Mavzu: Mехаnikа fаnigа kirish va uning rivojlanish tarixi. Stаtikаning аsоsiy аksiоmаlаri. Reja


I.4. Statikaning asosiy tushuncha va qoidalari



Download 72 Kb.
bet3/4
Sana08.04.2022
Hajmi72 Kb.
#536473
1   2   3   4
Bog'liq
mex.1

I.4. Statikaning asosiy tushuncha va qoidalari.
Kuchlar haqida umumiy bilim beruvchi, kuchlar ta‘siridagi jismlarning muvozanatini o`rganuvchi mexanikaning bir bo`limiga statika deyiladi.
Jismlarning muvozanati deganda, ularning boshqa jismlarga, masalan Yerga nisbatan tinch holati tushuniladi. Tabiatda uchraydigan barcha qattiq jismlar, tashqi ta‘sir natijasida katta yoki kichik miqdorda o`z formasini o`zgartiradi (deformatsialanadi).
Deformatsiya kattaligi jismlarning materiali, ularning geometrik formasi va o`lchamiga hamda ta‘sir etuvchi kuchning kattaligiga bog`liq. Turli xil inshoot va konstruksiyalar mustahkamligini ta‘minlash uchun ularning materiali va o`lchamlari shunday tanlanadiki, tashqi ta‘sirdan hosil bo`ladigan deformatsiya juda ham kichik bo`lsin. Shu sababli qattiq jismlarning muvozanat shartlarini o`rganishda ularning juda kichik deformatsiyalarini e‘tiborga olmasa ham bo`ladi, ya‘ni ularni absolyut qattiq jism deb qaraladi.
Absolyut qattiq jism deb shunday qattiq jismga aytiladiki, uning istalgan ikki nuqtasi orasidagi masofa doimo o`zgarishsiz qoladi. Bundan keyin statika masalalarini yechishda barcha jismlarni absolyut qattiq jism deb qaraladi yoki qisqa qilib qattiq jism deb ataladi.
Mexanikaning asosiy tushunchalaridan yana biri moddiy nuqta tushunchasidir. O`lchamlari e‘tiborga olinmaydigan massasi bir nuqtada to`plangan jismga moddiy nuqta deyiladi. Har qanday jismni moddiy nuqtalar to`plamidan tashkil topgan deb qarash mumkin. Berilgan jismning muvozanat holati yoki harakati uning boshqa jismlar bilan mexanik o`zaro ta‘sir harakteriga bog`liq bo`ladi.
Moddiy jismlar o`zaro ta‘sirining miqdoriy o`lchoviga kuch deyiladi.
Mexanikada o`rganiladigan kattaliklar ikkiga bo`linadi: skalyar va vektor kattaliklar. Faqat miqdorga ega bo`lgan kattaliklarga skalyar kattaliklar deyiladi. Miqdordan tashqari fazodagi yo`nalishi bilan ham harakterlanadigan kattaliklarga vektor kattaliklar deyiladi.
Skalyar kattaliklarga masofa, massa, vaqtni, vektor kattaliklarga esa tezlik, tezlanish va x.k.z. larni misol qilib ko`rsatish mumkin. Kuch-vektor kattalik. Kuchning jismga ko`rsatadigan ta‘siri:
1) kuch qo`yilgan nuqta, 2) kuchning yo`nalishi, 3) kuchning miqdori (moduli) bilan xarakterlanadi.
Kuchning moduli kuchni tanlangan o`lchov birligi bilan solishtirish orqali topiladi. Kuchning asosiy o`lchov birligi Halqaro o`lchov birliklar sistemasida (SI) 1 Nyuton (1 N) qabul qilingan. U boshqa o`lchov birliklarda ham o`lchanadi. Masalan, 1 kilonyuton (1 kN=1000 N), 1 kilogramm kuch (1 kg). Kuch dinamometr asbobi yordamida o`lchanadi. Kuchlar boshqa vektor kattaliklar kabi ustida chiziqcha chizilgan harf bilan (masalan F ), kuch moduli esa - F belgi yoki ustida chizig`i bo`lmagan harf F bilan belgilash qabul qilingan. Kuch chizmаga yo`nalishli kesma bilan ifodalanadi.



Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish