Мавзу: маънавий маданият таркибида диннинг ўрни



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#251871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

1

 Абдусаметов А.Э. Динлар тарихи. Т., 2004; Мўминов А. ва бошқалар. Диншунослик. Т., 2004; Бозоров О., 



Худойқулов А. Ахлоқий қадриятлар ва ислом. С., «Зарафшон», 1992; Жўраев У., Саиджонов И. дунѐ 

динлари тарихи. Т., 2001; Оқмуродов Т., Дин ва ҳурфикрлилик тарихи. Т., 1995; Бозоров М., Мардонов Р. 

Диншунослик асослари. С., 2002.   



 



I BOB. MA’NAVIY MADANIYAT VA DIN 



1.1. Istiqlol, ma’naviyat va din 

Mustaqillik  tufayli  mamlakatimizda  sodir  bo’layotgan  islohotlar  tizimida 

ma’naviy  yangilanish  alohida  mavqyega  ega.  «Mustaqiligimizning  dastlabki 

kunlaridanoq,  -  deb  yozadi  Prezidentimiz  I.A.Karimov,  -  ajdodlarimiz  tomonidan 

ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan bebaho ma’naviy va madaniy 

merosni  tiklash  davlat  siyosati  darajasiga  ko’tarilgan  nihoyatda  muhim  vazifa 

bo’lib  qoldi.  Biz  ma’naviy  qadriyatlarni  tiklanishni  milliy  o’zlikni  anglashning 

o’sishidan,  ma’naviy  sarchashmalariga,  uning  ildizlariga  qaytishdan  iborat  uzviy, 

tabiiy  jarayon  deb  hisoblaymiz»

1

.  Prezidentimiz  ta’kidlaganlaridek,  ma’naviyat 



masalalari  millat  tarixi,  axloqiy  va  diniy  qadriyatlar,  madaniy  meros,  an’ana  va 

rasm-rusumlar,  milliy  mafkura,  vatanparvarlik  va  insonparvarlik,  milliy  o’zlikni 

anglash singari juda ko’p omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini 

belgilashda  asosiy  mezon  vazifasini  bajaradi.  Jamiyat  va  shaxsning  ma’naviy 

qiyofasi, boyligi va istiqboli davlat miqyosidagi vazifa tarzida idrok etilmoqda.  

Ma’naviyat  murakkab  ijtimoiy  hodisa  bo’lib,  uning  holati  va  taraqqiyotiga 

juda ko’p omillar – siyosat, iqtisod, fan, axloq, san’at, urf-odat kabi hodisalar ta’sir 

yetkazadi.  

Ma’naviy  qadriyatlar  –  bular  kishilar  ma’naviy  faoliyatining  mahsuli, 

bilishning murakkab jarayoni natijasi bilim, hayot, qarash, malakalar samarasidir. 

Ma’naviyat  jamiyat  taraqqiyotining  muhim  omili  bo’lar  ekan,  u  nafaqat 

bugungi madaniy boyliklarga, qadriyatlarga zamonaviy, ma’naviy yutuqlarga, shu 

bilan birga har bir xalqning ko’p asrlik ma’naviy  merosiga ham tayanadi. Har bir 

davr,  xalq,  millatning  ma’naviy  qadriyatlari  tabiiyki,  quruq,  bo’sh  yerda  vujudga 

kelmaydi.  Har  qanday  ma’naviyat,  eng  avvalo,  jamiyatda  avval  erishilgan 

muayyan  bilimlar,  tajribalar  hamda  o’tmish  avlodlardan  bizgacha  yetib  kelgan 

ma’naviy merosga, shuningdek, umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga tayanadi. 

                                                 

1

 

Islom  Karimov  Karimov.  O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va 



taraqqiyot kafolatlari. T.: «O’zbekiston», 1997, 137-bet. 

 



 

O’zbekiston  xalqlarining  boy  ma’naviy  merosi  I.A.Karimovning 



aytganlaridek ikki jabhani – olamni ilmiy bilishi va diniy – falsafiy ta’limotni o’z 

ichiga oladi.  Ota –  bobolarimizning  asrlar  davomida  to’plagan hayotiy  tajribalari, 

ilmiy  kashfiyotlari,  badiiy  asarlari,  axloqiy  ta’limotlari  bugungi  ma’naviy 

tiklanishning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Bu o’rinda islom ma’naviyati va 

axloqiy  ta’limotining  mavqyei  ham  kam  emas.  Sobiq  sho’rolar  davrida  ma’naviy 

merosga,  xususan  diniy  qadriyatlarga,  jumladan  islom  ta’limotiga  nisbatan 

mafkuralashgan  salbiy  munosabat,  uni  zararli  deb  topish,  kurashchan  ateizm 

tamoyillarini mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi. 

Ma’naviyat tarkibida dinning alohida o’rni mavjudligi o’z-o’zidan ravshan. 

Buning  boisi  avvalo  shundaki,  din  ming  yillar  mobaynida  insoniyat  hayotining 

barcha  jihatlari  bilan  chambarchas  bog’lanib,  uning  turmush  tarziga  aylanib 

ketgan.  Boshqa  tomonidan,  din  ta’sirining  zamirida  savob  va  gunoh  haqidagi 

tasavvurlar  turadiki,  odamlar  bu  ma’naviy  xodisalarga  hyech  qachon  bafarq 

qaramagan. Binobarin, savob va gunoh, shuningdek, savobli ish qilganlarning ham 

bu  dunyo,  ham  nariga  dunyo  taqdirlanishi,  gunohkorlarning  esa  jazolanishi 

to’g’risidagi  qarashlar  kishilik  jamiyati  taraqqiyatining  ilk  bosqichlaridan 

shakllanib, odamlarning axloqiy munosabatlarini tartibga solib kelgan. 

Din  ijtimoiy  ong  shakllarining  biri  sifatida  kishilar  ma’naviy  hayotining 

kuchli  va  hatto  asosiy  omili  bo’lgan.  E’tiqod  sifatida  e’tirof  etilgan  tamoyillarga 

qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. 

Diniy talablar  har  bir  shaxsdan  qat’iylik,  iymoniylik,  irodalilik,  sabr-toqatlilik, 

chidamlilik,  shukronalik,  xullas  odamiylilik,  haqiqiy  fidoiylilikni,  e’tiqodga  amal 

qilishni  taqozo  etadi  va  kishining  ma’naviy  salohiyatini  shakllantiradi. 

Prezidentimiz  Imom  al-Buxoriy  yodgorlik  majmui  ochilishiga  bag’ishlangan 

nutqlarida  dinning  inson  ma’naviyatini  kamol  toptirishdagi  roliga  baho  berib, 

shunday ta’riflagan edi: «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat 

qiladigan,  xayrli  ishlarimizda  bizga  madad  beradigan  bitmas  –  tuganmas  kuch-

qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman»

1



                                                 



1

 «Миллий тикланиш», 1998, 27 октябрь. 




 

Yuqorida  aytilgan  fikrlardan  kelib  chiqadigan  xulosa  shuki,  ma’naviyat 



uzluksiz  jarayon  bo’lib,  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  o’zining  chuqur 

ta’sirini  topgan.  Ma’naviyatning  mohiyatini  Prezidentimiz  I.A.Karimov  shunday 

bayon  qilganlar:  «Ma’naviyat  deganda,  avvalambor,  odamni  ruhan  poklanishga, 

qalban  ulg’ayishga  chorlaydigan,  inson  ichki  dunyosini,  irodasini  baquvvat, 

iymon-e’tiqodini  butun  qiladigan,  vijdonini  uyg’otadigan  kuchni  tasavvur 

qilaman»


1

.  Bu  ta’rifda  ma’naviyatning  haqiqiy  mohiyati,  ko’pqirrali  mazmuni, 

uning  tarkibiy  qismida  dinning  o’rni  ham  ifodasini  topgan.  Ma’naviyat  sohasida 

tadqiqot  olib  borgan  Muhammadjon  Imomnazarov  esa,  ma’naviyatni  «inson 

qalbida  aks  etgan  ilohiy»  nur,  Oliy  haqiqat  nuridir»,  -  deb  baho  beradi.  Sobir 

Mirvaliyev  uni  «odamiylik,  insoniylik  majmuasi»  sifatida  tushuntiradi.  Har  holda 

din jamiyat va inson ma’naviy hayotida alohida o’rin tutadi. Dinning asosiy belgisi 

ilohiy  kuch-qudratga  bo’lgan  ishonch,  e’tiqodda  namoyon  bo’ladi.  Din  tabiat  va 

jamiyat  hodisalarini  tushuntirish  usullaridan  biri  sifatida  ham  madaniyat  tarixida 

o’ziga xos o’rin egallaydi.  

Mutaxassislar  fikricha  diniy  madaniyat  chuqur  ijtimoiy  ildizga  ega  bo’lib, 

asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amallari birligida o’z ifodasini topadi. 

Insonning  diniy  tasavvuri  deganda  uning  dunyoqarashida  aks  etadigan  xudo, 

payg’ambarlar,  farishtalar,  maloyikalar,  iblis-shayton.  «Muqaddas  yozuvlar, 

ularning odamlar hayotiga ta’siri to’g’risidagi tushunchalar majmuiga aytamiz.  

Insonning  diniy  kayfiyatlari  deganda  uning  hissiyoti  bilan  bog’liq  bo’lgan 

ojizligi,  zaifligi,  qo’rqishi,  umid  va  tasallisini  tushunamiz.  Insonning  diiny 

amaliyotlari esa xudoga toat-ibodat, diniy talablar va marosimlarni bajarish, nazr-

niyozlarni o’z ichiga oladi»

2

.   



Insoniyat  jamiyati  tarixi  shundan  dalolat  beradiki,  hamma  vaqt  ham 

kishilarda diniy tasavvur, kayfiyat, amaliyot va tushunchalar mavjud bo’lgan emas. 

Diniy  tasavvurlarning  yuzaga  kelishiga,  asosan,  inson  va  borliq  o’rtasidagi 

                                                 

1

 Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch», T., «Ma’naviyat», 2008, 29 bet. 



2

 Маданият ва жамият. Т., «Ўзбекистон», 1993, 27-бет.  




 

10 


murakkab munosabatlar sabab bo’lgan. Olimlarning fikricha ilk diniy tasavvurlar, 

asosan, paleolit – qadimgi tosh davrining so’nggi bosqichida paydo bo’lgan.  

Din  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  taraqqiyotining  muayyan  bosqichida  insonning 

dahshatli  va  tushunib  bo’lmaydigan  tabiat  kuchlari  oldida  ojizligini ifodalaydigan 

ma’naviy hodisa sifatida paydo bo’lgan. Zamonlar zayli bilan inson tabiatning sirli 

hodisalarini  tushunish  sohasida  tajriba  to’plab  borgan.  Buning  oqibatida  kishilar 

ongida tabiat hodisalari va narsalarida qandaydir ilohiy   kuch  bor,  bu  kuchlar  o’z 

mohiyatiga ko’ra ezgulik va yovuzlik xususiyatlariga ega, degan tasavvurlar hosil 

bo’lgan.  

Diniy  tasavvurlar  shakllanishining  ilk  bosqichida  yakkaxudolilik  emas, 

aksincha,  tabiat  va  jamiyatning  rang-barang  hodisalarida,  «muqaddas-ruh»,  «jon» 

va  boshqa  ruhiy  ibtidolar  borligi  haqidagi  tushunchalar  yuzaga  kelgan.  Buning 

natijasida kishilar narsalarga, o’simliklarga, hayvonlarga va shunga o’xshashlarga 

e’tiqod  qo’yib,  ularga  sig’inganlar.  Animiylik,  feteshlik,  totemiylik,  afsungarlik 

kabi diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida shunday aqidalar negiz bo’lgan. 

Real mavjud va ayni vaqtda, g’ayri hissiy (fetish) xususiyatlarga ega bo’lgan 

predmetlar  dastavval  diniy  munosabatlar  obyektini  tashkil  etgan.  Fetishlik 

afsungarlik  bilan  bog’langan  bo’lib,  hodisalar  yo’nalishini  sehrgarlik  bilan 

o’zgartirish  mumkinligini  ishontirishga  harakat  qilgan.  Predmetga  xos  deb 

hisoblangan ayri hissiy xususiyatlar keyinchalik ulardan alohida mustaqil mohiyat 

-  «ruh»  sifatida  ajratiladi,  oqibat  –  natijada  tanadan  alohida  yashovchi  «jon» 

(animizm)  haqidagi  aqidalar  yuzaga  keladi.  Urug’chilik  jamiyati  barham  topishi 

jaryonida  qabilaviy  dinlar  o’rniga  ilk  sinfiy  jamiyatga  xos  bo’lgan  ko’pxudolikni 

ifodalovchi  dinlar  paydo  bo’ldi.  Tarixiy  taraqqiyotning  bir  qadar  so’nggi 

bosqichlarida  esa  jahon  dinlari  –  buddizm  (milloddan  avvalgi  VI-V  asrlar) 

xristivnlik (I asr) va islom (VII asr) yuzaga keldi. 

Shunday  qilib,  diniy  ong  va  tasavvurlar  jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzumi 

mohiyatini ifodalab, tarixiy taraqqiyot mahsuli tarzida kelib chiqadi va rivojlanadi. 

Ibtidoiy  jamoa  tuzumi  barham  topishi  sharoitida  politeistik  (ko’pxudolilik), 

xususiy  mulkning  paydo  bo’lishi  bilan  bog’liq  ravishda  shakllangan  ijtimoiy 




 

11 


munosabatlar  davrida  monoteistik  (yakkaxudolilik)  dinlar  yuzaga  kelgan. 

Milloddan  avvalgi  VI  asrda  Eron  va  Markaziy  Osiyoda  paydo  bo’lgan 

zardushtiylik  va  keyinchalik  kirib  kelgan  buddaviylik,  xristianlik,  yaxudiylik  va 

islom dini yuqoridagi xususiyatlarni o’zida ifoda etadi.  

Barcha  jahon  dinlari  kishilarni  ma’naviy  jihatdan  tarbiyalashda,  mehr-

muruvvat, o’zaro hurmat va yordam, halol-pok yashashga undovchi umuminsoniy 

qadriyatlarni  mujassamlashtiradi.    Afsuski,  kishilarni  tarbiyalashda  muhim 

ahamiyatga ega bo’lgan dinning bunday funksiyalari yaqin o’tmishda inkor etilgan 

edi,  diniy  madaniyatning  jamiyat  va  shaxs  ma’naviy  hayotidagi  roli  butunlay 

yo’qqa  chiqarildi.  Islom  madaniyatining  o’ziga  xos  bebaho  qadriyatlari,  Qur’oni 

Karim, Hadisi Sharif, Tafsirlarni, diniy allomalarning jahon e’tirof etgan asarlarini 

o’rganish zararli deb topildi. 

Milliy istiqlol tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson hayotida diniy 

qadriyatlarning  tutgan  mavqyei  o’z  o’rniga  qo’yildi.  Istiqlol  yillarida  amalga 

oshirilayotgan bozor munosabatlariga  ma’rifatli  yo’l  bilan kirib  borishning  asosiy 

tamoyillari,  shubhasiz,  ma’naviylikka  suyanadi.  Bozor  munosabatlari  shakllanishi 

va  taraqqiy  etishiga  ko’mak  beradigan  ma’naviy  omillardan  ustunlik  bilan 

foydalanish  masalasining  muhimligi  ham  ana  shundadir.  Ma’naviyatimizning 

tarixiy  ifodasi  va  o’zaklaridan  biri  hisoblanmish  din  va  diniy  qadriyatlar  bu 

jarayonda  o’ziga  xos  mavqye  tutishi  tabiiy.  Darhaqiqat,  xalqimiz  turmush  tarzi 

diniy an’analar bilan milliy urf-odatlar shu qadar chambarchas bog’lanib ketganki, 

ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi

1

.   


Diiny  qadriyatlarning  islohotlarni  amalga  oshirish  sharoitida  kishilarni 

yuksak  axloqiy  ruhda  kamol  toptirish  bilan  bog’liq  asosiy  xususiyatlari  va 

funksiyalari  jamiyat  ruhiyati,  xalq  turmush  tarzi,  umuman,  ma’naviyat  tizimi 

negizida  qarab  chiqilmog’i  kerak.  Shu  ma’noda,  milliy  va  umuminsoniy 

fazilatlarni  mujassamlashtirgan  diniy  qadriyatlar  va  ularning  asosiy  qoidalari 

islohotlarning  axloqiy  zaminini  tashkil  etadi.  «Madaniyatshunoslik  asoslari» 

mualliflarining  qayd  qilganidek,  darhaqiqat,  mulk  shakllarining  xilma-xil  mehnat 

                                                 

1

 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., «O’zbekiston», 1994, 22-bet. 




 

12 


xaraktiriga,  taqsimot  masalasiga  belgilovchi  ta’sir  ko’rsatuvchi,  bu  fuqarolar 

turmush  darajasining  rang-barangligiga  olib  keldi,  biroq  bu  xilma-xillikni 

xalqimizning  umuminsoniy  tamoyillari  hisoblangan  soflik,  halollik,  diyonatlilik 

kabi  fazilatlar  uyg’unlashtirib  turadi.  Ayni  vaqtda,  muqaddas  dinimiz  islom  ham 

insonning  bosqinchilik,  zo’rovonlik,  o’g’rilik,  poraxo’rlik,  bo’hton,  sotqinlik, 

sudxo’rlik,  g’iybat,  chaqimchilik,  tuhmat,  xiyonat,  qimor  bilan  bog’liq  illatlarini 

qoralaydi, moliyaviy ishlarga qalbaki bitim tuzishga taqiqlaydi

1

.    



Hozirgi  paytda  tijorat  va  iqtisod  sohasiga  bozor  tashvishlari  bilan  band 

tadbirkorlik, fermerlar, tijoratchilarni kirib kelishi, o’z-o’zidan ravshanki, ularning 

ma’naviy  dunyosini  shakllantirish  masalasini keltirib chiqaradi.  Binobarin,  tijorat 

va  iqtisodiyot  ishlarining  ko’lami  uni  tashkil  etuvchilar  va  amalga  oshiruvchilar 

oldiga yuksak ma’naviy fazilat egasi bo’lish mas’uliyatini qo’yadi. Bunday yuksak 

tuyg’uni  tarkib  toptirishda  musulmonchilikning  eng  muqaddas  tamoyillari  negiz 

bo’lib  xizmat  qilishi  kerak.  Buyuk  alloma  Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn  Ismoil 

al-Buxoriyning  xadisi  shariflarida  bayon  etilishiga,  mol-dunyosi  ko’p  odam 

badavlat  emas,  balki  nafsi  to’q  inson  badavlatdir,  savdo-sotiqda  hiylakorlik, 

bozorni kasod qilish maqsadida ataylab narx-navoni oshirish va aldamchilik qilish 

makruhdir

2



Islom  qadriyat  sifatida  yolg’iz  diniy  qoidalar,  ko’rsatmalar,  tamoyillar 

yig’indisidan  iborat  emas,  ayni  vaqtda,  u  kishilar  o’rtasidagi  siyosiy,  iqtisodiy, 

ijtimoiy-falsafiy,  axloqiy-estetik,  huquqiy  munosabatlarning  ham  ifodasidir.  Shu 

ma’noda,  buyuk  bobokalonimiz  Amir  Temurning  islom  dini  va  uning  sofligini 

saqlash  asosida  jamiyatdagi  ma’naviy  barqarorlikni  ta’minlashga  erishganligini 

esga  olish  o’rinlidir.  «Temur  tuzuklari»da  qayd  etilishicha,  davlat  agar  dinu 

diyonat asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning 

shukuhi,  qudrati,  tartibi  yo’qoladi.  Bunday  saltanat  yalong’och  odamlarga 

o’xsharkim,  uni  ko’rgan  kimsa  nazarini  olib  qochadi.  Yoxud  kasi  nokas  tap 

tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshik-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi»

3

.   


                                                 

1

 «Madaniyatshunoslik asoslari». T., 2006, 96-97-bet. 



2

 Ismoili al-Buxoriy, Hadis, 4-jild. T., Qomuslar bosh tahririyati, 1992, 204-b 

3

 Temur tuzuklari. T., 1991, 57-bet.. 




 

13 


Amir Temur o’z siyosiy-ijtimoiy faoliyatida hamisha Alloh, tafakkur, qilich, 

kitob  kabi  tushunchalar  bilan  birga  iymonga  suyanib  ish  tutishni  ta’kidlaydi. 

Iymon, deydi u, insonni barcha jonli zotlardan farqlantirib turadigan xususiyatdir. 

Iymonli  odam  xiyonat  qilmaydi,  qarindosh-urug’lari,  elut  xalqining  or-nomusini 

himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat deb biladi. 

Yuqorida  aytilgan  fikolar  umuman  din,  xususan  islom  va  islomiy 

qadriyatlarning  xalqimiz  tarixida  tutgan  buyuk  ma’naviy  salohiyatini  tasavvur 

etishga asos bo’ladi. 

Mamlakatimizda milliy istiqlol tufayli bozor munosabatlari tomon qo’yilgan 

har  bir  qadam  ma’naviy  merosimizni,  xususan  diniy  qadriyatlarimizga  yangicha 

munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Yaqin vaqtlargacha ma’naviyatimizdan sun’iy 

ravishda  chetlashtirilgan  diniy  omillar  o’z  maqomiga  ega  bo’lganligi  ravshan. 

Holbuki,  «asrlar  mobaynida  xalqimizning  yuksak  ma’naviyat,  adolatparvarlik, 

ma’rifatsevarlik  kabi  ezgu  fazilatlari  Sharq  falsafasi  va  islom  dini  ta’limoti  bilan 

uzviy  ravishda  rivojlandi  va  o’z  navbatida  bu  falsafiy  va  axloqiy  ta’limotlar  ham 

xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana 

shu  falsafaga  uyg’un  holda,  Xoja  Ahmad  Yassaviy,  Xoja  Bahouddin  Naqshband, 

Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy,  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug’bek,  Alisher  Navoiy, 

Bobur  Mirzo  singari  mutafakkir  ajdodlarimizning  dono  fikrlariga  uyg’un  holda 

shakllanishi lozim»

1



Ko’rinib  turibdiki,  hozirgi  paytda  islom  qadriyatlariga  suyanish 



musulmonchilikning  asl  tamoyillarini  rivojlantirish,  ularni  kishilarimiz  hayotiy 

faoliyatlariga  singdirish  ham  tarixiy,  ham  mintaqiy,  ham  madaniy  jihatdan 

zarurdir,  ayni  vaqtda,  bu  –  xalqimizning  dunyo-qarashi,  axloqining  mazmunini 

belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi. 

Avvambor,  din  dindorlar  ahlining  jamiyatda  tutgan  o’rnini  hisobga  olgan 

holda, ma’naviy hayot bilan diniy munosabatlarni uyg’unlashtirish masalasi ijobiy 

hal etilmoqda. Mustaqillik sharoitida e’tiqod erkinligi, davlat bilan dinning o’zaro 

munosabati,  dindor  fuqarolar  haq-huquqlarining  konstitusion  negizga  qo’yilishi, 

                                                 

1

 



Karimov I.A. Vatan sajdogoh kabi muqaddasdir. 3-tom. T., «O’zbekiston», 1996, 7-8 betlar..

 



 

14 


Respublika  ijtimoiy  hayotida  dinning  mavqyei,  xalq  o’rtasida  totuvlikni 

ta’minlashdagi  ahamiyati,  teng  huquqli  fuqarolar  degan  insonparvarlik  va 

vatanparvarlik  qoidasining  ro’yobga  chiqishida  uning  ijobiy  ta’sir  ko’rsatish  kabi 

murakkab muammolar oqilona tarzda hal etildi. 

Din  davlatdan  rasman  ajratilgan  bo’lsa  ham,  jamiyatdan  ajralmagan  va 

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «dinning ishi dinniki, davlatning ishi davlatniki», 

«lekin  ayrim  kishilar  buni  noto’g’ri  tushunib  siyosatga  aralashuvlari, 

osoyishtalikka  raxna  solishlari,  g’arazli  niyatlardan  foydalanishga,  soxta  obro’ 

orttirishda intilishlari mustaqillik siyosatiga zid ekanligi ochiq-oydin e’lon qilindi. 

Darhaqiqat,  mustaqillik  tufayli  yurtimizda  erishilgan  iymon  erkinligi  ba’zi 

g’arazgo’y va mutaassib kishilarga undan siyosiy manfaatlar va maqsadlar uchun 

foydalanish  xavfini  yuzaga  keltirdi.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  Shveysariyadagi 

«Forum - Fond» xalqaro iqtisodiy tashkilotining IV sessiyasida so’zlagan nutqida 

bu  haqda  o’ta  jiddiy  va  qat’iy  fikrlari  bildirgan  edi.  «Biz  fuqarolik  haqida  qonun 

qabul  qildik.  Bu  qonun  mamlakatda  yashovchi  barcha  millatlarning  huquqlarini 

shunchaki  e’lon  qilib  qolmasdan,  bu  huquqlarga  kafolat  ham  beradi.  Biz  diniy 

aqidaparastlik  va  mutaassiblik  xavfini  bartaraf  qildik.  Sovet  imperiyasi  barbod 

bo’lganidan  keyin  vujudga  kelgan  bo’shliqni  mana  shu  aqidaparastlik  va 

mutaassiblik bilan to’ldirishi mumkin va shunday xavf mavjud edi»

1

.  



Tarixdan  ma’lumki,  hamma  zamonlarda  ham  kishilar  ong-qarashlarida 

aqidaparastlik  va  mutaassiblik  shakllanishi  xavfi  mavjud  bo’lib  kelgan,  bu  bugun 

ham  bartaraf  etilmaganligi  ma’lum.  Jadidchilik  xarakatining  yirik  namoyandasi 

Mahmudxoja Behbudiy o’z davrida Buxoro amirligida xonaqo va masjidlar qurish 

poygasi ko’chayib ketganligidan tashvishga tushib, «namoz uchun bir yerda masjid 

va  bir  mulla  kifoya  edi.  Boshqa  masjidlar  o’rniga  maktablar  solinib,  bunda 

yig’ilgan faqir va yo’qsullarning bolalalarini o’qitsalar edi, shuncha safil (qo’lidan 

ish kelmaydigan) kishilar o’rniga o’zi ko’r saturgan bir to’da faol odamlar yetishar 

edi»

2

, deb yozgan edi. Shu nuqtai – nazardan respublikamiz rahbariyati tomonidan 



                                                 

1

 Karimov I.A.O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T., 1993, 241-242 betlar. 



2

 Iqtibos «Madaniyatshunoslik asoslari» o’quv qo’llanmasidan, 99-b. 




 

15 


dinga  nisbatan  olib  borilayotgan  oqilona  siyosati  o’zining  ijobiy  samarasini 

berayotganligi ravshan. 

Boshqa jihatdan, diniy, jumladan islomiy qadriyatlar xalqimiz turmush tarzi, 

ma’naviy  fazilatlari  negizini  tashkil  etishi  sir  emas.  Ijtimoiy  taraqqiyot  va 

yangilanish  yo’lidan  borayotgan,  bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich 

o’tayotgan  paytda  milliy-tarixiy  turmush  tarzimizni,  xalqning  urf-odatlarini, 

an’analarini,  tafakkurini  hisobga  olish  bilan  birga  diniy  qadriyatlarning  milliy 

qadriyatlar  bilan  uzviy  bog’liq  holda  namoyon  bo’lishini  ham  e’tibordan  chetda 

qoldirish mumkin emas. 

Shuni ham aytish kerakki, din barcha millat kishilari uchun muqaddas ruhiy 

boylik  bo’lib,  ularni  ezgulikka,  poklik,  xalollik,  vijdoniylikka  chorlaydi.  Din 

nafaqat  oxiratda,  balki  shu  dunyoda  ham  baxt-saodatga  erishish  mumkinligini 

e’tirof etadi. Yaxshilikni istovchi har bir kishi boshqa odamlar qalbiga ezgulik va 

mehr-muruvvat  nurini  bag’ishlamog’i  darkor,  yomonlik  yo’liga  kirgan  odam  esa 

shu  fe’l-atvori  uchun  yorug’  dunyoning  o’zida  jazosi  va  ajrimini  oladi.  Bu 

axloqiylikning islomiy  tamoyilidir. «Kimning  amali  qanday  bo’lsa, unga shunday 

amal  bilan  javob  qaytariladi,  -  deb  yozadi  buyuk  alloma  Imom  G’azzoliy,  -  u  bu 

dunyodan yaxshi va yomon har turli amallarning javobini ko’rmaguncha ketmaydi. 

U bu dunyoda o’z amallariga yarashi muomala ko’radi»

1



Islom  qoidalariga  ko’ra,  olam  yaxshiliklar  va  ezguliklarga  to’la,  insonning 

komil  bo’lishligi  uchun  imkoniyatlar  yetarli.  Shubha  yo’qki,  xalqimizning 

ma’naviy merosi, ma’naviy olami hamda o’zligi islom ta’limoti tufayli uzoq vaqt 

saqlanib kelgan. 

Din  o’z  mohiyati  jihatidan  axloqiy  va  ma’naviy  fazilatlarni  qayta  tiklashga 

da’vat  etilgandir.  Mamlakatimizda  mustaqillik  tufayli  diniy  e’tiqodga  keng  yo’l 

ochilgan,  dindorlarga  e’tiqodlari  uchun  kafolat  berilgan,  din  mustaqillik 

ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati 

yanada  ortib  borishi  tabiiy.  Bu  o’rinda  buyuk  alloma  Bahouddin  Naqshbandning 

qo’yidagi  so’zlari  ibratlidir:  «Ibodat  o’n  qism,  o’ndan  to’qqiz  qismi  halollikni 

                                                 

1

 



G’azzoliy. Tavba qilayotgan odamlar. «Milliy tiklanish», 1995, 5 sentyabr.

 



 

16 


qidirish,  bir  qismi  esa  boshqa  ibodatlardir»

1

.  Buning  ma’nosi  shuki,  har  bir  kishi 



o’z  mehnati  bilan  topgan  rizki,  mahsuloti  hisobiga  umr  kechirish  kerak. 

Darhaqiqat,  din  ayni  paytda,  shakllangan  axloqiy  qoidalar  majmuasi,  unda  xalq 

axloqiy  kamolotining  bosh  va  asosiy  talablari  mujassamlashgandir.  Bu  axloqiy 

dastur  va  axloqiy  ne’matlar  esa  hamma  vaqt  xalq  tomonidan  vasiyat  etib 

qoldirilgandir. 

Diniy  e’tiqodlar,  g’oyalar  va  ta’limotlar  hozirgi  davrda  mamlakatimizda 

amalga oshirilayotgan islohotlar va innovasion jarayonlarning chinakam poydevori 

bo’lib  xizmat  qilishini  ham  alohida  e’tirof  etish  lozim.  Iqtisodiy,  siyosiy, 

demokratik  islohotlarning  moddiy  kuchga  aylanishi,  shubhasiz.  Shu  faoliyat 

sohiblari bo’lgan insonlarning halolligi,  o’z  burchiga  sadoqati kabi omilarga ko’p 

jihatdan  bog’liqdir.  Shuningdek,  bu  tizimda  xalq  va  mamlakatning  osyishtaligi, 

ma’naviy barqarorligi ham yaratuvchanlik salohiyatiga ega. Shu ma’noda umuman 

din  va  islom  dini  ham  hozirgi  zamonda  tinchlik,  iymon,  ehson,  poklik, 

insonparvarlik  va  vatanparvarlik  uchun  odamlarni  yo’naltiradigan  ma’naviy 

hodisadir. 

Bozor  munosabatlariga  o’tish  sharoitida  insonning  fe’l-atvori,  odobi, 

dunyoqarashi  va  umuman  ma’naviy  dunyosi  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar 

ta’sirida  shakllanadi.  Jumladan,  shaxsning  nafaqat    dunyoviy,  shuningdek  diniy 

talab  va  ko’rsatmalari  ruhi  bilan  sug’orilgan  bo’ladi.  Fuqarolar,  jamoalarning 

ma’naviy  hayoti,  ishlab  chiqarish  faoliyati,  o’zligini  anglashda  diniy 

qadriyatlarning  o’rni  ham  kam  emas.  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  sharqona 

islomiy  axloq  kodeksining  ahamiyati  orta  boradi.  Shunday  ekan,  bugun  siyosiy-

ijtimoiy  hayot  haqida  gap  ketganda  dinning,  eng  avvalo,  ham  milliy,  ham 

umuminsoniy  qadriyat  sifatidagi  ahamiyati  orta  borishini  e’tibordan  soqi  qilib 

bo’lmaydi. 

Mustaqillik  sharoitida  din  va  diniy  qadriyatlarning  yuqorida  qayd  etilgan 

ijobiy  jihatlarini  e’tirof  etish  bilan  birga,  haqiqiy  islomiy  axloq-odob,  islomiy 

qadriyatlar bilan hyech qanday aloqasi bo’lmagan aqidaparastlik, eksterimizmning 

                                                 

1

 Абул Муҳсин Муҳаммад Боқир Баҳовуддин Балогардон. Т., «Ёзувчи», 1993, 55-б. 




 

17 


har  qanday  ko’rinishiga  qarshi  murosasiz  kurash  olib  borish  har  bir  fuqaroning 

burchidir.  Holbuki,  adolatli,  demokratik,  fuqarolik  jamiyati  qurilayotgan  hozirgi 

har  qanday  shakldagi  aqidaparastlik  ijtimoiy  taraqqiyotimiz  yo’lida  to’sqinlik 

qiladi.  

Milliy  istiqlolimizning  ilk  qadamlaridanoq  dinning  jamiyat  ma’naviy 

hayotida tutgan o’rni oqilona tarzda belgilab olindi. Din mamlakatimizda ma’naviy 

madaniyat fenomeni sifatida e’tirof etildi, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat 

qonun  asosida  amalga  oshirilmoqda.  Respublikada  qabul  qilingan  «Vijdon 

erkinligi  va  diiny  tashkilotlar  to’g’risida»gi  Qonun  (yangi  tahriri  1998)buning 

dalilidir. 

O’zbekiston  Respublikasining  1992  yil  8  dekabrda  qabul  qilingan 

Konstitusiyasining  31-moddasida  fuqarolarning  vijdon  erkinligi  qonuniy  ravishda 

kafolatlangan.  Endilikda  kishilarmiz  xohlagan  biror  dinga  e’tiqod  qilishlari, 

qonunni  buzmagan  holda  diniy  marosim,  urf-odatlarini  hyech  qanday  moneliksiz 

amalga 

oshirishlari 

mumkin. 

I.A.Karimovning 

«O’zbekiston  XXI  asr 

bo’sag’asida…»  asarida  davlat  bilan  din  o’rtasidagi  aloqadorlarning  mohiyatini 

belgilaydigan beshta tamoyil asoslab berilgan. 

Bundan  tashqari,  Qur’oni  Karim  va  Hadisi  Sharif  kabi  muqaddas  kitoblar 

o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr etildiki, bulardagi odob – axloq va ma’naviyatga 

oid  ko’rsatmalar  ma’naviyatimizni  boyitib,  tarbiyaviy  ishlarimizni  olib  borishda 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

Islomning  axloqiy  va  ma’naviy  ta’limotiga  oid  bo’lgan  «Jomi  as-sahiq», 

«Hidoya»,  «Mushkot»,  «Xikmat»,  «Chor  kitob»,  «Pandnoma»  kabi  manbalarda 

insoniylik,  ibodatning  tartib  qoidalari  va  ularni  mukammal  bajarishga  ko’rsatma 

berish bilan birga insoniy fazilatlar ham keng yoritalgan, insoniylik sha’niga dog’ 

tushiradigan  har  xil  razil  xislatlar  qattiq  qoralanadi,  islom  ta’limotiga  zid  bo’lgan 

fikrlar tozalangan. 

Prezident  I.A.Karimov  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy  mustahkamlash 

jarayonida  ma’naviyatni  boyitishning  alohida  o’rni  mavjudligini  qayta-qayta 

uqtirmoqda.  Shuningdek,  Yurtboshimiz  yoshlar  ongiga  dunyoviy  bilimlarni 




 

18 


singdirish bilan birga, ming yillar mobaynida sinalgan va yuksak diniy tamoyillar 

bilan  uyg’unlashib  ketgan  odob-axloq  ko’rsatmalari  asosida  ularni  tarbiyalash, 

kamol toptirish ishiga ham alohida e’tibor berayotganligini qayd etish lozim. 

Hozir  dinga  bo’lgan  munosabatimiz  ham  tubdan  o’zgardi.  Dinni  «inson 

uchun  zararli»,  «jamiyat  taraqqiyotida  to’sqinlik  qiladi»  degan  noto’g’ri 

tushunchalar  o’rniga  uning  ma’naviy  madaniyatimizning  ajralmas  bir  qismi 

bo’lishi,  kishilarni  barkamollikka,  ezgu  ishlarga  va  birdamlikka  o’rgatuvchi  bir 

butun dunyoqarash tizimi, turmush tarzi ekanligini ham anglamoqdamiz. Shuning 

uchun  faqatgina  bizning  respublikasizgina  emas,  balki  butun  MDXda  ham  dinga 

ma’naviy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  sifatida  qarash,  dinning  jamiyatdagi 

funksiyalarini chuqur tahlil qilish, uning hayotiyligini xolisona ko’rsatish tamoyili 

keng yoyilgan.  

Necha ming yillar mobaynida insoniyatning ma’naviy – axloqiy va madaniy 

qiyofasini  shakllantirib  kelgan  jahon  dinlari,  jumladan  islom  dini  tomonidan 

ardoqlangan 

umuminsoniy 

ma’naviy  qadriyatlar  mustaqillik  sharoitida 

kishilarimizning axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

19 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish