26-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlarning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi, shuningdek kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi hamda hisobga olinishi shart.
Fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlar bajaruvchi (xizmatlar ko‘rsatuvchi) shaxslarga nisbatan ham ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi, kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi va hisobga olinishi shart.
27-modda. Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat sharoiti og‘ir, zararli va xavfli ishlarda band bo‘lgan xodimlar, shuningdek xodimlarning ayrim toifalari (ayollar, o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar) uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
nazorat va tekshiruv vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, tushuntirishlarni, axborotni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan so‘rash va olish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirishlardan o‘tkazish yoki tekshirishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf qilish haqida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni taqdim etish;
(28-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish haqida taqdimnomalar kiritish;
(28-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;
(28-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan hamda xodimlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-uskunalardan foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish;
(28-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qurilishi, rekonstruksiyasi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiya ishida ishtirok etish va ular mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda tegishli xulosalar berish;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar yuzasidan sudda ekspert sifatida ish yuritish.
(28-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan ham amalga oshiriladi.
(28-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |