Мавзу: маънавий маданият таркибида диннинг ўрни


XULOSA………………………………………………………….……59-63



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#251871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni

XULOSA………………………………………………………….……59-63  

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………...……64-65 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



KIRISH 

 

Hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri tarixiy-madaniy va diniy-falsafiy 



merosimizni  o’rganishdir.  Buni  insonlarning  milliy-madaniy  yaxlitligi  ibtidosi 

manbai  bo’lmish  ma’naviy  yangilanishdan  boshladik.  Chunki  har  qanday 

madaniyatning  asosida  turli  xil  diniy-falsafiy  aqida  va  ta’limotlar  yotadiki,  ularni 

o’rganmasdan turib, xalqlar madaniyatining asosida turli xil diniy-falsafiy aqida va 

ta’limotlar  yotadigan,  ularni  o’rganmasdan  turib,  xalqlar  madaniyatining 

shakllanishida  asosiy  sarchashma  hisoblangan  ma’naviy  manbani  bilish  mumkin 

emas. 

Jamiyat shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va istiqboli mustaqillik tufayli 



davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi tarzida idrok etilmoqda. Mustaqillik yillarida 

mamlakatimizda  olib  borilayotgan  ma’naviy  islohotlar  jarayonida  din  va  diniy 

tashkilotlarga  munosabat  tubdan  o’zgardi.  Sobiq  sho’rolar  davrida  ma’naviy 

merosga,  xususan  diniy  qadriyatlarga,  jumladan  islom  ta’limotiga  nisbatan 

mafkuralashgan  salbiy  munosabat,  dinni  odamlar  uchun  zararli  deb  topish, 

kurashgan  ateizm  tamoyiliga  mutlaqlashtirish  ma’naviy  hayotga  ziyon  keltirdi. 

Istiqlol sharofati  bilan  xalqimizning  milliy  va  ma’naviy  madaniyati  taraqqiyotiga 

yo’l  ochilib,  unitilgan  urf-odatlarimiz,  milliy  an’ana  va  diniy  qadriyatlarimizni 

qayta  tiklashga  muvaffaq  bo’ldik.  Buning  boisi  shundaki,  din  ming  yillar 

mobaynida  insoniyat  hayotining  barcha  jabhalari  bilan  chambarchas  bog’lanib, 

odamlar  turmush  tarzi,  milliy  urf-odatlariga  aylanib,  ma’naviy  madaniyatining 

tarkibiy qismini tashkil etgan. 

Jahon dinlarining biri sifatida islom ta’limoti, uning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari 

ham  asrlar  davomida  Sharq  mamlakatlari,  jumladan  O’rta  Osiyo  mintaqasida 

yashab  kelgan  xalqlarning  qalbiga  ezgulik,  poklik,  halollik,  insorparvarlik, 

mehnatsevarlik 

hissiyotini 

singdirishga, 

insoniylikka 

xos 


odob-axloqni 

shakllantirish,  ma’naviy  boyligini  saqlab,  uni  avlodlardan  –  avlodga  yetkazib 

berishga xizmat qilib kelgan. 

Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  istiqlolning  dastlabki  kunlaridanoq 

milliy va diniy qadriyatlarning ma’naviy madaniyatida tutgan o’rni haqida shunday 



 

degan  edi:  «Bu  sohadagi  eng  asosiy  vazifamiz  –  milliy  qadriyatlarimizni  tiklash, 



o’zligimizni  anglash,  milliy  g’oya  va  mafkurani  shakllantirish,  muqaddas 

dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi, mustaqillik 

yillarida  boshlangan  ezgu  ishlarimizni  izchillik  bilan  davom  ettirish,  ularni  yangi 

bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»

1



Darhaqiqat,  mamlakatimizda  istiqlol  tufayli  dinga  e’tiqod  qiluvchilarning 



huquqlari  qonun  asosida  kafolatlangan.  Din  mustaqililk  ma’naviyatining  tarkibiy 

qismiga  aylangan  bugungi  kunda  uning  axloqiy  qimmati  yanada  ortib  borishi 

tabiiy.  Din,  jumladan  islom  dini  mamlakatimizda  ma’naviy  madaniyatning 

fenomeni  sifatida  e’tirof  etilgan,  dinga  va  diniy  tashkilotlarga  munosabat  qonun 

asosida amalga oshirilmoqda. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi 

qonun  (yangi  tahriri,  1998)  buning  dalilidir.  O’zbekiston  an’anaviy  diniy 

bag’rikenglik  (tolerantlik)  o’lkasi  sifatida  jahon  jamoatchiligi  tomonidan  tan 

olingan


2

Asrlar  davomida  insoniyatning  ma’naviy-axloqiy  va  madaniy  qiyofasini 



shakllantirib  kelgan  jahon  dinlari,  jumladan  islom  dini  tomonidan  ardoqlangan 

umuminsoniy  axloqiy  qadriyatlar  mustaqillik  sharoitida  odamlarning  ma’naviy 

tarbiyasida, ularning komillik sari intilishiga xizmat qiladi. 

Sobiq Sovetlar davlatining parchalanib ketishi va MDHning vujudga kelishi, 

shuningdek,  globallashuv  va  integrasion  jarayonlarning  kuchayishi  tufayli  dinga 

qiziqish ortib bormoqda. Keyingi yillarda din sohasida nashr etilgan adabiyotlarda, 

taniqli  olimlarning  tadqiqotlarida  din  va  uning  muammolariga  yangicha 

yondashuv,  uni  ma’naviy  madaniyatning  ajralmas  qismi  sifatida  o’rganish,  turli 

dinlarining  jamiyat  hayotida  tutgan  o’rnini  va  funksionallarini  har  tomonlama 

tadqiq  etish,  dinlarning  nafaqat  islohiy,  balki  zaminiy  mazmuni  va  hayotiyligini 

bayon etish fanda hukm surmoqda

3



                                                 

1

 



Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T., 8 Toshkent, «O’zbekiston», 

2000, 341-bet. 

2

 Республикада 15 диний конфессия қонун асосида эркин фаолият юргизмоқда.  



3

 Религии мира. Энциклопедический словарь Ф.А.Брокгауза и Н.А. Эсфрона. М., «Вече», 2006, Васильев 

Л.С. История религий Востока. М., 1999; Яблоков М.Н. Религиоведение. М., 2001; Гуревич П.С. Философия 

культуры. М., 1995. Радугин А.А. Введение в религиоведение. М., 2000; Ильин В.В. Кармин А.С. Носович 

Н.В. Религиоведение  Спб,.2008.   



 

Mazkur tamoyilni Respublikamizda mustaqillik yillarida chop etilgan risola 



va  darsliklarda  hamda  islom  muammolariga  bag’ishlangan  tadqiqotlarda  kuzatish 

mumkin


1

Malakaviy  bitiruv  ishimizda  yuqorida  ko’rsatilgan  manbalarga  tayangan 



holda  dinga,  jumladan  islom  diniga  ma’naviy  madaniyatning  tarkibiy  qismi, 

ma’naviy  fenomen  sifatida  yondashib,  uning  mohiyatini,  turli  dinlarning  har  xil 

davrlarda  jamiyat  hayotida  tutgan  o’rnini  tahlil  etib,  uni  odamlar  uchun  ruhiy  – 

ma’naviy  kuch  bag’ishlovchi  ijtimoiy  hodisa  ekanligini  bayon  qilishga  jur’at 

qildik.  

Ushbu  ishimizda  mustaqillik  tufayli  amalga  oshirilayotgan  ma’naviy 

islohotlar  jarayonida  din  va  diniy  tashkilotlarga  bo’lgan  munosabatning  tubdan 

o’zgarish,  xalq  ma’naviyatining  muhim  sohasi  bo’lmish  diniy  qadriyatlarning 

inson hayoti uchun zarurligini, xususan hozirgi zamonda xalqlar o’rtasida muloqot 

o’rnatish vositasi ekanligini yoritishga o’rindik.  

 

 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish