Mavzu: Me’da ichak yo’llari muammolarida bemorlarga hamshiralik ishi parvaishi



Download 24,77 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi24,77 Kb.
#930084
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Me’da ichak yo’llari muammolarida bemorlarga hamshiralik ishi parvaishi.
Ovqat hazm qilish organlarini kasalliklardan saqlashda tozalikka va ovqatlanish qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Me’dada aralash ovqatlar o’rtacha to’rt soat davomida hazm bo’ladi. Shuning uchun har to’rt soatda ovqatlanish zarur. Ovqatlanish tartibining buzilishi tez-tez takrorlanib tursa, me’daning surunkali gastrit va yara kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Me’da-ichak kasalliklari ikki turga boiinadi: 1. Me’da-ichaklarning yalligianish kasalliklari. 2. Me’da-ichaklarning yuqumli kasalliklari. Me’da-ichakiarning yalligianish kasalliklari. Bularga me’da shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi — gastrit, ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi — enterit, yo’g’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi — kolit kabilar kiradi. Me’da-ichaklarning yuqumli kasalliklari. Bularga ovqatdan zaharlanish (salmonelloz, botulizm), ichburug’ (dizenteriya), qorin tifi, vabo (xolera) kabilar kiradi. Ovqatdan zaharlanishning salmonelloz deb ataluvchi turi es-kirib qolgan taomlarni iste’mol qilish tufayli paydo bo’ladi. Bunday taomni iste’mol qilgandan keyin bir necha soat o’tishi bilanoq odamning ko’ngli ayniydi, qusadi, qornining yuqori qismida og’riq seziladi. Odamda bunday belgilar paydo bo’lganda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarar. Ichburug’ kasalligini bir necha xil mikroblar qo’zg’atadi. Bu mikroblar idish-tovoq, yuvilmagan meva va sabzavotlar, zararlangan tayyor taomlar orqali yuqadi. Mikroblar tarqalishida, ayniqsa, qora (uy) pashsha katta ahamiyatga ega. Yuqumli sariq kasalligi (virusli gepatit). Bu kasallikni viruslar qo’zg’atib jigar hujayralarini zararlaydi. Virusning A, V va S turlari bo’lib, ularning yuqish yo’li har xil. Virusning A tori zararlangan taomlar, idish-tovoq, qaynatilmagan ariq, hovuz, quduq suvi orqali yuqadi. V va S turlari — sterillanmagan shpris va ignalar orqali hamda bu kasallikning yengil tori bilan xastalangan odamdan olingan qon va qon zardobini davolash maqsadida boshqa odamga yuborish natijasida yuqadi. Spirtli ichimlik ichish va chekishning ovqat hazm qilish organlariga ta’siri. Iste’mol qilingan spirtli ichimlik awalo, me’daning ichki shilliq pardasini yallig’lantirib, surunkali gastrit va me’daning yara kasalligini yuzaga keltiradi. Spirtli ichimlik me’dadan qon tomirlariga so’riladi va jigaiga boradi. Jigarda spirtning parchalanishidan sirka kislota va boshqa zaharli moddalar hosil bo’ladi. Ular jigar hujayralarini yallig’lantirib, surunkali gepatit kasalligiga sabab bo’ladi. Bunday kasallikka uchragan odamning o’ng qovurg’asi ostida (jigar joylashgan joyda) vaqti-vaqti bilan og’riq seziladi, yog’li taomlar iste’mol qilganda, tez yurganda, chopganda og’riq zo’rayadi, ko’ngli ayniydi, ba’zan qusadi. Agar surunkali gepatit kasalligiga uchragan odam spirtli ichimlik iste’mol qilishni davom ettiraversa, jigar hujayralarining ma’lum qismi zahar ta’sirida yemiriladi va ularning o’rniga biriktiruvchi to’qima hosil bo’ladi. Bu kasallik jigar sirrozi deb ataladi. Jigarning hajmi kattalashib ketadi, uning ish faoliyati esa mutlaqo buziladi. O’ng qovurg’a ostida qattiqlashgan va kattalashgan jigar osilib turadi va u og’riydi. Bunday bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi, ish qobiliyati pasayadi. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda yoshlar o’rtasida nos chekish kabi zararli odat keng tarqalmoqda. Uning zaharli moddalari til ostidagi qon tomirlariga so’rilib, qon orqali miya, yurak, jigar kabi hayotiy muhim organlarni zaharlaydi. Nosning erigan qismi og’iz bo’shlig’idan so’lak bilan yutib yuboriladi va u me’da-ichakka tushib, ularni zaharlaydi. Nos tamakining eng kuchli (zaharli) turlaridan tayyorlanadi. Tamaki tutuni tarkibidagi 3 mingdan ortiq zaharli moddalardan tashqari, nosga yana ohak, kul kabi zaharli moddalar ham qo’shiladi. Bu moddalar og’iz bo’shlig’ida erib, so’lak bilan qo’shilib, qizilo’ngach orqali oshqozonga tushadi. Shuning uchun nos chekuvchilarda og’iz bo’shlig’i, qizilo’ngach va me’da raki ko’p uchraydi.
Yuqumli o`tkir ichak kasalliklari: Yuqumli ichak kasalliklariga ich terlama, paratif, bakterial dizenteriya, oziq-ovqat toksiko-infektsiyasi va hakozolar kiradi. Bu yuqumli kasalliklarning har birini ma’lum bir turdagi qo`zg`atuvchi qo`zg`atadi. Hamda ular o`ziga xos klinik kechishi va epidemiologiyasi bilan farq qiladi. Ular bir-biriga o`xshash bo`ladi. Har qanday ichak infektsiyasi uchun kasallik qo`zg`atuvchisining og`iz orqali kirishi va me’da-ichak yo`lida tez ko`payishi kuzatiladi. Bu kasalliklarning manbai bo`lib, asosan bemor odam va kasallik tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik qo`zg`atuvchilari sog`lom odamga bemorning ajralmalari bilan ifloslangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, bemorga qarashda ishlatiladigan narsalar, o`yinchoqlar, o`rin-ko`rpa, choyshab va boshqalardan yuqishi mumkin. O`tkir ichak kasalliklarini haqli ravishda "iflos qo`llar kasalligi" deb ham atashadi. Ichak infektsiyalarining tarqalishida axlat o`ralari va hojatxonalardan uchib chiqadigan pashshalar ham katta rolь o`ynaydi. Ichak infektsiyalarining qo`zg`atuvchilari va ularning toksinlari me’da-ichak yo`li faoliyatini buzibgina qolmay, balki markaziy asab tizimini ham shikaslantiradi. Bemorning harorati ko`tariladi, bir kunda bir necha marotaba ichi surib, qayt qiladi, yurak qon tomir tizimining normal faoliyati buziladi. Shuningdek, bu kasallikning alomati har xil bo`ladi. O`tkir me’da-ichak kasalliklari asosan yozda kun ancha issiq paytida ko`proq uchraydi. Chunki, bu davrda aholi tomonidan yaxshi yuvilmagan sabzavot va mevalar ko`p iste’mol qilinishi ehtimoli yuqori bo`ladi. Shu bilan bir qatorda pashshalarning oziq-ovqatlarni ifloslantirishi ham sabab bo`ladi. Bu kasalliklar har qanday yoshdagi kishilarga, ayniqsa, bolalarga oson yuqadi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 7 kungacha, ich terlamada esa bir necha kundan 3 haftagacha bo`ladi. O`tkir ichak infektsiyalarining oldini olish uchun infektsiya manbaini yo`qotish va uni zararsizlantirish, organizmni kasalliklarga chidamliligini oshirish kerak. Kasallikning dastlabki alomatlari paydo bo`lishi bilanoq bemor najasi bilan tashqi muhitga juda ko`plab mikroblarni ajrata boshlaydi. Shu sababli bemorni iloji boricha tezroq kasalxonaga yotqizish zarur. U o`z vaqtida davolansa kasallik tar­qalishining oldi olingan bo`lar edi. Xastalikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Sabzavot va mevalarni iste’mol qilishdan oldin albatta vodoprovod suvida yoki qaynagan sovuq suvda yuvish maqsadga muvofiqdir. Bolalarni doimo qo`llarini sovunlab yuvib yurishiga odatlantirish kasallikning oldini olishda juda katta rolь o`ynaydi. Yuqumli o`tkir ichak infektsiyalarining oldini olishda umumiy ovqatlanish ob’yektlari ustidan sanitariya-epidemiologiya nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega. Uy sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash shart-sharoitlariga qat’iy rioya qilish zarur. Ichak kasalliklarining qo`zg`atuvchilari zararsizlantirish vositalari ta’sirida darrov nobud bo`ladi. Shu sababli idish-tovoqlarni doimo zararsizlantirish lozim. Ichak infektsiyalarini profilaktikasida pashshalarni yo`q qilish alohida ahamiyatga ega. Organizmning infektsiyalarga qarshi chidamliligini oshirishga qaratilgan umumiy sog`lomlashtiruvchi vositalar ham muhim rolь o`ynaydi. Bolaga vitaminlarga boy ov­qat berish, organizmni gimnastika, jismoniy tarbiya va boshqa muolajalar bilan chiniqtirish, mehnat qilish rejimiga rioya qilish lozim. Gigiyena va sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilib, hayotga tatbiq etish har bir odamning burchi. Xulosa qilib aytganda, yuqumli o`tkir ichak kasalliklarining oldini olishda butun aholi faol qatnashishi, gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, shu kasalliklarga shubha tug`ilsa, bemorning ahvoli og`irlashmasdan tezda shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi.
Malabsorbtsiya. Diareya, tana vaznining kamayishi, steatoreya, vitamin hamda temir tanqisligi va/yoki protein tanqisligi natijasida shishlar bilan namoyon bo'ladi. Sabablari. Seliakiya, surunkali pankreatit, Kron kasalligi. Kam uchraydigan sabablar: oshqozon osti bezi raki, psevdokistoz, jigarning birlamchi biliar tsirrozi va b. Doimo gastroenterolog maslahatiga va keyingi tekshiruvlar uchun yo'llanma berish zarur. Davolash kasallik sababini bartaraf qilishga qaratilgan. Tseliakiya. Ingichka ichak yuqori bo'limlarining glyutein so'rilishining buzilishi bilan kuzatiluvchi yallig'lanish kasalligidir. Yallig'lanish natijasida malabsorbtsiya rivojlanadi. Glyutein saqlovchi mahsulotlarni ovqat ratsionidan olib tashlangandan so'ng tuzalish kuzatiladi. Ko'p uchraydi, lekin bemorlarda ayrim holatlardagina tashxislanadi. Barcha yoshdagi guruhlar orasida uchraydi. Ko'pincha kattalarda tashxislanadi (bu holatlarning aniqlanish cho'qqisi 50 yoshlarga to'g'ri keladi). Erkaklar va ayollar orasidagi nisbat 3:1ni tashkil qiladi. Bolalarda aniqlanish cho'qqisi - 4 yoshga teng. Moyillik keltiruvchi omillar: genetik, ekologik, infektsion, gormonal o'zgarishlar. Belgilar: ko'pgina bemorlarda, ayniqsa kattalarda simptomlar minimal darajada va atipik kechadi. 2 yoshdan kichik bolalarda - surunkali diareya, rivojlanishdan orqada qolish, qorinning dam bo'lishi, qayt qilish, rangparlik, soch tolalarining siyraklashishi. 2 yoshdan katta bolalarda - ishtahaning yo'qolishi, diareya yoki qabziyat, kamqonlik, bo'yi pastlik. Kattalarda - diareya yoki qabziyat, kamqonlik, aftoz stomatit, tilning achishishi, dispepsiya, qorinda og'riq va dam bo'lishi, tana vaznining yo'qotilishi, holsizlik, bepushtlik, xavotirli holatlar, depressiya, osteoporoz, neyropatiya. Assotsiirlangan kasalliklar: gerpetik dermatit, qandli diabet, immun tireoidit, birlamchi biliar sirroz, Shegren sindromi, osteoporoz, epilepsiya. Tekshiruvlar. Umumiy qon tahlili. Kasallikka shubha qilingan barcha holatlarda mutaxassislarga tekshiruv uchun yuborish - ingichka ichak biopsiyasi (shilliq qavat tukchalarining atrofiyasi), endomizial antitanachalarning aniqlanishi - tashxis qo'yishning yuqori sezgir va yuqori spetsifik sinovdir. Taktika Glyuten saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilishni cheklashuqna Bunda bir hafta mobaynida klinik tuzalish kuzatilishi mumkin, ingichka ichak shilliq qavatlarida morfologik o'zgarishlar bir yil ichida yo'qoladi. Parhez bo'yicha mutaxassis maslahatlari: qaysi hayotiy muhim mahsulotlar glyutein saqlaydi. Dispanserizatsiya. Har yili kasallik belgilari, tana vazni, qonda gemoglobin, Vit B12, folat, albumin va kaltsiy miqdorini kuzatishuqna Antiglyutein parhezni to'laqonli qabul qilinishiga qadar temir, folat kislotasi, kaltsiy bilan saplamentatsiya o'tkazishuqna Shu bilan birga 12 haftalikkacha bo'lgan homiladorlarda ham amalga oshiriladi. Glyuteinsiz parhez. Non va non saqlovchi mahsulotlarni istisno qilishuqna Bemorlarga xavfsiz bo'lgan holatda parhezga o'rtacha miqdorda suli saqlovchi mahsulotlarni kiritishuqna Asoratlar. Osteoporoz, ingichka ichakda, qizilcngachda va halqumda malignizatsiya kuzatilishi mumkin. Kron kasalligi Hazm qilish nayining og'iz bo'shlig'idan boshlab anusgacha bo'lgan qismining shilliq qavatlarida lokal zararlanishlar ko'rinishidagi o'tkir noinfektsion yallig'lanishi bilan xarakterlanadi. Tarqalishi 1:1500 nisbatni tashkil qilib, barcha yoshda uchraydi. Qaytalanish va remissiya bosqichlari bilan kechadi. Xavf omillari: chekishuqna Sabablari: genetik, ichak biotsenozining buzilishi, ovqatlanish xususiyatlari, infektsiyalar - qizamiq, paratuberkulyoz mikobakteriyalari. Kasallik belgilari. Ichakka doir: diareya, qon va/yoki shilliq ich kelishi, malabsorbtsiya, qorinda og'riq va spazmlar, og'iz bo'shlig'ida yaralar. Tizimli o'zgarishlar: behollik, tana vaznining yo'qolishi, tana haroratining oshishi, bolalarda rivojlanishdan orqada qolish, osteoporoz. Osteoporoz Belgilari. qorin sohasini ko'zdan kechirish va rektal tekshiruvda - anal va perianal zararlanishlar (fistulalar, abstsesslar, terining yaralanishi), qorin mushaklarining zo'riqishi, o'ng yonbosh chuqurligida hajmli hosilalar. Umumiy ko'rikda - nog'ora tayoqchalari ko'rinishidagi barmoqlar, aftoz stomatit, tana vaznining kamayishi, kamqonlik yoki gipoproteinemiya. Birga kuzatilishi mumkin bo'lgan holatlar: artritlar, nodoz eritema, irit, uveit, tromboemboliyalar, o't pufagidagi toshlar, amiloidoz, ankilozlovchi spodilit, sakroileit, piodermiya, sklerozlovchi xolangit. Tekshiruvlar: umumiy qon tahlili (kamqonlik, leykotsitoz), EChT (qaytalanishida ko'rsatkichning oshishi), siydik tahlili, kreatinin miqdorini aniqlash, jigar funktsional sinamalari, najas tahlili - mikroflorani aniqlash uchun ekib tekshirish (shu bilan birga Cl.dificile toksinini aniqlash). Taktika. Quyidagi belgilar aniqlanganda shifoxonaga yuborish zarur: - qorin devorining zo'riqishi bilan birga kuzatiladigan qorindagi kuchli og'riqlar; - og'ir diareya, ayrim holatlarda qon bilan aralash kelganda - kuchayib boruvchi tana vaznining kamayishi; - ichak obstruktsiyasi; - tana haroratining ko'tarilishi (tizimli kasallik belgilari). Maxsus bo'lmagan davo. Diareya - loperamid, xolesteramin (4 g. Kuniga 1-3 mahal - terminal yonbosh zararlanishda diareyaning kamayishi/rezektsiya). Osteoporoz - bifosfonat, Sa2Q, vitamin D, o'rinni bosuvchi gormonal terapiya. NYaQVlar umumiy holatni yomonlashtirishi mumkin. Maxsus terapiya - kasallikning faol davrida kortikosteroidlar - prednizolon (40-60 mg/sut) - davolashning 70% holatlarda 4 haftadan kam vaqt davomida bemorlarning ahvoli yaxshilanadi. Tuzalish kuzatilishida dozani har 7-10 kun davomida 5 mg dan kamaytirish tavsiya qilinadi; - 5-aminosalitsil kislotasi (5 ASK) - mesalazinni 4 oy davomida yuqori dozalarda qabul qilish, bu o'z navbatida 40% holatlarda remissiyaga olib keladi. Buyrak faoliyatini tekshirish uchun qon tahlili o'tqaziladi. Qaytalanishlarning profilaktik samaradorligi yarali kolitlarga nisbatan kamroqdir; - antibiotiklar - metronidazol (tsiprofloksatsin bilan birga qo'llash mumkin) 3 oy davomida qo'llaniladi - kasallikning o'tkir fazasida samaradorligi o'rtachadir; - immunosupressorlar - kortikosteroidlar bilan birga azotiaprin, 6- merkaptopurin, metotreksat. Malabsorbtsiya bilan bemorlarga tavsiya qilinadigan parhez tayinlanadi Jarrohlik yo'li bilan davolashuqna Parhez va dori vositalari bilan davolash samarasiz bo'lganda rezektsiya o'tkazish ko'rsatma bo'lib hisoblanadi. Qaytalanishlarning profilaktikasi. Chekishni to'xtatish juda muhim ahamiyatga egadir. Asoratlar: intraabdominal abstsess, intenstinal strikturalar, toksik megakolon, ichak obstruktsiyasi, fistulalar, malignizatsiya, bemorlarga salbiy ruhiy ta'sirlar.
Ovqatlanish tirik organizmning asosiy fiziologik ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Odam organizmiga oziq-ovqat mahsulotlari orqali oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv, vitaminlar va to’qimalarni tiklash, energetic sarflarning o’rnini to’ldirish, hamda organizmga boshqa ehtiyojlarni qoplaydigan moddalar kiradi. Sog’lom inson uchun tavsiya etilgan me’yorga binoan hayvonot oqsillari miqdori 100-200 g, o’simlik oqsillari 40g, hayvonot yog’lari
85-90g, o’simlik yog’lari 10-15g, uglevodlar 400-500g va disaxaridlar ko’rinishidagi glukoza va saxaroza 50-100g, suvlar 1700-2000g ni tashkil etadi. Bemor ovqati tarkibidagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar va boshqa turli moddalar nisbati kasallik turiga qarab o’zgartiriladi.
Masalan: qandli diabet kasalligida bir kecha kunduzda ovqat tarkibida uglevodlar kamaytiriladi.
Davolash muassasalarida bemorlar ovqatini tahkil qilishda tibbiy xodimlardan tashqari oshxona xodimlari ham ishtirok etadi. Shifokor bemorning kasalligidan kelib chiqqan holda ma’lum ovqat parhezini tayinlaydi. Bo’lim hamshirasi ovqatga talabnoma tuzadi. Bemorlar ovqatini bemorlarning soni va parhez ovqatini turidan kelib chiqqan holda shifokor parhezchi nazorat qiladi va o’z o’rnida sifatiga va turiga javob beradi. Ovqatlantirish bemorlarning holatiga qarab 3 xil bo’ladi: faol, sust va sun’iy.
Og’ir yotgan bemorlarni ovqatlantirish bo’lim hamshirai yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari meditsina xodimlari bemorning qarindoshlariga ovqatlantirish usullarini o’rgatadilar. Chunki bu jarayon katta sabr qanoat talab qiladi. Ko’pincha bemorlar ishtahasi yo’qligi, ko’ngil tortmasligidan shikoyat qiladi. Yuqori harorat va uyqusizlikka chalingan bemorlarni ovqat qabul qilishga majburlash mumkin emas. Ayrim hollarda bemorlarning tabiiy ovqatlanishini sun’iy ovqatlantirish bilan to’ldirish yoki almashtirishga to’g’ri keladi.
Sun’iy ovqatlantirish organizmga ovqat mahsulotlarini me’da zondi (ovqatlantirish naychasi), gastrostoma (operatsion teshik), huqna orqali venaga yoki mushak orasiga oziq moddalarni yuborishuqna
Download 24,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish