1.5. Statika aksiomalari.
Statika matematik isbotsiz, kundalik tajriba natijasida tasdiqlanadigan bir necha aksiomaga asoslangan. Erkin absolyut qattiq jismga qo`yilgan ikkita kuch muvozanatda bo`lishi uchun faqat va faqat, bu kuchlar miqdor jihatidan teng, yo`nalish jihatdan kuchlar qo`yilgan nuqtalardan o`tuvchi to`gri chiziq bo`ylab qaramaqarshi tomonga yonalgan bolishi lozim. Bunday kuchlar sistemasining teng tasir etuvchisi nolga teng boladi. Bunday kuchlar sistemasi muvozanatlashgan sistema yoki nolli sistema deyiladi.
Absolyut qattiq jismga qoyilgan kuchlar sistemasiga muvozanatlashgan sistema qoshilsa yoki undan ayrilsa, sistemaning jismga korsatadigan tasiri o’zgarmaydi. Natija. Absolyut qattiq jismga qo’yilgan kuchni o’zining ta‘sir chizig’i bo’ylab, jismning istalgan nuqtasiga ko’chirilganda, kuchning qattiq jismga ko’rsatadigan ta‘siri o’zgarmaydi.
Isboti. Qattiq jismning biror А nuqtasiga F kuch qo’yilgan bo'lsin. Bu kuch ta‘sir chizig’idan ixtiyoriy В nuqta olamiz.
Kuchlarning teng ta‘sir etuvchisi bilan kuchlarning geometrik yig’indisi
alohida–alohida tushunchalar bo’lib hisoblanadi. Ularni bir-biri bilan almashtirib yubormaslik kerak. Kuchlar teng tasir etuvchiga ega bolmasligi mumkin, lekin geometrik yigindiga ega boladi. (Nyutonnitng uchinchi qonuni). Har qanday muvozanatdagi ikkita jism bir biri bilan miqdor jihatidan teng bir togri chiziq boylab qarama-qarshi tomonga yonalgan kuchlar bilan ozaro tasir etadi.
Bu qonun mexanikaning asosiy qonunlaridan biri bolib hisoblanadi. А jism В jismga qandaydir A F kuch bilan ta‘sir etsa, В jism ham А jismga shu kuchga miqdor jihatdan teng, bir to’g’ri chiziq bo’ylab qarama – qarshi yo’nalgan.Kuchlar sistemasi ta‘siridagi deformatsiyalanadigan jism muvozanat holatida absolyut qattiq jismga aylansa, uning muvozanati o’zgarmaydi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish joizki hozirgi zamon texnikasi injenerlar oldiga material jismlarning mexanik harakati va mexanik o`zaro ta‘sirlarini o`rganish bilan bog`liq juda ko`p masalalarni qo`yadi.
Mexanik o`zaro ta‘sirlarga butun olam tortilish qonuni asosida moddiy jismlarning o`zaro tortishishi, suyuqlik va gaz zarralarining bir- biriga o`zaro ta‘sirlari va boshqalarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
Jismning barcha xossalari birdaniga e‘tiborga olinsa hech qanday mexanik xodisani nazariy va amaliy jixatdan tekshirib bo`lmaydi, shu bilan birga, yechilishi juda oson bo`lgan har qanday masala haddan tashqari murakkablashtirib yuboriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Шохайдарова П. ва бошқалар. Назарий механика. -Т.: Ўқитувчи, 1992.
Рашидов Т.Р. ва бошšалар. Назарий механика асослари. -Т.: Ўқитувчи, 1991.
Яхёев М.С., Мўминов К.Б. Назарий механика. -Т.: Ўқитувчи, 1990.
Никитин Н.Н. Курс теоретической механики. -M.: Высшая школа, 1990.
Тарг С.М. Краткий курс теоретической механики. -M.: Высшая школа, 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |