Mavzu: milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari fanini oʻqitish metodlari va klassifikatsiyasi. Reja



Download 78,37 Kb.
bet1/9
Sana23.07.2022
Hajmi78,37 Kb.
#843294
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MILLIY GʻOYA VA MAʼNAVIYAT ASOSLARI FANINI OʻQITISH METODLARI VA


MAVZU: MILLIY GʻOYA VA MAʼNAVIYAT ASOSLARI FANINI OʻQITISH METODLARI VA KLASSIFIKATSIYASI.

REJA:
I.KIRISH……………………………………………………………………………2
II. MA’NAVIYAT ASOSLARINI O'QITISH METODLARI VA KLAS-
SIFIKATSIYASI……………………………………………………………….…5

  1. Ta’lim metodlari, usullari va vositalari. Metodlar klassifikatsiyasi: og‘zaki, yozma matn, ko'rgazmali, amaliy, produktiv va reproduktiv.

  2. Metodning usul va vositalar bilan uyg'unligini ta’minlash. Usullari klassifikatsiyasi: og‘zaki bayon, hikoya, ko'rgazmalilik, tahlil, umumiashtirish, amaliy.

  3. Zamonaviy dars, unga qo'yiladigan talablar. Dars mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishi.

  4. Ta'lim va tarbiya jarayonining maxsus shakllari dars samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi.



III.MA’NAVIYAT ASOSLARINI O'QITISH METODIKASI: MA’NAVIYAT ASOSLARI FANINING BO'LIMLARI…………………………………………..16
3.1Ma’naviyat asoslarini o'qitish metodikasining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari.
3.2Ma’naviyat asoslarni o'qitish metodikasining fanlar tizimidagi o'rni. Ma’naviyat asoslari fanining umumiy o'rta. o'rta maxsus ta’limi tizimidagi mazmuni. Ma’naviyat asoslari fanining ta’lim jarayonida tutgan o'rni va vazifalari.
3.3.O'quv me’yoriy hujjatlar: DTS. o'quv dasturi, o'quv rejasi. kelendar-tematik reja tahlili.
O'quv dastur. darslik va o'quv qo'llanmalarni taqqoslash


IV. MILLIY G'OYANI O'QITISH METODLARI……………………………..24
2.1Aqliy hujum usuli
2.2 Darsning rejasi
2.3«Ajurli arra» usuli
2.4«Munozara» usuli
V.XULOSA
VI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


I.KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan huquq fanini o'qitishda o‘tkazilayotgan islohotlar. Umumiy o‘rta ta'lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun yaratilgan Davlat Ta’lim Standard, dasturlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida va ungacha umum o‘rta ta’lim. O‘rta Maxsus ta’lim tizimida huquq fanining mazmun va mohiyati.
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qitish metodikasining predmeti va uning vazifalari. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o'rtasidagi aloqalar. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bogliqligi.
Fanni o‘qitishdan maqsad: Milliy g‘oyani odamlar ongiga singdirish va uni e’tiqodga aylantirishning samarali usullarini ishlab chiqish fanning maqsadidir.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari. metodlari. vositalari, dars va uning turlari va tuzilishini o‘rgatish;
Fanni o‘qitishdan maqsad o‘rta maxsus ta’lim tizimida o'qitiladigan Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari faning maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullarini o‘quvchilarga Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslaridan puxta bilim berish, ularni milliy g'oyasi ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda hamda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari o'qitishning eng muhim vositalarini belgilashga mos bilim, ko‘nikma va shakllantirishdir.
Fanning vazifasi talabalar ta’lim va tarbiya jarayonihi tashkil etish, ta'lim jarayoning samaradorligini oshirish, zamon talablari, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanini o'qitishga bo'lgan munosabatlarni shakllafitirishdan iborat.
Talabalarga maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qitiladigan Milliy g‘oya fanini o‘qitish metodlarini o‘rgatish;
o'quvchilar ongida milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasini shakllantirish;
¬talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash metodlarini o‘rgatish;
milliy g'oya bo‘yicha darsni tashkil etish, dars va uni turlarini ajratish, darsda turli xil manbalardan. vositalardan foydalanish usullarini o'rgatish asosiy vazifa hisoblanadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan
«Ma’naviyat asoslari» ni o‘qitish metodlarini o'rgatish;
Talaba-o‘quvchilar ongida ma’naviy yuksalish tushunchasini shakllantirish va har tomonlama etuk fuqaroni tarbiyalash;
Fan bo'yicha talabalarning bilimi, ko'nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Milliy g’oya. ma’naviyat asoslari va huquq ta'limi faniarini o‘qitish metodikasi" fanini o'zlashtirish jarayonida anialga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:
-milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari;
-umumiy o‘rta ta’lim, o'rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimi DTS, dasturlar va darsliklar tahlili;
-milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitishning tashkiliy shakllari, dars, uning turlari va tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lislti kerak;
- zamonaviy milliy g'oya, ma’naviyat asoslari va huquq asoslari darslari va ta’lim texnologiyalari asosida darsni tashkil etish;
- milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o‘qitish metodlari;
- ta’lim vositalari;
- o‘quv-metodik majmualar va elektron o'quv-majmualarini yaratish;
- milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlaridan mustaqil ishlarni tashkil etish;
- zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yi!adin talablarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish;
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish;
milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlari o‘qitiladigan xonalarni jihozlash ko'nikmalariga ega bo'lshi lozim.
Fanning ta’limdagi o‘rni
«Milliy g'oya, manaviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o‘qitish metodikasi» fanlari xususan, milliy g‘oya, manaviyat asoslari va huquq ta’limi kabi alohida sohalarni o'rganadi. Bu sohalar milliy g‘oya, manaviyat asoslari, huquq ta’limi fanini yanada chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo'nalishlariga qarab ulardan tarix fanini anglashga xizmat qiladi.


II. Ma’naviyat asoslarini o'qitish metodlari va Klassifikatsiyasi
Ma'naviyat asoslari fanini kursida tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o`qitiladi. Demak, ma`naviyat asoslari fannining tuzilishi o`ziga xususiyatlarga ega. Bo`lajak o`qituvchilar kursining asosiy mazmuni bilan puxta tanishishi va ma`naviyat darslari materiali kontsentrik tuzilganligiga e`tibor berish, nazariya va amaliyot masalalari o`zaro organik bog`langan harakterga ega ekanligini bilishlari zarur.
Ayni paytda tushuncha, xossa, qonuniy bog`lanishlarni ochish kursda o`zaro bog`langan va bir-birini to`ldiradi.
Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi.
Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va o`qitish metodikalari orasidagi bog`lanish o`zaro bir-birini to`ldiradi hamda asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o`zaro bog`lanishda berilganligiga e`tibor qaratish lozim. Ma`naviyat asoslari kursi o`z tuzilishi bo`yicha o`z ichiga olgan qadimgi, o`rta asr va yangi davrdagi manaviyatning rivojidan iborat qismlarning tadrijiy rivojlanish tarzida berilganligi o`rganish materialini bir tizimga soladi, ma`naviyat asoslari kursida materialning kontsentrik joylashuvi saqlanadi. Ammo, amaldagi dasturda kontsentrik soni kamaytirilgan: falsafa, huquq, tarix, pedagogika. Tarbiya nazariyasi va metodikasi va xakoza fanlardan unda o`zaro bog`langan tushunchalar, masalalarni qarash mazmun jihatdan yaqinlashtirilgan.
Ma'naviyat asoslari fanini o`qitishning maqsadlari quyidagilar: umumta`lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldiradi.

  1. Ta`lim maqsadi o`qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:

A) o`quvchilarga bilim, malaka, ko`nikma berish;
B) haqiqiy olamni tasavvur va tushunish metodlari bilan o`rgatish;
V) o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarini ma`naviy madaniyatini o`stirishni, uning sifatli bo`lishini ta`minlash;

  1. O`quvchi-talabalarning bilimga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirish. CHunki bilishga bo`lgan qiziqish saralab olishga yo`naltirilgan va u shaxsning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bilishga bo`lgan qiziqish bilish faoliyati mohiyati, fikrlarning ob`ektga bo`lgan bitimning yaqinligi bilan bog`langan. Bilimga bo`lgan qiziqishning belgilari quyidagilardir: intellektual xarakterga ega bo`lishi; ijodiy xarakterda bo`lishi; bilimga bo`lgan qiziqishning rivojlanish bosqichlari; qiziqishning – mo`ljalning elementar darajasi mo`ljallangan qiziqish; qiziquvchanlik-bilishga bo`lgan ehtiros, quvonch ob`ekt chegarasiga kirib borish; bilishga bo`lgan qiziqish xodisalarning mohiyatiga kirib borishga intilish, haqiqatni qidirish; nazariy-qiziqish – voqelikka faol ta`sir etish, qonuniyatlarini bilishga intilish; qiziqishning paydo bo`lishi va rivojlanishi shartli ravishda quyidagicha darajaga ajratish mumkin; yangi faktlarga, mashg`ulotlarga, olinadigan axborotlarga tayanadigan faktlarga bevosita qiziqish har xil sharoitlarda harakat qiluvchi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini bilishga qiziqish. O`rganishga bo`lgan barqaror qiziqish. U talabalarga ta`lim berishda muhim harakterga va unda bilishga bo`lgan qiziqish tashqi omillarga muhtoj hamda u real o`quv jarayoni shart-sharoiti va usullari bilan bog`liq bo`ladi. O`quvchilarga ma`naviyat asoslari fani shunday bilimlar berishni ta`minlashi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko`nikmalari ortib borishi ta`minlanishi lozim.

  2. Tarbiyaviy maqsad. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish talaba-o`quvchilarni sabotlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, o`z fikri va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa, kuzatish asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo`lishiga erishish kerak. Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg`ularini tarbiyalashi kerak. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitishning o`zi o`quvchilarda diqqat va fikrni to`play bilishni tarbiyalaydi. O`qituvchi quyidagilarni ta`minlashi kerak:

A) o`quvchi moddiy olamdagi bog`lanishlarni, miqdorlarning o`zgarishini, bir-biri bilan aloqasini anglay olishi;
B) o`quvchilarning urf-odatimiz, qadriyatlarimizni o`rganishga astoyidil qiziqishini ta`minlashi;
V) mehnatga, vatanga insonlarga bo`lgan munosabatini tarbiyalash, estetik did hosil qilish;
G) o`zbek millatining tarixi, jumladan, ma`naviyat asoslarini o`qitilish tarixiga bo`lgan dunyoqarashni tarbiyalash;
D) o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini va madaniyatini tarbiyalash;

  1. Amaliy madqsad. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitishdan kuzatiladigan amaliy maqsad o`quvchilar olgan bilimlarni amalda qo`llay olishga o`rgatishdan iborat. Buning uchun talabalarning bilimga barqaror qiziqishini ta`minlash zarur. Bilishga bo`lgan barqaror qiziqishga quyidagilar kiradi:

  • Intellektual faollik ko`rsatkichlari - savol va javob mustaqilligi, jonli faoliyatga o`z tashabbusi bilan kirishishga intilish;

  • Malaka va ko`nikmalardan faol foydalanish, ularning faol aks ta`siri (bilimlar yangi bilimlarni egallash metodlariga aylanadi, bilishga bo`lgan qiziqish o`zining eng yuqori rivojlanish darajasiga ko`tariladi);

  • Hissiyotni namoyish qilish (nafrat, quvonch, bezovta bo`lish, intellektual holatdagi hissiyot);

  • Irodani namoyish qilish, jiddiy diqqat qilish, kuchsiz chalg`ish, o`quv ishlarini tugallashga intilish, o`z xatti-harakatlarini erkin tanlash – o`quv mashg`ulotlaridan boshqa vaqtlarda u yoki bu mashg`ulotlarni erkin tanlay olish.

Talabalarni bilish faoliyati tuzilmasiga faollik kiradi, yani bu shunday ish faoliyatiki, unda bilish faoliyatini jonlashtiradigan intellektul, irodaviy, hissiy jarayonlar birgalikda namoyon bo`ladi.
Jonli bilish faoliyati uchun bilimga bo`lgan har tomonlama, chuqur qiziqish, muayyan kuch sarf qilinishi, diqqat-e`tiborga qaratilgan bo`lishi lozim. Bilish faolligi individual bo`ladi, u shaxsning tug`ma qobiliyati emas, balki uning xatti-harakatlari jarayonida shakllanadi.
Olingan bilimlarni amalda foydalana bilishga o`rgatish. Bu bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni xal qilishga qo`llay bilishga o`rgatishdir.
O`qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri.
SHunday qilib o`qitish metodlari o`zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi uchta asosiy vazifani bajaradi.
O`qitish metodlaridan, ta`limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlariga ongli tanlab olish uchun, oldin hamma o`qitish metodlarini tasniflashni o`rganib chiqish zarur.

    1. Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma`lumot. Ta`lim va tarbiyaga oid ish tajribalarni o`rganmay va umumlashtirmay, ma`naviy jarayonini chuqur tadqiq qilmay turib ma`naviyatni rivojlantirib bo`lmaydi. Hozirgi ta`lim-tarbiya ma`naviyatini ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshqa har qanday fan kabi ma`naviyat asoslari fanining ham xususiy tadqiqot metodlari mavjud.

Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rganish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o`rganish, suhbat va so`rovnomalar o`tkazish, ilmiy tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
Ma`naviyat asoslari o`qitish metodikasi butun tadqiqotlarda qo`llaniladigan metodlarning o`zidan foydalaniladi.

    1. Kuzatish metodi.

Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan amaliy jarayonni bevosita maqsadga yo`naltirilgan holda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish metodidan o`quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning qanday borayotganini o`rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o`qituvchi va o`quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to`plash imkonini beradi.
Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o`quv jarayonining odatdagi borishiga aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko`zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt oralig`ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo`layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi.
Ammo kuzatishlarni qayd qilishning eng ishonchli metodi texnik vositalar, video, foto va kinosyomkadan, teleekrandan foydalanishdir.
Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg`or tajribani o`rganish va umumlashtirishdan iborat. Bu metoddan muvaffaqiyatli foydalanishning majburiy asosiy sharti shundan iboratki, o`kituvchilar tajribasining tavsifi qo`yilgan tadqiqot vazifasiga javob beradigan bo`lishi kerak.

    1. Tajriba.

Tajriba – bu ham kuzatish bo`lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o`zgartirib turiladigan sharoitda o`tkaziladi. Tajriba o`qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulning ko`rsatma – qo`llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo`llaniladi.
Tadqiqotda ilmiy farazni o`rni katta ahamiyatga ega. Butun tajribani tashkil qilish ilmiy farazni tekshiriga yo`naltiriladi. U material to`plash yo`llarini belgilash imkonini beradi, tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o`tkaziladi. Buning uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o`quvchilar tarkibi bo`yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko`rsatkichlar bo`yicha imkoni boricha bir xilda bo`lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan tajriba materiali bo`yicha ish bajariladi. Taqqoslash uchun nazorat sinflari tanlanadi, bu sinflar o`quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari bo`yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchli bo`lishi kerak, bu sinflarda ma`naviyat asoslarini tajriba sinflarda qo`llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar qo`llanilmaydi.
Tajriba natijalari haqida ob`ektiv ma`lumotlar olishning boshqa usullaridan ham foydalaniladi:

  1. Tajriba-sinov o`tkaziladigan sinflarda boshlang`ich shartlar nazorat sinfidagiga qaraganda bir muncha eng qulayroqdir; agar tajriba sinflarda bunday sharoitlarda yaxshi natijalar olingan bo`lsa, masalani tajriba xal qilishi o`zini oqlagan hisoblanadi;

b) O`quvchilarning tarkibi taxminan bir xil bo`lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq qilinayotgan muammoning yangi echimi shu sinflarning bittasida qo`llaniladi, so`ngra boshqa mavzu materiallarida ikkinchi bir sinfda qo`llaniladi; agar bunday qo`llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija bersa, bu usul metod o`zini oqlagan bo`ladi.
Tajribani bilishdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida hamma sinf o`quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma`lumotlarni tahlil qilish asosida tadqiq qilinayotgan metodning, usulning va x.k. samaradorligi haqida xulosalar chiqariladi. Tajriba-sinov o`tkaziladigan sinflardan olingan sifat va miqdoriy natijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi.

    1. Hujjatlarni o`rganish.

Ta`lim va tarbiya berishning keng tarqalgan metodlaridan biri o`quvchilar ishlari va xujjatlarini o`rganishdan iborat. O`quvchilarning ishlari ularning dasturning ayrim bo`limlari bo`yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, o`qitishning ma`lum davri davomida o`sishi va rivojlanishlarini kuzatish imkonini beradi.
Bunday tahlil butun sinf o`quvchilarining duch keladigan murakkab qiyinchiliklarini, shuningdek, o`quvchilarning o`zlashtirishlaridagi individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
O`quv xujjatlari (o`quv rejasi, dasturi, metodik ishlar xujjatlari, hisobotlar va h.k.) o`quv tarbiyaviy ishlarni rivojlanish jarayoni va holatini aks ettiradi.

    1. Suhbat metodi.

Ta`lim berishda suhbat metodidan ham foydalaniladi. Bu metoddan foydalanish kuzatishdan olingan ma`lumotlarni to`ldiruvchi va aniqlovchi materiallar olish, topshiriqlar bajarilishi imkonini beradi. Bu metod muvaffaqiyatining asosi bolalar bilan aloqa o`rnatilishi, ular bilan bemalol erkin muloqotda bo`lish imkoniyatidan iborat.
Suhbat uchun uning maqsadini belgilash, dastur ishlanmasi, yo`nalishi va metodikani asoslash juda muhimdir. Suhbat metodi bevosita berilgan savollarga javoblarning ishonchliligini tekshirish imkonini beruvchi bevosita va bilvosita savollarni kiritishni nazarda tutadi.
Suhbat metodi o`qituvchilarga, ota-onalarga qaratilgan bo`lishi ham mumkin, bu holda aytib o`tilgan ehtiyotkorlikning hojati yo`q, shu sababli, bunda tadqiqotchining suhbatdoshiga nisbatan munosabati ochiq-oydin bo`lishi mumkin.
6) Anketalashtirish so`rovnoma o`tkazish metodi.
Biror muammoga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba`zi faktlarni to`plash talab qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og`zaki olinadigan bo`lsa, u holda bu javoblar qarorga to`la yoziladi. Ko`pchilik bir savolning o`ziga javob berganda, buning ustiga har kim mustaqil javob bersa, yozma anketalash qimmatli bo`ladi.
Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur:

    1. anketada savollar kam bo`lishi kerak;

    2. savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushunsin, ular aniq (mujmal bo`lmagan) javoblarni talab qilsin.

Ta`lim va tarbiya berishda nazariy metodlar etakchi o`rin tutadi. Har bir tadqiqotda oldin o`rganish ob`ektini tanlash, nazariy tahlil asosida ob`ekt qaysi faktlarda bog`langanligini aniqlash va tekshirish uchun ulardan etakchilarini tanlash kerak. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash gipotezasini tuzish shunga mos ravishda tadqiqot o`tkazish metodikasini ishlab chiqish, tadqiqotning borishida olingan faktlarni tushuntirish va tahlil qilish usullarini tanlash va xulosalarni ifodalash lozim. Bu ishlarning hammasini bajarish uchun tadqiq qilinayotgan muammoning ilgari va hozirgi vaqtdagi nazariya va amaliyotini yorituvchi adabiy manbalarni o`rganish va tahlil qilish kerak. Nazariy metodlar boshqa metodlar bilan bir qatorda ma`naviyat asoslarini metodikasiga oid har bir tadqiqotga qo`llaniladi. Har qanday ilmiy muammolarni hal qilishda eng oldin qilinayotgan masalasiga oid hamma adabiyotni o`rganish va nazariy tadqiqot o`tkazish kerak.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasiga doir tadqiqotlarda boshqa metodlardan ham foydalaniladi. Odatda bu metodlarning hammasidan birgalikda foydalanish, bu xil natijalarning ishonchli bo`lishini ta`minlaydi.
Hozirgi zamon didaktikasida o`qitish metodlari klassifikatsiyasiga xar xil yondashish mavjud. Bizning fikrimizga eng maqsadga muvofiq har xil metodlarni o`z ichiga olgan klassifikatsiyadir.
YUqorida keltirilgan ta`rifdan o`qitish metodlari o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat ekani ko`rinadi.
Binobarin, bunday faoliyat tashkil qilish rag`batlantirish va nazorat qilishni nazarda tutadi, shunga ko`ra o`qitish metodlari ham uchta katta guruhga bo`linadi: o`quv faoliyatini tashkil qilish metodlari; o`quv faoliyatini rag`batlantirish metodlari; o`quv faoliyatini samaradorligini nazorat qilish metodlari.
Og`zaki, ko`rsatmali va amaliy metodlar:
1) Og`zaki metodlar – qisqa muddat ichida hajmi bo`yicha eng ko`p ma`lumotlarni berish, o`quvchilar oldiga muammolar qo`yish, ularni hal qilish yo`llarini ko`rsatish imkonini beradi.
Bu metodlar o`quvchilarning abstrakt tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi.
A) Tushuntirish. Bilimlarni tushuntirish metodining mohiyati shundan iboratki, bunda o`qituvchi materialni bayon qiladi, o`quvchilar esa uni, ya`ni bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi. Materialning bayoni aniq, tushunarli, qisqa bo`lishi kerak. Ma`naviyat asoslari kursining bir qator masalalarini qarashda bilimlarning izchil bayoni zarur.
O`qituvchining bilimlarni tushuntirish metodidan ma`lumotlar to`g`risidagi nazariy materiallar ishlatish bo`yicha yo`l-yo`riq berishda foydalaniladi.
B) Suhbat bu eng ko`p tarqalgan va etakchi o`qitish metodlaridan biri bo`lib, darsning har xil bosqichlarida, har xil o`quv maqsadlarida qo`llanishi mumkin, ya`ni uyga berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni tekshirishda, yangi materialni tushuntirishda, mustahkamlash va takrorlashda qo`llanilishi mumkin.
Suhbat – o`qitishning savol-javob metodidir, bunda o`qituvchi o`quvchilarning bilimlarini qay darajada o`zlashtirilganligi va amaliy tajribalariga tayangan holda, maxsus tanlangan savollar va ularga beriladigan javoblar yo`li bilan o`quvchilarni qo`yilgan ta`limiy va tarbiyaviy masalalarini xal qilishga olib keladi.
Metodik adabiyotda suhbat metodidan ko`pincha tushunchalar bilan tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi.
2. Ko`rsatmali metodlar.
O`qitishning ko`rsatmali metodlari – o`quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish xissiy tafakkurning faol shaklidir, bundan o`qitishda, ayniqsa, ma`naviyat asoslari fanini o`qitishda keng foydalaniladi. Tevarak – atrofdagi predmet va xodisalar va ularning turli – tuman modellari (har xil tipdagi ko`rsatma-qo`llanmalar) kuzatish ob`ektlari hisoblanadi. O`qitishning ko`rsatmali metodlarini o`qitishning og`zaki metodlaridan ajratib qo`yib bo`lmaydi. Ko`rsatma-qo`llanmalarni namoyish qilishni har doim o`qituvchining va o`quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. O`qituvchining so`zi bilan ko`rsatma vositalaridan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan:

  1. o`qituvchi so`zlar yordamida o`quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;

  2. og`zaki tushuntirishlar ob`ektning bevosita ko`rinmaydigan tomonlari haqida ma`lumotlar beradi;

  3. ko`rsatma-qo`llanmalari o`qituvchining og`zaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustratsiya bo`lib xizmat qiladi.

  4. O`qituvchi o`quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.

3. Amaliy metodlar. Malaka va ko`nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashtirish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan metodlar o`qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og`zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba`zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tadbiq qilish, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo`llaniladi. Milliy g’oya fanini yangi tushunchalarni, qonunlarni tarkib toptirishda bolalar umumlashtirishga duch keladilar. Umumlashtirish – bu o`rganilayotgan ob`ektlardan umumiy muhim tomonlarini ajratish va ularni muhim emaslaridan ajratishdan iborat.
«Usul» o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish, ma`lum ob`ektni o`zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlarini anglatadi. O`qitish usuli deganda, ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning kiritilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushiniladi.
Uslub-asosiy o`qitish usuli, o`qitish usulining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko`rishdir.
Vosita yordamichi o`quv materiallari asbob, qurol apparatlardan foydalanish.
O`qitish usullarini quyidagi turlarga bo`lamiz: o`qitishning og`zaki usuli, ko`rgazmalilik, amaliy usullari, muammoli izlanish, induktik-deduktiv, mustaqil ish usullari, rag`batlantirish, nazariy, o`z-o`zini nazorat qilish, kitob bilan ishlash.
G) Ta`lim jarayonida salmoqli o`rin egallagan muammoli aqliy, hujum, dars, munozarali (ilmiy, erkin fikrlash) darslari muammoli ta`lim texnologiyasiga asoslanadi. Muammoli darslarning o`ziga xosligi dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanishida.
Muammoli ta`lim deb, o`qituvchi tomonidan ta`sir ko`rsatishning eng muqobil varianti yordamida fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda o`quvchilarni bilimlarini o`zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlanishi, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi.
Muammoli ta`limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog`liq:

  • Muayyan mavzuga oid o`quv materialini muammolashtirish;

  • Muammoli variantlarni vujudga keltirish orqali o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish;

  • Ta`lim jarayonini o`yin mehnat faoliyati bilan uyg`unlashtirish;

  • O`z o`rnida va samarali foydalanishi ko`nikmasiga ega bo`lish;

  • Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli, savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o`quvchilarga bayon qilish.

Muammoli ta`limning zamonaviy nazariyasida muammoli vaziyatlarning 2 tasi ajratiladi.

  1. Psixologik muammoli vaziyatlar

  2. Pedagogik muammoli vaziyatlar o`qituvchining faoliyati:

- o`quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish;
- o`quvchilar oldiga o`quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo`yish;
- samarali foydalanishga (faolligini) erishish;
- o`kuvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo`nalishlardan iborat bo`ladi. O`kuvchining faoliyati esa: muammoli vaziyatlarni idrok etish; hal qilish usullarini izlash;- tahlil qilish;tahlillarni ilgari surish ilmiy, mantiqiy nazardan asoslash, isbotlash, tekshirish, xulosa chiqarishdan iborat;
O`qitishning og`zaki usullari 3 turga: hikoya, suhbat, ma`ruzaga ajratiladi. O`quv materiallarini, og`zaki bayon qilish usuli, uning xikoya tushuntirish va ma`ruzasi kabi turlari qo`llaniladi:
- bayon qilinayotgan materiallar g`oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariya va amaliyotlar bilan bog`lashga qaratilgan bo`lishi kerak.
- tarbiyaviy ahamiyatini to`g`ri belgilash orqali tarbiviy ta`sir ko`rsatish vositalarini aniqlash va amalga oshirish lozim.
- nutq ravon, tushunarli, materialni his-tuyg`uli ifodalay olish kerak.
- ta`rif, qoida, qonunlar kitob matnidan farq qilgan hollarda o`qituvchi tomonidan ta`riflar yozib olinishi kerak.
SHuningdek o`qituvchi: muamoli vaziyatlarni ko`ra bilishi, o`quv topshiriqlarining maqsadini aniqlashi, mustaqil izlanish orqali savollarga javoblar topishi, nazariy bilimlar va amaliy ko`nikmalar asosida javoblarning to`g`riligini tekshirib ko`rishi, bilim ko`nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo`llashi lozim.
«Ma`naviyat asoslari» fani dasturi va unga qo`yilgan talablar haqida yuqorida batafsil ma`lumotlar ko`rsatilgan edi.

.
III.Ma’naviyat asoslarini o'qitish metodikasi: Ma’naviyat asoslari fanining bo'limlari.


Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iktisodiy munosabatlar, halq ta`limi tizimida bo`layotgan o`zgarishlar “Ta`lim to`g`risida”gi Oonunda hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko`rsatib o`tilganidek xar bir maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisi oldiga muxim vazifa qo`yilmokda. Bu vazifalar ta`lim uchun xos bo`g`inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo`g`inlar xilma-xil o`quv fanlari dasturlarida, o`quv rejalarida, darsliklarda ta`limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni xosil qilishi mumkin.
Davlat ta`lim sandartlarining aniq o`quv fani bo`yicha emas, balki ta`lim soxalari bo`yicha ishlab chiqilishi o`quv fanlarini variativ tanlash asosida o`quv-metodik majmualar (dastur, o`quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o`quv fanlararo bog`lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o`quv fanlarining ichki bog`liqligi va fanlararo aloqasini ta`minlashga xizmat qiladi.
Ma`naviyat asoslari o`qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda biz buni ilmiy dunyoqarash asosida fanlarni o`qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va ijtimoiy tayyorgarlik bilan uzviy bog`lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga ma`naviyat asoslari fani soxasida ma`lum bilim va o`quvlarni egallash va bolalarni o`qitish orqali tarbiyalashni o`zlashtirishi kiradi.
Metodik tayyorgarlik maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo`lib, uniig ta`limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan xolda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish birinchi bosqichdir, ya`ni bolalarni navbatdagi ma`naviyat asoslari kursini o`zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Ma`naviyat asoslari ta`limning bu ikki jixati (aspekti) (ma`naviyat asoslari ta`limning tarkibiy qismi va metodik tayyorgarligi) metodikada o`zining munosib aksini topishi lozim.
Ma`naviyat asoslari fani ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy va amaliy bilimlar tizimi asosidagina xal etishi mumkin. Bu ilmiy
dunyokarash, psixologiya, pedagogika, didaktika, falsafa, Demokrtaik jamiyat kurish, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish nazariyasini (ma`naviyat
asoslarini didaktikasi) o`z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o`zi etarli emas. O`qitishning ma`lum mazmuni va o`qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta`sirlanadigan u yoki bu o`quv yo`nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo`llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o`zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni xal etishni bilishi zarur.
Ayni shu ma`naviyat asoslari fanini o`qitishda o`quvchilarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisi uchun o`quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniksa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, seminar, ishlarida ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasida bajariladigan ishlar orkali egallanadi.
Nazariy bilimlarni amaliy mashg`ulotlarga tayyorlanishda va mashg`ulotlarning o`zida o`qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar xal etilishi lozim.
Metodik masalalar xar bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli echimga ega emas. O`qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o`quv vaziyat uchun eng yaroqli echimining tez topa olishi uchun bu sohada etarlicha keng tayyorgarlikka ega bo`lish talab etiladi. Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan xal etilishi lozim.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi o`qitish vositasi sifatida mavjud didaktik, pedagogik maxorat, mantiq ilmi va ma`naviyat asoslari nuqtai nazaridan mazmunan etarli emasligi tufayli mustaqil ravishda foydalaniladi va o`rganilgan materialni faqat mustaxkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Milliy istiklol g`oyalarini, xuquqiy madaniyatni shakllantirish, milliy mafkurani targ`ib kilish ma`naviyat asoslarini shakllanishida ta`limning markaziy vazifasi bo`lib kelgan va shundoq bo`lib qoladi.
Zamonaviy ta`limning o`zi nimadan iborat bo`lishi kerak? O`quvchi yoki talaba qanday bilimga ega bo`lishi lozim? O`quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizni o`rgatishimiz, chukur anglatishimiz kerak?” degan savollar ma`naviyat asoslari fani oldidagi asosiy masalalardan biri bo`lib kelmoqda. I.A.Karimov bizda “Har kanday o`quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida rasmiylashtirilmagan” ligini alohida ta`kidlab, ta`lim jarayonining barcha bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab berdi.
So`ngi yillarda mamlakatimizda maktabda ma`naviyat asoslarini o`qitish ayniqsa kasb-xunar kollejlari tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jixatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Maktab ta`limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo`yilishi ma`naviyat asoslarini o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish kursi mazmunida xam, darslik va qo`llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo`lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta`lim to`g`risida"gi Qonun talablari ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasiga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmadi.
Ma`naviyat (arabcha, ma`nolar majmui) so`zining lug`aviy ma`nosi juda keng bo`lib ma`nolarni jumladan “fanlarni bilish” demakdir. Ma`naviyat asoslari fanining o`rganadigan ob`ekti insonlarning davlatga jamiyatda, bir-birlariga bo`lgan munosabatlaridan iborat.
Ma`naviyat asoslarini kursining maqsadi o`quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda ma`naviy bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu bilimlar tizimi ma`lum usullar (metodika) orqali o`quvchilarga etkaziladi.
“Metodika” grekcha so`z bo`lib “metod” degani “yo`l” demakdir.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi ijtimoiy gumanitar fanlari tizimiga kiruvchi o`qitish metodikasining mustaqil fan tarmog`i bo`lib, jamiyat tomonidan qo`yilgan o`qitish maqsadlariga muvofiq ma`naviyat asoslarini o`qitish qonuniyatlarini ma`naviyat asoslarini rivojining ma`lum bosqichida tadbiq qiladi. O`qitishda yangi maqsadlarning qo`yilishi ma`naviyat asoslarini o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi.
O`quvchilariga ma`naviyat asoslari fani samarali ta`lim berilishi uchun bo`lajak o`qituvchi uchun ishlab chiqarish ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i zarur.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish va undan ko`zda tutilgan maqsadni asoslash(nima uchun ma`naviyat asoslarini o`qitiladi, o`rgatiladi).
2. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashg`ulotlari beradigan yuklama bartaraf kilinadi, ta`limning mazmuni o`quvchilarning aniq bilim va bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak, ya`ni, o`quvchilar xozirgi kunda zarur bo`lgan ijtimoiy – gumanitar bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi kanday bo`lishi kerak?
4. O`qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatmali, qo`llanmalar va o`quv-texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o`qitish).
5. Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta`limning darsdan tashqari shakllarini tashkil etish).
Quyidagi jadvaldan buni aniq tasavvur qilish mumkin:




O`qitish maqsadlari




O`qitish mazmuni






O`qitish shakllari




O`qitish metodlari







O`qitish vositalari

O`qitishning maqsadi mazmuni metodlari vositalari va shakllari metodik jixatlarining asosiy tarkiblari murakkab bo`lib, ularni belgilash o`qituvchi mahoratiga bog`liqdir. Bu jarayon amaliy imkoniyatlar bilan kengroq bog`lansa, ko`proq samara berishi mumkin.


Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, ma`naviyat asoslarini faniga yaqin bo`lgan milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi, tarix, shaxs va jamiyat, falsafa, siyosatshunoslik fanlari ijtimoiy-gumanitar fanlarga o`xshab dialektikaning umumiy qonuniyatlariga, bilish nazariyasiga va umum e`tirof etgan metodologiyaga tayanadi.
Milliy g’oya fanini o`qitish metodikasi fani bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida ikki tomonlama bog`lanish mavjud.
Bir tomondan, ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi xuquq, falsafa, tarix va boshqa fanlarning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu xol ma`naviyat asoslarini o`qitish masalalarini xal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta`minlaydi.
Ikkinchi tomondan, ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi ta`lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma`lumotlarga tayanadi, bu uning xayotiyligi va aniqligini ta`minlaydi.
SHunday qilib, metodikalarning aniq materiallaridan "oziqlanadi", undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o`z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
O`qitishda predmetlararo bog`lanishni to`g`ri amalga oshirish uchun o`qituvchi buni hisobga olishi juda muximdir.
Ilmiy-tadqiqot metodlari — bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maksadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.
Kuzatish, tajriba, maktab xujjatlari bilan tanishtirish, o`quvchilar ishlarini o`rganish, suxbat va so`rovnomalar o`tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi ta`lim jarayoni bilan bog`liq bo`lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun ma`naviyatni o`rganish kerak?
2. Ma`naviyatdan nimalarni o`rganish kerak?
3. Ma`naviyatni kanday tushunish kerak?
Ma`naviyatni o`rganish va o`kitish xakida ulug` mutafakkir Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta`lim va tarbiya xaqidagi xur fikrlarida o`z davrida ilgor g`oyalarni olga surganlar.
Ma`naviyat asoslari o`zining tuzilish xususiyatiga ko`ra shartli ravishda uch bo`limga bo`linadi.
1. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitishning umumiy metodikasi.
Bu bo`limda, ma`naviyat asoslarini fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik konunlari hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi.
2. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitishning yaxlit va aniq metodikasi.
Bu bo`limda ma`naviyat asoslarini o`qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga tadbiq qilish yo`llari ko`rsatiladi.
3. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitishning maxsus metodikasi.
Bu bo`lim ikki qismdan iborat:

  1. Metodikaning umumiy masalalari.

  2. Metodikaning xususiy masalalari.

Bugungi kunda oliy ta`lim muassasalarida ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasini talabalarga o`rgatishda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlaridan shuniningdek turli xil metodlardan foydalanilmoqda.
Jumladan kuzatish metodi — odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo`naltirilgan xolda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish aniq maqsadni ko`zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig`ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo`lishi mumkin.
Tutash kuzatishda kengroq olingan xodisa (masalan, ma`naviyat asoslari darslarida o`quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-kichik xajmdagi xodisalar (masalan, ma`naviyat asoslarini darslarida o`quvchilarning mustakil ishlari) kuzatiladi.
Tajriba — bu xam kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o`zgartirib turiladigan sharoitda o`tkaziladi.
Tajriba natijalarini taxlil qilish taqqoslash metodi bilan o`tkaziladi. Milliy g’oya fanini o`qitish metodikasida suxbat metodidan ham foydalanishi mumkin.
Kursning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chiqish, ishchi faraz tuzish, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasiiing shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.
Davlat ta'lim standarti (DTS)-o‘quvchi –talabalar umumta'lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani, ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilovchi xujjatdir. Davlat ta'lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me'yoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo‘ladi. Davlat ta'lim standartini bajarish O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha ta'lim muasasalari uchun majburiydir. O‘quv rejasi (tayanch va ishchi) –ma'lum bir yo‘nalishda mutaxassis tayyorlashni tartibga soluvchi me'yoriy xujjatdir. U davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib ta'lim muassasasi moliyaviy ta'minotini belgilashga asos bo‘ladi. O‘quv dasturi-ma'lum bir fan bo‘yicha qanday mavzularni o‘rganishni belgilovchi me'yoriy xujjatdir. U DTSning tarkibiy qismi. Namunaviy va ishchi dasturga bo‘linadi. Ishchi dastur har yili yangilanadi va qo‘shimchalar bilan boyitib boriladi.
Demak, bu me'yoriy xujjatlar milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchi talabalar ongiga singdirishga xizmat qiladi.
Milliy g‘oya va mafkura jamiyat rivojlanishidagi yetakchi g‘oyalarni o‘zida mujassam etib, xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, ruhiyatiga, qadriyatlariga asoslanib, kelajakka bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Bu g‘oyalar bilan qurollangan insonlar o‘z orzu-intilishlari yo‘lida birlashadilar.
Mana shunday barkamol avlodni voyaga yetkazish, mamlakatimiz kelajagini ta'minlash uchun O‘zbekistonda ta'lim tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi deb belgilandi. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta'limning yangi modeli yaratildi.

Download 78,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish