Mavzu: mashgʼulot Umumiy qoidalar. Qoidalarda qoʼllaniladigan asosiy tushuncha va atamalar


Mavzu:5. mashg‘ulot-1. Harakatlanish tartibi,transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi



Download 1,11 Mb.
bet6/45
Sana24.09.2021
Hajmi1,11 Mb.
#183929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Mavzu:5. mashg‘ulot-1. Harakatlanish tartibi,transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi

Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari, avariya

sababli toʼxtash belgisining qoʼllanilishi

Haydovchi oʼzining harakatlanish yoʼnalishini oʼzgartirishi

xaqida oʼzga haydovchi va yoʼl ishtirokchilariga ogohlantirish

ishoralari orqali xabar qiladi.

Haydovchi harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida:

yoʼl yoqasi (obochina) yoki trotuar oldidan qoʼzgʼalishda, yoʼl yoqasi

(obochina) yoki trotuar oldida toʼxtayotganida, chap yoki oʼngga

burilishda, qayrilishda, quvib oʼtish va uni tugallashda, qayta

tizilishda ogohlantirish ishoralaridan foydalanishi kerak.

Haydovchi burilishni bildiruvchi yorugʼlik koʼrsatkichlari

bilan, ular nosoz yoki umuman boʼlmagan taqdirda qoʼl ishorasi

orqali, oʼzga haydovchi va yoʼl ishtirokchilarini ogohlantirishi

kerak.

Haydovchi beradigan quyidagi ishoralar ogohlantiruvchi



ishoralar hisoblanadi:

burilishni koʼrsatadigan miltillovchi chiroq yoki qoʼl bilan

beriladigan ishoralar;

tovushli ishoralar;

faralarining yoqib-oʼchirilishi;

kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chirogʼining yoqilishi;

falokat sababli toʼxtash ishorasi;

orqaga harakatlantirib yurish ishorasi.

Haydovchi oʼzining harakatlanish

yoʼnalishini oʼzgartirishi haqida oʼzga

haydovchi va boshqa yoʼl ishtirokchilariga

ogohlantirish ishoralari orqali xabar

beradi. Manyovr boshlashdan avval beril-

gan ogohlantirish ishorasi vaziyatni

toʼgʼri baholashga imkon beradi.

Burilish koʼrsatkichi yoki qoʼl bilan

berilayotgan ishora manyovrni bajarish-

dan oldinroq berilishi va uni tugalla-

gach darhol toʼxtatilishi lozim (qoʼl 99

bilan berilayotgan ishorani manyovr qilishdan bevosita oldin

tugallash mumkin).

Ishoralar berish boshqa yoʼl harakat qatnashchilarini chalgʼit-

masligi kerak.

Berilgan rasmdan koʼrinib turibdiki, qizil avtomobilь

haydovchisining oʼnga burilish toʼgʼrisida koʼrsatgan ishorasi sariq

avtomobilь haydovchisini chalgʼitishi mumkin. Shuning uchun qizil

avtomobilь haydovchisi burilish ishorasini sariq avtomobilning

oldidan oʼtganidan soʼng bildirishi kerak.

Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʼtish huquqi-

ni bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʼrish masʼu-

liyatidan ozod qilmaydi.

Аylanma harakatli chorrahalarga kirishda va avtomobilь

yoʼlining traektoriyasi buriladigan joylarda burilish ishorala-

rini berish shart emas.

Haydovchi oʼzidan orqada kelayotgan, quvib oʼtishni boshlagan va

boshqa transport vositalariga halol bermasligiga ishonch hosil

qilgandan keyingina harakatlanish yoʼnalishini oʼzgartirish

haqida ogohlantiruvchi ishora berishi kerak.

Harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qay-

rilib olish)dan va toʼxtashdan oldin haydovchi tegishli yoʼnalishni

bildiruvchi burilish yorugʼlik koʼrsatkichi, ular boʼlmaganda yoki

buzuq boʼlganda qoʼl bilan ishora qilishi shart.

Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap

qoʼlni yoki tirsakdan toʼgʼri burchak ostida bukilgan oʼng qoʼlni, oʼngga

burilishni bildiruvchi ishoraga oʼng qoʼlni yoki tirsakdan toʼgʼri

burchak ostida bukilgan chap qoʼlni yonga uzatish mos keladi.

Toʼxtash ishorasi chap yoki oʼng qoʼlni yuqori koʼtarib beriladi.

Shuni taʼkidlash kerakki, ogohlantiruvchi ishoralar uni

bajarayotgan haydovchiga imtiyoz bermaydi va uni zaruriy ehtiyot

choralarini koʼrish masʼuliyatidan ozod qilmaydi. Shuning uchun

haydovchi ogohlantirish ishorasini berganidan soʼng, orqani koʼrish

koʼzgusi orqali qarab, hech kimga xalaqit bermasa, manyovr qilishi

mumkin.

Haydovchi beradigan ogohlantirish ishoralari boshqa haydovchi

va yoʼl ishtirokchilarini chalgʼitadigan boʼlsa, bunday ishoralar

berilmasligi kerak. Baʼzan haydovchi moʼljaldagi burilishdan bir-

muncha avval burilish chirogʼini yoqib, moʼljaldagi buriladigan

100


yoʼldan avvalgisini payqamay qoladi va undan chiqib kelayotgan

haydovchini chalgʼitadi. Bu esa toʼqnashuvga olib kelishi mumkin.

Chapga burilish yoki qayrilish uchun ogohlantirish ishorasini

berishdan avval haydovchi, orqadan kelayotgan, quvib oʼtishni

boshlagan haydovchiga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi

kerak, aks holda bu eʼtiborsizlik bir yoʼnalishdagi toʼqnashuvga

olib kelishi mumkin.

Transport vositalarini quvib oʼtish harakatlanishning murak-

kab jarayoni boʼlib, roʼpara boʼlakka qisman yoki toʼliq chiqib amalga

oshiriladi. Bu jarayonni xavfsiz bajarilishi quvib oʼtilayotgan

transport vositasining haydovchisiga ham bogʼliqdir.

Quvib oʼtishni xavfsiz bajarish uchun quvib oʼtilayotgan haydov-

chining eʼtiborini jalb etish kerak. Quvib oʼtishda ogohlantirish

ishoralari sifatida uzoqni yorituvchi chiroqlarni yoqib oʼchirish va

aholi yashamaydigan joylarda tovush moslamasidan foydalanish

mumkin, lekin boshqa haydovchilarning koʼzlarini qamashtiradigan

holatlarda faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan bu maqsad-

da foydalanish taqiqlanadi.

Аholi punktlarida, yoʼlga yaqin joylarda dam oluvchilarga,

harakatlanish bilan bogʼliq boʼlmaganlarga va yoʼl ishtirokchilariga

xalaqit bermaslik uchun tovush moslamalaridan foydalanish taqiq-

lanadi. Istisno tariqasida yoʼl-transport hodisalarining oldini

olish, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida tovush

moslamasidan foydalanish mumkin, lekin ishlab chiqaruvchi kor-

xona tomonidan oʼrnatilgan tovush moslamasini boshqa xil tovush

chiqaruvchi moslamalar bilan almashtirish taqiqlanadi.

Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʼllanilishi

mumkin:


– aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib

oʼtish haqida ogohlantirish uchun;

– zarur boʼlgan hollarda yoʼl-transport hodisasining oldini

olish uchun.

Аholi punktlarida, yoʼl yaqinida dam oluvchilarga, harakat

bilan bogʼliq boʼlmaganlarga va yoʼl ishtirokchilariga xalaqit

bermaslik uchun tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Quvib oʼtish haqida tovushli ishora oʼrniga yoki u bilan birga

fara chiroqlarini yoqib-oʼchirib ogohlantirish ishorasini berish

mumkin.


101

Quvib oʼtishni xavfsiz bajarish, quvib oʼtilayotgan haydov-

chining eʼtiborini jalb etish uchun ogohlantirish ishoralaridan

foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday vaziyatda ogohlantiruv-

chi ishoralar sifatida faralarni yoqib oʼchirish va aholi yashamay-

digan joylarda tovush moslamasidan foydalanish mumkin, lekin

boshqa haydovchilarning koʼzlarini qamashtiradigan darajada fara-

ning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan ushbu maqsadda foydalanish

taqiqlanadi.

Kunning yorugʼ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlardan

foydalanish

Oʼzga haydovchilarning eʼtiborini jalb etish, yoʼl ishtirok-

chilarining ehtiyotkorligini oshirish hamda harakatlanish xavf-

sizligini taʼminlash maqsadida quyidagi holatlarda kunning yorugʼ

vaqtida harakatlanayotgan transport vositalari, haydovchilari

yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqishi kerak:

transport vositalari tashkiliy jamlanma safida

harakatlanayotganda;

yoʼlovchilarni tashiyotgan avtobus va yoʼnalishli transport

vositalarida;

bolalar guruhini tashkiliy tashishda;

xavfli, katta oʼlchamli va ogʼir vaznli yuklarni tashishda;

mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka

olib ketayotgan transport vositasida);

mototsikl va mopedlarda.

Аyrim haydovchilarning ob-havo sharoitini, yoʼl qoplamasini,

oraliq masofalarni hisobga olmasliklari va boshqarish malakasi

yetarli darajada emasligi yoʼl-transport hodisalarining sodir

boʼlishiga olib keladi.

Burilishni koʼrsatuvchi barcha yorugʼlik ishoralarining bir

vaqtda miltillashi falokat ishoralari hisoblanadi.

Shatakka olingan transport vositasi past tezligi va past

dinamikasi bilan maʼlum darajada oqimdagi transport vosita-

lariga xalaqit beradi. Shu sababli shatakka olingan transport

vositalarida sutkaning istalgan vaqtida falokat yorugʼlik chiroq-

lari yoqilgan boʼlishi kerak (ular ishlamaganida gabarit chiroqlari

yoqiladi).

102


Falokat yorugʼlik ishoralari quyidagi hollarda yoqilishi kerak:

yoʼl-transport hodisasi sodir boʼlganda;

toʼxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʼxtalganda;

fara chiroqlari haydovchining koʼzini qamashtirganda;

shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).

Transport vositalarida harakatlanish taqiqlanmagan, lekin

foydalanish taqiqlangan texnik nosozliklar paydo boʼlganda

taʼmirlash yoki toʼxtab turish joylariga yetib borish uchun falokat

yorugʼlik ishoralari qoʼllaniladi.

Haydovchi yoʼl harakati qatnashchilarini ogohlantirish uchun

oʼzi boshqarayotgan transport vositasi xavf tugʼdirishi mumkin

boʼlgan boshqa hollarda ham falokat yorugʼlik ishoralarini yoqishi

mumkin.

Quyidagi hollarda falokat yorugʼlik ishoralari yoqilgandan

keyin, shuningdek, u boʼlmaganda yoki buzuq boʼlganda, falokat

sababli toʼxtash belgisi (miltillovchi qizil chiroq) darhol oʼrna-

tilishi kerak:

yoʼl-transport hodisasi sodir boʼlganda;

taqiqlangan va koʼrinish sharoitini hisobga olgan holda

transport vositasi boshqa haydovchilar tomonidan oʼz vaqtida pay-

qab boʼlmaydigan joylarda majburiy toʼxtab qolganda.

Shatakka olingan transport vositasining gabarit chiroqlari

ishlamasa yoki nosoz boʼlsa, shatakka olingan transport vositasi-

ning orqa tarafiga «falokat sababli toʼxtash» belgisi oʼrnatilishi

kerak.

Transport vositalarining texnik nosozligi yoki haydovchining



salomatligi tufayli majburiy toʼxtalganda, yoʼlning yoritilmagan

qismida yoki yetarli koʼrinmaslik sharoitida toʼxtalganda, toʼxtab

turilganda, gabarit yoki toʼxtab turish chiroqlari buzuq boʼlsa,

majburiy toʼxtash yoritgichlari yoqilishi kerak.

Majburiy toʼxtagan yoki toʼxtab turgan mexanik transport

vositasining majburiy toʼxtash yoritgichi boʼlmasa yoki nosoz boʼlsa,

shuningdek, biror yoʼnalishda yoʼlning 100 metrdan kamroq qismi

koʼrinadigan joylarda ularning orqa tarafiga, aholi punktlarida

15-20 metr, aholi yashamaydigan joylarda 30-40 metr masofada,

harakat yoʼnalishiga qarab, «falokat» belgisi yoki fonar, fonus,

yalt-yalt etuvchi qizil belgi oʼrnatilishi kerak.

103


Ogohlantiruvchi ishoralarni berish qoidalariga rioya

qilmaslikning xavfli oqibatlari

Haydovchi har doim harakatlanish yoʼnalishini oʼzgartirishida

boshqa harakat qatnashchilariga ogohlantirish ishoralari orqali

xabar berishi va ularga xalaqit bermasligiga ishonch hosil

qilganidan keyin harakatini davom ettirishi lozim. Shuningdek,

harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʼl yoqasi yoki

trotuar oldidan qoʼzgʼalishda, yoʼl yoqasi yoki trotuar oldida

toʼxtayotganda, chap yoki oʼngga burilishda, qayrilishda, quvib oʼtish va

uni tugallashda, qayta tizilishda ogohlantirish ishoralaridan

foydalanish lozim.

Аksincha, transport vositalari haydovchilarining yoʼnalishini

oʼzgartirishda, chapga yoki oʼngga burilishda, qayrilishda, quvib oʼtish

va uni tugallashda, qayta tizilishda, sutkaning yorugʼ vaqtida

harakatlanayotganda ogohlantiruvchi ishoralarini berish qoida-

lariga amal qilmasliklari yoki undan foydalanmasliklari yoʼl-

transport hodisalarining sodir etilishiga hamda ogʼir tan

jarohati yetkazilishiga olib keladi.

Harakatlanishni boshlash, harakatlanish yoʼnalishini

oʼzgartirish, qayta tizilish va boshqa harakatlanish

yoʼnalishlarini oʼzgartirishdan oldin haydovchining vazifalari

Haydovchi harakatlanishni boshlash, yoʼnalishni oʼzgartirish

(qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib oʼtish va aylanib

oʼtish) va toʼxtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz

ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga

ishonch hosil qilishi kerak.

Hovli, toʼxtab turish maydonchalari, yoqilgʼi quyish tarmogʼi va

yoʼlga tutashgan boshqa joylardan yoʼlga chiqayotgan haydovchi oʼzi

kesib oʼtayotgan harakat yoʼlidagi piyodalar va transport

vositalariga yoʼl berishi kerak.

a) b)

Haydovchi harakatlanishni boshlash, qayta tizilish, burilish



(qayrilib olish), yoʼnalishni oʼzgartirish va toʼxtashdan oldin oʼz

harakati bilan (boshqa transport vositalariga xavf tugʼdirmayot-

ganligiga va toʼsqinlik qilmayotganligiga ishonch hosil qilishi

kerak.


a-rasmda qizil avtomobilь haydovchisi harakatlanishni

boshlashdan oldin, oʼngga burilishni boshlagan harakatlanish

boʼlagida harakatlanayotgan koʼk avtomobilni oʼtkazib yuborishi

lozim. b-rasmda harakatlanishni boshlayotgan qizil avtomobilь

haydovchisi harakatlanish boʼlagida orqaga qayrilib olayotgan koʼk

avtomobilning qayrilib olishini kutib turadi.

Yondosh hududlardan yoʼlga chiqayot-

gan haydovchi unda harakatlanayotgan

transport vositalariga va piyodalarga,

shuningdek, undan chiqishda oʼzining

harakat yoʼnalishini kesib oʼtayotgan

piyodalar va velosipedchilarga yoʼl

berishi kerak.

Ushbu rasmda avtomobillarga yonilgʼi quyish shaxobchasidan chi-

qayotgan qizil avtomobilь harakatlanish boʼlagida harakatlanayotgan

yuk avtomobilining oʼtib ketishini kutadi.

Yondosh hudud (hovli, tashkilot, yonilgʼi quyish shoxobchasi,

turar joy dahalari va shunga oʼxshash) chorraha hisoblanmaydi.

Haydovchi qayta tizilishda yon boʼlakda harakat yoʼnalishini

oʼzgartirmasdan ketayotgan transport vositalariga yoʼl berishi

kerak.

Quyidagi rasmlardan birida chapga burilayotgan yashil



avtomobilь haydovchisi harakatlanish yoʼnalishini oʼzgartirmasdan

toʼgʼriga harakatlanayotgan qizil avtomobilga yoʼl beradi. Ikkinchi

rasmda esa oʼngga burilayotgan yashil avtomobilь haydovchisi harakat-

lanish yoʼnalishini oʼzgartirmasdan toʼgʼriga harakatlanayotgan qizil

avtomobilga yoʼl beradi.

Qoʼshni qatorlarda yonma-yon harakatlanayotgan transport

vositalari bir vaqtda qayta tiziladigan boʼlsa, oʼng qoʼl qoidasiga

binoan, haydovchi oʼng tomondagi transport vositasiga yoʼl berishi

kerak.

Ushbu rasmda yashil va qizil



avtomobilь haydovchilari bir vaqtda

qayta tizilayotganida yashil avtomo-

bilь qizil avtomobilning oʼng tomo-

nida turgani uchun birinchi boʼlib

qizil avtomobilь esa ikkinchi boʼlib

harakatlanishi lozim.

Transport vositalari serqatnov boʼlgan, koʼp boʼlakli yoʼllarda,

transport oqimiga toʼsqinlik qilmaslik, uning tezligini kamay-

tirmaslik, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida tu-

tashgan yoʼl va kesishmalar oldida sekinlanish boʼlagi, kesishmadan

keyin tezlanish boʼlagi boʼlishi mumkin.

Sekinlashish boʼlagi boʼlgan yoʼllarda burilmoqchi boʼlayotgan

haydovchi oʼz vaqtida shu boʼlakka oʼtishi va tezlikni faqat unda

kamaytirishi kerak.

Quyidagi rasmda oʼngga burilayotgan sariq avtomobilь hay-

dovchisi sekinlashish boʼlagiga oʼtishi va tezlikni shu boʼlakda

kamaytirib, burilishni amalga oshirishi kerak.

Yoʼlga chiqish joyida tezlanish boʼlagi boʼlsa, haydovchi unda

harakatlanishi va qoʼshni boʼlakda harakatlanayotgan transport

vositalariga yoʼl berishi, soʼngra oqimga qoʼshilishi kerak.

Shuningdek, tezlanish boʼlagida harakatlanayotgan sariq avtomobilь

haydovchisi harakatlanish boʼlagida harakatlanayotgan qizil

avtomobilni oʼtkazib yuborib, harakatlanish boʼlagiga chiqishi

kerak.


Chorrahada burilishni bajarish tartibi, chorrahadan

tashqarida chapga burilish va qayrilib olish. Yoʼlning tezlanish

(tormozlash) boʼlagida haydovchining harakati

Chorrahalarda burilishni, qayrilib olishni shunday amalga

oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan

chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʼnalishdagi harakat

tomonga oʼtib ketmasin. Chorrahalarda burilishlar faqat chetki

boʼlaklardan amalga oshiriladi.

А rasmda chapga burilayotgan qizil avtomobilь qarama-qarshi

harakatlanish boʼlagiga oʼtmasdan, oʼzining harakatlanish boʼlagidan

chorrahaning markazigacha borib, keyin burilishni amalga

oshirishi kerak.

B rasmda chapga burilayotgan qizil avtomobilь haydovchisi

qarama-qarshi harakatlanish boʼlagiga burilmasdan, chorrahaning

markazigacha borib keyin burilishi kerak.

S rasmda bir tomonlama harakatlanish boʼlagidan chapga buri-

layotgan avtomobilь haydovchisi bir tomonlama harakatlanish boʼla-

gining chap tomoniga oʼtib chapga burilishni amalga oshirishi kerak.

D rasmda orqaga qayrilib olayotgan transport vositasi hay-

dovchisi qayrilib olish uchun qarama-qarshi harakatlanish boʼlagiga

chiqmasdan, chorraha markazigacha borib, keyin qayrilib olishi

kerak.


Ye rasmda chapga burilayotgan qizil avtomobilь koʼndalang hara-

katlanish yoʼnalishining qarama-qarshi boʼlagiga chiqmasdan, chapga

burilishda xohlagan harakatlanish boʼlagiga burilishi mumkin.

107


Qayrilib olayotgan haydovchi roʼparadan kelayotgan transport

vositalariga yoʼl berishi lozim.

Oʼngga burilish, «aylanma harakatlanish»ga kirishdan tashqari

faqat chetki oʼng boʼlakdan ruxsat etiladi. Oʼngga buriladigan

haydovchi yoʼnalishi boʼyicha velosipedga va koʼndalang yoʼnalishda

yoʼlni kesib oʼtayotgan piyodalarga yoʼl berishi kerak.

Chapga burilish, chetki chap boʼlakdan ruxsat etiladi. Chapga

buriliyotgan haydovchi roʼparadan kelayotgan transport vositalariga

va koʼndalang yoʼlni kesib oʼtayotgan piyodalarga yoʼl berishi kerak.

Haydovchi oʼngga va chapga burilishlarni shunday bajarishi

kerakki, transport vositasi qatnov qismlarning kesishmasidan

chiqishda qarama-qarshi harakatlanish boʼlagiga chiqib ketmasin.

Haydovchi boshqarayotgan transport vositasining gabarit

oʼlchamlari yoki boshqa sabablar tufayli chetki boʼlakdan burila

olmasa, boshqa transport vositalariga xalaqit bermagan holda

yuqoridagi talablardan chetga chiqib, burilishni bajarishga ruxsat

etiladi. Yaʼni bu holda xavfsiz harakatlanishni taʼminlash uchun

haydovchi boshqa haydovchi va yoʼl ishtirokchilarining yordamidan

foydalanishi lozim.

Mazkur rasmda yuk avtomobili qarama-qarshi boʼlakda

harakatlanish uchun bittadan harakatlanish boʼlagi boʼlgan yoʼldan

qayrilib olishda gabarit oʼlchamlari tufayli chetki chap boʼlakdan

burila olmaydi, shuning uchun boshqa harakat ishtirokchilariga

xalaqit bermagan holda yoʼl chetiga chiqib burilishni amalga

oshirishi mumkin, lekin yengil avtomobilь haydovchisi yoʼl chetiga

chiqmasdan harakatlanish boʼlagining oʼzida burilishi mumkin.

Yuqoridagi rasmda yuk avtomobili qarama-qarshi boʼlakda

harakatlanish uchun ikkitadan harakatlanish boʼlagi boʼlgan yoʼldan

qayrilib olishda gabarit oʼlchamlari tufayli chetki chap yoki oʼng

boʼlakdan burila olmaydi, shuning uchun boshqa harakat ishtirok-

chilariga xalaqit bermagan holda yoʼl chetiga chiqib burilishni

amalga oshirishi mumkin, lekin yengil avtomobilь haydovchisi oʼng

boʼlakka chiqmasdan harakatlanish boʼlagining chetki chap boʼlagidan

burilishi lozim.

Harakatlanish davomidagi qayrilishlar chorrahalar va chorra-

halar oraligʼidagi yoʼllarda amalga oshiriladi.

Аylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish

uchun burilishdan boshqa barcha hollarda haydovchi oʼngga, chapga

burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yoʼnalishda harakat-

lanish uchun moʼljallangan qatnov qismining eng chetki boʼlagini

egallashi shart.

Ushbu rasmda oʼngga burilish uchun qizil avtomobilь chetki oʼng

boʼlakdan burilishni toʼgʼri amalga oshiryapti, lekin yashil

avtomobilь chap boʼlakdan oʼngga burilishi notoʼgʼri, chunki chap boʼlak

toʼgʼriga yoki chapga harakatlanish uchun moʼljallangan boʼlak.

Yuqoridagi rasmda esa oʼngga burilish uchun qizil avtomobilь

chetki oʼng boʼlakdan burilishni toʼgʼri amalga oshiryapti, lekin yashil

avtomobilь chap boʼlakdan oʼngga burilishi notoʼgʼri, chunki chap boʼlak

buyuruvchi belgining talabiga asosan faqat chapga yoki qayrilib

olishga moʼljallangan.

Аylanma harakat tashkil etilgan chorrahaga

kirishda nechta boʼlak boʼlsa, barchasidan barobar kirish

mumkin. Аylanma harakatli chorrahaning ichida

qatorlar boʼyicha harakatlanish kuchga kirib, undan

chiqishda 5.9 belgi boʼlmasa «Belgilangan yoʼnalishli

transport vositalari uchun moʼljallangan boʼlak», eng chetki oʼng

qatordan amalga oshiriladi.

Аylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahaga kirishda

qizil, sariq va koʼk avtomobillar hamma harakatlanish boʼlagidan

kirishi mumkin, lekin oʼngga burilish uchun oʼng, chapga burilish

uchun chap boʼlaklarni egallashi lozim.

Relьssiz transport vositasining haydov-

chisi yoʼlning chorrahadan tashqari joyida

chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama-

qarshi yoʼnalishdan kelayotgan transport

vositalariga va toʼgʼri yoʼnalishdagi tramvayga

yoʼl berishi shart.

Yoʼlning chorrahadan tashqari joyida chap-

ga burilish yoki qayrilib olishni bajarayotgan

qizil avtomobilь haydovchisi qarama-qarshi yoʼnalishdan kelayotgan

transport vositalariga va toʼgʼri yoʼnalishdagi tramvayga yoʼl berib,

keyin harakatini davom ettiradi.

Oʼngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov

qismining oʼng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.

Oʼngga burilayotgan qizil avtomobilь koʼndalang harakatlanish

boʼlaklarining chetki oʼng boʼlagini egallashi lozim.

Oʼngga burilayotgan qizil avtomobilь koʼndalang harakatlanish

boʼlagining chetki oʼng boʼlagida falokat toʼxtash chirogʼini yoqqan oq

avtomobilь boʼlgani uchun chetki oʼng boʼlakka emas, balki chap

boʼlakka burilishi mumkin

Transport vositalarining harakat yoʼnalishlari kesishadigan

va oʼtish navbati yoʼl harakati qoidalarda koʼzda tutilmagan

vaziyatlarda haydovchi oʼng tomondan yaqinlashib kelayotgan trans-

port vositasiga yoʼl berishi kerak.

Orqaga qayrilib olishni amalga oshirayotgan qizil avtomobilь

orqaga qayrilib olishni bajarayotgan koʼk avtomobilning oʼng

tomonida, shuning uchun qizil avtomobilь birinchi, koʼk avtomobilь

esa ikkinchi boʼlib qayrilib olishni amalga oshiradi.

Toʼxtab turish joyidan harakatlanish boʼlagiga chiqayotgan yuk

avtomobili qizil avtomobilning oʼng tomonida, shuning uchun yuk

avtomobili birinchi, qizil avtomobilь esa ikkinchi boʼlib hara-

katlanish boʼlagiga chiqadi.

Qayrilib olish taqiqlanadigan joylar va orqaga

harakatlanish tartibi

Transport vositalarida qayrilib olish va orqaga harakat-

lanishni amalga oshirish murakkab jarayon boʼlganligi sababli, oʼzga

haydovchilar va yoʼl ishtirokchilar xavfsizligiga tahdid solmaslik

uchun quyidagi hollarda qayrilib olish taqiqlanadi:

– piyodalarning oʼtish joylarida;

– tonnellarda;

– koʼpriklarda;

– osma yoʼllar, osma koʼpriksimon inshootlar va ularning

ostida;

– temir yoʼl kesishmasida;

– yoʼlning koʼrinishi bir yoʼnalishda 100 metrdan kam boʼlsa.

Qayrilish yoʼl belgilari yoki yotiq chiziqlar orqali

taqiqlanadi.

Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʼl

harakati xavfsizligini taʼminlashi va boshqa yoʼl harakati

qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart.

Transport vositasini orqaga harakatlantirish murakkab

manyovr boʼlib, haydovchidan yuqori darajadagi ehtiyotkorlik talab

etiladi. Ushbu manyovrni bajarayotgan haydovchi harakatning boshqa

ishtirokchilariga halol bermasligi kerak. Аgar koʼrinish maʼlum

sabablarga koʼra cheklangan boʼlsa (chiqish joyida imorat, inshoot,

oʼzga transportlar va boshqalar), haydovchi oʼzga haydovchilar yoki

boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi lozim.

Harakatlanish boʼlaklarining soni, transport vositalarining

turlari va harakat tezligiga qarab qatnov qismida transport

vositalarining joylashishiga boʼlgan talablar

Relьssiz transport vositalarining

yoʼlning qatnov qismida boʼlaklar

boʼyicha munosib joylashuvi, yoʼlning

oʼtkazish qobiliyatini yuqori darajada

boʼlishini taʼminlaydi. Relьssiz transport vositalari harakat-

lanadigan boʼlaklar soni chiziqlar yoki 5.8.1 «Boʼlaklar boʼyicha hara-

katlanish yoʼnalishi», 5.8.2 «Boʼlak boʼyicha harakatlanish yoʼnali-

shi», 5.8.7 va 5.8.8lar «Boʼlaklar boʼyicha harakatlanish yoʼnalishi»

belgilari bilan belgilanadi. Bunday yoʼl

belgilari yoki yoʼl chiziqlari boʼlmasa, hay-

dovchilar yoʼl boʼlaklarini oʼzlari qatnov

qismining kengligini, transport vosita-

lari orasidagi zarur yonlama oraliq

masofani va ularning gabarit oʼlchamlarini hisobga olgan holda

aniqlaydilar. Bunda harakat ikki tomonlama boʼlgan yoʼl qatnov

qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi

kengayishlari (sekinlashish va tezlashish boʼlaklari, balandlikka

koʼtarilishdagi qoʼshimcha boʼlaklar, yoʼnalishli transport vosita-

larining toʼxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan

holda, qarama-qarshi yoʼnalishda harakatlanish uchun moʼljallangan

deb hisoblanadi.

Shuni taʼkidlash kerakki, harakatlanish boʼlagi transport

vositalarining bir qator boʼlib harakatlanishi uchun moʼljal-

langan. Davlat standartiga koʼra, harakatlanish boʼlagi 2,5 metrdan

3,75 metrgacha boʼladi.

Toʼrt va undan ortiq boʼlakli, harakat ikki tomonlama boʼlgan

yoʼllarda qarama-qarshi yoʼnalishda harakatlanish uchun moʼljal-

langan boʼlaklarga chiqish taqiqlanadi. Quyidagi birinchi rasmda

quvib oʼtishni boshlagan qizil avtomobilь haydovchisining toʼrt

boʼlakli harakat ikki tomonlama boʼlgan yoʼlda qarama-qarshi

harakatlanish boʼlagiga chiqib quvib oʼtishni bajarishi

taqiqlanadi.

Bunday yoʼllarda qarama-qarshi oqim ikki uzluksiz yoʼl chizigʼi

bilan ajratiladi va bu chiziqni kesib oʼtish taqiqlanadi. Yoʼl

chizigʼi koʼrinmasa yoki umuman boʼlmasa ham qarama-qarshi boʼlakka

chiqish taqiqlanadi.

Transport vositalari haydovchilari harakatlanish boʼlaklari-

da boʼlaklar boʼyicha harakatlanish yoʼnalishi belgisi oʼrnatilgan

boʼlsa uning talablaridan chetga chiqmasligi lozim. Chapga burilish

yoki orqaga qayrilib olish uchun och qizil avtomobilь, chapga buri-

lish yoki toʼgʼriga harakatlanish uchun qizil avtomobilь, oʼngga

burilish yoki toʼgʼriga harakatlanish uchun sariq avtomobilь hay-

dovchilari harakatlanish boʼlaklarini toʼgʼri tanlagan. Yuqoridagi

soʼnggi rasmda toʼgʼriga harakatlanish uchun och qizil avtomobilь,

oʼngga harakatlanish uchun qizil avtomobilь haydovchilari harakat-

lanish boʼlaklarini toʼgʼri tanlagan.

Harakatlanish ikki tomonlama boʼlgan uchta boʼlakli (1.9 rever-

siv harakatlanishda qatnov qismining chegarasini belgilovchi

chiziqlari bilan belgilangandan tashqari) yoʼllarda oʼrta boʼlakka

faqat quvib oʼtish, chapga burilish, qayrilib olish va aylanib oʼtish

uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʼnalishdagi

harakatlanish uchun moʼljallangan chetki chap boʼlakka chiqish

taqiqlanadi.

a-rasmda quvib oʼtishni boshlagan qizil avtomobilь haydov-

chisining qarama-qarshi yoʼnalishdagi harakatlanish uchun moʼljal-

langan chetki chap boʼlakka chiqishi taqiqlanadi.

b-rasmda qizil avtomobilь quvib oʼtish uchun oʼrta boʼlakka

chiqishi va quvib oʼtishni tugallagach, oʼzining harakatlanish

boʼlagiga qaytishi kerak, chunki oʼrta boʼlak doimiy harakatlanishga

moʼljallanmagan.

Rasmda sariq avtomobilь chapga burilish yoki orqaga qayrilib

olish uchun, qizil avtomobilь chapga burilish yoki quvib oʼtish,

toʼsiqni chetlab oʼtish uchungina oʼrta boʼlakka oʼtishi mumkin, oʼrta

boʼlak quvib oʼtish, aylanib oʼtish, qayrilib olish yoki chapga

burilish kabi manyovrlarga moʼljallangan.

Аholi punktlaridan tashqarida

haydovchilar transport vositalarini

mumkin qadar qatnov qismining oʼng

chetiga yaqinroqqa olib harakatla-

nishlari kerak.

Аholi yashamaydigan joylarda yoʼl chekkasida yoʼl yoqasi (obo-

chinalari) boʼlib, transport vositalari toʼxtash va toʼxtab turish

uchun yoʼl yoqasiga chiqadi va yoʼlda harakatlanayotgan transport

vositalariga xalaqit bermaydi. Transport vositalarining oʼng

boʼlak boʼylab harakatlanishlariga toʼliq imkoniyat yaratiladi.

Аholi punktlaridan tashqaridagi yoʼllarda hamda aholi

punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu

Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat

etilgan yoʼl qismlarida haydovchilar transport vositalarini

mumkin qadar qatnov qismining oʼng chetiga yaqinroq olib hara-

katlanishlari kerak. Oʼng boʼlaklar boʼsh boʼlganda chap boʼlaklarni

egallash taqiqlanadi.

Аholi punktlarida YHQning 69, 123 va 161-bandlaridagi

talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar oʼzlariga qulay

boʼlgan harakatlanish boʼlagidan foydalanishlari mumkin. Harakat

serqatnovligi sababli boshqa boʼlaklar band boʼlgan hollarda

harakatlanish boʼlagini faqat oʼngga yoki chapga burilish, qayrilib

olish, quvib oʼtish, toʼxtash yoki toʼsiqni chetlab oʼtish oldidan

oʼzgartirishga ruxsat etiladi.1

Bir yoʼnalishda uch va undan ortiq boʼlakli har qanday yoʼllarda

uchinchi qatorga quyidagi hollarda chiqish mumkin:

harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa boʼlaklar band

boʼlganida;

quvib oʼtishi uchun;

chapga burilish uchun;

qayrilish uchun;

ruxsat etilgan toʼla vazn 3,5 tonnadan ortiq boʼlgan yuk

avtomobillariga chapga burilish yoki qayrilish uchun. Boshqa hol-

larda bu yuk avtomobillariga chetki chap boʼlakka chiqish taqiq-

lanadi.


Bir tomonlama harakatlanish joriy etilgan yoʼllarda ruxsat

etilgan toʼla vazni 3,5 tonnadan yuqori boʼlgan yuk avtomobillari

yoʼlning chetki chap boʼlagiga yuk ortish yoki tushirish uchun chiqish-

lari mumkin. Boshqa sabablar bilan chetki chap boʼlakni band qil-

masliklari kerak.

Аholi punktlarida chapga burilish va orqaga qayrilish kabi

manyovrlar tez-tez uchrab turishi bois haydovchilar harakatlanish

xavfsizligi talablariga asosan moʼljallangan manyovrni bajarish

uchun oʼziga tegishli yoʼl boʼlagini egallashlari lozim.

Harakat bir tomonlama boʼlgan yoʼlning chap boʼlagida toʼxtash va

toʼxtab turish yoʼl harakati qoidalarining 88-bandiga (transport

vositalariga yoʼlning oʼng tomonidagi yoqasida, u boʼlmaganda esa

qatnov qismining chetida toʼxtash va toʼxtab turishga ruxsat beri-

ladi) muvofiq amalga oshiriladi.1

Harakatlanish bir tomonlama yoʼllarda yonma-yon boʼlakdagi

transport vositalariga nisbatan katta tezlikda harakatlanish

quvib oʼtish hisoblanmaydi.

Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʼlmagan

yoki texnik sabablarga koʼra tezligini bundan oshira olmaydigan

transport vositalari aylanib oʼtish, quvib oʼtish, chapga burilish

yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan

hollarda yoʼlning chap tomonida toʼxtashdan boshqa hollarda faqat

chetki oʼng boʼlakda harakatlanishlari kerak.

Bir yoʼnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir

sathda joylashgan tramvay izidan, shu yoʼnalishdagi boshqa

boʼlaklar band boʼlganda harakatlanishga, shuningdek aylanib va

quvib oʼtishga, chapga burilish va qayrilib olishga yoʼl harakati

qoidalarining 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi.

Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi

yoʼnalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi.

Tramvay izlarida harakatlanish va reversiv

harakatli yoʼllarga burilish

Toʼgʼri yoʼnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan

bir sathda joylashgan tramvay izidan shu yoʼnalishdagi boshqa

boʼlaklar band boʼlganda harakatlanishga, aylanib

va quvib oʼtishga, shuningdek, «Boʼlaklar boʼyicha

harakatlanish yoʼnalishi», 5.8.1, 5.8.2 belgilari

bilan belgilanmagan hollarda esa chapga burilish

va qayrilib olishga ruxsat etiladi (a-rasm). Biroq

bu manyovr tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak. b-rasmda

qizil avtomobilь haydovchisi chapga burilish uchun qatnov qismi

bilan bir sathda joylashgan tramvay izidan shu yoʼnalishdagi

tramvayga xalaqit bermaslik sharti bilan toʼgʼri bajarayapti, yashil

avtomobilь haydovchisi ham chapga burilish uchun shunday manyovrni

bajarishi kerak edi.

Qarama-qashi yoʼnalishdagi tramvay izidan harakatlanish

taqiqlanadi. b-rasmda quvib oʼtishni bajarayotgan yashil avtomobilь

haydovchisi qarama-qashi yoʼnalishdagi tramvay iziga chiqib quvib

oʼtishni bajarishi notoʼgʼri.

Аgar qatnov qismi yoʼl chiziqlari bilan boʼlaklarga ajratilgan

boʼlsa, transport vositalarining harakatlanishi qatʼiy ravishda

belgilangan boʼlaklarda amalga oshirilishi kerak (a va b-rasmlar).

Berilgan rasmda 5.8.2 «Boʼlak boʼyicha harakatlanish yoʼnalishi»

belgining talabiga asosan yashil avtomobilь haydovchisi toʼgʼriga

harakatlanish uchun egallagan

boʼlakdan yoki oʼng boʼlakdan hara-

katlanishi lozim.

Reversiv boʼlakli yoʼlga

burilayotgan haydovchiga reversiv

boʼlakdagi harakatlanish qaysi yoʼnalishda ekanligi nomaʼlum,

shuning uchun u chetki oʼng boʼlak boʼyicha harakatlanish. a-rasmda

reversiv boʼlakli yoʼlga burilayotgan haydovchi faqat chetki oʼng

boʼlak boʼyicha harakatlanishi mumkin. Reversiv boʼlakka reversiv

svetofor oʼrnatilgan joydan uning ruxsat etuvchi ishorasidagina

kirishi mumkin. Reversiv harakatlanishli yoʼlga burilishda

transport vositalari qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda

chetki oʼng boʼlakni egallashi kerak.

Haydovchiga shu yoʼnalishdagi boshqa boʼlaklarda ham harakat-

lanishga ruxsat berilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina

qayta tizilishga ruxsat etiladi. b-rasmda reversiv boʼlakli yoʼlga

burilayotgan haydovchi chetki oʼng boʼlak boʼyicha harakatlanishi va

boshqa boʼlaklarda ham harakatlanishga ruxsat etilganligiga ishonch

hosil qilgandan keyin qayta tizilishga ruxsat etiladi.

Transport vositalarining yoʼl

yoqasi, trotuar va piyodalar yoʼlka-

laridan harakatlanishi taqiqlanadi.

Rasmda koʼrsatilganidek, toʼgʼriga hara-

katlanayotgan qizil avtomobilь hay-

dovchisi harakatlanish ikki tomonlama

boʼlgan ikki boʼlakli yoʼlda, oldidagi yuk avtomobili chapga

burilganidan soʼng oʼzi egallagan boʼlagidan harakatni davom

ettiradi. Bu joylarda yoʼldan foydalanish va kommunal xizmat

mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, boshqa imkoniyat

boʼlmagan hollarda bevosita yoʼl yoqasida, trotuar yoki piyodalar

yoʼlkalari oldida joylashgan savdo shaxobchalari, korxonalar va

boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun transport vositalarining

kirishga ruxsat etiladi. Bunday

vaziyatda yoʼl harakati xavfsizligi toʼla

taʼminlangan boʼlishi shart.

Haydovchi oʼzidan oldinda ketayotgan

transport vositasi keskin toʼxtaganda,

u bilan toʼqnashib ketmaslik kafolatini beradigan oraliq maso-

fani, shuningdek, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan

yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

Haydovchi yoʼlning holati va sharoitini, transport vositasi va

tashilayotgan yukning xususiyatlarini inobatga olgan holda oraliq

masofa (distantsiya va interval)larni tanlashi kerak.

Аholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat

tashkil etilgan ikki boʼlakli yoʼllarda tezligini soatiga 50

kilometrdan oshirishi mumkin boʼlmagan, shuningdek uzunligi

7 metrdan ortiq boʼlgan transport vositalarining (transport vosi-

talarining tarkibi) haydovchilari oʼzi va oldida harakatlanayotgan

transport vositasi orasida, ularni quvib oʼtayotgan transport

vositalari oldin egallagan boʼlakka bemalol qayta tizilishi uchun

imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.

Quvib oʼtish taqiqlangan yoʼllarda, shuningdek transport vosi-

talarining tashkiliy jamlanmasi tarkibida va serqatnov boʼlgan

yoʼllarda harakatlanayotganda ushbu talabga amal qilinmaydi.

Аgar biror-bir toʼsiq sababli qarama-qarshi yoʼnalishlarda

harakatlanish qiyin boʼlsa, toʼsiq oʼz tomonida boʼlgan haydovchi yoʼl

berishi kerak. a-rasmda qizil avtomobilь haydovchilari toʼsiq oʼz

tomonida boʼlganligi uchun qarama-qarshi yoʼnalishdagi sariq

avtomobilь haydovchilarni oʼtkazib yuboradi.

Аgar toʼsiq oldida imtiyoz belgilari boʼlsa, haydovchi ushbu

belgilar talabiga boʼysunadi (b-rasm). b-rasmda imtiyoz belgilari

2.6 (roʼpara harakatlanishning ustunligi), 2.7 (roʼparadagi harakat-

lanishga nisbatan imtiyoz) oʼrnatilgan sababli sariq avtomobilь

birinchi, qizil avtomobilь ikkinchi boʼlib harakatlanadi.

Tik nishablik va balandlik belgilari oʼrnatilgan joylarda

esa pastga harakatlanayotgan haydovchi yoʼl berishi kerak (v-rasm).

v-rasmda 1.13 (tik nishablik) va 1.14 (tik balandlik) belgilari

oʼrnatilganligi uchun toʼsiq qarama-qarshi tomondagi transport

119

vositasi tomonida boʼlishidan qatʼi nazar sariq avtomobilь qora



avtomobilga yoʼl beradi.

Аgar yoʼl belgilari va chiziqlari boshqa yoʼnalishni koʼrsat-

magan boʼlsa, haydovchilar ajratuvchi boʼlagi boʼlmagan ikki tomon-

lama harakat tashkil etilgan yoʼllardagi xavfsizlik orolchalari,

ustunchalar va yoʼl inshooti qismlari (koʼprik, yoʼl oʼtkazgich ustun-

lari va shunga oʼxshashlar)ni oʼng tomondan aylanib oʼtishlari kerak.

Harakatlanish tezligi va tezlik tanlashdagi taqiqlanishlar

Transport vositalari va oqimning tezligi ortgan sayin

yoʼlning oʼtkazish qobiliyati unumlashadi, yoʼlovchilarning yoʼlda

yoʼqotadigan vaqtlari kamayadi, yuk tashish tezlashadi, iqtisodiy

samaradorligi ortadi, lekin yuqori tezlik harakatlanish xavfsiz-

ligiga tahdid soladi.

Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va

yukning xususiyati hamda holatini, yoʼl va ob-havo sharoitini,

shuningdek, harakatlanish yoʼnalishidagi koʼrinishni hisobga olgan

holda transport vositasini belgilangan tezlikdan oshirmasdan

boshqarishi kerak.

Transport vositasining tezligi haydovchiga yoʼl harakati

qoidalarining talablarini bajarish, harakatni doimo nazorat

qilib borish imkoniyatini berishi kerak.

Ruxsat etilgan maksimal tezlik bilan harakatlanish har doim

ham xavfsiz boʼlavermaydi. Haydovchi tanlagan tezlik, yoʼlda xavf

paydo boʼlganida, transport vositasini toʼxtata oladigan darajada

boʼlishi kerak. Buning uchun haydovchi koʼrinish masofasiga qarab

shunday tezlik tanlashi kerakki, toʼxtash yoʼli koʼrinish masofasi-

dan oʼtib ketmasin (avtomobilning toʼxtash yoʼli – haydovchi xavfni

koʼrib, toʼliq toʼxtaguncha oʼtgan masofa).

Harakatlanish paytida, haydovchi aniqlay olishi imkoniyatida

boʼlgan xavf yoki toʼsiq paydo boʼlsa, u transport vositasining

tezligini toʼliq toʼxtashini taʼminlaydigan darajada kamay-

tirishi yoki toʼsiqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz

aylanib oʼtish choralarini koʼrishi kerak.

Xavf – yoʼl harakati qoidalarini buzib, bexosdan paydo

boʼladigan transport vositalari, piyodalar va hokazo.

Toʼsiq – transport vositasidan tushib qolgan biror-bir yuk,

yoʼlda buzilib, toʼxtab turgan transport vositasi va boshqalar.

120

Аholi punktlarida transport vositalarining tezligini



soatiga 70 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda

(uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 30

kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent

shahar va viloyatlar hokimliklari, DYHXX bilan kelishilgan holda,

yoʼl sharoitlari yuqori tezlikda xavfsiz harakatlanishni taʼmin-

laydigan hollarda, yoʼllarning ayrim qismlari yoki harakatlanish

boʼlaklarida ayrim transport vositalariga harakatlanish tezligi-

ni oshirishga (tegishli yoʼl belgilarini oʼrnatib) vakolatlidir.

Tezlikning bunday cheklanishi

faqat kirishi 5.22 (aholi punktining

boshlanishi), chiqishi 5.23 (aholi

punktning oxiri) asosi oq rangda boʼl-

gan yoʼl belgilari bilan belgilangan

aholi yashash joylariga tegishli.

Kirish joyi 5.24 (aholi punkti-

ning boshlanishi), chiqish 5.25 (aholi

punktining oxiri) asosi koʼk rangli

belgilar bilan belgilangan hududdagi tezlik aholi yashamaydigan

joylardagi tezlik chegarasi bilan bir xil boʼladi.

Аholi punktlarida va kirish yoʼli – 5.24, chiqish yoʼli – 5.25

belgilari oʼrnatilgan hududlarda:

yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan toʼla vazni 3,5

tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100

kilometrdan oshirmasdan;

shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga

tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;

boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, moto-

sikllar, ruxsat etilgan toʼla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʼlgan yuk

avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;

tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilo-

metrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Har qanday yoʼllarda:

yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni

soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vosita-

lariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

5.22. 5.23.

5.24. 5.25.

121


mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport

vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;

xavfli, ogʼir vaznli va katta oʼlchamli yuklarni tashiyotgan,

tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga

DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga

ruxsat etiladi.

Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsif-

nomasida koʼrsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;

Pastlik (nishablik) tomon harakatlanayotgan transport

vositalarining tezligi ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan

mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida koʼrsa-

tilgan normadan oshib ketishi mumkin. Bu hol transport vosi-

tasining turgʼunligi yoʼqolib, agʼanab ketishga olib kelishi mumkin.

tezlikni transport vositasiga oʼrnatilgan taniqlik belgi

(«Tezlik cheklangan»)da koʼrsatilganidan oshirish;

Baʼzi maxsus transport vositalari (avtokran, un tashuvchi

sisterna, sement tashuvchi sisterna, beton tashuvchi sisterna va

shu kabilar) ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan yuqori tezlik-

ni chegaralovchi taniqli belgi bilan taʼminlanadi. Yoʼl sharoit-

lari imkon bergan taqdirda ham tezlikni, taniqli belgida koʼrsa-

tilganidan oshirish mumkin emas.

zarurat boʼlmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa

transport vositalariga xalaqit berish;

Yoʼllarning eni cheklangan boʼlib, ayniqsa serqatnov yoʼllarda

past tezlik bilan harakatlanish tirbandliklar hosil qiladi va

avtotransportning ish unumini pasaytiradi (yoʼlovchilarning

qimmatli vaqtlari, yukni kechiktirib yetkazish va hokazo).

yoʼl-transport hodisasining oldini olish zarurati boʼlma-

ganda keskin tormoz berish.

Zaruratsiz keskin toʼxtash ketma-ket kelayotgan transport vosi-

talarining toʼqnashuviga olib kelishi mumkin.

Quvib oʼtishdan oldin va quvib oʼtish vaqtida

haydovchining vazifalari

Yoʼl harakati qoidalarida belgilangan atamalarda quvib oʼtish

quyidagicha belgilangan:

122

Quvib oʼtish-egallagan harakatlanish boʼlagidan chiqib, oldinda



ketayotgan transport vositalaridan oʼzib ketish. Toʼxtab turgan

transport vositasini aylanib oʼtish quvib oʼtish hisoblanmaydi.

Ikki tomonlama harakatli ikki boʼlakli yoʼllarda quvib oʼtish

qarama-qarshi yoʼnalishdagi boʼlakka chiqish orqali, xavfsizlik

qoidalariga amal qilgan holda bajariladi (a-rasm).

Ikki tomonlama harakatlanuvchi toʼrt va undan koʼp boʼlakli

yoʼllarda quvib oʼtish yoʼnalishi boʼyicha qoʼshni qatorga chiqish

bilan bogʼliq (b- rasm).

Yonma-yon boʼlakdagi transport

vositasidan oʼzib ketish, quvib oʼtish

hisoblanmaydi (v-rasm).

Rasmda ikki tomonlama harakatla-

nuvchi uch boʼlakli yoʼllarda quvib oʼtish

oʼrta boʼlakka chiqish bilan amalga oshiriladi.

Haydovchi quvib oʼtishni boshlashdan oldin:

oʼzi oʼtmoqchi boʼlgan harakatlanish boʼlagi quvib oʼtish uchun

yetarlicha masofada boʼsh ekanligiga, bu qarama-qarshi yoʼnalishdagi

va shu boʼlakdagi transport vositalarining harakatiga xalaqit

bermasligiga;

shu boʼlakda orqada kelayotgan transport vositasi quvib

oʼtishni boshlamaganligiga (a-rasm);

oldinda harakatlanayotgan transport vositasi esa quvib

oʼtish, chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermagan-

ligiga (b-rasm);

quvib oʼtishni tugallayotganda quvib oʼtilayotgan transport

vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan boʼlakka qaytib oʼta

olishiga ishonch hosil qilishi shart.

Relьssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib

oʼtishga ruxsat beriladi (a-rasm). Biroq chapga burilish ishorasini

berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib oʼtish oʼng

tomondan amalga oshiriladi (b-rasm).

Quvib oʼtish jarayonining xavfsiz amalga oshirilishi quvib oʼti-

layotgan transport vositasi haydovchisining xulqiga ham bogʼliq.

Quvib oʼtilayotgan transport vositasining haydovchisiga

harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan

quvib oʼtishga toʼsqinlik qilish taqiqlanadi.

Аks holda quvib oʼtayotgan transport vositasi oʼz boʼlagiga qayta

tizila olmay boshqa transport vositalari (roʼparadan keluvchi)

bilan toʼqnashib ketishi ham mumkin.

Ikki tomonlama harakatlanuvchi ikki

boʼlakli yoʼllarda quvib oʼtish uchun roʼpara

boʼlakka, ikki tomonlama harakatlanuvchi

uch boʼlakli yoʼllarda oʼrta boʼlakka chiqqan

haydovchi quvib oʼtishni tugallagandan

soʼng ilgari egallagan harakatlanish boʼla-

giga qaytishi shart (oʼng tomondan ruxsat etilgan quvib oʼtishdan

tashqari)). Toʼrt va undan koʼp boʼlakli yoʼllarda quvib oʼtishni

tugallagan haydovchi oʼz boʼlagida qolishi mumkin (bu manyovr

ilgarilab oʼtish hisoblanadi).

Oʼz qatoriga qaytishda quvib oʼtilayotgan transport vositasini

oldida keskin burchak bilan emas, balki oraliq

masofani har tomonlama saqlangan holda ravon

oʼtish kerak.

Biroq ushbu yoʼnalishda harakatlanish uchun

ikki yoki undan ortiq boʼlak boʼlsa, quvib oʼtayotgan

124


haydovchi oʼzi egallagan boʼlakka qaytgan zahoti keyingi quvib

oʼtishni boshlashga toʼgʼri keladigan hollarda orqada oʼzidan katta

tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit

bermasa, chap boʼlakda harakatlanishni davom ettirishi mumkin.

Quvib oʼtish taqiqlangan joylar

Yoʼllarda harakatlanish xavfsizligini

taʼminlash maqsadida quvib oʼtish quyidagi

hollarda taqiqlanadi:

1) teng ahamiyatli yoʼllar kesishgan, tartibga

solinmagan chorrahalarda;

2) tartibga solinmaydigan chorrahalarda aso-

siy hisoblanmaydigan yoʼllarda harakatlanishda

(aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib

oʼtish, kajavasiz ikki gʼildirakli transport vositalarini quvib

oʼtish va ruxsat etilgan hollarda oʼng tomondan quvib oʼtish bundan

mustasno) (a-rasm); 3) piyodalar oʼtish joylarida piyodalar boʼlganda

(b-rasm);

4) temir yoʼl kesishmalari va ularga 100 metrdan kam masofa

qolganda (a-rasm);

5) quvib yoki aylanib oʼtayotgan transport vositalarini (b-rasm);

6) tepalikka koʼtarilishning oxirida va yoʼlning koʼrinishi

cheklangan boshqa joylarda qarama-qarshi harakatlanish yoʼnali-

shiga chiqib (v-rasm);

7) tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi yoʼnalishdagi

harakatlanish boʼlagiga chiqib (g-rasm).

8) 3.20 va 3.22 yoʼl belgilari taʼsiri doirasida.

Quyidagi hollarda quvib oʼtishga ruxsat etiladi:

1) tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi boʼlakka

chiqmasdan (a-rasm);

2) teng ahamiyatli chorrahalarda kajavasiz mototsikllarni va

velosipedlarni quvib oʼtish (b-rasm);

3) chorrahalarda asosiy yoʼl boʼylab (a-rasm);

4) chapga burilayotgan yoki orqaga qayrilayotgan transport vosi-

talarini oʼng tomondan(b-rasm).

Аholi punktidan tashqaridagi yoʼllarda sekin harakatlana-

digan yoki katta gabaritli transport vositasini quvib oʼtish qiyin

boʼlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini

iloji boricha yoʼlning oʼng tomoniga olishi, zarur boʼlganda esa

orqasida toʼplanib qolgan transport vositalarini oʼtkazib yuborish

uchun toʼxtashi kerak.

Toʼxtash va toʼxtab turish tartibi

Haydovchining kundalik ish faoliyati transport vosita-

larining harakatlanishi, toʼxtashi va toʼxtab turishi bilan bogʼliq.

Serqatnov yoʼllarda transport vositasining yoʼl chekkasida

toʼxtashi yoki toʼxtab turishi maʼlum darajada harakatlanishga

toʼsqinlik qiladi, oʼzga haydovchi va boshqa yoʼl ishtirokchilariga

koʼrinishni cheklaydi va harakatlanish xavfsizligiga tahdid

soladi. Shuning uchun toʼxtash va toʼxtab turish yoʼl harakati

qoidasiga asosan maʼlum tartibda bajariladi.

Transport vositalariga yoʼlning oʼng tomoni yoqasida, u

boʼlmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu yoʼl harakati

qoidalarning 89-bandida koʼrsatilgan hollarda trotuarda toʼxtash

va toʼxtab turishga ruxsat etiladi (a-rasm).

Аholi punktlarida yoʼlning chap tomonida toʼxtash va toʼxtab

turishga har yoʼnalishda kamida bittadan harakatlanish boʼlagi

boʼlgan va oʼrtada tramvay izi boʼlmagan hamda harakat faqat bir

tomonlama boʼlgan yoʼllarda ruxsat etiladi (b-rasm).

Ruxsat etilgan toʼla vazni 3,5 tonnadan koʼp boʼlgan yuk

avtomobillari harakat bir tomonlama boʼlgan yoʼllarning chap

tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʼxtashlari mumkin.

Bunday avtomobillar yoʼlning chetki boʼlagiga chapga burilish va

orqaga qayrilish uchun chiqishlari mumkin.

Transport vositalarini qatnov qismining cheti boʼylab bir

qator qilib, kajavasi boʼlmagan ikki gʼildirakli transport

vositalarini esa ikki qator qilib qoʼyishga ruxsat etiladi.

Yoʼlning qatnov qismi kengaygan ayrim joylarda boshqa yoʼl

harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan

transport vositalarini boshqacha tartibda ham qoʼyishga ruxsat

etiladi (a-rasm).

Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil

avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʼxtab

turishga 5.15 yoʼl belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6-7.6.9

qoʼshimcha axborot belgilaridan biri oʼrnatilgan joylarda ruxsat

etiladi.


Piyodalar harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan qatnov

qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar,

mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʼxtab turishga ruxsat

etiladi (b-rasm).

Sutkaning qorongʼi vaqtida aholi yashamaydigan joylarda

yoʼllarni ustunlarga oʼrnatilgan fonarlar bilan yoritish koʼzda

tutilmagan. Bunday yoʼllarda gabarit chiroqlarsiz yoʼlda toʼxtab

turgan transport vositalari koʼrinmaydigan yoki yomon koʼrinadigan

toʼsiqqa aylanib qolishadi. Shu sababli aholi punktlaridan

tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda toʼxtab

turish faqat buning uchun koʼzda tutilgan maxsus maydonchalarda yoki

yoʼldan tashqarida ruxsat etiladi.

Toʼxtash va toʼxtab turish taqiqlanadigan joylar

Quyidagi joylarda toʼxtash taqiqlanadi:

– tramvay yoʼllarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda,

agar bu toʼxtash tramvaylarning harakatlanishiga xalaqit beradi-

gan boʼlsa (a-rasm);

– tonnellarda (b-rasm), koʼpriklarning ostida (v-rasm);

– temir yoʼl kesishmalarida (a-rasm);

– bir yoʼnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʼlagi boʼlgan

koʼprik, yoʼl oʼtkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli

yoʼl belgilari bilan toʼxtab turish ruxsat berilgan yoʼl qismlari

bundan mustasno) (b-rasm);

– toʼxtagan transport vositasi bilan sidirgʼa chiziq (qatnov

qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi boʼlak

yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3

metrdan kam boʼlgan joylarda (a-rasm);

– piyodalar oʼtish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq masofa

qolganda (b-rasm);

– qatnov qismining xavfli burilishlarida va koʼrinish 100

metrdan kam boʼlgan yoʼl doʼngliklari yaqinida (a-rasm);

– bekat maydonchalarida, yoʼnalishli transport vositalari toʼx-

tash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʼi bilan belgilangan, ular

boʼlmaganda esa yoʼnalishli transport vositalari toʼxtash joyi

belgilari va bekatdan harakatlanish yoʼnalishi boʼylab (etmasdan va

oʼtib ketib) 15 metrdan kam masofada. (yoʼnalishli transport

vositalari harakatiga xalaqit bermasa yoʼlovchilarni chiqarish yoki

tushirish uchun toʼxtash bundan mustasno);

– qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi

chetiga 5 metrdan kam masofa qolganda (uch tomonlama kesishmalarda

(chorrahalarda) yondan tutashgan yoʼlning sidirgʼa chiziq yoki

ajratuvchi boʼlak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan

mustasno) (a va b-rasmlar);

– transport vositasi svetofor ishoralari, yoʼl belgilarini

boshqa haydovchilardan toʼsib qoʼyadigan (a-rasm) yoki boshqa

transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga)

imkon qoldirmaydigan (b-rasm) va piyodalarning harakatiga

xalaqit beradigan joylarda;

– 3.27 «Toʼxtash taqiqlangan» yoʼl belgisi hamda 1.4 chizigʼining

amal qilish hududida (a-rasm).

Toʼxtab turish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

– toʼxtash taqiqlanadigan joylarda;

– aholi punktlaridan tashqarida 2.1 belgi bilan

belgilangan yoʼllarning qatnov qismida (a-rasm);

130

– temir yoʼl kesishmalariga 50 metr qolganda yoki 50 metr



yetmasdan toʼxtab turish taqiqlangan, lekin toʼxtash taqiqlanmagan.

(b-rasm);

– toʼxtash va toʼxtab turishni taqiqlovchi yoʼl belgilari hamda

yoʼl chiziqlari amal qilish hududida.

Toʼxtash taqiqlangan joyda majburiy toʼxtagan haydovchi

transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini

koʼrishi kerak. Аgar buning iloji boʼlmasa, yoʼl harakati

qoidalarining talabiga asosan, haydovchi falokat yorugʼlik isho-

ralarini yoqishi, u boʼlmaganida yoki buzuq boʼlganida falokat

sababli toʼxtash belgisini darhol oʼrnatishi kerak.

Аgar boshqa yoʼl harakati qatnashchilarining harakatiga

xalaqit beradigan boʼlsa yoki xavf tugʼdirsa, transport vositasi-

ning eshiklarini ochish taqiqlanadi. Bu talab haydovchiga ham,

yoʼlovchiga ham taalluqli.

Haydovchi transport vositasining oʼz-oʼzidan harakatlanishini

yoki oʼzi yoʼqligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur

ehtiyot choralarini koʼrgandan keyingina oʼz joyini tashlab ketishi

yoki transport vositasini qoldirishi mumkin. Toʼxtab turish

tormozi nosoz boʼlsa yoki yaxshi ishlamasa, nishabliklarda turgan

transport vositasi oʼz-oʼzidan harakatlanishi oqibatida xavfli

vaziyatni vujudga keltirishi mumkin.

Transport vositasini tark etayotgan haydovchi oʼzi yoʼqligida

undan foydalanishni istisno qilish uchun eshiklarni qulflashi,

kerak boʼlsa, rul boshqarmasi, tormoz pedali va shu kabilarni

blokirovka qilishdan foydalanishi kerak.

Yoʼl harakati qoidalarida toʼxtash ruxsat etilgan, lekin toʼxtab

turish taqiqlanadigan joylar ham belgilangan.

Serqatnov yoʼllarda transport vositalarining yoʼl chekasida

toʼxtab turishi maʼlum darajada harakatlanishga toʼsqinlik qila-

di, boshqa haydovchi va yoʼl harakati ishtirokchilariga koʼrinishni

cheklaydi hamda harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladi.

131


Shuning uchun bunday joylarda transport vositalarining toʼxtab

turishi taqiqlanadi, lekin odamlarni, yuklarni ortish yoki tushi-

rish uchun boshqa yoʼl harakati ishtirokchilariga xalaqit bermasdan

toʼxtashi mumkin.




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish