Tarmoq tuzilmasi komponentlari. Tarmoq elementlari birlashishning nisbatan mustaqil tuzilma komponentlarga –tarmoq segmentlariga-birlashishi tamoyillari odatda segment miqyosi, uning bajarayotgan vazifasi, ishlatilayotgan telekommunikatsion texnologiyasi bo`yicha tasniflanadi. Tarmoqni segmentatsiyalashning asosiy vazifasi segment ichidagi oqim ulushini maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.
Tarmoq segmentlarini miqyos tamoyili asosida tasnif qilish tarmoq ierarxiyasi bilan tasvirlanadi (1.1-rasm):
1.1-rasm. Masshtab belgisiga ko`ra tarmoqning ierarxiya segmenti
lokal tarmoq (Local Area Network, LAN), unda yuklanishning asosiy qismi kichik xudud, muassasa, sanoat korxonasi va xokazo ichida chegaralanadi, ya`ni katta bo`lmagan ma`lum xududda joylashgan komp`yuterlar tarmog`i. Umumiy xolda bitta yoki bir nechta binolar va bitta tashkilotga taalluqli bo`lgan qurilmalar majmuasi;
xududiy (mintaqaviy) tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN), yirik axoli punkti yoki kichik mintaqaga xizmat qilish uchun mo`ljallangan;
yirik miqyosli xududiy (global) tarmoq (Wide Area Network,WAN), katta xudud, davlat, kontinent xamda turli kontinentlarda joylashgan LAN, MAN turidagi tarmoqlarni birlashtirish uchun mo`ljallangan. Mazkur magistral tarmoq uzatish muxiti sifatida asosan optik toladan foydalaniladi.
LAN, MAN, WAN tarmoqlaridan xar biri kichik miqyosdagi bir qator segmentlarga bo`linishi mumkin. Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks ettiradi va ularning xar bir segmenti umumtarmoq almashuvini shakllantirishda aniq funktsional vazifani bajaradi. Xar qanday qatlamda segmentlar bog`liqligi magistrallar (magistral segmentlar) bilan ta`minlanadi.
Oxirgi punktlarning segment ichida birlashishi va magistral segmentlarning amalga oshirilishi umumiy kommunikatsion muxit yoki tugun tashkil qilish yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy kommunikatsion muxitni ishlatish iqtisodiy tomondan foydalidir. Bunda bitta tugun tizimi bilan generatsiya qilinadigan yuklama barcha boshqa tizimlarga yuboriladi, biroq qabul qiluvchi manzili bo`lgan bitta tizim bilan qabul qilinadi. Umumiy bo`linadigan muxitli tarmoq segmentlari misoliga shina topologiyali kichik bir rangli maxalliy tarmoqlarni xamda transport xalqa tamoyili bo`yicha tashkil qilingan xududiy tarmoqlarni keltirsa bo`ladi.
Tugun tashkil qilish segment kommutatsiyalanayotgan topologiyani ochiq tizimlar o`zaro bog`lanish modelini (Open System Interconnection,OSI) kanal va tarmoq vazifalarga ega bo`lgan uskunalar tugunida joylashtirish yo`li orqali amalga oshiriladi. Bunda umumiy kommunikatsion muxitdan farqli ravishda tarmoqning katta miqyosi, yuqori ishlab chiqarish darajasi va ishonchliligi ta`minlanadi, biroq narxi oshadi. Bunday tarmoqlarga misol sifatida yuqori tezlikli maxalliy tarmoqlarning magistral segmentlarini xamda radial tugun tamoyili asosida tashkil qilingan xududiy tarmoqlarni keltirsa bo`ladi.
Tarmoq (tarmoq segmentlari) bog`lovchi magistral sifatida tashkil qilinsa, tayanch tarmoq (backbone network) deb ataladi. Magistral qurilishining turli topografik variantlari bo`lishi mumkin, bunga asoslanib tayanch tarmoqlarning nomlanishi xam turlichadir, masalan: «tizma tarmoq», «transport xalqa»,
«kommutatsiyalanadigan tarmoq». Ulardan xar biri aniq vazifa doirasida chegaralangan.
Tayanch tarmoq ixtiyoriy darajada (LAN, MAN, WAN) tashkil qilinishi mumkin, ya`ni tarmoqning ishonchliligi, ishlab chiqarishni oshirish maqsadida, tarmoqning mantiqiy segmentatsiya vazifasi echiladigan xamma joyda ishlatilishi mumkin. Turli darajalardagi tayanch tarmoqlarning yig`indisi taqsimlangan tarmoqning ierarxik bog`liqligini ta`minlab beradi. Shuni qayd qilish lozimki,
kichik miqyosli segmentlar (LAN, MAN) uchun tayanch tarmog`i vazifasini bitta tugun bajarishi mumkin. Bunday magistral o`zgargan magistral (collapsed backbone) yoxud tayanch tuguni (backbone node) deb nomlanadi. Misol tariqasida maxalliy tarmoqlarning marshrutizator yordamida markaziy nuqtada birlashishini keltirsak bo`ladi. Tayanch tugun oxirgi punkt segmenti yoki bitta daraja segmentlari o`rtasida yuklamani qayta taqsimlaydi, bu yo`l bilan yuqoriroq darajadagi segmentnm tashkil qiladi va uning chegara ortiga yo`naltiriladigan oqimlarni kontsentratsiya qiladi.
Taqsimlangan tarmoq bog`liqlik ierarxiyasidagi yuqori daraja tayanch tarmog`ini transport tarmoq(transport network) deb atashadi. U yuklamani ancha sekin segmentlar bo`lmish mintaqaviy va maxalliy darajaga uzatadigan yuqori tezlikli trakt(segment) tizimi ko`rinishida amalga oshiriladi.
«Transport tarmog`i» atamasi segmentning masshtabini emas, balki funktsionalligini aks ettiradi. Buning natijasida transport tarmog`i texnologiyalarni qo`llab tashkil qilingan katta bo`lmagan xududiy tarmoqlarning tayanch tarmoqlarini aksariyat xollarda transport tarmoqlari deb ataladi. Barcha vaziyatlarda segmentlarning transport magistrali bilan birlashishi uning oxirgi punktlari bo`lgan kirish tugunlarida amalga oshiriladi.
Funktsionallikni kompozitsion tamoyil sifatida qabul qilib, kirish tarmog`i (access network) deb transport tarmog`iga kirish punkti bilan o`zaro bog`langan axborot tarmoqni xududiy taqsimlangan oxirgi punktlari traktini tashkil qiladigan segment yoki segmentlar yig`indisiga aytiladi. Xususan, servis tuguni bilan foydalanuvchilarning terminal tizimlari o`zaro ta`sir qiladigan tarmoq segmenti abonent kirish tarmog`i (customer access network) deb ataladi.
Transport tarmoqlari va kirish tarmoqlari funktsional belgilari bo`yicha mustaqil tuzilma komponentlari, ya`ni telekommunikatsion tarmoqning funktsional segmenti sifatida qabul qilinishi mumkin.
Axborot tarmog`i kontseptsiyasida axborot va xisoblash resurslariga kirishni taqdim etuvchi ishchi tizimlar bilan foydalanuvchilarni terminal tizimlarning o`zaro ta`sirini ta`minlab beruvchi telekommunikatsion tarmoq segmentlari yig`indisi uzoqlashgan kirish (remote access) sifatida tavsiflanishi mumkin. Uni amalga oshirish uslublari global aloqalarni tashkil qilish sxemalari va ishlatilayotgan dasturiy maxsulotlar funktsiyalari bilan axamiyatli farqlanishi mumkin.
Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish platformasini tashkil qilish xam tarmoq komponentlarini vazifalari bo`yicha birlashtirishga asoslangan. Xizmatlar ko`rsatishning yagona platformasini tashkil qilishda xizmatlarni etkazib beruvchi va aloka operatorlarini birlashtiruvchi global kommunikatsiyalar segmentining yig`indisi baza tarmog`i (Core Network) deb ataladi.
Turli o`lchamdagi (butun tarmoqdan aloxida fragmentgacha) texnologik ravishda farqlanadigan segmentlar tarmoq texnologiyalarning keskin rivojlanishida axborot tarmoqlarining evolyutsion rivojlanishi tufayli paydo bo`ldi. Bunday segmentlarning mavjudligi xizmatlar ko`rsatishning yagona mul`tiservisli platformaga o`tish davri uchun xosdir. Ularni funktsional-texnologik belgilar bo`yicha tasniflab, quyidagi tushunchalar ishlatiladi: analog tarmoq, raqamli tarmoq, ISDN tarmog`i, IP-tarmoq, SDH tarmog`i, FR(Frame Relay) tarmog`i, ATM tarmog`i va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |