Ma'naviyat va huquqning o'zaro munosabati
Ma'naviyat va ma'rifatni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilganiga yaqqol misol kilib 1994 yil 23 aprelda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil ztish to'g'risida»gi; 1996 yil 9 sentyabrdagi «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida»gi Prezidentimiz Farmonlarini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 iyuldagi «Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorini; «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini misol keltirish mumkin.
Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifa bugungi kunda buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun siyosiy yetuk, ma'rifatli, o'zining o'tmishi, ulug' qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashdir.
Huquqiy ong - davlat tomonidan belgilangan huquqiy normalar va munosabatlarga, qonunlarga, sud, prokuratura masalalari va hokazolarga bo'lgan qarashlarning sistemalashtirilgan nazariy ifodasi.
Huquqiy norma - davlat tomonidan belgilangan va odamlar zimmasiga yuklatilgan o'zini tutish va hulq-atvor qoidalaridan iborat. Insondagi faollik u hohlagan ishni qilaverishidan iborat emas, balki faollik jamiyat qabul qilgan qonun va qoidalar chegarasida bo'lmog'i kerak. Jamiyat belgilagan, davlat qabul qilgan qonunlar chegarasidan chiqib ketgan faollik beboshlikdir,
jamiyat va davlat manfaatlarini mensimaslikdir.
Davlat organlari huquqiy norma va qoidalarni belgilaydi, bekor qiladi, o'zgartiradi, majbur
qilish choralarini qo'llash yo'li bilan ularni bajarilishini ta'minlaydi. Majburlovchi davlat apparatisiz huquq hech narsa emasdir. Binobarin, davlat huquqsiz, huquq davlatsiz yashay olmaydi.
Huquqiy savodxonlik- huquqiy bilim va ko'nikmalar majmui.
Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma'lumotlardan habardor bo'lishdangina iborat emas, ular qonunlarga amal qilish va ularga bo'ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilishi, o'z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir.
Insonda huquqiy madaniyat yuqori darajada bo'lishi, uning huquqiy bilimi va saviyasi, qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki o'sha qonunlarning ko'rsatilgan sohalarda to'la ijro etilishi bilan belgilanadi.
Ma'naviyat va huquqning o'zaro bog'liqligi jamiyat davlat doirasida huquq normalarining belgilanishi odamlarning qaysi darajada ma'naviyatga ega bo'lishlariga bog'ligida namoyon bo'ladi. Buni quyida keltirilgan 2 ta fikr orqali izohlash mumkin:
1. Mamlakat miqyosida qabul qilinadigan Konstitutsion qonunlar va boshka normativ hujjatlarning darajalari shu mamlakat fuqarolarining ma'naviyati va siyosiy madaniyatini ifoda etadi.
2. Konstitutsion qonunlar va boshka normativ hujjatlar fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlarini va davlat siyosatining yo'nalishlarini fuqarolarning ma'naviyati rivojlanishi darajalariga mos ravishda rasman belgilab beradi.
Odamlarning ma'naviyati va siyosiy ongi, qabul kilinadigan qonunlar va boshqa hujjatlarda belgilanadigan rasman normalardan yuqori bo'lishi kerak. Ana shundagina fuqarolar jamiyatning taraqqiy qilishida faol ishtirok etadilar. Teskari bo'ladigan bo'lsa, u qonunlar va hujjatlar qanchalik fuqarolar manfaatlarini ifoda etmasin, u qog'ozda qolib ketaveradi.
O'zbekiston respublikasining asosiy qonuni O'zbekiston respublikasining Konstitutsiyasidir.
Konstitutsiyada keltirilgan har bir moddada davlatimiz fuqarolari huquqlari, erkinliklarini ta'minlash, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan o'stirish to'g'risida ko'rsatayotgan g'amxo'rligi o'z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |