Mavzu: mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja



Download 107,44 Kb.
bet10/11
Sana15.03.2023
Hajmi107,44 Kb.
#919445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja

Nazorat savollari:
1. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotning tutgan o‘rnini aniq adabiy misollar orqali tavsiflab bering.
2.Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish kerakmi?
3. Bolalarga jamiyat va tabiat hayoti, insoniy xis-tuyg‘ular va o‘zaro munosabatlar olamini badiiy adabiyotlar yordamida qanday qilib tushuntirish mumkin?
4.Badiiy adabiyot asosida bolalarda qanday axloqiy sifatlarni shakllantirish mumkin? O‘z javobingizni bolalar badiiy adabiyotining aniq manbalari bilan asoslang.
5.Ilk yoshdagi bolalarning bolalar badiiy adabiyotini qabul qilishining o‘ziga xosliklarini tavsiflang. Maktabgacha ta‘lim muassasasi va oila oldida ilk yoshdagi bolalarni adabiy rivojlantirish sohasida qanday asosiy vazifalar turibdi?
6. Ilk yoshdagi bolalarda bolalar badiiy adabiyotiga nisbatan qaysi bilish va nutqiy qobiliyatlarini shakllantirish lozim?

Mavzu: Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda axborot texnologiyasidan foydalanish
Reja:

  1. Bolalarni har tomonlama barkomol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati.

  2. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda bolalar bog’chasi tarbiyachisining oldida turgan vazifalar.

  3. Turli yosh guruhlarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

  4. Badiiy asarni o’qib berish mashg’ulotlariga tarbiyachining tayyorlanishi.



Tayanch tushunchalar: badiiy adabiyot, axloqiy sifatlar, asar g’oyasi, badiiy nutq, she’riy nutq.

Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati. Bolalar badiiy adabiyoti ularga aqliy, axloqiy va estetik tarbiya berishda, nutqini har taraflama rivojlantirishda va boyitishda katta ta'sir etuvchi vosita hisoblanadi. Badiiy adabiyot bolalarga jamiyat hayotini va tabiatni, kishilik dunyosining ichki his-tuyg’ularini va o‘zaro munosabatlarni poetik obrazlarda ochib beradi, tushuntiradi. U bolaning his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, xayolini tarbiyalaydi va o ‘zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishtiradi. Bu namunalar o‘zining ta’siri jihatidan xilma-xildir: hikoya orqali bolalar so'zlarning aniqligini, ma'nodorligini anglab oladilar; she'rlardan esa ularning musiqaviyligini, kuylanuvchanligini, ohangdorligini bilib oladilar, xalq ertaklari bolalarga tilning ifodaliligini, mazmundorligini ochib beradi, nutqning xilma-xilligini, hazil-mutoyibaga boyligini bolalarning ko’zining oldida namoyon qiladi. Badiiy adabiyot bolalarga kishilarning hayoti va mehnatlari, ishlari va qahramonliklari, bolalikdagi eng qiziqarli voqealar, ularning o‘yinlari, mehnatlari haqida hikoya qilib beradi. Badiiy adabiyot bolalarga hayotni tushuntiradi va shu orqali bola hayotiy tajribasining ortib borishiga ta’sir eradi. Badiiy adabiyot kishilarning ichki dunyosini, ularning his-tuyg‘ularini, xarakterlarini ochib berishi bilan bolalarni hayajonlanishga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga va uni muhokama qilishga o‘rgatadi. Badiiy asarning eng yaxshi namunalari bolalarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga: yaxshi-yomon, haq-nohaq, rost-yolg'on va h.k. so'zlarning ma'nosini tushunib olishlariga yordam beradi.


Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda bolalar bog‘chasining tarbiyachisi oldida turgan vazifalar. Bolalar bog'chasi tarbiyachisining oldida har bir badiiy asarni san ’at asari sifatida bolalar ongiga yetkazish, uning mazmunini ochib berish, badiiy asarda qatnashuvchi personajlarga nisbatan emotsional munosabatda boyish, muallifning lirik keehinmalarini his etishga, ya'ni asarda qatnashuvchi qahramonlarga nisbatan o’z munosabatlarini ifodalashga o‘rgatish kabi murakkab vazifalar turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiyachining o‘zi, bolalarni badiiy asar bilan tanishtirishdan avval, uni his etishi va tushunishi, mazmunini tahlil eta olishi zarur. Shuningdek, pedagog o‘qish va hikoya qilib berish texnikasini, ya’ni aniq diksiyani, ifodali o ‘qish vositalarini (mantiqiy urg'uni to‘g‘ri qo'ya olish, pauza, ovoz toni va tempi) egallagan bo’lishi kerak. Badiiy asarning har bir janrini ifodali tarzda bolalarga yetkaza olingandagina, uning g‘oyaviy mazmunini to‘gri idrok ettira olish mumkin . Bolalarda badiiy asarni idrok etish qobiliyati o‘z o'zidan vujudga kelmaydi, uni bolaning ilk yoshidan boshlab rivojlantirish va tarbiyalash kerak, shundagina bola keyinchalik badiiy asarlarni diqqat bilan tinglashga, badiiy nutqqa e’tibor berishga o‘rganadi. Bolalar ongiga badiiy asarlarning axloqiy, estetik mohiyatini yetkazish — bu murakkab vazifa hisoblanadi. Pedagogik rahbarlikning bir maqsadga qaratilishi bolalar tomonidan badiiy asarlarning estetik jihatlarini va ularning mazmunini, badiiy ifoda vositalarini idrok etish imkonini yaratadi.
Turli yosh guruhlarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo'yicha „Bolalar bog‘chasida ta’lim -tarbiya dasturining mazmuni „Bolalar bog‘chasida ta'lim -tarbiya dasturi“ bolalar ad ab iy o ti bilan tanishtirishda quyidagi vazifalarni qo'yadi: bolalarda badiiy so‘zga muhabbatni tarbiyalash; kitobni sevishga o‘rgatish. Shuningdek, dasturda bolalarga qaysi asarni o ‘qib berish, hikoya qilib berish, yod olish ko‘rsatilgan. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo'yicha dastur vazifalari birinchi kichik gum hdan boshlab belgilab berilgan. „Bolalar bog'chasida ta’lim –tarbiya dasturi” ning birinchi va ikkinchi kichik guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo'yicha quyidagi ish vazifalari belgilangan:
1. Bolalarda badiiy asarga nisbatan qiziqish uyg‘otish. Ularning yoshiga, qiziqishlariga mos keladigan asarlar bilan tanishtirish.
2. Bolalarda ertak, hikoya, she’rlarni berilib tinglash , tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ko‘nikmalarini hosil qilish.
3. Asar mazmuni bo‘yicha beriladigan savollarga javob berish, qisqa she’rlarni, ertak va hikoyalarning mazmunini buzmay (tarbiyachi bilan birga, keyinchalik mustaqil) takrorlash kabi ko ‘nikmalarni o ‘stirish. Bolalarda asarlar bo’yicha ishlangan rasmlarga nisbatan qiziqishni rivojlantirish.
O‘rta guruhda esa bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishning quyidagi vazifalari belgilangan:

  1. Bolalarda badiiy adabiyotga qiziqish va tabiiy muhabbatni tarbiyalash.Ularni turli mavzudagi ertak, shuningdek, topishmoqlar, sanamalar, hadislar, maqollarning mazmunini idrok etishga o ‘rgatish.

  2. O‘zbek xalq dostonlaridan olingan parchalar bilan tanishtirish. Sharqning buyuk allomalari haqida qisqacha ma'lumot berish orqali bolalar qalbida avlod-ajdodlarga nisbatan hurmat, iftixor tuyg‘usini uyg‘otish.

3. Asarlar mazmuni bo‘yicha savollarga javob berish ko‘nikmasini mustahkamlash.
4. Asarda ishtirok etuvchi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga, ayrim m a'naviy sifatlarini (yaxshi, yovuz, jasur), ruhiy kechinmalarini (xafa, xursand) ta'riflashga undash. She’r, ertak, topishmoq, hikoya, sanamalarni ifodali aytishga o'rgatish. Katta va maktabga tayyorlov guruhida:
1. Bolalarda hayotga nisbatan qiziqish va muhabbatni yanada kuchaytirish, asardagi go’zallikni, nafosatni his etish kabi ko’nikmalarni mustahkamlash.
2. Ularning badiiy asarlardagi qahramonlar xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini to‘g’ri baholash, aks ettirilayotgan voqealar mohiyatini tushunish qobiliyatlarini o'stira borish lozim.
3. Bolalarning milliy, badiiy didlarini rivojlantirish, badiiy adabiyotning o kziga xos xususiyatlari, ba'zi janrlari, asarning tili haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarini shakllantirish.
4. Bolalarni asar g ‘oyasini tushunishga, tasviriy vositalarni his etishga, she’riy nutqdagi musiqiylik, ohangdorlik va ritmni payqay olishga o ‘rgatish.
5. Bolalarning o‘zbek xalq og'zaki ijodiyoti, sharq allomalari, yozuvchilari, shoirlari haqidagi tushunchalarini boyitish. Ertak va hikoyalarni o‘qib berganda va bolalar tom onidan badiiy asarlarni qayta hikoya qilish jarayonida badiiy asarlarda aks etgan voqea va obrazlarga nisbatan ularning shaxsiy munosabatlarini aniqlab, to‘g ‘ri yo’l ko'rsatib borish. Asarlardagi obrazlar haqida gapirilayotganda, ularning holatlarini imo-ishora, yuz ifodasi, harakatlar orqali bayon qilishga o'rgatiladi.
Badiiy asarlarni o ‘qib berish mashg'ulotlariga tarbiyachining tayyorlanishi. Tarbiyachi badiiy asarlarni shunday o ‘qib yoki hikoya qilib berishi kerakki, u bolalarni o ‘ziga jalb qila olsin, bolalar asardagi obrazlarning siymolarini ko‘z oldiga keltirib, tasavvur qila olsinlar va hayajonlansinlar. Tarbiyachining badiiy asarlarni o ‘qib yoki hikoya qilib berishga tayyorgarligi muallifning nima demoqchi ekanligini yoki xalq ertaklarining g‘oyaviy mazmunini, unda ishtirok etuvchilarning xarakter va o’zaro munosabatlarini aniqlashdan boshlanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun yozilgan asarlarda qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko'rsatiladi. Masalan: „Quyonning uychasi“ ertagida tulki ayyor, kuchsizlar ustidan hukmronlik qiluvchi, xo'roz esa botir, topqir, kuchsizlarni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi. Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon etish ustida ishlanadi. Bu uch yo‘nalishda olib boriladi:
1) emotsional va obrazli ifodalilik, intonatsiyaning xilma-xilligi va boyligi ustida ishlash;
2) asarning ayrim qismlari o ‘rtasiga mantiqiy urg‘u qo'yish;
3) aniq va to‘gri talaffuzni hosil qilish; har bir so'zni to‘g‘ri talaffuz elishga erishish kerak, shundagina bolalar uni to‘gri idrok etadilar. Tarbiyachi bunday tayyorgarlik jarayonida adabiy asarning g ‘oyaviy m azm u n ig a tushunib yetadi va matnni esda saqlay oladi, o‘zining kichik tinglovchilari bilan erkin muloqotda bo‘ladi va uning nutqi ravon, aniq boiib, ishonchli chiqadi, aytilayotgan so ‘z ishonarli, ta’sirchan, bolalar uchun tushunarli bo ‘ladi. Agar tarbiyachi bolalarga tanish bo’lgan asarni o'qib yoki hikoya qilib bermoqchi bolsa, ilgari uni bolalarga yetkazish ustida yetarli darajada ishlagan bo’lsa, u vaqtda mashg‘ulotga quyidagicha tayyorlanadi: asar matnini va ilgari hosil qilingan ifodali o’qish vositalarini yodiga tushirish maqsadida uni bir necha marta ovoz chiqarib o ‘qiydi, mashg‘ulot rejasini tuzadi. Mashg‘ulot rejasida asarni bolalarga qanday yetkazish — o‘qib berish yoki hikoya qilib berish usuli ko‘rsatiladi. Dastur mazmunida tarbiyachi kitobdan foydalanishning ta'lim va tarbiyaviy maqsadlarini belgilab oladi, bolalarni qanday yangi so'zlar bilan tanishtirishni ko'rsatadi. Tarbiyachi tomonidan o‘qib yoki hikoya qilib berish uchun tanlangan badiiy asarlarning g‘oyaviy mazmuni bolalarga tushunarli bo’lsa , ularning yuragiga yetib borsa, asar o ‘zining tarbiyaviy rolini bajargan bo'ladi. Bolalar bog‘chasining tarbiyachisi yozuvchi va bolalar o krtasida vositachi b o ‘lib hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o‘quvchi emas, tinglovchidirlar. Bolalar tomonidan badiiy asarlarni qanday idrok qilish tarbiyachiga bog‘liq. Tarbiyachi asarni qanchalik ifodali, mazmunli o'qisa, bolalar shunchalik diqqat bilan tinglaydilar, uning mazmunini yaxshi tushunadilar. Badiiy asarlar tarbiyachi tomonidan kitobdan o‘qib berilishi, kitobsiz yoddan aytib berilishi, hikoya qilib berilishi mumkin. Asar mazmunini bolalarga yetkazish asar janriga va tinglovchilarning yoshiga bog’liq. Xalq ertaklarini-xalq og'zaki ijodiyoti namunalarini bolalarga kitobdan o’qib bermasdan, hikoya qilib bergan ma’qul. Tarbiyachi dastur asosida o'qib berishi yoki hikoya qilib berishi uchun asartanlagach, asarning g‘oyaviy mazmuni va uning tili bolalarga tushunarli yoki yo‘qmi, shuni oldindan tasavvur etishi kerak. Agar tarbiyachi ulardagi ayrim ifodalar, so’zlar bolalarga tushunarli emasligini taxmin qilsa, u holda muallifning bayon etmoqchi bo’lgan fikrlarini bolalar tomonidan idrok etish qiyinlashadi. Mana shunday hollarni oldindan bilgan tarbiyachi bolalarga ma’nosi tushunarsiz bo’lgan so'zlarni quyidagi usullar yordamida tushuntirishi lozim: asarni hikoya qilayotgan vaqtda to'xtalmasdan (uzoq pauza qilmasdan), yangi so‘zni sinonimi bilan yoki qisqa jumlalar bilan tushuntirishi kerak. Masalan, K. D. Ushinskiyning “Sabr qilishni o'rgan” nomli asarini o’qib berishda “g‘o’rak” so'zi uchraydi, bu so‘z hammaga tushunarli bo‘lavermaydi, shu sababli tarbiyachi bu so‘zni o’qiyotganda bolalarga tushunarli bo'lgan „xom “ so‘zini ishlatadi. Demak, tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishdan avval asardagi ayrim so’zlarni, ya'ni bolalar tushunishi qiyin bo’lgan so’zlarni qaysi so‘zlar bilan almashtirishni belgilab oladi. Agar ayrim notanish so ‘zlar va jumlalar bolalarga muallifning asosiy fikrini idrok qilishlariga xalaqit bermasa u holda ushbu so’zlarning ma'nosini tushuntirish shart emas.
Turli yosh guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish uslubiyoti. Har bir yoshda bola nutqini rivojlantirishning o’ziga xos vazifalari bo‘ladi. Adabiy asarlarni idrok etish darajasi o‘sib borgan sari bu vazifalar murakkablashib boradi. Biz hozir quyidagi guruhlar bo‘yicha badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg'ulotini o‘tkazish yo 'llarini ko‘rib o‘tamiz.
IKKINCHI KICHIK GURUH mashg'ulot o ‘tkazishda tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi:
1) bolalarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqish uyg‘otish;
2) ertak, hikoya, she ’rlarni berilib tinglash, tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ko‘nikmalarini hosil qilish;
3) asar mazmuni bo'yicha beriladigan savollarga javob berish;
4) ertak va hikoyalarning mazmunini buzmay (tarbiyachi bilan birga, keyinchalik mustaqil) takrorlash kabi ko‘nikmalarni o’stirish;
5)bolalarda asarlarga ishlangan rasmlarga nisbatan qiziqishni rivojlantirish. „Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi“ga binoan, bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish deganda ertaklar, hikoyalar, she'rlar va kichik-kichik folklor asarlari: hazillar, ermaklar, ashulalar, tez aytishlar, maqol va matallarni o’qish tushuniladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni adabiy asar janrlarini ajrata olishga o’rgatish lozim. Tarbiyachi bolalarga badiiy asarning janrini aytishi kerak. Masalan, „Bugun men sizlarga ertak aytib beraman “ , „ Hozir men hikoya o’qib beraman “ , „ She’r o’qib beraman“ kabi. Kichik guruh bolalari badiiy asar janri haqida eshitishi bilan „Masha va ayiq‘ „Qizg‘anchiq it , „ Mushuk, xo’roz va tulki“ , ,,Bo’ri bilan echki“ ertak ekanligini, X. Ermatovning „ Non “ , „Shaftoli“ asarlari she'r ekanligini, X.To’xtaboyevning „ Hassa “ , E. A ’zamning „ May yomg’iri“ asarlari hikoya ekanligini esda olib qoladilar. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda ertaklar hikoya qilib beriladi, hikoya o ‘qib beriladi, she'r yoddan aytib beriladi. Turli adabiy janrlar ularni bolalarga yetkazishning turli xarakterini talab etadi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklarni kitobdan o’qib bermasdan hikoya qilib bergan ma'qul. bu bolalarga emotsional ta'sir o'tkazishni kuchaytiradi, ertakning asosiy mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Agar tarbiyachi kitobga qaramay, bolalarga qarab hikoya qilsa, u xuddi har bir bola bilan gaplashayotgandek bo‘lib, bu orqali monolog nutqni eshitish va uni tushunish malakasini tarbiyalashga erishadi. Agar ertak mazmun jihatdan uncha katta bo’lmasa, uni ikki, hatto uch martagacha hikoya qilib berishi yoki eng qiziqarli joylarini takrorlashi mumkin. Asar (ertak) hikoya qilib berilgach, bolalardan ertakdagi eng qiziqarli joylarini esga tushirib takrorlash taklif etiladi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun hajmi uncha katta bo'lmagan hikoya va ertaklarni, she’rlarni o’qib berish tavsiya etiladi. O.Mahkamovning „ Mushuk “ , X.Ermatovning „Non “ , „Shaftoli” „Anor“ kabi asarlari kichkintoylarda ijobiy his-tuyg‘ularni, nafosatni tarbiyalashga yordam beradi. Kichik guruhda she’r yoki hikoyalar o‘qib berilgach, bolalarga o ‘z hayotlaridagi shunga yaqin voqealarni eslab aytib berish taklif etiladi. Masalan, M.Murodovning „To'p “ hikoyasi o‘qib berilgach, bolalardan to‘pni kim bilan o‘ynashini, u bilan qanday o‘yinlar o‘ynashlarini so‘rash mumkin. Kichik yoshdagi bolalarga ko'plab savollar berish yaramaydi, biroq asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini, qaysi so'zlar xotirasida qolganligini, asar mazmunida uning shaxsiy hayoti bilan bog’liq voqealar borligini aniqlash maqsadida ikkita, uchta savol berish kerak. Yil davomida bolalarga tanish bo'lgan hikoyalar, ertaklar, she'rlar takroran o 'qib beriladi, hikoya qilinadi. Bu ertak va hikoyalar, sh e ’rla m in g bolalar xotirasida uzoq saqlanib qolishiga yordam beradi.
O‘RTA GURUH. O‘rta guruhda badiiy asarlarni idrok etish bo’yicha ishlar olib boriladi. Bu guruh bolalari endi asar mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar. Bolalar asardagi qahramonlarga nisbatan o'z munosabatlarini aniqroq ifoda etishga harakat qiladilar. Bu guruhda ham xuddi kichik guruhdagidek, tarbiyachi tanishtirayotgan adabiy asar janrini aytadi: Hozir men sizlarga o‘zbek xalq ertaklaridan „Oltin tarvuz“ ertagini hikoya qilib beraman yoki L.N.Tolstoyning „Ikki o'rtoq “ hikoyasini o'qib beraman va h.k. Bu guruhda adabiy asar mavzulari juda xilma-xildir. Tarbiyachi bolalar diqqatini asarning mazmunigagina emas, balki adabiy tilning ayrim xususiyatlariga (badiiy so‘z va ifoda, o‘xshatish va taqqoslash) ham yo'naltiradi. Tarbiyachi asarni o‘qib bergach, bolalarga beriladigan savollarni puxta o ‘ylab, to ‘g ‘ri berishi kerak. Bolalarga beriladigan savol asardagi qahram onlarning xattiharakatlarini baholashga, ular haqidagi o ‘z fikrlarini to 'g'ri bayon etishga yordam berishi lozim .To‘g‘ri berilgan savol bolalarni o ‘ylashga, fikr yuritishga, xulosa chiqarishga undaydi. Masalan , „Oltin tarvuz “ ertagini hikoya qilib bergach, quyidagi savollarni berish mumkin:
„Bu ertakda nima haqida hikoya qilinadi?
Sizga bu ertakda kim nimasi bilan yoqdi?
Laylakni davolagan chol haqida nima deyish mumkin?
Boy haqida-chi? Boy Laylakning oyog’ini sindirib to‘g‘ri ish qildimi?
Nima uchun kambag‘al cholning polizida oltin tarvuz unib chiqdi?
Boyning polizida-chi? Boyni Laylak qanday jazoladi?
Nima uchun Laylak boyni jazoladi?“ Bunday savollar bolalar asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini va asar qahramonlariga nisbatan munosabatlari qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi. Badiiy asarni to’g'ri tahlil qilish badiiy nutqning qimmatini oshiradi, bolalarni mustaqil hikoya qilishga tayyorlaydi. O ‘rta guruhda ham xuddi kichik guruhdagidek bolalar lug'atini boyitish bo‘yicha ishlar olib boriladi, mashg'ulotda o'zlashtirilgan yangi so‘zlarni mustahkamlash ustida ish olib boriladi.
KATTA GURUH „Bolalar bog ‘chasida ta’lim -tarbiya dasturi“ katta guruh bolalarida badiiy-adabiy asarlarning mazmunini idrok etishda ifodali vositalarning ayrim xususiyatlarini aniqlay (seza) olishga o ‘rgatishni vazifa qilib qo ‘yadi. Katta guruh bolalari badiiy asarlar mazm unining ayrim xususiyatlarini, mazm unining ifodaliligini chuqurroq tushunib olish qobiliyatiga ega. Bu yoshdagi bolalar adabiy asar janrlarini farqlay oladilar. Ular poeziya bilan prozani bir-biridan yengil ajrata oladilar. Tarbiyachi mashg'ulotni muqaddima suhbatidan (asar mazmuniga yaqin mavzuda), asar mazmimiga taalluqli rasmni ko'rsatib, u haqda suhbat o'tkazish, bolalarning shaxsiy tajribalariga tayanib suhbat o'tkazish bilan boshlashi mumkin. Ertakni o ‘qib bergandan so’ng, u tahlil qilinadi.Tahlilni shunday o ‘tkazish kerakki, bolalar asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunib olsinlar. Bolalarni hikoya janrlari bilan tanishtirish jarayonida asarlarni bunday tahlil qilish tasvirlanayotgan voqealarning jamiyatdagi ahamiyatini, qahramonlarnin g o ‘zaro m unosabatlarini ochib berishga yordam beradi. Asar o ‘qib yoki hikoya qilib berilgach, bolalarga beriladigan savollar asarning g’oyaviy mazmunini aniqlashga, uni tushunishga yordam berishi, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay olishga o‘rgatishi kerak. Masalan , o ‘zbek xalq ertaklaridan „Zumrad va Qimmat“ ertagi hikoya qilib berilgach, bolalarga quyidagi savollarni berish mumkin: „Bu ertakdagi qaysi qahramon sizga yoqdi? Zumrad haqida nima deyish mum kin? Qimmatni qanday qiz deyish mumkin ? Nima uchun kampir Zumradga qimmatbaho sovg‘alar beribdi? Nima uchun kampir Qimmatdan judayam xafa bolibdi? Qimmat va uning onasi qanday jazolanibdi?“
MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI „ Bolalar bog 'chasida ta ’lim - ta rb iy a dastur i“ bu yosh guruhidagi bolalar oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: bolalarda kitobga, badiiy asarga bo 'lgan muhabbatni tarbiyalash; badiiy obrazni his eta olish; poetik eshituv diqqatini rivojlantirish (jarangdorligini, ohangdorligini, shc’riy nutqning ritmikasini ilg'ab olish), o'qishning intonatsion ifodaíiligini rivojlantirish. Ertak, hikoya, she'rlarning badiiy tilini his qilish va tushunish. Bu guruhda ham tarbiyachi badiiy asarlarni tahlil qilishdan keng foydalanadi. Bolalar asami tahlil qilish orqali adabiy janrlarni, ularning xususiyatlarini tushunishga, ertak va hikoyalarni, she ’rlarning ifodali tilini his etishga, badiiy shakl bilan mazmunning o‘zaro bog’liqligini bilib olishga o‘rganadilar. Badiiy asarlar bilan tanishtirishga doir o'tkaziladigan har bir mashg'ulotda nutqni rivojlantirish bo‘yicha turli xildagi vazifalar qo‘yiladi. Har bir mashg’ulot bolalarni, ya'ni she’r eshituvchini tarbiyachining bergan savollariga o‘z fikrlarini bir-biriga bog’lab grammatik jihatdan to‘g‘ri va obrazli, badiiy qilib javob bera olishga, ona tilidagi sinonimlardan foydalana olishga o'rgatishi kerak. Tarbiyaching asarni dastlabki o ‘qishdan maqsadi tinglovchilarga asarni san ’at asari sifatida yetkazishdir. Bolalarni badiiy asar bilan ikkinchi marta tanishtirishda esa asar chuqurroq tahlil qilinadi, bolalarning diqqati badiiy ifoda vositalariga yo’naltiriladi. Tarbiyachi bu guruhda mashg ‘ulotni boshlashdan avval bolalarni adabiy asarni idrok etishga tayyorlaydi: asar mazmuniga yaqinroq mavzuda kichik suhbat o ‘tkazadi, bunda bolalarning shaxsiy tajribasiga murojaat etadi. Masalan, tarbiyachi bolalarga aka-uka Grimmlarning „Qorqiz“ asarini hikoya qilib berishda, avval shunday savollar beradi: Bolalar, qish faslida ob-havo qanday bo ‘ladi? Nima yog ‘adi? Bolalar qanday o ‘y inlar o'ynashadi? Qordan nima yasashadi? Kun isishi bilan qordan yasalgan narsalar nima bo ‘ladi? va h.k. Bunday tarzda o‘tkazilgan kirish suhbati asar mazmunini chuqur anglab olishga yordam beradi. Ba 'zan mashg‘ulotni muallifning suratini ko‘rsatishdan, shu muallifning qanday asarlarini bilishlarini so ‘rashdan ham boshlash mumkin . Shundan so ‘ng tarbiyachi ertakni hikoya qilib beradi, hikoya bo'lsa, o ‘qib beradi, asardagi notanish so ‘zlar ma’nosi tushuntiriladi, rasmlari ko‘rsatiladi va asar mazm uni bo'yicha savoilar beriladi, ya'ni o ‘qib berilgan asar yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Asar o 'qib berilgach (ertak hikoya qilib berilgach), bolalar bilan quyidagilar haqida suhbat o‘tkazishimiz mumkin:
1. Muallif tomonidan qo ‘yilgan savolga javob berish bo'yicha suhbat. Agar muallif bu asarni o’quvchilarga savol berish bilan tugallasa, bu savolga javob berish uchun suhbat o ‘tkaziladi.
2. O’qib berilgan asar bilan bog'liq suhbat. Agar o‘qib berilgan asar mazmuni bolalarning shaxsiy hayotiy tajribasi bilan bog‘liq bo‘lsa, tarbiyachi asarni o ‘qib bergach, o‘z kuzatishlari, taassurotlari haqida gapirib berishni taklif etadi. M asalan, T. G 'oyibovnin g „Hunarli yigit xor bo 'lmas “ asarini tinglagach, bolalar tarbiyachining taklifiga ko‘ra hunarlar haqida, lining ahamiyati haqida gapirib beradilar.
3. O‘qib berilgan asar mazmuni bo ‘yicha suhbat. Bu suhbatning asosiy maqsadi o'qib berilganni eslash va asar mazmuni bo'yicha o ‘z fikrini bildirishdan iboratdir. Masalan, V.V Mayakovskiyning „Kim bo'lsam ekan?“ asarini bir necha marta takroriy o ‘qish natijasida uning mazmu n i b o lalar xotirasida uzoq saqlanadi, so‘ng bolalarga kasblar haqida, qaysi kasb ko'proq yoqishi haqida gapirib berish taklif etiladi.
4. O‘qib berilgan asarni gapirib berish uchun o'tkaziladigan suhbat.Tarbiyachi bu suhbat turidan ertak yoki hikoya o‘qib berilgach foydalanadi. Bolalarga hikoya voki hikoya qilib berilgan asar mazm uni yuzasidan savollar beriladi. Bu bolalarni hikoya qilib berishga va matnni esda saqlab qolishiga yordam beradi. Tarbiyachi bunday suhbat uchun oldindan savollar tuzib qo‘yishi lozim. Quyida maktabga tayyorlov guruhida badiiy asarni hikoya qilib berish bo‘yicha mashg‘ulot namunasini keltiramiz.

Download 107,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish