Kurs ishining predmeti bo‘lib, mehmonxona xo’jaliklarining xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish, iste’molchilarning hatti-harakatini, mexmonxona va u sotadigan xizmatlarning raqobatbardoshligiga asoslanib, xizmatlar bozorida ulushini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar usullarini ishlab chiqish, mexmonxonalarda tadqiqotlar axamiyatini o‘rganish hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi .Mehmoxona zanjiri bu bir xil uslub, dizayn va xizmat ko’rsatishga ega mehmonxonalar birlashmasidir. Mijozga bir muomala, munosabat, qarash yo’lining o’xshashligini o’z ichiga oladigan mehmonxonalarning birlashgan holatdagi jamlanmasidir. Odatda mehmonxona zanjirigi tegishli bir mehmonxona boshqa mehmonxonaning qandayligi haqida guvoh bo’lishi mumkin. Shunday qilib, mehmonxona zanjirlariga tegishli mehmonxonalar material-texnikaviy va xizmatlarning bir xilligiga qattiq rioya qilishadi. Mehmonxona zanjirlari bir davlatda yoki bir necha davlatlarda faoliyat yuritishadi ya’ni milliy yoki xalqaro bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda dunyoda 100 dan ortiq mehmonxona zanjirlari mavjud bo’lib, jami nomerlar fondi 2 000 000 dan ortiq.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari:.Mehmonxona zanjirlarining bilimi qanchaligi ularning dunyo bozoriga qay darajada kirib borishiga va u yerda o’z mavqeiga ega bo’lishiga yordam beradi. Har bir mehmonxona zanjirlari o’zining klassifikatsiyasiga, joylashgan joyi (kurort, biznes-mehmonxona, shahar) va strategiyasiga ega. Bir mehmonxona zanjiriga har xil kategoriyaga tegishli mehmonxonalar kirishi mumkin.Yevropada shunday mehmonxona zanjirlari borki ular arzon mexmonxonalar birlashishi orqali vujudga kelgan. Ularga Formula 1, Etap, Premier Class va boshqalari misol qilishimiz mumkin. Lekin Yevropada yuqori klassifikatsiyali mexmonxonalar birlashgan mexmonxonalar zanjirlari ham mavjud. Ularga Sheraton, Forte, Le Meridien va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.Ko’pgina mehmonxonalar zanjirlarining boshqarmasi AQSHda joylashgan. Lekin asosiy foyda boshqa davlatlardan olinadi.
Kurs ishining tarkibi. Bu haqida mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: “ Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6%ga o’sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo bo’lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70% dan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 mlrd. 120 million dollardan oshdi.”Bundan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |