Molibden (Mo). Molibdenning eng ko‘p miqdori dukkakli o‘simliklarda
uchraydi. Dukkakli o‘tlar urug‘ida 1 kg quruq vazn hisobiga 0,5 mg dan 20 mg
gacha molibden bo‘lishi, g‘allasimonlar urug‘ida esa 1 kg quruq vazn hisobiga 0,2
mg dan 1,0 mg gacha molibden bo‘lishi mumkin. Molibden o‘simliklarga boshqa
elementlarga nisbatan kamroq yutiladi. o‘simlik barglarida molibden boshqa
a’zolariga nisbatan ko‘proq to‘planadi. Aksariyat o‘simliklarda molibden
miqdorining quyi chegarasi 1 kg quruq moddada 0,1 mg hisoblanadi. Dukkakli
ekinlarda bu ko‘rsatkich 0,4 mg/kg ni tashkil etadi. Molibden dukkakli
o‘simliklarning ildizidagi tuganaklarning rivojlanishini kuchaytiradi, oqsil
tarkibidagi azotning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Dukkakli o‘simliklarning
tuganaklarida molibden birikmasi to‘planadi.
M.Ya. Shkolnik va M.M. Steklovalarning tekshirishlari molibden
birikmalari qo‘llanilganda donli o‘simliklarning yarovizatsiya davrini tezlashishini
ko‘rsatadi. Beda ustida olib borilgan tajribalar ham molibden birikmasining
ahamiyatini ko‘rsatadi.
A.A. Drobkov ma’lumotlariga ko‘ra, molibden ta’siri ostida bedaning yer
sirtidagi qismi 70% ga, urug‘ liosili esa 90% dan ko‘proqqa ko‘payadi. Turli
ekinlar no‘xat, loviya, pomidor, qand lavlagi, beda, lyupin va baqlajon hosilini
oshirishda molibden mikroelementining ijobiy ta’siri isbotlangan. Molibden
o‘simliklardagi nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi va nitratlarning
nitritlargacha qaytarilishida ishtirok etadi. Umuman olganda, molibdenni
o‘simliklardagi azot almashinish jarayoni mikroelementi deb atash mumkin.
Molibden fotosintez, nafas olish, vitamin va fermentlar sintezida faol
ishtirok etadi. O‘simliklardagi molibdenning eng kam miqdori 1 kg quruq vazn
hisobiga 0,10 mg bo‘lgan chegara hisoblanadi,boshqa o‘simliklar va dukkaklilar
uchun 1 kg ga 0,40 mg ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan miqdor
molibdenning tanqisligidan dalolat beradi. Bug‘doyning o‘rtacha hosili bilan 1
gektar yer hisobiga 6 g molibden, bedaning hosili bilan esa 10 g gacha molibden olib chiqib ketiladi.
Oziq muhitidagi molibdenning tanqisligini tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki,
o‘simliklarda azot almashinuvi izdan chiqadi, to‘qimalarda ko‘p miqdorda nitratlar
to‘planadi. Hayvon va odam organizmida ko‘p miqdorda iste’mol qilish tufayli
konserogen birikmalar nitrozaminlarning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Molibdenning oshiqcha miqdori o‘simlikka toksik ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq
xo‘jalik mahsulotlarida molibdenning bo‘lishi odam va hayvonlarning sog‘lig‘iga
putur yetkazadi. 1 kg quruq massada 1 mg molibden bo‘lsa, odam va hayvonlar
uchun zararli hisoblanadi. o‘simliklar tarkibida 1 kg quruq massasi hisobiga 20 mg
va undan ko‘proq miqdorda molibden bo‘lgan hollarda: hayvonlar molibdenli toksikoz, odamlar endemik padagra kasalliklariga duch keladi.
Molibdenli o‘g‘it sifatida tarkibida 53% molibden bo‘lgan ammoniy
molibdat qo‘llaniladi. Molibdenli mikroo‘g‘itlarning turi ko‘p bo‘lsa ham,
sanoatda ko‘proq tarkibida 52-53% molibden saqlaydigan ammoniy molibdat
ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |