3. Qo‘shimcha chizg‘ich 3 (rasm 15.4) asosiy chizg‘ich 10 dan farqli masofada bo‘lsa ham unga parallel ravishda siljishi kerak. Kipregilni planshetda joyidan qimirlatmasdan qo‘shimcha chizg‘ichni asosiy chizg‘ichdan bir necha marta qo‘yib, har qo‘yganda qalamning o‘tkir uchi bilan chiziq chiziladi. O‘lchagich bilan chiziqlarning bir biriga nisbatan joylashgan masofalari o‘lchab ko‘riladi. Masofalar farqi 0,2 mm. kam bo‘lsa shart bajarilgan bo‘ladi. 4. Kipregel chizg‘ichidagi silindrik adilak o‘qi chizg‘ichning pastki tekisligiga parallel bo‘lishi kerak. Kipregel chizg‘ichi ikkita ko‘tarish vinti yo‘nalishi bo‘yicha menzula taxtasining o‘rtasiga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |