Kipregelni tekshirish. 1. Kipregel chizg‘ichining qirrasi to‘g‘ri chiziq bo‘lishi kerak. Kipregel chizg‘ichining qirrasi bo‘yicha uchi o‘tkirlangan qalam bilan taxtaga mahkamlangan qog‘ozga chiziladi. Kipregel 1800ga aylantirib chizig‘ichning qirrasi o‘sha chiziqning ustiga qo‘yiladi va yana chiziq chiziladi. Agar chiziqlar ustma-ust tushsa yoki og‘ish 0,1 mm gacha bo‘lsa shart bajarilgan bo‘ladi. Og‘ish katta bo‘lsa kipregel chizg‘ichi ustaxonada tuzatishishi kerak. 2. Kipregel chizg‘ichining taglik yuzasi tekislik bo‘lishi kerak. Kipregel chizg‘ichi tekis yuzaga qo‘yiladi. Agar chizg‘ichning ikki uchi yuqoriga qiyshaygan bo‘lsa, taxtaga qo‘yilgan kiprigel turg‘un turmaydi. Chizg‘ichni ustaxonada to‘g‘rilash kerak. Agar ikki uchi pastga qarab qiyshaymagan bo‘lsa unga xavfli emas. Kipregel og‘irligi bilan u to‘g‘rilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |