Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


MAVZU: ABU ALI IBN SINO IJODIDA MATEMATIKA



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/85
Sana23.05.2023
Hajmi2,11 Mb.
#942889
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy

 
MAVZU: ABU ALI IBN SINO IJODIDA MATEMATIKA 
 
1.
Ibn Sinoning asosiy ilmiy asarlari 
2.
Ibn Sino asarlarida fizika va matematika fanlariga doir masalalar. 
3.
«Donishnoma» asarida geometrik masalalari. 
4.
«Donishnoma» asarida arifmetika masalalari. 
Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoroga yaqin Afshona (hozirgi Peshku tumanidagi Isfoniy 
qishlog`i) qishlog`ida tug`ilgan. Otasi Abdullo o`sha zamonda hukmdor bo`lgan Somoniylar 
davlatida soliq yig`uvchi bo`lgan. 
Ibn Sinoning otasi ilm fanning qadrini bilgan kishi edi. Ibn Sino besh yoshga etganda 
ularning oilasi Buxoro shahriga ko`chib keladi. Buxoro shahri bu davrda O`rta Osiyoning fan va 
madaniyat markazlaridan biri edi. Buxoroda Somoniylar davlatining so`nggi namoyondalaridan biri 
bo`lgan Nux ibn Mansur hukmdorlik qilar edi. 
Ibn Sino 10 yoshligida ko`p bilimlarni o`zlashtiradi, u o`zining o`tkir zehni va fanlarni 
o`zlashtirishdagi qobiliyati bilan hammani hayratda qoldiradi. O`g`lining bunday zo`r qobiliyatini 
ko`rgan Abdullo Buxoroning eng ko`zga ko`ringan olimlarini chaqirib ibn Sinoni uyda o`qitadi. Ibn 
Sino ulardan falsafa, astronomiya, matematika, fizika kabi fanlardan dars oladi. Ko`p o`tmay uning 
muallimlari o`z bilimlari bilan ibn Sinoni qondira olmay qolganliklariga iqror bo`ladilar. SHundan 
so`ng ibn Sino o`sha zamonda ma`lum bo`lgan barcha fanlarni mustaqil o`rgana boshlaydi. U 
meditsinadan tashqari matematika va astronomiya fanlariga juda ko`p qiziqadi.. Bu fanlar sohasida 
yozilgan mashhur yunon olimlari Evklidning «Negizlar», Ptolomeyning «Almagest» asarlari va 
boshqalarni mustaqil o`rganadi. Bu asarlardagi juda ko`p murakkab geometrik masalalarni mustaqil 
hal qiladi. Qiyin geometrik jumlalarni mustaqil o`rganadi. U 16 yoshga etganda ko`zga ko`ringan 
tabib va donishmand bo`lib taniladi va Buxoro amiri Nux ibn Mansurning kasalini davolaydi. SHu 
xizmati evaziga amirdan saroy kutubxonasidan foydalanishini iltimos qiladi. 
Ibn Sino 18 yoshida faqat Buxoroga emas, balki butun SHarqqa mashhur olim va tabib sifatida 
taniladi. 
Somoniylar o`z shon – shuhratlarini oshirish maqsadida san`at va fan ahllarini bir qadar 
qo`llab-quvvatlasalar ham, xalq haddan tashqari og`ir soliqlar to`lashi va o`zaro urushlarga 
tortilishlari bilan haddan tashqari ezilgan edi. SHu sababli norozi bo`lgan xalq feodal 
ekspluatatorlarga qarshi chiqa boshlaydi. Buning ustiga qoraxoniylar va G`azna hukmdorlari 
somoniylar sulolasiga havf sola boshlaydi va 999 yilda qoraxoniylar Buxoroni ishg`ol qiladi. SHu 
orada ibn Sinoning otasi vafot etadi. Bu bilan ibn Sinoning hayotidagi tinch ijodiy osoyishtalik 
yo`qoladi. SHu sababli 1004 yilda ibn Sino o`z ona vatanidan chiqib ketib Xorazm davlatining 


31 
poytaxti Urganch shahriga keladi. Xorazm shohi saroyida Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy, 
Abu Nasr Iroq kabi olimlar bilan uchrashib, ular bilan birga ilmiy ishlar olib boradi. 
Lekin bu tinchlik ham uzoqqa cho`zilmaydi. CHunki, G`azna hukmdori fan, madaniyatga 
qarshi ulomo va dindorlar ta`siriga berilgan zolim Sulton Maxmud o`z shuhrati uchun olimlardan 
foydalanish maqsadida Xorazm shoxidan olimlarni o`zining saroyiga yuborishini talab qiladi. Bu 
havfdan qutulish maqsadida ibn Sino 1012 yilda Abu Sahl Masihiy bilan Xorazmdan yashirincha 
ketib Xuroson chegarasidagi Obivard (hozirgi Turkmaniston davlati xududida) shaharchasiga, 
undan Niso (hozirgi Ashxobod shahri yaqinida bo`lgan) shahriga, bu erdan Jurjon shahriga kelib 
yashirin ilmiy ishlar olib boradi va xalq ommasini davolash bilan shug`ullanadi. Tez orada uning 
shon-shuhrati Jurjon viloyatining hukmdori Qobusga etadi va u ibn Sinoga katta hurmat ko`rsatib 
shu shaharda qolib ochiq ravishda ish olib borishga ijozat beradi. SHu shaharlik Abu Ubaydullo 
Juzjoniy – ibn Sinoning eng iste`dodli shogirdi va sodiq do`sti bo`lib qoladi. 
Ibn Sino Jurjonda o`zining mashhur «Tib qonunlari» asarining boshlang`ich bo`limlarini, 
«Qisqartirilgan Almagest» va boshqa asarlarini yozadi. 
Lekin bu erdagi ibn Sinoning tinch hayoti buziladi. Saroy o`zgarishi natijasija Qobus o`ldiriladi 
va taxtga uning o`g`li o`tiradi. YAngi hukmdor ibn Sinoni Sulton Maxmudning qo`liga topshirishga 
intiladi. Bundan habar topgan ibn Sino bu erdan ketib eronning Mazandaron, Ray va boshqa 
shaharlarida yashirincha yashab, keyin Hamadonga keladi. Hamadon hukmdori SHamsud Davla ibn 
Sinoni davlat ishlaridan habardor ekanligini bilib, o`ziga vazir qilib tayinlaydi. Ibn Sino davlat 
ishlaridan bo`sh paytlarida ilmiy asarlar yozadi. SHamsud Davla vafot etgandan so`ng, ibn Sino 
to`la ravishda meditsina, falsafa, matematika va astronomiyadan asarlar yozadi. 
Ibn Sino butun hayotini turli fanlar sohasida asarlar yozishga, kelajak avlodlar uchun ilmiy 
meros qoldirishga sarflagan. Tadqiqotchi olimlarning yozishicha mehnatsevar, g`ayratli va katta 
iste`dod egasi bo`lgan ibn Sino 400 dan ortiq asarlar yozgan. SHulardan atigi 240 tasigina hozirgi 
davrgacha etib kelgan va turli davlatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda xolos. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish