Mavzu: «Ma`lumоtlar uzatishda qo’llaniladigan tarmоqlararo ekran tahlili»



Download 424,74 Kb.
bet2/20
Sana31.12.2021
Hajmi424,74 Kb.
#213705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mavzu 1

KIRISH


Axborot juda qadriyatli yoki o`ta muhim bo`lganligi sababli bunday axborotni saqlaydigan, qayta ishlaydigan yoki uzatadigan komp`yuter tizimlariga nisbatan turli – tuman yomon niyatli harakatlar mavjuddir. Masalan, buzg`unchi o`zini boshqa foydalanuvchi kabi ko`rsatishga intilishi, aloqa kanalini bildirmasdan eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari almashayotgan axborotni ushlab olishi va o`zgartirishi mumkin. Zamonaviy komp`yuter tizimlari va tarmoqlari (KT va T), Internetdan yomon niyatli odamlarga muhim maxfiy axborotni o`g`irlash, buzish yoki xalaqitlarga uchratish maqsadida korxona va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko`plab imkoniyat yaratib beradilar. Shu sababli hozirda insonlarni va jamiyatni informatsion xavfsizlik va axborotni himoya qilishni ta`minlash muammosini kompleks echishni dolzarb ravishda kerakligi paydo bo`lmokda.

Axborot xavfsizligini ta`minlash muammosi Internetning ishlash sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Mutloq ko`pchilik kompaniya va tashkilotlar bugungi kunda o`zlarining lokal tarmoqlarini Internetga, uning resurslari va afzalliklaridan foydalanish uchun ulamoqdalar. Ular Internetni turli maqsadlarda ishlatadilar, bunga elektron pochta bilan almashinish, qiziqib qolgan shaxs va tashkilotlar o`rtasida axborotlarni olish va tarqatish va boshqalar kiradi. Bosh tarmoqqa ulanish katta afzallikga ega, ammo bunda ulanayotgan lokal yoki korporativ tarmoqdagi axborot xavfsizligini ta`minlashda jiddiy muammolar paydo bo`ladi. O`zining idealogiyasidagi ochiqchilik tufayli Internet yomon niyatli odamlarga, muhim va maxfiy axborotni o`g`irlash, xalaqitlarga uchratish va buzish maqsadida korxona va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko`p imkoniyat yaratib beradi. Axborot juda axamiyatli yoki o`ta muhim bo`lganligi sababli bunday

axborotni saqlayotgan, qayta ishlayotgan yoki uzatayotgan komp`yuter tizimlari va tarmoqlariga nisbatan turli xil yomon niyatli xarakatlar bo`lishi mumkin.

Masalan, buzuvchi odam o`zini tizimning boshqa foydalanuvchisi qilib ko`rsatishga intilishi mumkin, aloqa kanalini bildirmasdan eshitishi yoki tarmoq foydalanuvchilari almashayotgan axborotni ushlab olish va o`zgartirishi mumkin. Tizimning foydalanuvchisi buzg`unchi bo`lishi mumkin, u o`zi xaqiqatda ham uzatilmagan ma`lumotni ular tomonidan olinganligini tasdiqlashga intilishi mumkin. U murojaat qilishi mumkin bo`lmagan axborotga murojaat qilishga ruxsat olish uchun o`zining vakolatlarini kengaytirishga intilishi yoki boshqa foydalanuvchilarning xuquqlarini ruxsat etilmagan holda o`zgartirib tizimni buzishga intilishi mumkin. Shu munosabat bilan, zamonaviy axborotlashgan jamiyatda global va boshqa tarmoqlarning ulkan afzalliklari mavjudligi bilan bir qatorda, ularda axborotni himoya qilish bo`yicha o`ziga xos muammolarni ham echishga to`g`ri keladi. Shuning uchun axborotning maxfiyligi va butunligini ta`minlash bilan bog`liq bo`lgan barcha kerakli ishlarni amalga oshirish uchun samarali vositalarni yaratish va qo`llash juda muhimdir.

Internetni tadbiq qilinishi bilan jinoyatlar ayniqsa keng quloch yoydi. Bu esa qonuniyatlidir, negaki ShK ning faol ishlatilishining birinchi o`n yilligida komp`yuterlarga asosan telefon tarmog`i orqali ulanib olgan xakerlar yoki

«elektron qaroqchilar» asosiy xavf-xatarga ega bo`lgan bo`lsa, unda komp`yuter tizimlarini va tarmoqlarini ommaviy ishlatish davrida axborotning ishonchliligi va butunligini buzishga komp`yuter viruslari dasturlari va Internet global tarmoqi orqali xavf solinmoqda.

Komp`yuterlar, komp`yuter tizimlari va tarmoqlari axborotni saqlash va qayta ishlashni, uni iste`molchilarga taqdim etishni, shu bilan birga eng zamonaviy

axborot texnologiyalarini qo`llashni amalga oshiradigan, axborotni qayta ishlaydigan barcha avtomatlashtirilgan tizimlarning asosi hisoblanadi.




      1. Download 424,74 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish