuv nutqining rivoji uchun bolalar bilan birgalikda rasmlarni, bolalar kitoblarini va ulardagi suratlarni ko‘rib chiqishni tashkil etadi. Ma’lum bir mavzuda so‘zlashish uchun tarbiyachining uncha katta bo’lmagan (Men trolleybusda nimani ko'rdim ? Boshqa bolalar bog’chasida qanday qiziq voqeani kuzatdim?) hikoyalari bo'lib o ‘tgan xuddi shunga o'xshash voqeani bolalar yodiga tushirishga yordam beradi, mulohaza yuritishi va baho berishini faollashtiradi. Bunda eng natijali usullardan biri — turli yoshdagi bolalarnibirlashtirish va boshqa guruhlarga borishni tashkil etishdir. Chunki kichik guruhga kelgan katta guruh bolalari kichkintoylardan ularning o'yinchoqlari , kitoblari va boshqalar haqida so‘raydilar. Bolalarning so ‘zlashuv nutqini rivojlantirishga ularning o'yinlari, ayniqsa, voqeaband ijroli o 'y inlar : „ Kasalxona “ , „Sartaroshxona “ , „Haydovchi-haydovchi“ , „ Do ‘kon- do‘kon“ , „Dengiz va ch ol“ , „ Kitoblar suhbati“ , „Tuya va tuya qush" (o’rta guruhda ) va hokazolar katta ahamiyatga ega.
Bolalarning so‘zlashuv (dialogik) nutqini tarkib toptirishda maxsus mashg'ulotlar ham olib boriladi. Bu mashg‘ulotlar:
1) suhbatlar;
2) ta ’limiy o'yinlar;
3) suratlarni ko‘rib chiqish va u haqda suhbat.
Suhbat mashg‘ulotlarining ahamiyati. Suhbat ta'lim -tarbiyaviy ishning murakkab turidir. Suhbat tarbiyachining guruhdagi hamma bolalar bilan ma’lum bir mavzu yuzasidan maqsadga qaratilgan holda tashkiliy so'zlashishidir. Bolalar bog‘chasida bolalar bilan o ‘tkaziladigan suhbat ularning kundalik faoliyatlari va turli voqea -hodisalarni kuzatishi natijasida olgan tushunchalarini aniqlash va ularni bir tizimga solish maqsadida o ‘tkaziladi. Tarbiyachi bolalar bilan suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni to’liq va chuqur idrok qilishga yordam beradi, ularning diqqatini tushunish qiyin bo‘lgan voqea-hodisalarga jalb qiladi. Suhbat mashg‘ulotida bola ilgari ko‘rgan, kuzatgan voqea va hodisalarni qaytadan esga tushiradi, mantiqiy fikr yuritadi, tahlil va muhokama qiladi. Suhbat bolalarni jamoaga birlashtiradi, bir-birlariga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, bilim va tasavvurlarini mustahkamlaydi, ularning nutqiga (lug'atini faollashtirishga, grammatik shakllarni takomillashtirishga) sezilarli darajada ta’sir etadi, tarbiyachining gaplarini, o‘rtoqlarining berayotgan javobini e 'tibor bilan eshitishga odatlanadilar. Suhbat bolalarni o’z fikri bilan o ‘rtoqlashishga, jamoada so‘zlashishga, faolligini oshirishga , o ‘z-o’zini tuta bilishga odatlantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi, ya’ni yuqori axloqiy sifatlarni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Suhbat uslubiyoti bolalarda bilim, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish bilangina cheklanmay, balki ularning bog'lanishli nutqini o'stirishda, tevarak- atrofdagi narsalarga qiziqishga, ularni aniq ko‘rishga va ushbu narsalarga nisbatan to 'g’ri munosabatda bo'lishga o‘rgatishda muhim vosita hisoblanadi. Suhbat mashg'ulotida tarbiyachi quyidagilarni amalga oshiradi:
1. Bolalarning tajribalarini aniqlaydi va tartibga soladi, ya'ni tarbiyachi rahbarligida kuzatish vaqtida va oiladagi, bolalar bog‘chasidagi turli faoliyatlar jarayonida kishilar hayoti va tabiat to‘g‘risidagi bilim ham da tasavvurlarini aniqlaydi.
2. Bolalarda tevarak-atrofga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalaydi.
3. Bolalarni suhbat mavzusidan chalg‘im ay, o ‘z fikrini maqsadga yo'naltirilgan holda izchillik bilan bayon ctishga o ‘rgatadi.
4. O‘z fikrini oddiy va tushunarli tarzda ifodalashga o ‘rgatadi.
5. B olalarning ilgari o ‘zlashtirgan bilimlariga asoslanib, ularning fikrlarini faollashtiradi mustaqil mulohaza va muhokam a qilishga o‘rgatadi, muhokama qilinayotgan hodisaga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo'lish fazilatini shakllantiradi va tarbiyalaydi. Bundan tashqari, tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarda barqaror diqqatni, boshqala ming nutqini tinglash va tushunishni, savollarga ortiqcha kuttirm asdan, cha qirishni kutmasdan, tez javob berish istagini, yetarli ovoz balandligida, hamma eshitarli qilib aniq gapirish odatini ham tarbiyalaydi. Suhbat m ashg'ulotida bolalar kelgusida maktabda ta'lim olish jarayonida zarur bo'lga n bilim , malaka va odatlarni egallaydilar.Suhbat bolalarning xilma -xil faoliyatlariga va xulqlariga katta ta'sir etadi. Masalan, oila, onalar mehnati to ‘g’risidagi suhbatlardan so’ng bolalar o'zlarining yaqin kishilariga amaliy jihatdan o‘z m uno sa batlarini namoyon etishga harakat qiladilar. Bunday suhbatlardan keyin bola tarbiyachisiga: „ Yaqinda onamning tug‘ilgan kunlari, ularga nima sovg‘a qilishini mumkin, maslahat bering“ , — deb muroja at etadi. Transport vositalari to‘g ‘risidagi suhbatdan keyin esa ko'cha bo'ylab harakat qilayotgan mashinalarni zo‘r qiziqish va diqqat bilan kuzatadilar, ularda juda k o‘p qizaqarli savollar paydo bo'ladi, ijodiy o'yinlar ining m a zm uni sezilarli darajada boyiydi.


Download 107,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish