O’quvchi-talabalar mustaqil ishlayotgan material bo’yicha. Masalan, darslik bilan yoki didaktik material ustida ishlashda va x.k.
O’quvchi-talabalardai talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo’yicha. Bunda mustaqil ishlar berilgan namuna bo’yicha yoki berilgan qoida bo’yicha bir-biridan farq qilinadi.
Tashkil qilinishi usuliga ko’ra. Bunda butun gurux ishi (bunda butun gurux bitta topshiriqni bajarishadi), kichik guruxlarga bo’lingan xoldagi ish (bunda gurux a’zolari kichik guruxlarga bo’lingan xolda xar bir gurux aloxida-aloxida xar xil topshiriqparni bajarishadi), yakka tartibdagi ish (bunda guruxning xar bir a’zosi maxsus topshiriq ustida mustaqil ishlaydi).
3. Ta’lim texnologiyalarining tasnifi
Agar o’qituvchi-amaliyotchilarning tadqiqotchilik darajasiga ko’tarilish natijasi o’qitish texnologiyalarini amaliyotga qo’llash maxorati deb xisoblansa, uning yakuni esa sifatli yangi o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.
O’quv kursi uchun yaratilgan o’qitish texnologiyalarining ayrim qismlarini o’zida mujassam etgan darajani birinchi daraja deb xisoblash mumkin. Masalan, chet tili kursida «Fonetika» . va «Grammatika»ni o’rganish uchun yunaltirilgan o’qitish texnologiyalari shular jumlasidandir.
Kyoyingi darajada o’quv faniga yo’naltirilgan bir fan doirasida o’qitishning belgilangan maqsad va mazmunini amalga oshirish uchun usul va vositalarning sistemasini o’z ichiga olgan texnologiyalar turadi.
Namuna sifatida bilimlarni to’la o’zlashtirish, modulli va dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalarini ko’rib chiqib, ta’lim texnologiyalarini tizimlashtirish asoslariga murojaat qilamiz.
Ta’lim texnologiyasini farklash va tizimlashtirish uchun ta’lim maqsadlari, o’qituvchi va talaba o’rni, boshqarish uslubi, o’quv-bilim faoliyatini tashkillashtirish xarakteri, o’qitish vosita va shakllari, nazorat va baxolash, tashqi va ichki nazorat turlari, talabaning o’quv-bilish faoliyati motivlari turlari kabi kursatkichlar majmui xizmat kiladi.
Ta’lim texnologiyalari «Shaxsga yunaltirilganlik buyicha», «Tashkiliy shakllariga» ko’ra, «Mazmun va tuzilishiga» ko’ra xamda «Ustun turuvchi usul»ga ajratiladi.
Tashkiliy shakllari: ta’limning jamoaviy usuli; differensiyalashgan ta’lim, gurux, individual, klub, akademik, mukobil, sinf-dars.
Mazmun va tuzilishi buyicha: gumanistik, texnokrata, umumta’lim, kasbiy, o’rgatuvchi, tarbiyalovchi, dunyoviy, diniy, monotexnik, singib boruvchi.
Ustun turuvchi usuli: axborot yoki kompyuterli, o’z-o’zini rivojlantiruvchi ta’lim, ijodiy, o’yinli, Dialogli, muammoli- izlovchi, tushuntirishli — illyustrasiyaviy, dasturlashtirilgan ta’lim reproduktiv,rivojlantiruvchi ta’lim.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi ( matematika) yo’nalishi 201-guruh magistranti
ABIYEV RO’ZIMURODNING
Oliy ta’limda matematika o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi:______________
Toshkent-2021
Do'stlaringiz bilan baham: |