MAVZU: MIKROELEMENTLARNING O`SIMLIKKA TA’SIRI
REJA:
MIKROELEMENTLAR
MIKROELEMENTLARNING TAVSIFI
XULOSA
Hozirgi kunga kelib, o‘simliklar tarkibida kimyoviy elementlardan 74 tasining mavjudligi aniqlangan bo‘lib, shulardan 16 tasi o‘simliklar uchun zarur
oziqa moddalar hisoblanadi. O‘simlik quritilib tekshirilganda, uning tarkibida 45%
kislorod, 42% uglerod, 6,5% vodorod va 1,5% atrofida azot bo‘lib, bu 4 ta element
o‘simlik tarkibidagi kimyoviy moddalarning 95% ini tashkil etadi. Qolgan 12 ta element juda oz miqdorda bo‘lib, atiga 5% ni tashkil etadi. o‘simlik tarkibidagi 87% uglerod va kislorodni fotosintez jarayonida barglari orqali havodan, vodorodni suvdan va boshqa qolgan oziq moddalarni esa tuproqdan oladi.
O‘simliklar tarkibidagi mikroelementlar miqdorini quyidagi misoldan
yaqqol ko‘rish mumkin. 1gektardan olingan 270 s qand lavlagi tarkibidagi makro
va mikroelementlarning ulushi quyidagicha: azot 166 kg, fosfor 42 kg, kaliy 157
kg, bor 0,162 kg, marganes 0,502 kg, mis 0,0053 kg, rux 0,0188 kg, kobalt 0,002
kg. Bor, marganes, rux, molibden, kobalt, yod va boshqalar o‘simlik organizmining 100 000 dan bir va hatto undan ham kam ulushini tashkil qilganidan ular mikroelementlar deb atalgan. Bor, marganes, rux, mis, molibden, kobalt o‘simliklar uchun, rux, mis, yod, marganes, temir va kobalt esa insonlar uchun zarur moddalar hisoblanadi.
Bu elementlar organizmda yetarli bo‘lmasa harxil kasalliklar kelib chiqishi
mumkin. Masalan: ayrim hududlarda oziq moddalar va ichimlik suvida yodning
kamligi tufayli inson va hayvonlarda buqoq kasalligi kelib chiqishi mumkin. Tuproqda va yaylovlarda kobalt yetishmasligi esa «sxotka» kasalligini keltirib
chiqaradi. Hayvonlarning yungi to‘kila boshlaydi. Tuproqda mis bo‘lmaganda esa,
qo‘y va qora mollarning kasallanishi, o‘simliklarning hosilining keskin kamayib
ketishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Ma’lumki, fermentlar biologik katalizator vazifasini bajaradi. Modda
almashinuvi sintez va parchalanish singari hayotiy jarayonlar ularning bevosita
ishtiroki bilan kechadi. Nuklein kislotalar va oqsillar sintezining ta’minlanishida
ham mikroelementlar muhim rol o‘ynaydi.
Molibden nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi. Agar nitratreduktaza
fermenti bo‘lmasa, o‘simlik azotning nitrat tuzidan oziq sifatida foydalana
olmaydi, natijada oqsil sintezlanmaydi. Mis esa oksidlanish jarayonini aktivlashtiruvchi polifenoloksidaza va askorbinoksidaza fermentlari tarkibiga
kiradi. Rux, marganes ham ko‘pchilik fermentlar faoliyatini yaxshilaydi.
Qishloq xo‘jaligining mikroo‘g‘itlarga bo‘lagan talabi keyingi paytlarda
mikroelementlar bilan boyitilgan asosiy shakllardagi oddiy va kompleks mineral
makroo‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshirilmoqda.
Ularning iqtisodiy samaradorligi ham yuqori bo‘lishi aniqlangan.
Mikroelementlar fotosintez, nafas olish va boshqa bir qancha jarayonlarda
bevosita ishtirok etadi. Shu sababli ham ular o‘g‘it sifatida tuproqqa solinganda,
ekinlarning hosildorligini oshiribgina qolmay, ularning sifatini ham yaxshilaydi,
shuningdek hosil shoxlarini shakllanishini, shonalash, gullash va hosilni erta pishib
yetilishini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |