Menzula bilan plan olish uchun menzula taxtasini (planshet) tayyorlash Menzula taxtasini tayyorlash ishlariga quyidagilar kiradi: 1. Menzula taxtasiga qattiq asosni mahkamlash hozirgi paytda menzula bilan plan olishda tayyor yupqa alyuminiy yoki faner ko‘rinishidagi qattiq asos qo‘llaniladi. Bu asosning bir tomoniga sifatli qattiq chizma qog‘ozi yopishtirilgan, boshqa tomoniga esa asosning bukilishidan saqlanish uchun qalin qog‘oz yopishtirilgan. Asos uchun yaltiroq plastik xostafan ham ishlatish mumkin. Bunday asosni menzula taxtasiga mayda mix bilan mahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |