so’zidan – haqqoniy
rivoyatlar)ni aytib
o’tish mumkin. Тridandinalarning markazi
Varanasi
bo’lib, unda tarkidunyochilikda hayot kechiradilar.
Smartlarning bir qismi rohiblikda, yana bir qismi
– dunyoviylik
holatida yashaydilar. Ushbu oqimlarning har ikkalasi ham faqat
braxmanlarnigina
o’z saflariga qabul qiladilar. Dandilar, ya’ni
zohidlar oriylarga xos
bo’lmagan ba’zi marosimlarni o’tkazadilar.
Jumladan, shu oqimga kirayotgan paytda oyoqlarining pastki
qismidan qon chiqaradilar.
O’lganlarni yerga dafn qiladilar yoki
muqaddas daryolardan biriga topshiradilar. Shivaizmning katta
oqimlaridan yana biri lingachilar b
o’lib, ular bo’yinlariga linga
osib yuradilar. Kimdir uni oltin, kumush qutida olib yuradi. Ibodat
vaqtida uni chap
qo’llarida tutib turadilar. Lingachilar bir necha
urug’larga bo’linib, o’zaro qudachilik qilmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |