Mavzu: mashgʼulot Umumiy qoidalar. Qoidalarda qoʼllaniladigan asosiy tushuncha va atamalar


II. ASOSIY TUShUNChALAR VA ATAMALAR



Download 1,11 Mb.
bet8/45
Sana24.09.2021
Hajmi1,11 Mb.
#183929
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
II. ASOSIY TUShUNChALAR VA ATAMALAR

Yo‘llarda harakatlanish ishtirokchisi” —haydovchi, piyoda, yo‘lovchi, chorva mollarini boshqaruvchi, yo‘lni ta’mirlovchilar, yo‘llarda harakatlanishni tartibga solayotgan shaxslar.

Haydovchi” — transport vositasini boshqarayotgan shaxs.

Piyoda” — transport vositasidan tashqarida bo‘lgan, yo‘lda ish bilan band bo‘lmagan holda harakatlanayotgan shaxs. Velosiped, moped, mototsikl, chana yetaklagan, aravacha yoki bolalar kajavasini tortib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz kajavasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.

Yo‘lovchi” — transport vositasida ketayotgan (haydovchidan tashqari) shaxs.

Imtiyoz” — harakatning boshqa ishtirokchilaridan oldin harakatlanish huquqi.

Yo‘l berish” — yo‘llarda harakatlanish ishtirokchisining boshqa ishtirokchiga xavfsiz harakatlanish uchun imkon yaratib berishi.

To‘xtash” — transport vositasini 10 daqiqadan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtashi.

To‘xtab turish” — transport vositasini 10 daqiqadan ortiq to‘xtab turishi.

Majburiy to‘xtash” — militsiya xodimining talabiga ko‘ra, texnik nuqson, tashilayotgan yuk xavf tug‘dirganda, yo‘llarda, sun’iy inshootlarda, temir yo‘l kesishmalarida nosozliklar paydo bo‘lganda, haydovchi va yo‘lovchining holatiga, ob-havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatining to‘xtatilishi.

Quvib o‘tish” — yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib bir yoki bir necha transport vositasidan o‘zib ketish va yana o‘z qatnov qismiga qaytib o‘tish.

Etarli ko‘rinmaslik” — qattiq shamol, dovul, chang-to‘zon, tuman, yomg‘ir va qor yog‘ishi tufayli hamda g‘ira-shira qorong‘iliqda ko‘rish masofasining 300 metrdan kam bo‘lgan holati.

Qorong‘i vaqt” — oqshomdan tonggacha bo‘lgan vaqt.

Yo‘l” — harakatlanishda foydalaniladigan ko‘cha, shoxko‘cha, tor ko‘chaning butun eni, qatnov qismi bilan bir sathdagi tramvay yo‘li, yo‘l yoqasi, ajratuvchi bo‘laklar va trotuar.

Asosiy yo‘l” — tuproqli yo‘lga nisbatan qoplamasi bo‘lgan, kesishayotgan yo‘lga nisbatan imtiyozli yo‘l belgilari bilan belgilangan yo‘l. Ikkinchi darajali yo‘lning chorrahaga tutash qismining qoplamali bo‘lishi uni asosiy yo‘l bilan teng huquqli qilmaydi.

Sun’iy inshootlar” — yo‘llarning qatnov qismidagi ko‘priklar, yer osti yo‘llari va hokazo.

Qatnov qismi” — yo‘lning transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismi. Yo‘lning qatnov qismi bir nechta bo‘lishi mumkin, ajratuvchi bo‘laklar ularning chegarasi hisoblanadi.

Tramvay yo‘li relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining chegarasi hisoblanadi.

Ajratuvchi bo‘lak” — yo‘lning yonma-yon qatnov qismlarini maxsus baland qurilma va uning ikki yonidagi yotiq chiziq hamda ko‘kalamzorlashtirish uchun mo‘ljallangan joy bilan ajratuvchi, transport vositalarining harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan qismi.

Harakatlanish bo‘lagi” — transport vositalarining bir qatorda harakatlanishi uchun yetarli kenglikka ega bo‘lgan, chiziqlar va yo‘l belgilari bilan belgilangan yoki belgilanmagan qatnov qismining bo‘ylama bo‘lagi.

Chorraha” — yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishishidan hosil bo‘lgan maydon. Yo‘l yoqasida joylashgan muassasa, tashkilot, korxona hududining kirish va chiqish yo‘llaridan hosil bo‘lgan kesishmalar chorraha hisoblanmaydi.

Trotuar” — qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, va maxsus qurilmalar (bordyur, panjara) bilan ajratilib, piyodalarning harakati uchun mo‘ljallangan yo‘lning bir qismi.

Piyodalar yo‘lkasi” — yo‘lning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, transport harakati taqiqlangan qismi.

Piyodalar o‘tish joyi” — yo‘lning piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan, maxsus chiziqlar va belgilar bilan ajratilgan qismi.

Temir yo‘l kesishmasi” — yo‘lning temir yo‘l bilan bir satxda kesishgan joyi.

Aholi yashaydigan joy” — aholi doimiy istiqomat qilayotgan kirish va chiqish yo‘llari 5. 225. 25 belgilari bilan ko‘rsatilgan hudud.

Transport vositasi” — odamlar yoki yuklarni tashishga mo‘ljallangan moslama.

Mexanik transport vositasi” — yurgizgich (dvigatel) bilan jihozlangan transport vositasi, bu atama traktor va o‘ziyurar moslamalarni ham o‘z ichiga oladi.

Mototsikl”, “Motoroller” — kajavali yoki kajavasiz, ikki yoki uch g‘ildirakli mexanik transport vositasi.

Moped” — yurgizgichning (dvigatelning) ish hajmi 50 santimetr kubgacha bo‘lgan, tezligi soatiga 50 km dan oshmaydigan mexanik transport vositasi.

Velosiped” — odamning, mushak kuchi bilan harakatlantiriladigan transport vositasi (nogironlar kajavasidan tashqari).

Umum foydalanadigan transport vositasi” — belgilangan yo‘nalishda yo‘lovchi tashish uchun harakatlanadigan avtobus, trolleybus, tramvay va belgilangan yo‘nalishdagi taksilar.

Tirkama” — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanuvchi moslama. Bu atama yarim tirkamalar va uzaytirilgan tirkamalarni ham o‘z ichiga oladi.

To‘la vazn” — ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan, aslahalangan transport vositasining haydovchi, yo‘lovchi, yuk bilan birga ruxsat etilgan eng yuqori vazni (miqdori).

Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h. k.) transport vositalarining to‘la vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalari to‘la vaznining yig‘indisi kiradi.


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish