Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


MAVZU: MATEMATIKA FANINING TARIXI, METODI VA METADALOGIYASI



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/85
Sana23.05.2023
Hajmi2,11 Mb.
#942889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy

MAVZU: MATEMATIKA FANINING TARIXI, METODI VA METADALOGIYASI 
REJA: 
1) Matematika tarixi. 
2) Amaliyotning matematika rivojlanishidagi roli. 
1. 
Matematika tarixi.
Matematikaning barcha soxalari fanning umumiyligi bilan 
birlashtiriladi. (algebra, geometriya, matematika analizi, topologiya, eҳtimollar nazariyasi, 
matematika statistika va boshqalar). 
Ma`lumki, haqqoniy borliq olamning fazoviy shakllari va miqdoriy munosabatlari 
matematika fanining asosini tashkil qiladi. 
Turli matematik fanlar ana shu fazoviy shakllari va miqdoriy munosabatlarning hususiy 
hollari yoki alohida ko`rinishlari bilan ish olib boriladi. SHuningdek, o`ziga xos bo`lgan usullar 
bilan ajralib chiqishi ham mumkin. 
Matematika fanining tarkibi quyidagicha: 
a) fanning rivojlanishi jarayonida to`plagan ma`lumotlar; 
b) gipotezalar, ya`ni kelajakda tajribalar orqali tekshirilishi talab qilinadigan, ilmiy 
ma`lumotlarga asoslangan faraz; 
v) olingan natijalarni matematika tilida umumlashtiruvchi, ma`lumotlar, masalan, 
teoremalar, qoidalar va xokazolar; 
g) matematika metodologiya, ya`ni matematika fanini o`rganshga bo`lgan umumiy 
yondoshishni ko`rsatuvchi matematik nazariya va qoidalarni umunazariy talqin qilish. 
Bu elementlarning barchasi bir – biri bilan uzviy aloqada bo`ladi hamda uzluksiz ravishda 
rivojlanib turadi. O`rganilayotgan tarixiy davrda bu rivojlanishning qanday bo`lganini, qaysi 
tomongan borganini aniqlash masalasi matematik fanlardan biri bo`lgan matematika tarixi fanining 
asosiy vazifasini tashkil qiladi. 
Matematika tarixi fani matematika rivojlanishining ob`ektiv qonunlarni o`rganuvchi 
fandir. 
Tarixiy – matematik izlanishlar quydagi yo`nalishlarda olib borilmoqda:
a) tarixiy matematik xarakterdagi ishlarda matematikaning tarixiy rivojlanishining 
xaqqoniy mazmunining boyligi qayta tiklanadi. Ularda matematik usullar, tushunchalar va g`oyalar 
qanday paydo bo`lganligi yoritib beriladi, boshqa matematik nazariyalarning tarixi qanday 
bo`lganligi aks ettiriladi. Ma`lum bir tarixiy davrda alohida halqlarda matematika rivojlanishining 
harakteri va o`ziga xos bo`lgan tomonlari, tarixdagi buyuk matematikalarning, birinchi navbatda 
o`zbek matematiklarining fanni rivojlanishi uchun qo`shgan hissalari aniqlanadi. 
b) Tarixiy – matematik xarakterdagi ishlar matematikaning ko`p qirrali aloqalarini ochib 
beradi. Ularning orasida amaliy ehtiyoj bilan, insoniy faoliyat bilan, boshqa fanlarning rivojlanishi 
bilan bog`liq aloqa, jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy strukturasi rivojlanshi va sinfiy kurashning (aynqsa, 
ideologiya sohasida) matematika rivojlanshi mazmuni va xarakteriga ta`siri, xalqlar, olimlar, 
olimlar guruxining fandagi o`rni va xakozolarni alohida ko`rsatish mumkin. 
v) Matematika tarixi bo`yicha izlanishlar zamonaviy matematika mantiqiy struturasining 
tarixiy bog`langanligini, uning rivojlanish dialeksini ochib beradi, matematikaning turli bo`limlari 
orasidagi munosabatlarni tushunishga yordam beradi, fanning rivojlanish perspektivalarini ma`lum 
bir darajada belgilab beradi. 
YUqoridagi tariflarga ko`ra, matematika tarixi matematika fanning to`la tarkibi, turli 
soxalari, boshqa fanlar bilan aloqasi to`g`risida ish olib boradi. 
Bu holat matematika tarixi fanining oldida turgan masalaning qiyiyligidan hamda tarixiy – 
ilmiy izlanish usullarining o`zga xos bo`lishidan dalolat beradi. 
Biz yuqorida ko`rsatib o`tdikki, matematik izlanishlarning ob`ekti bo`lib borliq olamning 
fazoviy shakllari va miqdori munosabatlari hisoblanadi. Matematikaning bu ob`ektlari xaqqoniy 
olamni bevosita ifodalay olmaydi. Ular abstraktsiyalarning mevasi hisoblanadi. 
Matematika vositasida biror buyum yoki xodisani o`rganish uchun uning to`g`ridan - 
to`g`ri miqdori yoki shaklini belgilovchi xususiyatlaridan boshqa barcha xususiyatlardan voz 



kechishga to`g`ri keladi. (Uchta qo`y, uchta olam, uchta o`rdak, …. uchta miqdor; gugurt qutisi, 
prallelopiped, uyning ichi: shakl). 
Zamonaviy matematik nazariyalarda bu shakl va miqdoriy munosabatlar ko`pincha 
boshqacha ko`rinishlar namoyon bo`ladi. Bunday hollarda o`rganilayotgan tuplamlarning 
elementlari borliq olamda alohida ajratib olinadi, aksiomalar sistemasi, amalalarning bajarish 
qoidalari va ta`riflari jsa ixtiyoriy kiritiladigan bo`ladi. 
Bunday holat turli noaniklik anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Bu esa o`z 
navbatida fanning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Intuitsiyaga asoslangan ana shunda y anglashilmovchiliklardan xalos bo`lishga o`rganish 
zarur. Buning uchun o`zini materialistik deb hisoblash etarli emas.
Fanlarning tarixini o`rganish olimlarda materialistik dunyoqarashni shakllantirishga 
yordam beradi. Tarix shuni ko`rsatadiki, hattoki abstrakt fan bo`lgan matematikada ham fanning 
rivojlanishida moddiy borliqqa bo`lgan so`rovnomalar hal qiluvchi rolni o`ynaydi. (erlarni 
o`zlashtirish va sug`orish geometriya, chorvachilik va ovchilik – natural sonlar, kemachilik, 
savdogarlik-trigonometrik funktsiyalarga va x.k.) 
Matematikaning 
fanining 
abstraktligi 
moddiy 
borliqdagi 
barcha 
matematik 
tushunchalarning (ko`pincha murakkab va ko`p bosqichli) kelib chiqishini bir oz xiralashtirishi 
mumkin, ammo xech qachon inkor qila olmaydi. Tarix shuni ko`rsatadiki, matematika yordamida 
o`rganilayotgan fazoviy shakllar va miqdoriy munosabatlarning zaxirasi texnik va tabiiy fanlarning 
extiyojlariga bog`liq ravishda to`xtovchsiz kengayib bormoqda. 
Matematika fanini obektiv ruxda tushinish va uning tarixini bilish – bu fanni chuqur 
tushunishning asosiy va zaruriy shartidir. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish