Forobiynish mantiqiy ta’limoti YAqin va O‘rta SHarqda, O‘rta Osiyoda mantiq fanining keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Xususan, 1X-X asrlarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy, YAhyo ibn Ali Abu Sulaymon, Abu Xayyan kabilar Forobiyning mantiq sohasidagi g‘oyalarini davom ettirdilar. Ayniqsa, Forobiy falsafasi va mantigi «Ixvan as-Safo» - «Sof birodarlar»ning ta’limotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ular xam Forobiy kabi, «Bilim - bu bilinayotgan narsaning biluvchining jonidagi obrazidir», deb ta’kidlashgan. «Sof birodarlar»ning «Maktublar»ida: «Jon bilinayotgan nar- salarning shaklini sezgilar vositasida, dalillar vositasi- da, fikrlash va kuzatish vositasida kabul kiladi», deb yozilgan. Aytish mumkinki, ular bilish bosqichlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlikni to‘g‘ri tushunishgan.
X asrga kelib mantiq ilmi falsafiy bilimlarning eng muhim qismiga aylanib qoldi. Abu Abdulloh al- Xorazmiy (X asr)ning «Mafotih-al-ulum» (Ilmlar ka litlari) asaridagi fanlar klassifikatsiyasida mantiq ilmiga alohida o‘rin berilishi fikrimizning dalilidir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlarni «arab» va «arab- cha bo‘lmagan»larga ajratadi. Arabcha bo‘lmagan ilmlar qato- riga falsafa* mantiq, tibbiyot, arifmetika, handasa, ilmi nujum, musiqa, mexanika, kimyolar kiradi. Xorazmiy man- tiq ilmiga oid masalalarni to‘qqiz bobda bayon qiladi. Boblarning nomlanishi Forobiy va Ibn Sinolarniki kabidir. U mantiqiy ta’limot «Isog‘uvchi»ni bayon etish- dan, o‘rganishdan boshlanishi kerak, «Isog‘uvchi» - bu kirish (yunon tilida eysagoge), deb ataladi, deya yozadi.
Xorazmiy Aristotel g‘oyasini davom ettirib, aniq nar- salarning xossalarini belgilash uchun «individual» tushunchasini kiritadi. Xorazmiy «Sof birodarlar»ning mantiqqa oid g‘oyalarini rivojlantirib va uni Arastu falsafasi ruhiga yaqinlashtirib, ivdivid masalasini birinchi o‘ringa olib chiqadi. <shuningdek, birlamchi tushuncha deyish ham mumkin», - deb yozadi Xorazmiy. U bir tomondan, arab falsafasidagi akl bilan tushuniladigan birlamchi, ya’ni ko‘pgina ob’ektiv bir xil predmetlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalarni, ikkinchi tomondan, akl bilan tushuniladigan birlamchi- larning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalarni sharxdaydi. Xorazmiyning bu masalaga oid fikrlari mantiq ilmidagi jins va tur tushunchalarga, ularning nis- biy xarakteri va o‘zaro munosabatiga oidsir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy mantiq masalalarini ko‘rib chiqishni so‘z va iboralarning o‘zaro munosabatini taxdil etishdan boshlaydi. SHark mantiqshunoslari so‘zlarning ma’no anglatishiga ko‘ra uch turini: so‘z o‘zining to‘liq mazmunini anglatadigan, so‘z o‘z mazmunining bir qismini anglatadigan, so‘z o‘z mazmunidan kelib chiqadigan narsani anglatadigan holatlarni farkdaganlar. Xorazmiy ham bu masalaga mufassal to‘xtalib, bu turlarni va ularning tushunchalardagi mantiqiy ma’nolarini ko‘rib o‘tadi. Bu bilan olim YAqin va O‘rta SHarq mantshspunoslari ilgari surgan tushunchalarning ma’no anglatishi haqidagi ta’dimotini dayum ettiradi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy Aristotel va Forobiy- ning tafakkur va .til, mantik va grammatika orasidagi boglikdik goyasini yanada rivojlantirdi. U mulohaza (hukm) masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy hukmning modalligi bo‘yicha lozim bo‘lgan, mumkin bo‘lgan va haqiqyy kabi uch turga bo‘linishiga katta e’tibor beratsi va o‘z ta’limotida Aristotel goyasining asosiy mohiyatini to‘liq aks ettiradi.
Xorazmiy xulosa chiqarish masalalariga ham apohida to‘xtalib o‘tdi. U sillogizmni xulosa chiqarishning eng muhim ko‘rinishi va nazariy bilimlarni egallashdagi asosiy vosita, deb bildi. U isbotlash va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni, dialektika asoslarini, shuningdek, o‘sha davr- da sillogizm turlari hisoblangan sofistika, ritorika va poetika bilan bog‘liq masalalarning har birini alohida boblarda tal kin qildi. Umuman olganda, Xorazmiy qadimgi grek-yunon ilgor mantikdy an’analarini YAqin va O‘rta SHarq hamda O‘rta Osiyo falsafasi materiallaridagi o‘ziga xos, ajoyib g‘oyalardan foydalanib boyitdi va rivojlantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |