Mavzu: Ma'naviyatning siyosat, huquq va mafkura bilan o'zaro bog'liqligi. Reja



Download 17.7 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi17.7 Kb.
Mavzu: Ma'naviyatning siyosat, huquq va mafkura bilan o'zaro bog'liqligi.

Reja

1.Ma'naviyat va siyosatning o'zaro aloqadorligi.

2.Ma'naviyat va huquqning o'zaro munosabati.

3.Ma'naviyatning mafkura bilan bog'liqligi.


Ma'naviyat va siyosatning o'zaro aloqadorligi
Ma'naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi, chunki, ma'naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi.

Siyosat - yunoncha so'z bo'lib, mazmuni davlat yoki jamoat ishlarini anglatadi. Siyosat - davlat faoliyatida ifodalanadi va bu faoliyatning bosh yo'nalishini tashkil qiladi.

Siyosat hokimiyat uchun kurashda muayyan siyosiy tartib va uning iqtisodiy negizlarini himoya qilish, asoslab berish va mustahkamlashda juda muhim qurol bo'lib xizmat qiladi.

Siyosat – iqtisodiyotning jamlashtirilgan ifodasidir, uning umumlashuvi va oxiriga yetishidir.

Turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalarning iqtisodiy manfaatlari huddi shu siyosatda to'la va har tomonlama ifodalanadi.

Siyosat - bu muayyan davlatlar hokimiyati, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, jamoat tashkilotlarining mamlakat ichki xayotida va xalkaro maydonda xalklar, millatlar, ijtimoiy guruhlarning maqsad va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatdir.

Siyosat mamlakat ichki hayotida ikki yo'nalishda olib borilishi mumkin:

1.Taraqqiyparvar, insonparvar, adolatli siyosat- mamlakat va uning xalqi manfaatlariga xizmat qiladi. Bunday siyosat, avvalo inson zotini ulug'lashni, uning moddiy va ma'naviy manfaatlarini himoya qilishni, mamlakatda tinchlik barqarorlikni ta'minlashni maqsad qilib oladi. Ilm, fan ma'rifat, madaniyatni, texnika, texnologiyani rivojlantirish, fuqarolarning zamonaviy bilimlarni egallashlariga keng yul ochish va g'amxo'rlik qilish taraqqiyparvar, insonparvar, ma'rifatparvar siyosatning muhim yunalishini tashkil etadi.

2.Adolatsiz, reaktsion siyosat- mamlakatda faqat turli guruhlar hukmronligini ta'minlashga, mehnatkashlar, xalq ommasi manfaatlariga zid bulgan, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo'yishga va shu asosda tor doiradagi guruhlar manfaatlarini himoya qiluvchi tuzumni saklab kolishga qaratilgan siyosat.

Siyosat va ma'naviyatning o'zaro bog'liqligi siyosat o'zining ma'naviy-madaniy tomonlari bo'lishi zarurligida ko'rinadi. Siyosatning madaniy tomonini siyosiy madaniyat tushunchasi izohlab beradi.

Siyosiy madaniyat- o'zida halollik va poklikni, ishchanlik va uzoqni ko'zlab ish tuta bilish fazilatlarini o'zida mujassam etgan odamlarning g'oyaviy-siyosiy yetukligi, nazariy bilimlarni, istiqbolni yorqin tasavvur etgan holda amalda qo'llay bilishi, kun tartibidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy muammolarni keng miqyoslarda hal etish mahorati.

Ma'naviyat tarakkiyotida siyosatning roli nihoyatda kattadir. Kaysi mamlakatda ma'naviyat va ma'rifatni ko'tarish, u hakda g'amxo'rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lsa, o'sha mamlakatda tinchlik, barqarorlik vujudga keladi, ilm, fan, ma'rifat madaniyat rivojlanadi.

I.A.Karimov shunday deydi «Agar iqtisodiy o'sish, taraqqiyot –– jamiyatimizning tanasi bo'lsa, ma'naviyat-ma'rifat va siyosiy ong yetukligi, uning ruhi, aqli va jonidir».

Ma'naviyat va huquqning o'zaro munosabati

Ma'naviyat va ma'rifatni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilganiga yaqqol misol kilib 1994 yil 23 aprelda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil ztish to'g'risida»gi; 1996 yil 9 sentyabrdagi «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida»gi Prezidentimiz Farmonlarini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 iyuldagi «Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorini; «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini misol keltirish mumkin.

Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifa bugungi kunda buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun siyosiy yetuk, ma'rifatli, o'zining o'tmishi, ulug' qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashdir.

Huquqiy ong - davlat tomonidan belgilangan huquqiy normalar va munosabatlarga, qonunlarga, sud, prokuratura masalalari va hokazolarga bo'lgan qarashlarning sistemalashtirilgan nazariy ifodasi.

Huquqiy norma - davlat tomonidan belgilangan va odamlar zimmasiga yuklatilgan o'zini tutish va hulq-atvor qoidalaridan iborat. Insondagi faollik u hohlagan ishni qilaverishidan iborat emas, balki faollik jamiyat qabul qilgan qonun va qoidalar chegarasida bo'lmog'i kerak. Jamiyat belgilagan, davlat qabul qilgan qonunlar chegarasidan chiqib ketgan faollik beboshlikdir,

jamiyat va davlat manfaatlarini mensimaslikdir.

Davlat organlari huquqiy norma va qoidalarni belgilaydi, bekor qiladi, o'zgartiradi, majbur

qilish choralarini qo'llash yo'li bilan ularni bajarilishini ta'minlaydi. Majburlovchi davlat apparatisiz huquq hech narsa emasdir. Binobarin, davlat huquqsiz, huquq davlatsiz yashay olmaydi.

Huquqiy savodxonlik- huquqiy bilim va ko'nikmalar majmui.

Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma'lumotlardan habardor bo'lishdangina iborat emas, ular qonunlarga amal qilish va ularga bo'ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilishi, o'z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir.

Insonda huquqiy madaniyat yuqori darajada bo'lishi, uning huquqiy bilimi va saviyasi, qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki o'sha qonunlarning ko'rsatilgan sohalarda to'la ijro etilishi bilan belgilanadi.

Ma'naviyat va huquqning o'zaro bog'liqligi jamiyat davlat doirasida huquq normalarining belgilanishi odamlarning qaysi darajada ma'naviyatga ega bo'lishlariga bog'ligida namoyon bo'ladi. Buni quyida keltirilgan 2 ta fikr orqali izohlash mumkin:

1. Mamlakat miqyosida qabul qilinadigan Konstitutsion qonunlar va boshka normativ hujjatlarning darajalari shu mamlakat fuqarolarining ma'naviyati va siyosiy madaniyatini ifoda etadi.

2. Konstitutsion qonunlar va boshka normativ hujjatlar fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlarini va davlat siyosatining yo'nalishlarini fuqarolarning ma'naviyati rivojlanishi darajalariga mos ravishda rasman belgilab beradi.

Odamlarning ma'naviyati va siyosiy ongi, qabul kilinadigan qonunlar va boshqa hujjatlarda belgilanadigan rasman normalardan yuqori bo'lishi kerak. Ana shundagina fuqarolar jamiyatning taraqqiy qilishida faol ishtirok etadilar. Teskari bo'ladigan bo'lsa, u qonunlar va hujjatlar qanchalik fuqarolar manfaatlarini ifoda etmasin, u qog'ozda qolib ketaveradi.

O'zbekiston respublikasining asosiy qonuni O'zbekiston respublikasining Konstitutsiyasidir.

Konstitutsiyada keltirilgan har bir moddada davlatimiz fuqarolari huquqlari, erkinliklarini ta'minlash, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan o'stirish to'g'risida ko'rsatayotgan g'amxo'rligi o'z ifodasini topgan.

Ma'naviyatning mafkura bilan bog'liqligi

Mafkura - ma'lum bir davlat, jamiyat, millat, sinf va ijgimoiy guruxlar huquqi falsafiy, badiiy, diniy g'oya, nazariya va qarashlar tizimi hisoblanadi. Mafkuraning ma'naviyatda tutgan o'rni inson, jamiyat, millat yoki guruhlarning intilishlari,

ruhiyatlari va kayfiyatlarini o'zida mujassamlashtirishidadir.

Mustaqillik tufayli o'z tarixiy taraqqiyotining tamomila yangi bosqichiga qadam qo'ygan

O'zbekiston Respublikasi oldida hozirgi paytda hal etilishi zarur bo'lgan yana bir muhim masala turibdi. Bu – milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotga tadbiq etish haqidagi masaladir.

O'zbekiston milliy istiqlol mafkurasining mohiyati va bosh maqsadi – O'zbekiston davlat mustaqilligi uchun xizmat qilish, uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy zaminlarini yaratish va mustahkamlashda keng xalq ommasini safarbar qilishdir. U milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.

Milliy istiqlol mafkurasi respublikamizning ijtimoiy turmushi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy va boshqa sohalarida ro'y berayotgan jarayonlarni ifodalaydi.

Milliy istiqlol mafkurasi g'oyalarini omma ongiga singdirish va amalga oshirishning eng muhim va zarur shartlaridan biri xalqimiz tarixini chuqur va mukammal, uni qanday bo'lsa, shundayligicha xolisona o'rganishni yo'lga qo'yish, buning uchun zarur bo'lgan barcha imkoniyat va shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

Milliy istiqlol mafkurasining muhim xususiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettiribgina qolmay, siyosiy boshqaruv tizimining faoliyatini ham o'zida ifodalashidadir. Shuning uchun ham milliy istiqlol mafkurasini hayotga tadbiq etishda siyosiy bilimlarni omma o'rtasida keng yoyish, targ'ib etish katta ahamiyat kasb etadi. Siyosiy ong qanchalik mukammal bo'lsa,xalqning ongi o'sadi, faolligi ortadi.



Xulosa qilib aytganda, xalqning ma'naviyati davlat yuritayotgan siyosatga, insonlarning xuquqiy ongiga, mafkuraga bog'liq holda shakllanadi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa