Marganes (Mn). O‘simlik organizmlarida marganesning bo‘lishi 1872-yilda
qayd etilgan edi, lekin uning o‘simliklar oziqlanishi uchun zarurligi uzoq vaqtlar
davomida ma’lum bo‘lmadi. Faqatgina 1897- yilga kelib, uning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati aniqlandi. Yetarli miqdorda marganesning bo‘lishini talab
etuvchi o‘simliklar jumlasiga donli ekinlar, dukkakli don ekinlari, qand lavlagi,
ildizmevalilar, kartoshka va mevali daraxtlar kiradi. Har xil ekinlarning hosili bilan
har gektar yerdan 1000-4500 g gacha marganes olib chiqib ketilishi mumkin.
o‘simliklarda marganesning umumiy miqdori o‘rtacha 0,001% ga yoki 1 kg og‘irlik hisobiga 1 mg ga to‘g‘ri keladi. Uning asosiy miqdori barglar va xloroplastlarda to‘planadi.
Marganes yuqori oksidlash qaytarish potensialiga ega, shu bois u o‘simliklar
tanasida sodir bo‘ladigan biologik oksidlash reaksiyasida faol qatnashadi.
Marganesning fotosintez jarayonlarida ham ishtirok etishi aniqlangan. Marganes
tanqisligini sezgan o‘simliklarga uni kiritilganda jarayonning kechish tezligi 20
minut ichida tiklanishi ko‘rsatib berilgan. Marganesning fotosintez jarayonida
kislorodning ajralishi va fotosintezning qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etishi
aniqlangan.
Marganes shakar va xlorofil miqdorining oshishida, uning oqsil bilan
bog‘lanishining mustahkamligini ta’minlashda, shakarlarning harakatini
yaxshilashda, nafas olish jadalligini kuchaytirishda ishtirok etadi. Marganes yana
askorbin kislota sintezida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi.
Marganesning fiziologik ahamiyatini tushuntirishda uning gidroksilamin
reduktaza fermenti tarkibiga kirishini ko‘rsatish lozim. Bu ferment gidroksilaminni
ammiakkaclia qaytarilishida ishtirok etadi. Marganes ko‘pgina reaksiyalarni
faollashtirishda, jumladan nafas olish jarayonida hosil bo‘ladigan 2 va 3 karbon
kislotalarning almashinish reksiyasida ishtirok etadi. Hozirgi kungacha marganes
yordamida faollanadigan 23 ta metalloferment kompleksining borligi aniqlangan.
Shunday ma’lumotlar borki, marganes fosforning qari pastki barglardan
ustki yosh barglarga harakatini kuchaytirisliga ijobiy ta’sir etadi. Marganes
to‘qimalarning suvni ushlab qolish qobiliyatini oshiradi, transsperatsiyani kamaytiradi, o‘simliklarning hosil tugishiga ko‘maklashadi. Marganesning o‘ta
tanqisligida rediska, karam, pomidor, no‘xat va boshqa ekinlarning hosil tugishi
umuman to‘xtab qolishi kuzatilgan. Barglarning oqarishi va sarg‘ayishi,
dog‘larning paydo bo‘lishi, dukkakli ekinlar bargining yoppasiga xlorozga
chalinishi, bodring barg plastinkasining buralib qolishi-marganes tanqisligining
asosiy belgilaridan.
Marganesli o‘g‘itlar. Asosiy marganesli o‘g‘itlar: marganes sulfat (20%Mn)
va margeneslangan donador superfosfat (1-2% Mn) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |