Mavzu: Moliyaviy tahlil va uni tashkil etish. Reja: Kirish



Download 431,45 Kb.
bet6/8
Sana16.01.2022
Hajmi431,45 Kb.
#371535
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moliyaviy tahlil va uni tashkil etish

JS = UM +JM = 2P.

  1. Joriy aktivlar (Ja) ("mobil aktivlar", "oborot mablaglari" deb xam ataladi) – tovar-modiy zaxira, pul mablaglari xamda debitorlik karzdorligida bo'lgan mablaglarni aks ettiradi, ya'ni u balans aktivi 2-bo'limi amiga tengdir: JA = 2A.

Ularni asosiy vositalar va boshka oborotdan tashkari aktivlardan farkli ravishda karzdorlar bilan xisob-kitob kilish uchun tez kaytarib olish mumkin bo'lganligi sababli mobil aktiv deyiladi.

  1. Joriy yoki kiska mud­datli majburiyatlar (JM) - yil mobaynida to'lanishi zarur bo'lgan karzdorlik. Unga kiska muddatli karzlar, kreditlar, olingan bunaklar kiritiladi. Bu so'mmani aniklash uchun balans passivi 2-bo'limi yakunidan (2p) uzok muddatli majburiyatlarni (um) chegirib tashlash kerak. Uning formulasi:

JM = 2P - UM.

  1. Uzok muddatli aktiv­lar (Uma) (ularni "immobillashgan aktivlar" deb nomlash kabul kilingan) - asosiy vosita­lar va boshka oborotdan tashkari aktivlar yigindisi bo'lib, ular oborot mablaglari (mobil aktivlar)dan farkli ravishda sekinrok aylanadi va balans aktivi 1-bo'limi yakuni bo'yicha aniklanadi. Uning formulasi kuyidagichadir:

UMA = 1A.

  1. Uzok muddatli majbu­riyatlar (um) - bu uzok vakt foydalanishga mo'ljallab olingan kredit va karz­lar. Ular balans passivi 2-bo'limida ko'rsatiladi (490-satr):

Um = 1-sh., 490 satr

  • Tovar-moddiy zaxi­ralar (TMZ) – tovar-moddiy zaxiralarida bo'lgan oborot mablaglari. Tez likvidli aktivlardan farkli ravishda ular ko'prok muomalada bo'ladi va joriy majburiyatlarni koplash uchun darxol kaytarib olinmaydi:

TMZ = ICHZ + TICH + TM + T + KDX = 150 + 160 + 170 + 180 + 190.



  • Tez likvidli aktivlar (tla) - yakin vakt ichida kiska muddatli majburiyatlarni koplashga yo'naltiriladigan mablaglardir. Ularga pul mablaglari va debitorlik karzdorligi va muddati utgan karzdorlik ayirmasi kiritiladi:

Tla = pul mab. + (DK - MUK).

Korxona mulkiy xolati ko'rsatkichlari asosida uning sifat o'zgarishlari, xo'jalik mablaglari tuzilmasi xamda ular manbalari xakida xulosa chikarish mumkin. Balans aktivi asosida "Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining mulkiy xolatini taxlil kilishda mazkur izoxlovchi ko'rsatkichlar xisob-kitob kilingan. Tahlil davomida ularning yil mobaynidagi va kator yillar ichidagi o'zgarishlari aniklangan. Mulkiy holat haqida tegishli xulosaga kelish uchun mazkur jadvalda bir yillik ma'lumotlar keltirildi (1-jadval).

1 - jadval

"Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining mol-mulki xolatini xisobot davrida baxolash

(ming so'm)

Ko'rsatkichlar

Yil boshida

Yil oxirida

Farki




so'mma

sol.og.

so'mma

sol.og.

so'mma

sol.og.

O'z sarmoyasi (o's)

19882

73,2

21703

73,5

+1821

+0,3

Jalb kil. sarmoya (JS)

7365

26,8

7834

26,5

+569

-0,3

Joriy (mobil) aktivlar (ja)

14120

52,0

16566

56,1

+2446

+4,1


Joriy majburiyatlar (JM)

7170

26,4

7834

26,5

+664

0,1

Uzok muddatli majburiyatlar (um)

95

0,3

-

-

-95

-0,3


Uzok muddatli aktivlar (Uma)

13027

48,0

12971

43,9

-56

-4,1


Asosiy vositalar (Av)

9065

33,4

9739

33,0

+674

-0,4

Oborotdagi o'z mablaglari (OO'M)

6950

25,6

8732

29,6

+1782

+4,0


Xarakatdagi sarmoya (Xs)

5100

18,8

6452

21,8

+1352

+3,0

Tez likvidli aktivlar (tla)

750

2,8

1553

5,3

+803

+2,5


Ishlab chikarish zaxira-lari va xarajatlari (izx)

11520

42,4

12631

42,8

+1111

+0,4


Mul mablaglari (pul.mab.)

351

1,3

304

1,0

-47

-0,3

Debitorlik karzdorligi (DK)

2249

8,3

3631

12,3

+1382

+4,0


Shu jumladan muddati utgan (Mudk)

1850

6,8

2382

8,1

+532

+1,3


Kreditorlik karzdorligi (kk)

5929

21,8

6014

20,4

+85

-1,4


Shu jumladan muddati utgan (mukk)

2650

9,8

2534

8,6

-116

1,2


Xo'jalik mablaglari umumiy so'mmasi (Sar)

27147

100

29537

100

+2390

-

Manba: "Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining yillik moliyaviy hisobotlari asosida muallifning ishlanmasi.

Mazkur jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, xo'jalik mablaglarining asosiy so'mmasini o'z mablag'lari tashkil qiladi. Hisobot davrining boshida uning hissasi 73,2 %ni tashkil qilgan bo'lsa, shu yilning oxiriga kelib 73,5 % ga oshgan. Shuningdek, joriy aktivlar (oborot mablaglari) tahlil qilinayotgan davrda 52,0 %dan 56,1 %gacha ko'paygan. Xisobot yili oxiridagi o'z oborot mablaglari 8732 ming so'm yoki barcha xo'jalik mablaglarining 29,6 %ni tashkil etdi. Birok, xarakatdagi sarmoya, ya'ni xakikatdan xam oborotda katnashadigan o'z oborot mablaglari muddati utgan debitorlik karzdorlik mavjudligi sababli 6452 ming so'mga teng yoki 21,8 %ni tashkil qilgan. Ishlab chikarish zaxiralari va xarajatlarida bo'lgan mablaglari katta ulushiga ega, ularning hissasi 42,8 %ni tashkil qiladi. Tez likvidli aktivlar esa xo'jalik aktivlarining atigi 5,3 %ga tengdir. Bu holat mazkur korxonaa ahvol birmuncha yaxshi bo'lsada, tez likvid bo'ladigan mablag'larning nisbatan kamligi uning xujalik faoliyatini manyovir qilishi uchun bir muncha qiyinchilik tug'diradi.

Umuman olganda "Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining mulkiy xolatini konikarli deb topish mumkin. Xo'jalik mablaglarida o'z mablaglar manbalari 73,5 %ga tengligi uning mablag'lari manbalarida o'z mablag'larining ustunlik kilayotganligini ko'rsatadi. Joriy aktivlar joriy majburiyatlarni kariyb ikki barobar koplaydi. Bu mablaglarni yaxshi aylantirish imkonini beradi. Joriy aktivlarda o'z oborot mablaglari eng katta ulushga ega. Birok, ularning katta kismi kiyin sotiladigan aktivlarga jalb kilingan (ishlab chikarish zaxiralari va xarajatlari -12631 ming so'm yoki barcha xo'jalik mablaglarining 42,8 % va debitorlik karzdorligi - 3631 ming so'm yoki 12,3 %).

Bularning barchasi xamda muddati uzaytirilgan debitorlik karzlarining katta miqdorda mavjudligi xo'jalik mablaglari tuzilmasining yomonlashganligidan va ularning "Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining moliyaviy xolatiga salbiy ta'sir ko'rsatganligidan dalolat beradi.

"Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasi likvidliligi, to'lov qobiliyati, kreditni to'lashga layoqatliligi: mazmuni, ularni baxolash va taxlil kilish yo'llari

Korxonalar moliyaviy-xo'jalik faoliyatini baholashda asosiy va dastlabki ko'rsatkich uning likvidloigi, to'lov qobiliyati va kreditni to'lashga qodirligi kabi ko'rsatkichlardir. Likvidlilik korxonaning o'z joriy (aylanma) aktivlari xisobidan kiska muddatli (joriy) majburiyatlarini qoplay olish kobiliyatini ko'rsatadi. Bu ko'rsatkichni korxona raxbari buxgalteriya balansi bilan tanishib chikib, passivning 2-bo'limi so'mmalarini aktivning 2-bo'limi so'mmalari bilan takkoslash orkali aniklashi mumkin. Agar aylanma aktivlar so'mmasi majburiyatlar so'mmasidan ortik bo'lsa, korxona, asosan, o'z kreditorlari bilan xisob-kitob kilish imkoniga, ya'ni qobiliyatiga ega bo'ladi.

Shuni nazarda tutish kerakki, korxona buxgalteriya balansi xakikatdan xam likvidli ekanligini, ya'ni to'lovga kobiliyatli deb baholanishi uchun uning joriy aktivlari majburiyatlardan ancha (ikki baravardan ortikrok) ko'p bo'lishi kerak.

Korxonaning joriy majburiyatlarini qoplash uchun mablag'larning likvidliligiga, ya'ni ularning nakd pulga aylanish tezligiga boglik bo'lgan turli aktivlarni inobatga olish lozim. Korxona aktivlari likvidlilik darajasiga karab kuyidagi guruxlarga bo'linadi:

Likvidliligi eng kuchli aktivlar. Ular jumlasiga barcha pul mablaglari va kiska muddatli moliyaviy mablaglar, ya'ni kimmatli kogozlar kiradi (1-shakl. Buxgalteriya balansi. Aktivning 2-bo'limi, 040, 330-360 satrlar).

Tez sotiladigan aktivlar. Ular muddati o'tkazib yuborilgan kismdan tashkari debitorlik karzlarini va boshka aktivlarni o'z ichiga oladi (1-shakl. Aktivning 2-bo'limi, 210 - satr minus 211 satr yoki 2a-shakl 4-grafasining jami).

Sekin sotiladigan aktivlar. Bunga balans aktivi 2-bo'limining "tovar-moddiy zaxiralari", "kelgusi davr xarajatlari", shuningdek, balans aktivi 1-bo'limidan "boshqa uzok muddatli investisiyalar" degan moddalar kiradi (1-shakl. Aktivning 2-bo'limi, 140 dan 200 gacha bo'lgan satrlar, aktivning 1-bo'limi, 050 dan 100 gacha bo'lgan satrlar).

Kiyin sotiladigan aktivlar. Bular asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tugallanmagan sarmoya mablaglar, uskuna va kurilmalar, muddati o'tkazib yuborilgan debitorlik karzlaridir (1-shakl, aktivning 1-bo'limi, 110, 120, plyus 2a-shakl 4-grafasining jami).

Rahbarning korxona moliyasini boshkarish san'ati xisob schetlarda minimal mikdorda mablag saklab, ularning aksariyat qismini tez sotiladigan (likvid bo'ladigan) aktivlarda saklashdan iboratdir. Xisob-kitob schetidagi so'mma kancha katta bo'lsa, to'lovlar va majburiyatlar yuzasidan mavjud mablaglar bilan xisob-kitob kilish imkoniyati shuncha ko'p bo'ladi. Birok, pul mablaglari zaxirada va xarajatda, ya'ni aylanishda bo'lsa, ularni nakd pulga aylantirish ancha murakkab bo'ladi. Lekin quruq pulni ham ushlab o'tirilmayi. Ular qancha oborotda ko'p bo'lsa korxonaga shuncha ko'p foyda keltiradi. Ammo tovar-moddiy zaxiralar tez sotiladigan xaridorgir bo'lishini ta'minlash lozimdir.

"Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining kreditorlari kredit berishdan oldin Kay darajada xatarga yo'l ko'yayotganlarini aniklaydilar. Buning uchun korxonaning kreditni kaytarish kobiliyatini taxlil kiladilar, ya'ni tegishli ko'rsatkichlar yordamida uning likvidligini va to'lov kobiliyatini bilib oladilar. Shu tufayli hamkorlarga hamisha korxonaning moliyaviy hisobotlarini talab qilingan paytda, taqdim qilib turiladi.

"Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasi balansning muayyan moddalari o'rtasidagi nisbatni aks ettiradigan korxona likvidligini ifodalovchi koeffisientlar va moliyaviy xisobotning boshka turlaridan iborat butun boshli ko'rsatkichlar tizimini anqlash maqsadga muvofiqdir. Bular jumlasiga kuyidagilar kiradi:

Koplash koeffisienti (kk). Bu koeffisient korxonaning likvidliligiga baxo beradi, joriy majburiyatlar aylanma mablaglar bilan Kay darajada ta'minlanishini (boshkacha aytganda, aylanma aktivlarga solingan moliyaviy resurslarning kancha so'mi joriy majburiyatlarning bir so'miga to'gri kelishini) ko'rsatadi va joriy aktivlar so'mmasini (ja) (balans aktivi 2-bo'limining jami) joriy majburiyatlarga (JM) kuyidagi formula bo'yicha taksimlash yo'li bilan xisoblab chikiladi:

JA SH.1. Satr 390

Kk = ---------- yoki -------------------------------------

JM SH.1. Satr 770

Odatda, bu ko'rsatkichning o'sishi ijobiy baxolanadi. Amaliy tajriba nuktai nazaridan, bu ko'rsatkich 2,0 va undan ko'prokni tashkil etsa me'yorida deb xisoblanadi. Lekin uning ko'p o'sishi xam ma'kul emasdir. Chunki bu xol ishlab chikarish zaxiralariga solingan mablaglar aylanishi sekinlashganligidan va debitorlik karzlari asossiz o'sib ketganligidan darak beradi.
Tez likvidlilik koeffisienti (TL. koef.) pul mablaglari (PM), xisob-kitoblar va boshka aktivlarning joriy majburiyatlaridagi ulushini ko'rsatadi va u kuyidagi formula asosida xisoblab chikiladi:

PM + DK + MO'DK

TL.koef. = -------------------------------- yoki

JM

Sh.1. (320 + 210) satrlar – 211 satr yoki Sh.2a. 4 grafa jami



--------------------------------------------------------------------------------------

Sh.1. Satr 770

Bunda: DK - debitorlik karzlari;

MO'DK - muddati o'tgan debitorlik karzlari.




Download 431,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish