Mavzu: markaziy bank va unig funktsiyalari



Download 218,51 Kb.
bet7/7
Sana01.01.2022
Hajmi218,51 Kb.
#298956
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu fbbc2d038f8e8150d690a3b7f440167d
21-mavzu. (5), Valuta-kredit munosabatlari (2), 21-mavzu. (5), 21-mavzu. (5), 1611664835499225daraja, KREDIT, Mavzu korxonaning moliyaviy axvolini yaxshilash yo’llari va riv-hozir.org, KREDIT, Burgutov Shernazar I-50 M.t. 12-topshiriq, TIJORAT 21, TIJORAT 21, molyaviy tahlil 1, bank, cupdf.com toshkent-moliya-instituti-kredit-iqtisod-fakulteti
Ochiq bozordagi siyosati.

Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo‘lgan nisbatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

Markaziy bank o‘zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari bo‘yicha siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.

Valyuta va depozit siyosati.

Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

    • Vakolatli tijorat banklarining o‘zlari va mijozlari nomidan chet el valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilaydi. Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu aktivlarning majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi.
    • O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va sotib olishni tartibga solib boradi;
    • Tijorat banklarida chet el valyutasi va to‘lov hujjatlari hamda boshqa qimmatliklar bo‘yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning tartibini belgilaydi;
    • Vakolatli banklarda norezedentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisob – varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi;
    • Vakolatli banklarda rezident va norezedent (yuridik va jismoniy shaxs)larga chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibini belgilaydi;
    • O‘zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet el valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni tartibga soladi;
    • Investitsion loyihalarni erkin valyutalarda kreditlashning tartibini belgilaydi.

Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta intervensiyasidan keng miqyosda foydalandi.

Valyuta intervensiyasi – bu Markaziy bankning milliy valyuta kursi va pulning yalpi taklif va talabiga ta’sir etishi uchun moliya bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bilan bog‘liq operatsiyasidir.

1. Valyuta interventsiyasi.

2. Deviz siyosati.

3. Svop operatsiyalari.

4. Devalvatsiya.

5. Revalvatsiya.

6. Valyuta cheklovlar siyosati va boshqalar.

Markaziy bankning asosiy valyuta siyosati:

O‘zbekiston Respublikasi Bank tizimi tarkibi

Kredit tashkilotlari

Chet el banklari vakolatlari bo’limi

Nobank kredit tashkilotlari

Banklar va ularning bo’limlari

Sanoatqurilishbank, Asaka bank, Хаlq banki va boshqalar

Innovatsion banklar, Investitsiya banki, Ipoteka va boshqa banklar

Tarmoqlar bo’yicha ixtisoslashgan

Funksiyalari bo’yicha ixtisoslashgan

Maxsus ixtisoslashgan banklar

Universal banklar

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki

Viloyat bo’yicha Markaziy bank boshqarmalari

Markaziy apparat



I pog‘ona

II pog‘ona
Download 218,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa