T/R
|
Bo‘limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Baholash
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Sog’lom bo’lay desang ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; tothbrush – tish cho’tkasi, toothpaste – tish pastasi.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash: Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Egalik qo’shimchalarini yoddan so’rash.
III. Yangi mavzu bayoni: 127 – mashq. Matnni o’qing. Bosh kelishikning so’roqlari yordamida otlarni toping.
Buyuk bo‘yoqchi qirqta qozonda bo‘yoqlarini pi- shirar ekan. Bo‘yoqlarga xaridor bo‘lib Bahoroy ke- libdi. U o‘ziga yashil bo‘yoqni tanlabdi.
Shu payt kunchiqar tomondan Yoz yetib kelibdi. Bo‘yoqchi Yozga har xil bo‘yoqlardan beribdi. So‘ng bo‘yoq bozoriga Kuz kelibdi. Kuz sariq, zarg‘aldoq ranglardan olibdi. Hammadan keyin Qish kelibdi. Bu paytda qozonda faqat oq rang qolgan ekan.
Qish boshqa fasllardan xafa bo‘libdi. Shuning uchun odamlar Qish o‘ksimasin deb, Yangi yilda ar- chaning shoxlariga turli rangdagi o‘yinchoqlarni osib qo‘yar ekanlar. (Olloyor Begaliyevdan)
Topshiriq: Ajratilgan so`zlar orqali so`roq berib, bosh kelishikdagi otlarni o`zi bog`langan so`z bilan ko`chiring. Bosh kelishikdagi ot gapda qaysi bo`lak vazifasida kelgan? Shu otga bog`lanib kelgan so`z – chi?
Taqdimot: Bo`yoqchi pishirar ekan. Bahoroy kelibdi. Yoz yetib kelibdi. Kuz kelibdi, qish kelibdi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash Didaktik o’yin; “So’zlar zanjiri” O’qituvchi o’yinni boshlaydi va so’z aytadi o’quvchilar oxirgi harfiga so’z topadilar. Masalan; Vatan , non, natija, a’lo……
128 – mashq. Chiziqlar o`rniga berilgan so`zlardan mosini bosh kelishikda qo`llab o`qing va yozing.
Ilgari suvsiz qaqrab yotgan yerlarga _________ chiqarildi. Qaqroq ________ obod bo‘ldi. Bu yerlarga ____________ o‘tqazildi. ____________ ekildi, __________ qurildi. Qurilgan uylarga __________ ko‘chib kirishdi.
Foydalanish uchun so`zlar; odamlarni, ekinlarga, yerlardan, daraxtlarga, uylarga, suvning
Topshiriq: Bosh kelishikdagi otning gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga tegishlicha chizing. Bosh kelishikdagi ot qaysi qo`himchalar bilan qo`llangan?
Ilgari suvsiz qaqrab yotgan yerlarga suv chiqarildi. Qaqroq yerlar obod bo`ldi. Bu yerlarga daraxtlar o`tqazildi. Ekinlar ekildi. Uylar qurildi. Qurilgan uylarga odamlar ko`chib kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |