YAlpi milliy daromad ko’rsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblanadi.Uning hajmini ikki xil usulda hisoblash mumkin: yalpi va sof usullarda yoki asosiy istemolini qo’shish va qo’shmasdan.Milliy daromad shu mamlakat rezidentlari tamonidan u yoki bu davrda olingan bozor bahosida hisoblagan birlamchi daromadlar yig’indisi sifatida yuzaga keladi.
YAlpi milliy daromad (YAMD) bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari va jamg’armalarining yig’indisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarning barcha daromadlari o’rinishida bo’ladi.YAMD miqdoran YAIM ga yaqin turadi. Ammo,”daromad” so’zi bu ko’rsatkichning ishlab chiqarish bosqichida qo’shilgan qiymat ko’rinishida emas, balki aynan taqsimot bosqichida shakllanishini ifodalaydi.
Masalan,mamlakat bo’yicha berilgan ma’lumotlar asosida yalpi milliy daromad va yalpi milliy mavjud daromadni hisoblaymiz(mln AQSH dollari)
1.YAlpi ichki mahsulot – 320
2.Rezidentlarning xorijdan olgan daromadlari;
A) mulkdan olingan daromadlari –16
B) mehnat haqi –6;
V) ishlab chiqarishga soliqlar––2.
3.Ushbu mamlakat yalpi iki mahsulotidan olinadigan norezidentlarning daromadlari;
A) mulkdan olingan daromadlar––10;
B) mehnat haqi––8;
V)ishlab chiqarishga soliqlar–4.
4.Xorijiy mamlakatlar bilan bog’liq bo’lgan joriy transfertlar qoldig’i:
A) ijtimoiy yordam ––4;
B) sovg’a salomlar– 2.
U holda
1) YAlpi milliy daromad:
YAMD=YAIM+BDolingan–BDberilgan= 320+(16+6+2) –(10+8+4) =322 mln $
2) YAlpi milliy mavjud daromad
YAMMD=YAMD+JTQ=322+4+2=328 mln $
Nominal va real daromad.
Kishilar o’z daromadlariga qarab tirikchilik o’tkazadilar.Daromad topish tirikchilikning vositasi hisoblanadi va turmush darajasini ifodalaydi.
Turmush darajasi insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yoridir.Turmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagip tovarlar va xizmatlarni amalda istemol etish bilan tasvirlanadi.SHu nuqtai nazardan daromad nominal va real daromadga bo’linadi.
Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromadlarni o’z ichiga oladi.
Bu daromad turmush darajasini ifodalaydi,chunki qancha noz ne’mat istemol etilganligi narx navoga ham bog’liq.Moddiy farovonlik darajasi real daromad bilan ifodalanadi.
Real daromad istemol tovarlari va xilma xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo’lib,pul daromadining xarid qobiliyatini bildiradi,turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad jamiki pul daromadlarini (brutto daromaddan) turli to’lovlar (soliqlar,ijtimoiy sug’urta to’lovlari) chegirib tashlagandan keyinqolgan qismi sof (netto) pul daromadlarini narx o’zgarishlariga nisbatan hisoblash orqali topiladi.
Rel daromad sof pul daromadi miqdoriga to’g’ri mutonosiblikda,narx darajasiga teskari mutonosiblikda o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |