3. Firma va kompaniyalarning moliyaviy xolatini baxolashning
o'ziga xos jihatlari
Korxonalar moliyaviy holatini baholash, uning balansini iqtisodiy jihatdan o'qish bilan boshlanadi. Balans umumiy so'mmasi korxonaning muayyan bo'lim va moddalarda taksimlangan barcha mablaglarni aks ettiradi. Balans aloxida moddalari va bo'limlari so'mmalarining umumiy yakuniga nisbati ularning balans so'mmasidagi ulushini tashkil kiladi. Moddalarning muayyan sanadagi ulushlari balansning tarkibiy tuzilmasi deyiladi. Ushbu ma'lumotlar asosida korxonaning umumiy moliyaviy holatiga baho berish mumkin.
Bozor munosabatlari shartlarida olinadigan kreditlar uchun foizlar yukori bo'lganligi sababli, baLans passividagi manbalarda o'z mablaglari ustunlik kilishi kerak. Balansni taxlil kilishda uning tuzilmasi aniklanadi, xo'jalik faoliyati natijasida mablaglar tarkibi va ular manbalarida ro'y bergan o'zgarishlar o'rganiladi, mablaglar kanchalik tugri joylashtirilganligi izoxlanadi va korxona moliyaviy xolati oldindan baxolanadi.
Xususan, balans tuzilmasi taxlil kilinayotganda oborotdan tashkari (uzok muddatli) va oborot aktivlari, o'z va jalb kilingan mablaglar manbalari o'rtasidagi nisbat aniklanadi, debitorlik va kreditorlik karzlarning o'zgarganligi, uzok muddatli va kiska muddatli kredit va karzlardan foydalanish samaradorligi ko'rib chikiladi, bu o'zgarishlarga baxo beriladi. Bu uchun quyidagi jadvalni tuzish tavsiya qilinadi (1 -ilova).
"Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasida misolida buxgalteriya balansi tuzilmasidan kelib chikib, yukorida ta'kidlanganidek, xo'jalik mablaglari yil mobaynida 2390 ming so'mga oshdi xamda 29537 ming sumni tashkil etdi. Xisobot davrida mablaglar manbalari (balans passivi) va ularni joylashtirishda (balans aktivi) o'zgarishlar ro'y berdi. Mablaglar manbalarida o'z mablaglari ustunlik kilmokda. Ular xo'jalik mablaglari umumiy so'mmasining 73,5 foizini tashkil etadi va yil mobaynida 0,3 foizga oshganligini ko'rsatadi. Majburiyatlar, ya'ni karz va kreditlar ko'rinishida olingan mablaglar ulushi 26,5 foiz bo'lib, yil mobaynida 0,3 foizga kamaydi. O'z mablaglari manbalari ustunlik kilgan tuzilma maqbul bo'lib, u korxonaning moliyaviy barkarorligini ko'rsatadi.
Bundan keyin jalb kilingan mablaglar tuzilmasi va ayniksa kreditorlik karzdorligiga e'tibor karatish lozim. Xisobot davri oxirida butun karzdorlik kiska muddatli xisoblanadi. Uning asosiy kismini byudjetga karzdorlik tashkil etadi - barcha xo'jalik mablaglari 9,1 foiz, maxsulot etkazib beruvchilarga karzdorlik - 8,5 foiz, buyurtmachilar va xaridorlardan olingan bo'naklar - 5,8 foiz bo'ldi. Shu tarika, tovarlar, xom ashyo va materiallar uchun karzdorlik 14,3 foiz (5,8 + 8,5) bo'lib, u yil mobaynida 1,4 foizga oshdi (14,3 - 12,9).
"Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasida bo'yicha mablaglar manbalari (balans aktivi) yil boshida uzok muddatli aktivlarda - 43,9 foiz, oborot aktivlarida - 56,1 foiz tarzida joylashtirilgan. Xisobot davri uchun oborot aktivlarida bo'lgan mablaglar ulushi 4,1 foizga (56,1 - 52,0) oshgan.
Balans tuzilmasini taxlil kilishda oborot aktivlari tuzilmasi maxsus ko'rib chikish uchun asos bo'lib xizmat kiladi. Ularda debitorlik karzdorligi xo'jalik mablaglarida eng yukori ulushga ega bo'ladi. U 12,3 foiz bo'lib, yil mobaynida 4,0 foizga (12,3 - 8,3) ko'paydi. Pul mablaglari solishtirma ogirligi pasaygani xolda tovar-moddiy zaxiralari ulushi xam 0,3 foizga oshdi. Balans aktivida oborot mablaglari ulushi oshgan bo'lsa-da, bu kiyin sotiladigan aktivlar xisobiga amalga oshdi. Bu esa korxona likvidliligiga (to'lovga kobilligiga) salbiy ta'sir ko'rsatadi.
"Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasida o'z va karz mablaglarining ko'payishi asosan tayyor maxsulot koldiklari (2478 ming so'm) va debitorlik karzdorligini (1382 ming so'm) koplashga sarflandi.
Korxona moliyaviy xolatini baxolashda mablaglar so'mmasi va ular turlari bo'yicha manbalari mulkiy xolati taxlil kilinishi shart. Ularga kuyidagilar kiradi:
Sarmoyaning umumiy xajmi (Cap.) - korxona ixtiyoridagi xo'jalik mablaglari so'mmasi. U buxgalteriya balansi - netto yakuniga tengdir:
Cap. = 1-sh., 400 yoki 780-satr
O'z mablaglari (sarmoyasi) (O'm) - korxonaning muayyan sanadagi o'z mablaglari, ular balans passivi 1-bo'limi yakuni bo'yicha aniklanadi:
O'm = 1 sh. P. 480 satr.
Oborotdagi o'z mablaglar (OO'M) - oborotda bo'lgan o'z mablaglari xajmi. Ular o'z sarmoyasiga (o'm) uzok muddatli majburiyatlarni (Umm) ko'shish xamda asosiy vositalar va oborotdan tashkari aktivlar (aktiv 1-bo'limi) so'mmasini (ІA) ayirish orkali aniklanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |