Masnaviy janri haqida ma’lumot
” Masnaviy tarzida yoziladigan asarlarda har qaysi bayt mustaqil qofiyalanadi.Bu xil qofiyalash usuli qulay bo’lganligi uchun katta hajmdagi she’riy asarlar:hikoya-manzumalar,hajviy hikoyalar,soqiynomalar,dostonlar shu tarzda qofiyalangan. Jumladan,Xorazmiy “Muhabbatnoma”si,Xo’jandiy “Latofatnoma”sidagi maktublar,Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni,”Yusuf va Zulayho”,”Gul va Navro’z”asari,Navoiy,Muhammad Solih,Nishotiy dostonlari,Muqimiyning hajviy hikoyalari,Furqatning ma’rifat mavzusidagi manzumalari shu tarzda qofiyalangan.Jumladan,Ogahiyning dahr bog’i ta’rifidagi masnaviysi shunday boshlanadi:
Dahrki bir bog’i musaffodurur,
Boshdin ayoq zeb ila orodurur.
Lutfu nazokat aro har gulshani,
Aysh ila ishrat elining maskani.
O’ylaki firdavs fazosi oning,
Ruhafzo obu havosi oning.
Nahrlari o’ylaki bahrun najot,
Balki azubat aro aynul hayot.
Suvlari har sori namudor o’lub,
Oynayi tahtihol anhor o’lub.
Havzlari ichra musaffo zulol,
Xosiyatu ta’m aro kavsar misol.
Ochilibon yuz rang ila gullari,
Sochilibon gul uza sunbullari….."3
O’zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo’li bilan yaratilib ,bizgacha to’la holda saqlangan asar Yusuf Xos Hojibning ”Qutatg’u bilig” dostonidir.”Qutatg’u bilig” haqida so’z yuritilgan asarlarda uning mavzu qamrovi va ifoda tarzi haqida fikrlar bayon qilingan.Masalan,Najib Osimbek “Qutatg’u bilig”mavzu e’tiborila “Siyosatnoma”ning aynidir.Turk avzoining mashhuri o’lan o’n birli vaznda va tarzi masnaviyda yozilmish o’lan bu asari nafis beshinchi asri hijriydagi turk jamoatining haqiqiy bir tasvirini,afkori ma’naviya va siyosiyasini go’stariyur”,desa,H.Tavfiq,M.Ehson,H.Oliylar o’zlarining ”Turk adabiyoti namunalari”da uning masnaviy shaklda yozilganligini qayd qilish bilan cheklanishadi.Shu xil fikrlarni boshqa ko’p tadqiqotlarda ham ko’rish mumkin.
Masnaviy haqidagi nazariy ma’lumotlarda,asosa,,uning shakily-poetik xususiyatlari qayd etilgan.Masnaviy(arabcha ”ikkilik”)deganda,asosan she’riy shaklning qofiyalanish prinsipi (a-a,b-b,v-v……)tushunilgan.
Misol:
Nedur ahvoling,ey zo’ri g’aribim, -a
Visolim davlatidan benasibim -a
Chekardim g’am tog’in holing nechukdir?... –b
Buyukdin jismi chun noting nechukdir?... –b
(Alisher Navoiy,Shirinning Farhodga maktubidan).
Masnaviyning xususiyati to’g’risida ”Al-mo’jam fimaori ash’or ul-Ajam” asarida Qays at-Roziy shunday deb yozadi: ”….Ajam shoirlari har bir baytdagi misralarining o’zaro qofiyadosh bo’lishi nuqtayi nazaridan uni masnaviy deb yuritilgan. Noma va masnaviy janrining ko’pchiligi masnaviy janrida yaratilgan.
Masnaviy haqida doktor Zahroyi Xonlari yozadi:”Fors she’riyatining o’ziga xos shakllaridan biri masnaviy bo’lib,arab tilida ham forslarga taqlidan yaratilgan va uni muzdavaj deydilar.Masnaviy har ikki misrasi bir xil va mustaqil qofiyaga ega bo’lgan she’rdir”.Olim masnaviyning qo’llanish doirasiga ham ishora qiladi:”Fors tilidagi jangovar va maishiy-ma’rifiy manzumalar yozishda ”Mavlaviyning ma’lum “Masnaviy”si,Firdavsiyning ”Shohnoma”,Nizomiyning ”Xamsa” si kabi ) masnaviy shaklidan foydalaniladi”.
Masnaviyning bu xildagi ta’rifi uning ayrim xususiyatlarini belgilash imkonini beradi:
-masnaviy alohida,o’ziga xos she’riy shakllardan biri;
-masnaviydagi bayt misralari o’zaro qofiyadosh bo’ladi;
-har bir bayt qofiya nuqtayi nazaridan mustaqildir;
-u hajm va mavzu jihatidan chegaralangan emas.
Masnaviy haqida fikr yuritgan klassik poetika mutaxassislarining ko’pida mazkur shaklning bu xususiyatlari qayd etilgan.
Masnaviy tarzida yoziladigan asarlarda har qaysi bayt mustaqil qofiyalanadi.Bu xil qofiyalash usuli qulay bo’lganligi uchun katta hajmdagi she’riy asarlari:manzumalar,hajviy hikoyalar,soqiynomalar,dostonlar shu tarzda qofiyalangan.
Jumladan,Xorazmiy ”Muhabbatnoma”si,Xo’jandiy “Latofatnoma”sidagi maktublar,Qutbning “Xusrav va Shirin”dostoni,”Yusuf va Zulayho”,”Gul va Navro’z”asari,Alisher Navoiy,Muhammad Solih,Nishotiy dostonlari,Muqimiyning hajviy hikoyalari,Furqatning ma’rifat mavzusidagi manzumalari shu tarzda qofiyalangan.Jumladan,Ogahiyning dahr bog’i ta’rifidagi masnaviysi shundan boshlanadi:
Dahrki bir bog’i musaffodurur,
Boshdin ayoq zeb ilu orodurur.
Lutfu nazohat aro har gulshani,
Aysh ila ishrat elining maskani.
O’ylaki firdavs fazosi oning,
Ruhafzo obu havosi oning.
Nahrlari o’ylaki bahrum najot,
Balki azubat aro aynul hayot.
Suvlari har sori nomdur o’lub,
Oynai tahtihol anhor o’lub.
Havzlari ichra musaffo zulol,
Xosiyatu ta’m aro havsar misol,
Ochilibon yuz rang ila gullari,
Sochilibon gul uzra sunbullari…..
Fors-tojik va turkiy adabiyotidagi faktlar masnaviyning dastlabki taraqqiyot bosqichlarida diniy-didaktik xarakterga ega bo’lganligini ko’rsatadi,”Qutatg’u bilig”ham bundan mustasno emas.
Janrning muhim bir xususiyatini N.I.Prigarina qayd etadi:”Masnaviyda ba’zi qiziqarli,”badiiy”boshlanma ustunlik qilishi mumkin,bunda birinchi planga fabula,syujet,personajlar harakati va boshqalar chiqadi (qarang:F.Attorning ”Mantiq ut-tayr”i),ba’zan va’z yoki ozod,”tabiiy”kompozitsiya bilan erkin nasihatomuz suhbatlar uslubi yetakchilik qiladi,buning natijasida syujetsiz qurilish hosil bo’ladi.(qarang:Sanoiyning ”Haqiqat al-haqoyiq”asari”.
Bu jihatdan ”Qutatg’u bilig”ni ham,garchi unda masnaviy haqidagi nazariy ma’lumotlarda,asosan,uning shakliy-poetik xususiyatlari qayd etilgan.Masnaviy(arabcha ”ikkilik”) deganda,asosan,she’riy shaklning qofiyalanish prinsipi (a-a,b-b,v-v…)tushunilgan.
Fors-tojik va turkiy adabiyotidagi faktlar masnaviyning dastlabki taraqqiyot bosqichlarida diniy-didaktik xarakterga ega bo’lganligini ko’rsatadi.”Qutatg’u bilig” ham bundan mustasno emas.”Qutatg’u bilig” muqaddimasidagi boblar kompozitsiyasiga diqqat qilsak,uning XI asr adabiy etiketiga muvofiq yaratilganligini tasdiqlaydi.
”Qutatg’u bilig” masnaviylarining o’ziga xosligini belgilash uchun uning bayt qurilishiga e’tibor qilish muhimdir,chunki bayt arab-fors poetikasiga muvofiq shakliy jihatdan ham,mazmuniga ko’ra ham tugallangan she’riy nutq birligi hisoblanadi.Shunga ko’ra shoirlar ham,klassik poetika mutaxassislari ham bayt qurilishiga alohida e’tibor bilan qarashgan,hatto bayt qurilishi bilan aloqador poetic san’atlar ham mavjudki,ular baytning ritmik-sintaktik qurilishini ham boshqarib turadi.Bu yerda ”tarse” san’ati haqida to’xtalib o’tish o’rinlidir.
Bu san’at mohiyati bayt misralarining o’zaro ritmik-semantik munosabati bilan izohlanadi va ular turlicha ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin:
1.Birinchi misra mazmun ifodasiga ko’ra mustaqil bo’ladi.Keyingi misra qo’shilganda ham ular o’rtasidagi manteqiy tobelik sezilmaydi,ularning har biri o’zicha mustaqil mazmun ifodalay oladi:
Necha qilg’u ishlar bo’z ichsa qalur,
Necha qilmag’u ish esursa kelur.
Ya’ni:Qanchadan qancha qilinishi lozim ishlar may ichgach qolib ketadi.Qanchadan qancha nojo’ya ishlar kayf qilgach sodir bo’ladi.
Masnaviy baytlarining asosiy qismi shu usulda yaratilgan,zero bayt misralarining bunday tuzilishi juda qadrlangan va tarse’yi komil,ya’ni yetuk tarse’ deb nomlangan.
2.Birinchi misra mazmunan mustaqil bo’ladi,biroq unga keyingi misra qo’shilishi bilan uning tobeligi seziladi,bunda keyingi misra mazmunan mustaqil bo’la olmaydi:
Yag’i qachsa tab qil ezarma yiraq,
Yali yandru yansa,qachumasazaq.
Ya’ni:Agar yov qochsa,bas qil,izidan uzoq borma,chunki orqaga qaytsang,oyoq qocha olmaydi,ya’ni oyoq charchaydi.
3.Birinchi misra mazmunan mustaqil bo’lmasligi mumkin:
Baqa ko’rdum emdi bu ishta menga
Salahi kurunmaz,ey ersig to’nga.
Ya’ni:Boqib ko’rdim,endi bu ishda mening uchun (hech qanday) salohiyat ko’rinmayotir,ey mard bahodir.
4.Birinchi misra mazmunan muallaq holda bo’ladi,ya’ni u nisbiy tugal fikrni ifodalashiga qaramay keyingi misraning bosh qismi unga bog’liq bo’ladi:
Ularda bo’lur,ey biligliq aqi.
Ya’ni:Turli-tuman qimmatbaho narsalar,dunyoning tansiq (narsalari) ularda bo’ladi,ey bilimli,saxiy.
Baytning bunday strukturasi fors-tojik adabiyotida nomo’tabar hisoblangan,shunga ko’ra uni ta’liq (bog’liqlik,aloqadorlik) deyiladi.
5.Misraning mazmuniy mustaqilligi shu daraja bo’ladiki,ularning o’rni almashtirilgan taqdirda ham ma’noga hech xalal yetmaydi:
Ne ezgu ish erdi o’lum bo’lmasa,
Ne ko’rklug’ ish erdi kishi o’lmasa.
Mazmuni:O’lim bo’lmasa qanday ezgu ish bo’lar edi,kishi o’lmasa qanday chiroyli ish bo’lar edi.
Ko’rinadiki,masnaviy baytlari misralarning o’zaro qanday struktura tashkil qilishlaridan qat’iy nazar,ritmik-sintaktik va mazmun xususiyatlariga ko’ra umumiy yaxlitlikni,nisbiy tugallanganlikni ifodalaydi.Shunga qaramay,ayrim holatlarda baytning ritmik-sintaktik jihatdan yoki mazmunan tugallanmay,uning davomi keyingi baytlarga o’tgan holatlar ham,garchi ular juda oz bo’lsa-da,uchraydi.Bizningcha,bunga ko’proq poetik mazmunning o’ta hayajon,shoirona to’lqinlanish natijasida tug’ilishi sabab bo’ladi.
Yag’iz yer baqir bo’lmag’incha qizil,
Ya o’t,ya chechak unmagincha yashil,
Tirilsinu turkan quti ming qutun,
Tirilsinu ko’rmaz qaraqi o’tun.
Mazmuni:
Bo’z yer misdayin qizil bo’lmaguncha
Yoki yashil o’t yo gul(lar) unmaguncha
Turklar quti ming baxt(lar) bilan yashasin.
Ko’ra olmaydiganlarning ko’zi o’t bilan teshilsin.
Turkiy tilli xalqlar poeziyasi tarixi ham uning turli namunalarini o’zida jamlagan.Yusuf Xos Hojibning ”Qutatg’u bilig”idan boshlangan bu shakl Ahmad Yugnakiyning ”Hibbat ul-haqoyiq”,Xorazmiyning ”Muhabbatnoma”,Durbekning ”Yusuf va Zulayho”,Alisher Navoiyning ”Xamsa” larida davom ettirildi va turkiy xalqlar adabiyotining eng asosiy she’riy shakllaridan biri bo’lib qoldi.Shuning uchun ham Alisher Navoiy:
” Lekin ul barchadin dog’i xubi
Bordurur masnaviyning uslubi.
Masnaviykim burun dedim oni,
So’zda keldi vase’ maydoni.
Vus’atida yuz o’lsa ma’rakagir
Ko’rguzur san’atin bori bir-bir”,-deb yozgan edi.
”Qutatg’u bilig” XI asrgacha yaratilgan turkiy tildagi masnaviy taraqqiyotining eng yuqori nuqtaga olib chiqdi.U o’zida syujetlilikni mujassamlashtirgan eng muhim she’riy shakl bo’lib,XI asrda didaktik yo’nalishda rivojlandi.Uning shakllanishi,rivojlanishi,amal qilish qonuniyatlari ma’lum darajada fors-tojik adabiyoti bilan bog’liq bo’lib,Yusuf Xos Hojib bir tomondan shu adabiyotga,ikkinchi tomondan esa o’zigacha mavjud bo’lgan milliy an’analarga tayangani shubhasizdir..XI asrgacha bo’lgan adabiy an’analar asosida mazkur she’riy shaklni takomillashtirgan Yusuf Xos Hojib tajribasi keyingi asr shoirlari tomonidan muvaffaqiyatli davom ettirildi.
Asar masnaviylari o’zidagi qasida va to’rtliklardan farq qilgan holda epic xarakterga ega.Biroq,asar masnaviylarining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki,u o’z ichiga ko’plab to’rtliklarni,shuningdek,qasidalarni ham qamrab oladi.Ayrim lirik parchalar,xususan,tabiat ko’rinishlari tasvirini ustalik bilan kiritilganligi ham e’tiborlidir.Masnaviy orasiga boshqa janr namunalarining kiritilishi Yusuf Xos Hojib kashfiyotidir.Bu kashfiyot XII asrda Ahmad Yugnakiy,keyinroq Fuzuliy va boshqa shoirlar ijodida qayta ko’rinadi.Yusuf Xos Hojibning qasida janri bobida yetuk san’atkorlardan ekanligini yuqorida ko’rdik.Shunga ko’ra mazkur faktni biz shunday izohlashimiz mumkin:Birinchidan,bu hodisa shu janrning turkiy tilli adabiyotda shakllanish va rivojlanishdagi o’ziga xoslikni,uning qadimiy ildizlaridagi qonuniyatlarni ko’rsatadi.Ikkinchidan,bu holat Yusuf Xos Hojib ijodida mazkur janrning poetic shaklini o’zgartirishga bo’lgan urinish deb baholanishi mumkin.Shu o’rinda bu hodisaning fors-tojik adabiyotida ham mavjudligini eslash o’rinlidir.Jumladan,Nosir Xisrav qasidalarining ko’pi masnaviy tarzida yozilgandir.Keyinroq,XVI asrda fors-tojik adabiyotining yirik namoyondasi Kamoliddin Binoiy ijodida ham bu hodisani qayd etishimiz mumkin.
“Qutatg’u bilig”ning yetuk tadqiqotchilaridan Q.Karimov yozadi:”Qutatg’u bilig” dostoni Sharq adabiyotidagi epik asarlar uchun qabul qilingan masnaviy(qofiyalangan baytlar)shaklida yozilgan.Asarda masnaviy bilan bir qatorda qasida janrida yozilgan boblar ham mavjud.Dostonning 71,72 va 78 boblari (ular 44,40,37 baytdan iborat) g’azal shaklida yozilgan,ya’ni dastlabki bayt bilan keyingi barcha baytlarning juft misralari qofiyalanib kelgan.
Masnaviy janrining taraqqiy etishida,ayniqsa,Alisher Navoiyning hissasi juda ham kattadir.Navoiy turkiy adabiyotning durdona asari hisoblangan ”Xamsa” asarini masnaviy janrida yozgan.Bundan tashqari,”Tarixi mulku Ajam” asarida ham masnaviy janri qo’llangan.Bu asarda Navoiy Husayn Boyqaroga maktublarini masnaviy janrida yozgan.
Masalan:
Sulton Husayn Boyqaroga bag’ishlangan ushbu masnaviyda Navoiy podshohning qanday bo’lishi kerakligi haqidagi o’z fikrlarini yakunlamoqchi bo’lib,bu masalaga yana bir karra to’xtaladi va podshoh haqida deydi:
” Adolat uchun istasa mulku joh,
Sitam daf’ aylarg’a cheksa sipoh,
Har ishkim bo’lur muddaosi aning,
G’araz bo’lsa tengri rizosi aning,
Bo’lub saltanat taxtida faqrjo’y
Shah o’lsa vale bo’lsa darveshxo’y.
Bu misralardan ko’rinib turganidek,Navoiyning shohlarni adolatli bo’lishga,darveshvash bo’lishga,”faqrjo’y” bo’lishga chaqiradi.O’z asarlarida qayta-qayta ta’kidlagan fikrlarini,ya’ni darveshvash podshoh haqidagi qarashlarini yana bir qayd etadi.”4
”Xazoyin ul-maoniy”dan o’rin olgan bitta masnaviy Sayyid Hasan Ardasher nomi bilan bog’liq.Ma’lumki,masnaviy arabcha “ikkilik” ma’nosini bildirib,har bandi ikki misradan tarkib topuvchi va a-a,b-b,d-d….tarzida qofiyalanuvchi she’r turidir.Alisher Navoiy o’zining “Sab’ayi sayyor” dostonida bu janrni alohida tavsiflab,uni “vase”-“keng maydon” deb ataydi:
Masnaviykim,burun dedim oni,
So’zda keldi vase’ maydoni.
Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asaridagi masnaviyda berilgan Husayn Boyqaro obrazini o’rganish jarayonida shunday umumiy xulosalarga kelish mumkin:
-Husayn Boyqaro tarixiy shaxs sifatida Navoiyning eng yaqin do’sti va maslahatchisidir.Uning podsholik saltanatida ,adolatli va oqilona davlat boshqaruv ishlarida Navoiy qanchalik ko’p ko’mak bergan bo’lsa,Navoiy butun dunyoga taniqli ijodkor bo’lishida ,shoh asarlarining yaratilishida Husayn Boyqaro ham xuddi shunday ko’p madad berib turgan,unga yo’l-yo’riq ko’rsatib turgan.Navoiyning o’zi juda ko’p bor ta’kidlaganidek,shoir asarlarining yozilishida Husayn Boyqaro bosh-qosh bo’lgan.
-Husayn Boyqaro obrazining Navoiy asarlaridan joy olishini yaqqol ko’rsatadigan dalillar juda ko’p.Shoirning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi debochada Navoiy Husayn Boyqaro haqida,uning devonlar yaratilishidagi xizmatlari haqida alohida to’xtalgan bo’lsa,Navoiy “Xamsa”sidagi barcha dostonlarda Husayn Boyqaro obrazi,uning ta’rif-tavsifini keltiradi.Ushbu asarlarda berilgan fikrlarga tayangan holda ham Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlari haqida ma’lumot olish mumkin.
-“Tarixi muluki Ajam” asarida berilgan masnaviyda Navoiy Husayn Boyqaroni xuddi shunday sifatlarga ega shoh sifatida talqin etadi.Shoirning ta’rificha,Sulton Husayn Boyqaroda nafaqat shohlik,balki darveshlik sifatlari ham mujassam:
Shaho keldi shahlig’,musallam sanga,
Ne shahlig’ki,darveshlig’ ham sanga.
Shohni ana shu sifatlar bilan ulug’lagan shoir,uning vasfini “mingdab birin “demakka imkoni yo’qligini qayd etadiki,bu ulug’ Navoiyning Sulton Husayn Boyqaroga nisbatan buyuk hurmatini bildiradi.
-Alisher Navoiy deyarli har bir asarida,xoh u lirik asar bo’lsin,xoh nasriy asar bo’lsin,adolatli hukmdor haqida,odil podshohlar haqida,ularning amallari,amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlari haqida,odillik bilan boshqarilgan davlatning obod bo’lishi,xalqi farovon bo’lishi xususida alohida to’xtaladi.Shu an’anaga amal qilgan mutafakkir o’zining Eron shohlari tarixiga bag’ishlangan “Tarixi muluki Ajam” asarida ham odil podshohlarni ko’klarga ko’tarar ekan,asar nihoyasida berilgan maxsus masnaviyda ham xuddi shu jihatga katta e’tibor beradi.Unda Alisher Navoiy podshohlarni adolatli bo’lishga,darveshvash bo’lishga,faqrjo’y bo’lishga chaqiradi.O’z asarlarida qayta-qayta ta’kidlagan fikrlarini,ya’ni darveshvash podsho haqidagi qarashlarini yana bir qayd etadi.
-Masnaviyda shoir o’zi tomonidan yaratilgan asarlari-“Xamsa” asarini,to’rt devondan tarkib topgan she’riy kulliyotini,”Nazmul javohir” asarini,shuningdek boshqa asarlarida berilgan katta-kichik she’riy baytlarini birma-bir qayd etar ekan,ularning hech biri shoh Husayn Boyqaro ta’rifini to’lig’icha qamrab ololmaganini ham alohida ta’kidlaydi.Ammo “Vale barcha vasfingda mujmal edi” misrasi orqali do’sti haqida yozganlarning hech biri uning to’liq ta’rifini qamrab olomaganligini bayon etadi.
-Husayn Boyqaro haqida yozilgan ushbu masnaviyning yana bir xarakterli jihati shundaki,u Navoiyning ijodiy niyatlari haqida ham ma’lumot beradi.Shoir o’zining ulug’ bir niyati haqida ham to’xtaladi,ya’ni Xudo umr bersa,Husayn Boyqaro sifatlari,uning zohiru botini,tug’ilgan kunidan boshlab to asar yozilgan vaqtgacha amalga oshirilgan ishlari,qilgan yaxshi amallari,”jahondorliq shavkati”ning sabablari xususida bir asar yozajagi haqida ma’lumot beradiki,bu alohida e’tiborga sazovordir.
-Masnaviy nihoyasida Alisher Navoiy jahonning shahsiz bo’lishi mumkin emasligi,”zamon ahli ” uchun eng adolatli shoh Husayn Boyqaro ekanligi,shuning uchun ham qiyomatgacha barcha shohlar unga ehtirom ko’rsatishlari lozimligi haqidagi romantik fikrlar bilan shoir Husayn Boyqaro xususidagi o’z qarashlarini yakunlaydi.
Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
1)lirik masnaviy (shoirning lirik kechinmalari,his-tuyg’ulari ifoda etiladigan she’r shakli);
2)epik masnaviy yoki doston (sujet asosiga quriladigan katta hajmli asar).
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan o’rin olgan masnaviy lirik masnaviy bo’lib,”G’aroyib us-sig’ar” devoniga kiritilgan.Masnaviy she’riy maktub tarzida yozilgan va hajman 148 baytdan iborat.Navoiyshunoslikda ushbu masnaviy tarjimayi hol xususiyatiga egaligidan “Hasbi hol”,noma janriga mansubligidan “Navoiyning Sayyid Hasanga she’riy maktubi” deb ham yuritiladi.Masnaviyda Alloh hamdi va Payg’ambar na’tidan so’ng Sayyid Hasan Ardasher shaxsiga ta’rif-u tahsinlar aytiladi,uning fazl-u kamoloti,vafodorligi va saxovati madh etiladi:
Vafo anga pasha,saxo anga fan,
Vafoyu saxo koni Sayyid Hasan.
Keyingi baytlarda shoir maktub yozishdan asosiy maqsadini bayon qilib,uning boshiga musofirlik-Vatan tarki tushganligini ma’lum qilad va ushbu safarning sabablari sifatida Xurosonda ijod qilish uchun imkoniyatning yo’qligini,yurtdagi notinchlik va ilm egallashga bo’lgan ehtiyojni sanab o’tadi.Uning,shuningdek,so’z ta’rifi,she’r va shoirlik,badiiy ijod bilan bog’liq masalalar ham qalamga olingan.Masnaviy mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (afoyili va taqti’i : (V- -V/V- -V/V- -V/V-) vaznida yozilgan.
”Maktab gulistoni” milliy she’rlar beshinchi juzidan
Tug’ulub o’sdim bu Vatanda,
Vatanim misli yo’q jahonda!
Tufrog’lari o’sumlikdur,
Manzarasi ko’rumlikdur.
Bir tarafda tog’lari bor,
Mevasi mo’l bog’lari bor.
Tog’laridan konlar chiqar,
Yerlaridan donlar chiqar.
Suvlaridur tamlu-totli,
Mevasi qandu nobotli.
Bog’laridur shirin-sharbat,
Anjir,uzum,anor,nashvat.
Daraxtlari o’sar firosh,
Falak uzra ko’tarub bosh.
Havosi o’ta yoqimlik,
Cho’llari bor toshlik,qumlik.
Toshkand emas,toshqand erur,
Kesaklari gulqand erur.
Ishlaganga xazinadir,
Dangasaga harinadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |