75
iste‘dodli olimlar Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy, Muhammad ibn kasir al-Farg‘oniy, Abbos ibn
Said al-Javhariy va boshqa olimlar bilan do‘stlashib, ular bilan birgalikda ilmiy ishlar, astranomik
kuzatishlar olib bordi.
Xorazmiy er shari meridiani yoyi uzunligini hisoblash ishlariga bevosita rahbarlik qildi.
Shu maqsadda Tadmur (Damshqdan shimol tomonda) bilan ar-Raqqa shaharlari orasidagi masofani
o‘lchash ishlariga qatnashdi. Bir qancha o‘lchashlar natijasida er meridianining bir gradusli yoyi
uzunligi (hozirgi o‘lchov bilan olganda) 111815 metr ekanligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda bu qiymat
110938 metr ekanligi ma‘lumki, Xorazmiyning hisoblashlari bilan bu qiymat orasidagi farq 877
metrni tashkil qiladi. Demak, Xorazmiy hisoblashlarining natijasi o‘sha davr uchun katta
aniqlikdagi qiymatdir.
Yuqorida bayon etilgan asarlardan tashqari, Xorazmiy ―Astrolabiya‖ (Asturlob), ―Quyosh
soati‖, ―Tarix haqida‖, ―Muzika haqida‖, shuningdek medistina, etnografiya, kalendar masalalariga
doir asarlar ham yozgan. Ammo olimning bu asarlarning ayrimlari bizgacha etib kelmagan.
Xorazmiyning kalendar to‘g‘risida yozgan asari yaqinda (Hindistonda) topildi va 1948 yilda
Haydarabodda nashr etildi.
Xorazmiy matematikaning taraqqiyotida yana bir muhim o‘rin tutgan algebraga doir
―Hisob al-jabr va al-muqobala‖ nomli asarni yaratdi. U bu asari bilan algebraga asos soladi va
algebrani alohida fan darajasiga ko‘tardi. Asosiy tushunchalari, mazmuni va qoidalarini belgilab
berdi. Algebradan yozilgan bu asar, o‘sha zamondagi butun Sharq mamlakatlarida va latin tiliga
tarjima qilingani tufayli G‘arbiy Evropada ham bir necha asr davomida algebradan asosiy qo‘llanma
bo‘lib keldi. Mashhur matematiklar Fibonachchi, Tartalya, Kardano, Ferrari va boshqalar
Xorazmiyning matematikaga doir asarlaridan foydalanganlar.
Xorazmiyning algebraik asarining 1145 yilda arab tilida ko‘chirilgan nusxasi Oksford
universitetining Bodlyan kutubxonasida saqlanadi. Shu qo‘lyozmadan Ispaniyaning Segoviya
shahrida Robert Chesterlik va Gerardo Kremonalik (1114-1187) yillar latin tiliga tarjima qiladilar.
Keyingi yillarda latin tilidagi tarjimadan F.Rozen (1831 y), A.Ch.Karpinsiy (1915 y) ingliz tiliga,
G.Lori (1838 y) franstuz tiliga qilgan tarjimalari nashr etildi. Bundan tashqari, Evropa tillariga
sharxi bilan tarjima qilinib, qo‘lyozma yoki konspekt tariqasida asarlar yoziladi va o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: